TIL, TAFAKKUR VA DAVR UYG‘UNLIGI: XAYRIDDIN SULTONNING QISSACHILIK USLUBI

Mualliflar

  • Fanuza Adilova ToshDO‘TAU tayanch doktoranti Muallif

;

Obraz poetikasi, psixologizm, davr ruhi, sovet davri adabiyoti, til va uslub, ichki monolog, milliy qadriyatlar, badiiy tafakkur, realizm, Botir Zokirov obrazi, falsafiy-lirik qissa.

Abstrak

Mazkur tezis Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Ajoyib kunlarning birida” qissasining badiiy xususiyatlari, janr poetikasi, til va uslubiy yondashuvlari hamda asarda ifodalangan davr ruhi tahliliga bag‘ishlangan. Asarda 1970–80-yillar Sovet O‘zbekistoni hayotining realistik manzaralari, insoniy iztiroblar, ma’naviy bo‘shliq va milliy o‘zlikni anglash jarayonlari chuqur badiiy ifodasini topgan. Qahramonlar, xususan Sulton obrazi orqali muallif ichki monolog, ruhiy kurash, vijdon va burch, hayot mazmuni kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Botir Zokirov obrazida esa milliy g‘urur, ma’naviyat va san’at ifodasi mujassam. Asarning tili sodda, xalqona, ammo mazmunan chuqur; har bir obraz nutqi individuallashtirilgan. Tadqiqotda qissa janrining zamonaviy evolyutsiyasi, psixologizm va lirizm singari tendensiyalar ham yoritilib, muallif uslubining yuksak badiiy madaniyati namoyon etiladi. Shu jihatdan, qissa o‘zbek adabiyotida falsafiy-lirik qissachilikning yorqin namunasi sifatida baholanishi mumkin.

Iqtiboslar

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Тошкент: Akademnashr, 2018.

Sulton X. Ko‘ngil ozodadur. – T.: Yangi asr avlodi, 2019. – B. 97.

Қодирий А. Ёзувчи ўз иши тўғрисида. // Қизил Ўзбекистон. 1935 йил, 14 март. (№ 60)

Храпченко М.Б. Горизонты художественного образа. – Москва: Художественная литература, 1986.

Носиров Ў. Ижодкор шахс, бадиий услуб, автор образи. – Тошкент: Фан, 1987

Nashr qilingan

2025-08-31

Iqtibos keltirish tartibi

TIL, TAFAKKUR VA DAVR UYG‘UNLIGI: XAYRIDDIN SULTONNING QISSACHILIK USLUBI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Pedagogika Va Psixologiya, 4(15), 69-72. https://in-academy.uz/index.php/ZDPP/article/view/19256