HAYOTGA MOTIVATSIYA VA RUHIY BARDOSHLILIK MANBALARI

Mualliflar

  • Zilola Ro'ziyeva O'zbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Muallif

;

motivatsiya, ichki kuch, ruhiy barqarorlik, psixologik turtki, o‘ziga ishonch, shaxsiy rivojlanish.

Abstrak

Ushbu maqolada hayotiy motivatsiya va insonning ichki kuch manbalari psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shaxsiy qadriyatlar, maqsadlar va ichki turtki bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, ichki kuch tushunchasiga zamonaviy psixologiyadagi yondashuvlar (Maslou, Frankl, Seligman, Duckworth va boshqalar) orqali yondashilib, uning tarkibiy qismlari – ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch, ijobiy ichki suhbat va muvofiq ijtimoiy muhit – aniqlangan. Maqolada ichki kuchni rivojlantirishning amaliy usullari ham bayon qilinib, ushbu tushunchalarning shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda nazariy-analitik metodlar asosida asosiy nazariyalar tahlil qilinib, muallif tomonidan umumlashtirilgan ilmiy xulosalar taqdim etilgan.     

Iqtiboslar

Maslow, A. H. (1943). A Theory of Human Motivation. Psychological Review.

Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2000). Self-determination theory.... American Psychologist.

Seligman, M. E. P. (2011). Flourish.... Free Press.

Frankl, V. E. (1946). Man's Search for Meaning. Beacon Press.

Duckworth, A. (2016). Grit.... Scribner.

Baumeister, R. F., & Tierney, J. (2011). Willpower.... Penguin Books.

Nashr qilingan

2025-05-20

Iqtibos keltirish tartibi

HAYOTGA MOTIVATSIYA VA RUHIY BARDOSHLILIK MANBALARI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Pedagogika Va Psixologiya, 4(10), 25-28. https://in-academy.uz/index.php/ZDPP/article/view/19060