"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-06-07
Articles
HAYOTIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tayanch hayotiy kompetensiyalarini shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan yondashuv – bu fanlararo bog‘liqlik, o‘quvchilarning amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘zaro muloqotlari va real hayot bilan uzviy bog‘langan ta’limiy topshiriqlar orqali o‘z ifodasini topadi. Maqolada integratsiyalashgan ta’limning nazariy asoslari, amaliy modellari hamda ularning hayotiy kompetensiyalar – ijtimoiylashuv, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos keluvchi integratsiyalashgan dars namunalariga tahliliy yondashuv berilgan va samaradorlikni oshirishga doir metodik tavsiyalar keltirilgan.
2025-06-07
JAHON DIRIJORLIK MAKTABLARINING RIVOJLANISH TARIXIGA QISQACHA NAZAR
Mazkur maqolada jahon dirijorlik maktablarining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlariga qisqacha nazar tashlanadi. Dirijorlik san’atining Yevropa musiqa madaniyatida tutgan o‘rni, ayniqsa, Italiya, Germaniya, Rossiya va AQSh kabi mamlakatlardagi yirik dirijorlik maktablarining uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mashhur dirijorlarning faoliyati va ularning professional tayyorgarlikdagi yondashuvlari muhokama qilinadi. Maqolada dirijorlik san’atining zamonaviy talablarga moslashuvi va global integratsiya jarayonlari doirasida kechayotgan o‘zgarishlar ham yoritilgan.
2025-06-07
DIRIJORNING SAHNADAGI HARAKATI VA JISMONIY EKSPRESSIYASINING AHAMIYATI
Mazkur maqolada dirijorning sahnadagi harakati va jismoniy ekspressiyasi musiqiy ijroning badiiy ifodasi va tinglovchiga estetik ta’sir ko‘rsatishidagi roli yoritilgan. Dirijorning tana harakatlari, imo-ishoralari, mimikalari va sahnadagi holati orkestr ishtirokchilari bilan samarali muloqot o‘rnatish, emotsional kayfiyatni belgilash hamda musiqiy asarni yaxlit tarzda talqin etishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy dirijorlik tajribalari tahlil qilinib, ularning jismoniy ekspressiyasi orqali yetkazilgan badiiy mazmunning samaradorlik darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, dirijorlik pedagogikasida jismoniy ifodaning o‘rgatilish usullari haqida ham fikr yuritiladi.
2025-06-07
FORTEPIANO IJROSIDA APPLIKATURA USTIDA ISHLASH AHAMIYATI
Ushbu maqolada musiqiy ijrochilikda texnik va badiiy mahoratini rivojlantirishda applikaturaning o‘rni va unga oid metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. To‘g‘ri tanlangan applikatura texnik barqarorlik, ifoda ta’sirchanligi va jismoniy zo‘riqishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Odatda uchraydigan xatolar tahlil qilinib, individual yondashuv asosidagi tavsiyalar beriladi
2025-06-07
«РОЛЬ МОЛОДЫХ ИСПОЛНИТЕЛЕЙ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКЕ» (В ПРИМЕРЕ БЕКЗОДА АБДУРАИМОВА)
В данной статье рассматривается роль молодых исполнителей в современной узбекской музыкальной культуре, акцентируя внимание на творчестве Бекзода Абдураимова — одного из самых ярких представителей нового поколения. Проанализированы особенности его музыкального стиля, взаимодействие с аудиторией, а также влияние на развитие национальной и популярной музыки. Работа подчеркивает значение молодежного вклада в культурную динамику и эстетическое обновление узбекской музыки.
2025-06-07
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYANING TARIXIY-FALSAFIY ILDIZLARI
Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida tarbiyaning tarixiy-falsafiy ildizlari o‘rganilgan. Maqolada Qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodi va mutafakkirlarining (Kunxoja Ibrayim ulı, Berdaq) merosi yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o‘rni ko‘rsatildi. Shuningdek, islomiy meros va sharqona falsafa ta’siri ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning milliy qadriyatlar haqidagi fikrlari maqolada asosiy o‘rin tutadi. Maqola yosh avlodni ma’naviy yetuk shaxs qilib tarbiyalashga oid ilmiy mulohazalar va misollarni o‘z ichiga oladi.
2025-06-09
FORTEPIANO IJROSIDA APPLIKATURA USTIDA ISHLASH AHAMIYATI
Ushbu maqolada musiqiy ijrochilikda texnik va badiiy mahoratini rivojlantirishda applikaturaning o‘rni va unga oid metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. To‘g‘ri tanlangan applikatura texnik barqarorlik, ifoda ta’sirchanligi va jismoniy zo‘riqishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Odatda uchraydigan xatolar tahlil qilinib, individual yondashuv asosidagi tavsiyalar beriladi.
2025-06-09
«РОЛЬ МОЛОДЫХ ИСПОЛНИТЕЛЕЙ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКЕ» (В ПРИМЕРЕ БЕКЗОДА АБДУРАИМОВА)
В данной статье рассматривается роль молодых исполнителей в современной узбекской музыкальной культуре, акцентируя внимание на творчестве Бекзода Абдураимова — одного из самых ярких представителей нового поколения. Проанализированы особенности его музыкального стиля, взаимодействие с аудиторией, а также влияние на развитие национальной и популярной музыки. Работа подчеркивает значение молодежного вклада в культурную динамику и эстетическое обновление узбекской музыки.
2025-06-09
G‘AYRAT MAJID SHE’RIYATI VA EKZISTENSIALIZM: “MAKTUB” SHE’RI ASOSIDA TAHLIL
Ushbu maqola zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakili G‘ayrat Majid ijodini, xususan “Maktub” she’rini ekzistensializm tamoyillari asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Lirik qahramonning ichki iztiroblari, yolg‘izlik hissi, jamiyatdan begonalashuv holatlari falsafiy tafakkur doirasida yoritiladi. She’rda o‘z aksini topgan mavjudlik, erkinlik, mas’uliyat va umidsizlik kabi tushunchalar shoirning shaxsiy kechinmalari bilan bog‘liq holda izohlanadi
2025-06-11
MASHINASOZLIKDA FOYDALANILADIGAN GEOMETRIYA O‘LCHOV ASBOBLARINI TEKSHIRISH TAJRIBALAR
Mazkur maqolada mashinasozlik sanoatida keng qo‘llaniladigan geometriya o‘lchov asboblarining aniqligi va ishonchliligini ta'minlash maqsadida ularni tekshirish va kalibrlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tahlil qilinadi. Mikrometr, shtangensirkul, indikator va boshqa o‘lchov vositalari asosida tajribalar o‘tkazilib, ularning aniqlik darajasi, xatoliklar ko‘lami va foydalanishga yaroqliligi baholangan. Maqolada, shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot mashinasozlikda sifatni nazorat qilishda o‘lchov asboblarining holatini muntazam tekshirish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-06-13
O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI MATNIDA GENDER VARIATIVLIK
ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va badiiy adabiyotlarda lisoniy variativlik va gender variativlik haqida gap boradi. Badiiy matndagi ikki jins vakili bo‘lgan personajlar nutqi mazmun va xarakter jihatidan farqlanishi taqqoslanadi
2025-06-13
FRANSUZ TILIDA INFINITIVNING QO`LLANILISHI
Ushbu maqolada fe'lning infinitiv shakllari muammolari ko'rib chiqiladi. Fransuz tilida infinitivdan foydalanish jumla tushunchasida ko'plab o'zgarishlarga olib keladi. Infinitiv yordamida tuzilgan jumlalarning ma'nolarida juda ko'p o'zgaruvchanlik mavjud. Fransuz tilida infinitiv shakli fe’lning asosiy ko‘rinishi sifatida tilning grammatik vay uslubini boyitishda muhim zarba ega. Ush shaklning keng qo'shimcha modal fe'llar bilan ulanish, buyurtma va taklif manolarini ifodalash, sabab va vaqtni ko'rsatishda qo'l kelishib olish.
2025-06-13
IXTIYORIY VAZIYATDA BERILGAN TEKISLIKLARNI GORIZONTAL VA FRONTAL VAZIYATGA KELTIRISHNING BA’ZI EVRISTIK USULLARI
Ushbu maqolada ixtiyoriy vaziyatda berilgan tekisliklarni gorizontal va frontal vaziyatga keltirishning ba’zi evristik usullari misollar yordamida bayon qilingan
2025-06-14
MAKTABLARDA XORIJIY TILLARNI OʼQITISH JARAYONIDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI INTEGRATSIYA QILISH METODIKASI
Mazkur maqolada umumtaʼlim maktablarida xorijiy tillarni oʻqitishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning metodik asoslari, ularning taʼlim sifatiga taʼsiri va oʻquvchilar kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. AI texnologiyalarining, xususan, til oʻrgatuvchi chat-botlar, avtomatik tarjima vositalari, ovozli aniqlash tizimlari va individual adaptiv oʻquv platformalarning integratsiyasi orqali dars samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-06-16
AN’ANAVIY XONANDALIKDA ERKAK OVOZ TURLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy xonandalik san’atida erkak ovoz turlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning musiqiy madaniyatimizdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Xususan, tenor, bariton va bas kabi erkak ovoz turlarining tarixi, ularning maqom, doston va xalq qo‘shiqlari ijrosidagi funksional vazifalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada erkak ovoz turlarini shakllantirishda ustoz-shogird an’anasining o‘rni, hududiy xususiyatlari va bugungi kunda ularni saqlash va rivojlantirishning dolzarb masalalari ochib beriladi.
2025-06-16
FRANZ KAFKA HIKOYALARI TARJIMASIDA METAFORALARNING LINGVOPOETIK TRANSFORMATSIYASI: NEMIS TILIDAN O‘ZBEK TILIGA O‘GIRISH JARAYONI TAHLILI
Ushbu maqola Franz Kafka ijodidagi metaforalarning o‘zbek tiliga tarjimasini lingvopoetik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etadi. Kafka uslubining semantik zichligi, surrealistik obrazlar va sintaktik murakkabligi tarjimada funksional va estetik yondashuvni talab qiladi. Tadqiqot Die Verwandlung (“Evrilish”) va Ein Hungerkünstler (“Ochlik san’atkori”) hikoyalari asosida olib borilib, ularning o‘zbekcha tarjimalari lingvopoetik va intersemiotik mezonlar asosida tahlil qilinadi. Maqola metaforani tarjimada semantik emas, balki poetik va madaniy ekvivalentlik asosida qayta yaratish zarurligini asoslaydi hamda tarjimonda ijodkorlik pozitsiyasini ta’kidlaydi.
2025-06-16
ЧТОБЫ ЧЕГО-ТО ДОСТИЧЬ В МУЗЫКЕ, САМОЕ ГЛАВНОЕ, НУЖНО – ОГРОМНОЕ ЖЕЛАНИЕ
Музыкальное образование является частью образовательного процесса и активно включается решение новых педагогических задач. Ориентация на новые цели образования требует не только изменения содержания изучаемых предметов, но и методов и форм организации образовательного процесса, активизацию деятельности обучающихся в ходе занятия, приближения изучаемых тем к реальной жизни и поисков путей решения возникающих проблем.
2025-06-16
REPUBLICAN EXECUTIVE AUTHORITIES AND PUBLIC CONTROL OVER THE LEGAL REGULATION OF INSURANCE ACTIVITIES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
After our country gained independence, a number of legislative acts were adopted in Uzbekistan to regulate insurance activities. The rules on insurance are primarily stipulated in Article 48 of the Constitution of the Republic of Uzbekistan. According to it, the state takes measures to develop the healthcare system, its state and non-state forms, various types of medical insurance, and ensure the sanitary and epidemiological well-being of the population. This article analyzes the concept of republican executive authorities and public control in the legal regulation of insurance activities in the Republic of Uzbekistan
2025-06-16
TILLARARO FRAZEOLOGIK MOSLIKLAR TILSHUNOSLIKDA DOLZARB MUAMMO SIFATIDA
Mazkur maqolada tillararo frazeologik mosliklar masalasi tilshunoslikdagi dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Frazeologik birliklarning semantik, strukturaviy va komponent darajadagi mosliklari turli tadqiqotchilar yondashuvlari asosida tahlil etiladi.
2025-06-16
IMOM MOTURIDIY: ISLOM FALSAFASI VA ILMINING POYDEVORI SIFATIDA
Ushbu maqolada islom ta’limotining va aqidasining yorqin vakillaridan biri Imom Moturidiyning kalom ilmi sohasidagi o‘rni, moturidiylik maktabining asoschisi sifatidagi roli hamda fiqh ilmidagi ilmiy merosi tahlil qilingan.
2025-06-16