TOTAL PHYSICAL RESPONSE METODINING INGLZI TILIDA LUG‘AT O‘RGANISHDAGI O‘RNI VA SAMARASI
;
Total Physical Response (TPR), metodlar, lug‘atlar, innovatsion ta’lim, motivatsiya, samaradorlik, individual qobilyat.Abstrak
Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Total Physical Response (TPR) metodi, til o‘rgatishda harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta'minlaydi, bu esa o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qiladi. TPR metodi o‘quvchilarning lug'atni o‘zlashtirishda sezilarli yaxshilanishlarni ta'minladi. Shuningdek, TPR metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Biroq, TPR metodining ba'zi cheklovlari ham mavjud, masalan, murakkab tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar, jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi. Bu muammolarni hal qilish uchun TPR metodini boshqa metodlar bilan birlashtirish, sinf sharoitlarini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytadiganda, TPR metodi ingliz tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Iqtiboslar
Azizova, D. (2025). A COMPARATIVE ANALYSIS OF THIRD-PERSON PRONOUN DEPLOYMENT IN THE TWO DISTINCT LANGUAGES: UZBEK AND ENGLISH. Nordic_Press, 8(0008).
Azizova, D. (2025). STRATEGIES FOR DELIVERING GRAMMAR INSTRUCTION VIA TEXTUAL EXAMINATION. Nordic_Press, 8(0008).
Astutik, Y., & Aulina, C. N. (2018). Metode total physical response (tpr) pada pengajaran bahasa inggris siswa taman kanak-kanak. https://doi.org/10.17509/BS_JPBSP.V17I2.9658
Kasimova, M. (2024). Sun’iy intellekt orqali xorijiy til o‘rganuvchilarining faolligini oshirish va ta’lim jarayoniga jalb qilish. https://doi.org/10.36078/171074713.
Prince, A. (2021). Total physical response: método para el aprendizaje del inglés en tiempos de pandemia.
Total Physical Response: un método para la adquisición del vocabulario básico en inglés. (2023). Actualidades Pedagógicas. https://doi.org/10.19052/10.19052/ap.vol1.iss80.4.
Radić-Bojanić, B. (2020). Total physical response: theoretical frameworks and general principles. https://doi.org/10.19090/PS.2020.1.72-833