TALABANING MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH MEZONLARI VA UNI BAHOLASH KRITERIYALARINI ISHLAB CHIQISH (“TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI” FANI MISOLIDA)
Main Article Content
Аннотация:
Kognitiv faoliyatda talabalarning mustaqil ishlarining o'rni nihoyatda katta, shuning uchun ham oliy ta’lim o'qituvchilari tomonidan unga katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Talabalarning mustaqil ishlariga bag'ishlangan ko'plab maqolalarda talabalarning nazariy va amaliy bilimlarni o'zlashtirishga ongli munosabatini tarbiyalash, qizg'in intellektual mehnat odatini singdirish maqsadi yotadi. Bu ta'limning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Biroq, o‘quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki uni o‘zlashtirish usullarini ham o‘zlashtirishi muhim, ya’ni o‘quvchilarni aniq fan bilimlari bilan qurollantirishdan ko‘ra ko‘pincha bilim olishga o‘rgatish muhimroqdir. Shuning uchun ham ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’lim soatlarini tashkil etish va boshqarishga bag’ishlangan.