SAVOLNOMA ASOSIDA KAPSULALI KIYIMLARNI LOYIHALASH AYOLLAR GARDEROBINING MUAMMOLARI FASTFASHION

Mualliflar

  • Pardayeva Muharram Bazarbayevna Mustaqil tadqiqotchi. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat insitituti assistent ##default.groups.name.author##
  • Ataxanova Feruza Zahirovna Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti professori, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kapsulali garderob, fast fashion, barqaror moda, dizayn, minimalizm, impulsiv xarid, individuallik, Preta-a-porte, barqaror moda, yuqori moda.

Abstrak

Ushbu maqolada ayollar garderobida uchraydigan muammolar, fast fashion oqimining salbiy ta’siri hamda kapsulali kiyimlar konsepsiyasi asosida samarali garderobni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Savolnoma natijalari asosida iste’molchilarning kiyim tanlashdagi odatlari, ehtiyojlari va muammolari o‘rganilib, kapsulali garderobni loyihalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy adabiyotlarda kapsulali garderob tushunchasi minimal kiyimlar orqali maksimal kombinatsiyalar yaratishga asoslangan tizim sifatida izohlanadi. Tadqiqotchilar ushbu yondashuvni barqaror moda (sustainable fashion) konsepsiyasining muhim qismi sifatida ko‘rib chiqadilar. Zamonaviy tadqiqotlarda fast fashionning ekologik va ijtimoiy salbiy ta’siri keng yoritilgan. Shuningdek, iste’molchilarning ongli xarid qilish madaniyatini shakllantirish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu muammolarga javob sifatida, kapsulali garderob konsepsiyasi nafaqat shaxsiy uslubni soddalashtirish usulini, balki barqaror rivojlanishga yanada ongli hissa qo‘shish imkoniyatini ham taqdim etadi. O’rta yoshdagi ayollar uchun kapsulali kolleksiya loyihalashga bo'lgan munosabat, bilim va yondashuvlar, uning tarixiy rivojlanishi, O’zbekistonlik brendlarning kapsulali kolleksiyalarni ishlab chiqishga yondashuvlarning tahlili, zamonaviy va kelajak modasida kapsulali kolleksiyadagi libos assortimentini rejalshtrish mohiyati, xaridorlar talabini o’rganish foydalanish haqida ma'lumot to'plandi. Kapsulali garderob — bu o‘zaro uyg‘unlashadigan, universal va cheklangan miqdordagi kiyimlardan tashkil topgan kolleksiya hisoblanadi.

##submission.citations##

https://oz.sputniknews.uz/20260129/uzbekistan-aholi-son-55353859.html

https://www.thevaultuwmadison.com/blog/the-capsule-answer-to-the-fast-fashion-question

Joy, A. et al. (2012). Fast Fashion, Sustainability, and the Ethical Appeal of Luxury Brands.

Артем Демиденко Капсульный гардероб: Секреты минимализма в одежде 38 bet. https://www.litres.ru/book/artem-demidenko/kapsulnyy-garderob-sekrety-minimalizma-v-odezhde-71484772/ Barqarorlik va ekologik mas’uliyat

https://en.wikipedia.org/wiki/Haute_couture

Назарова, Д.Ш., & Исмоилова, З.А. Кийим дизайнида функционаллик ва эстетика уйғунлиги. — Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2020. — 112 б. (Бетлар 56 71).

https://en.wikipedia.org/wiki/Capsule_wardrobe

Fletcher, K. (2014). Sustainable Fashion and Textiles.

Gwilt, A. (2020). A Practical Guide to Sustainable Fashion.

10.Niinimäki, K. (2018). Sustainable Fashion in a Circular Economy.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-10