BOSH MIYA QON AYLANISHINING O’TKIR BUZILISHIDAN KEYINGI RIVOJLANGAN EPILEPSIYA KASALLIGI
;
gipertonik kriz, O‘tkir bosh miya qon aylanishining buzilishi, insult, epilepsiya, gipertoniya.Abstrak
O‘tkir bosh miya qon aylanishining buzilishi – bu o‘choqli belgilar, umumiy miya belgilari, meningial belgilar yoki bu belgilarning birgalikda kechishi bilan ifodalanuvchi, qon-tomir o‘zgarishlari ta’sirida yuzaga keluvchi miyaning zararlanishidir. Bemordagi nevrologik nuqsonlarning qancha vaqt saqlanib qolishiga qarab o‘tib ketuvchi miya qon aylanishining buzilishi va insultlar tafovut etiladi. Tez-tez emotsional zo‘riqish, kam harakatlik, chekish, tana vazni yuqori bo‘lishi, qandli diabet, arterial gipertenziya, dislipoproteinemiya, yurak qon-tomir sistemasi kasalliklariga irsiy moyilligi bor bemorlar ushbu kasallikka ehtimolligi yuqori bo‘lgan bemorlar hisoblanadi.
Nashr qilingan
2022-10-10
Nashr
Bo'lim
Maqolalar
Iqtibos keltirish tartibi
BOSH MIYA QON AYLANISHINING O’TKIR BUZILISHIDAN KEYINGI RIVOJLANGAN EPILEPSIYA KASALLIGI. (2022). Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 1(24), 275-276. https://in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/15353