TABSIR FI MA’ALIM AD-DIN” ASARINING YOZILISH SABABLARI VA TARIXIY SHAROITI
##semicolon##
Ibn Jarir al-Tabari, “Tabsir fi ma’alim ad-din”, aqida ilmi, Ahlus-sunna, kalom, Abbosiylar davri, mo‘taziliya, aqidaviy ixtiloflar.Abstrak
Mazkur maqolada Ibn Jarir Tabariyning “Tabsir fi ma’alim ad-din” asarining yozilish sabablari va uning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy-ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Bundan tashqari ushbu asarda qo`llanilgan uslub,islomdagi asosiy manba Qur`on va sunnatdan Tabariyning foydalanish uslubi o`rganiladi. IX–X asrlarda Abbosiylar davrida islom olamida aqidaviy bahs-munozaralar kuchayib, turli firqa va yo‘nalishlar shakllanganligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Xususan, mo‘taziliylar va boshqa aqidaviy oqimlarning faoliyati natijasida Ahlus-sunna aqidasini himoya qilish zarurati yuzaga kelgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda tarixiy-tahliliy va qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqola natijalariga ko‘ra, “Tabsir fi ma’alim ad-din” asari sunniy aqidani tizimli ravishda bayon qilish, bid’atchi qarashlarga ilmiy javob berish hamda islom aqidasining asosiy tamoyillarini mustahkamlash maqsadida yozilganligi asoslanadi. Asarning aqida ilmi tarixidagi o‘rni va ilmiy ahamiyati ham yoritiladi.