MUHANDISLIK SOHASIDA MATEMATIKANING AHAMIYATI

Mualliflar

  • Sanjarbek Yuldashev Jaloliddin Manguberdi nomida harbiy-akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi bosh o‘qituvchisi Muallif
  • Jaloliddin Atamuratov Jaloliddin Manguberdi nomida harbiy-akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi bosh o‘qituvchisi Muallif
  • Jamolbek Xo‘janiyazov Jaloliddin Manguberdi nomida harbiy-akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi bosh o‘qituvchisi Muallif

;

Matematika, muhandislik, hisob-kitoblar, model yaratish, tahlil qilish, algoritm, differensial tenglamalar, statistika, optimallashtirish, chizmalar, funktsiyalar, geometriya, fizika asoslari, loyihalash, raqamli texnologiyalar, texnik yechimlar, muammo hal qilish, nazariy asoslar.

Abstrak

“Muhandislik sohasida matematikaning ahamiyati” mavzusidagi maqola, matematikaning muhandislikdagi o‘rni va uning turli sohalarda qanday qo‘llanilishini tahlil qiladi. Matematika, muhandislikda tizimlarni loyihalash, tahlil qilish, optimallashtirish va xavfsizlikni ta'minlashda zarur vosita hisoblanadi. Maqolada mexanik, elektr, kimyo, arxitektura va transport kabi sohalarda matematikaning qo‘llanilishi misollar orqali ko‘rsatilgan. Xususan, mexanikada kuch va momentlarni hisoblash, elektr muhandisligida zanjirlarni tahlil qilish, kimyo muhandisligida jarayonlarni modellash va qurilishda strukturalarni mustahkamlash kabi masalalar misolida matematik usullarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, matematik modellar va optimallashtirish metodlarining muhandislikda qo‘llanilishi haqida ham so‘z yuritilgan. Maqola matematikaning muhandislik sohasidagi turli amaliy masalalarni yechishda, aniq va samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Iqtiboslar

Akhadova K. S., Keldiyorova F. "Muhandislikda oliy matematika fanini o‘qitishning ahamiyati" maqolasi Jizzax Politehnika Institutida o‘tkazilgan xalqaro anjuman. 2024 y.

Apakov Yu. "Oliy matematikadan misol va masalalar" darsligi Namangan Davlat Universiteti.

Brian D. Wood. "Introduction to Engineering Mathematics and Analysis: Modeling Physical Systems Using the Language of Mathematics" darslik.

Mary L. Boas. "Mathematical Methods in the Physical Sciences" asari., 2021 y.

Ken Stroud. "Advanced Engineering Mathematics" 2022 y.

Nashr qilingan

2025-05-20

Iqtibos keltirish tartibi

MUHANDISLIK SOHASIDA MATEMATIKANING AHAMIYATI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 4(17), 27-31. https://in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/17273