ISLOM BANKLARINING TARIXI VA ULARNING RIVOJLANISHI
;
Islom moliyasi, moliyaviy operatsiyalar, savdo, musulmon, madaniyat, ijara, murabaha, iqtisodiyot, modernizm.Abstrak
Ushbu maqolada islom banki tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati tahlil qilingan. Islom bankining tamoyillari, ya’ni ribo (foiz)ga asoslanmagan moliyalashtirish, sheriklik asosidagi investitsiyalar va adolat tamoyillarining iqtisodiy ahamiyati batafsil yoritilgan. Shuningdek, uning zamonaviy moliyaviy bozorlar va global iqtisodiyotdagi o‘rni ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada islom banklarining asosiy modellariga, jumladan, mudaraba, mushoraka, ijara va murabaha kabi moliyaviy vositalarga e’tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda islom banklari nafaqat musulmon mamlakatlarida, balki boshqa mintaqalarda ham keng ommalashib bormoqda. Mazkur maqola mazmunida islom banki tizimining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilishi istiqbollari ham muhokama qilingan.
Iqtiboslar
Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.
O`zbekiston milliy ensiklopediyasi 2010
Muhammadsodiq Muhammadyusuf “Islom tarixi”