MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Аннотация
Jahonda iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi natijasida inson kapitaliga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va kreativ metodikalar bilan uyg‘unlashgan o‘qitish uslublarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi esa inson shaxsining shakllanishidagi eng muhim bosqich sifatida, o‘z mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqishni va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda. Geymifikatsiya – ya’ni o‘yin mexanizmlarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni erta shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limda geymifikatsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozoriga mos, muammoli vaziyatlarda yechim topa oluvchi, adaptiv fikrlaydigan avlodni shakllantirishga erishmoqda.
Библиографические ссылки
M.R. Isxakova. Maktabgacha ta'limda innovatsion texnologiyalar. Fan va texnologiya-2020. B.180
G.N. Ibragimova. Maktabgacha ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Yangi asr avlodi-2019. B.220
K. M. Kapp. Gamification of Learning and Instruction: Game-based Methods and Strategies for Training and Education. Pfeiffer 2012. P.336.
M. Karl The Gamification of Learning and Instruction Fieldbook: Ideas into Practice. Pfeiffer.2013. P.480
J. Hamari. The Gamification of Learning: A Meta-analysis. IEEE Transactions on Learning Technologies-2014.P. 13