SURUNKALI ESHAKEMI, URTIKARIYA BILAN OG'RIGAN BEMORLARNI DAVOLASHDA ANTIGISTAMIN DORI VOSITALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Abstract
Eshakemi, urtikariya — teri kasalligi, asosan allergik kelib chiqishli dermatit bo’lib, qichitqi o’tdan kuyishda kuzatiladigan qavarchiqlarga o’xshash kuchli qichiydigan, yassi ko’tarilib turuvchi och pushti qavarchiqlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Eshakemi kasalligi rivojlanishidagi yetakchi mexanizm - bu reagin shikastlanish mexanizmi. Allergen sifatida dori-darmonlar (antibiotiklar, rentgen-kontrast moddalar va boshqalar), zardoblar, gamma-globulinlar, bakterial polisaxaridlar, oziq-ovqat mahsulotlari, insekt allergenlar ko’p uchraydi. Eshakemining surunkali kechishida chuqurroq tekshiruvlar o’tkazish, xususan kasallikning batafsil tarixi, qon, peshob va axlat tahlili, ba’zan esa rentgenologik tekshiruvlar ham kerak bo’ladi. Eshakemida sovuq kompresslar, qichishni kamaytiradigan losyonlar, antigistaminlar yordam beradi-bu kasallikni asosiy davolash usuli hisoblanadi.
References
Muraro A., Worm М., Alviani С. et al. EAACI guidelines: Anaphylaxis (2021 update). Allergy. 2022.
