TORCH INFEKTSIYASINING HOMILADOR AYOL VA EMBRIONGA TA’SIRI
Keywords:
Toksoplazmoz, sitomegalovirus, parvovirus B19, qizamiq, HSV-1, HSV-2, virusli madaniyat, vaginal yo’l.Abstract
TORCH bu – homila uchun juda xavfli bo’lgan , eng keng tarqalgan infektsiyalarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma atama hisoblanadi. TORCH infeksiyasi — har qanday yosh va jinsdagi odamlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, ammo faqat homiladorlik uchun tayyorgarlik ko’rayotgan va homilador ayollarga, homila va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydigan infektsiyalar jamlanmasi. U asosan, homiladorlikda uchrab yangi tug'ilgan chaqaloqlarga ta'sir qiluvchi yuqumli kasallikdir. Erkak va ayollarda bir xil patologik alomatlarni yuzaga chiqaradi. Ushbu infektsiyani jinsiy yo‘l orqali, havo tomchi yo‘li orqali, ona suti orqali bolaga, tug‘ilish yo‘llaridagi infektsiya orqali hamda mushuklarning yungi va najasi orqali yuqtirib olishi mumkin.Infektsiya homilaga yo'ldosh orqali yuqib, embrion organlarining to‘g‘ri rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Infektsiya bilan og'rigan odam yo‘talganida yoki aksirganida tupruk va shilimshiq orqali boshqa odamlarga yuqtirishi mumkin. TORCH guruhiga kiritilgan barcha kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o’tkazish xastalikning oldini olishda samarali tadbir hisoblanadi.
References
Aliyev – MIKROBIOLOGIYA LABARATORIYA MASHG’ULOTLARI
https://youtu.be/Tt_rPcKXZGE?si=v63pl3DmFpN5yiWQ
Биргер М.О. Справочник по микробиологическим и
вирусологическим методам исследования. 3-е издание.— М., « Мелицина»
Levinson_W_ELEVENTH_Левинсон_У_Медицинская_микробиология_11_ELEVENTH.
https://my.clevelandclinic.org/health/diseases/23322-torch-syndrome
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK560528/
Литусов_Частная бактериология.
https://images.app.goo.gl/atbAAsFigNNvzbL77
1_1_Атлас_по_Микробиологии_А_А_Воробьёв_.