SARATON PROLIFERASIYASINI CHEKLOVCHI IMATINIB ESSINAT BIRIKMASINING SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI

Mualliflar

  • R.R. Saidov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi Muallif
  • L.Q. Elmurodov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi Muallif
  • Z.A. To’ymurodova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi Muallif
  • A.T. Sharipov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi Muallif

Abstrak

Saraton kasalligiga 2020-yilda 18,1 mln nafar, 2023-yilda 19,5 mln nafar aholida qayd etilgan. 2040-yilga kelib kasallanish koʼrsatkichi 50,7% ga oʼsib 29,4 mln nafarga yetishi bashorat qilinmoqda Imatinib - tirozin kinaza ingibitori sifatida 2001 yilda Amerika oziq ovqat va farmasevtika idorasi (FDA) tomonidan tibbiyotda saraton kasalligini davolashga tavsiya etilgan. Uning suvda eruvchanligini ta’minlash uchun mezilat shaklidan foydalaniladi. Imatinib oluvchilarning 60% nojo’ya ta’sir sifatida shish paydo bo'ladi. Hozirgi kunda dunyo olimlari tomonidan imatinibni biosamarodorligini oshirish bo’yicha tadqiqotlar ko’lami kengaymoqda.. Essin tabiiy biosurfaktant bo’lib, so'nggi ma'lumotlarga qaraganda yallig'langan to'qimalarda qon tomirlarining o'tkazuvchanligini kamaytirishda essinning yallig'lanishga qarshi xususiyatlari aniqlangan va shu bilan shish paydo bo'lishini oldini oladi. Imatinibni yuqori biosamaradorlikka ega, difil tuzilishli, tabiiy surfaktantlar bilan yangi birikmalarini sintez qilish va tibbiyot amaliyotga joriy qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Saraton kasalligini davolashda qo’llash mumkin bo’lgan Imatinib essinat birikmasining sintezini amalga oshirish va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar

Evoy K. E. et al. Gabapentinoid pharmacology in the context of emerging misuse liability // The Journal of Clinical Pharmacology. – 2021. – Т. 61. – С. S89-S99.

Государственный реестр лекарственных средств и медицинских изделий, зарегистрированных в Республике Узбекистана за 2017-2021 годы

Saidkarimova Yo.T., Jalilov F.S Gabapentin dori moddasi va uning tibbiyotda ishlatilishi //«Современное состояние и перспективы развития клинической фармакологии», 24-25 ноября 2022 года, г.Бухара, Узбекистан. 163-164 бетлар.

Nashr qilingan

2024-05-13

Iqtibos keltirish tartibi

SARATON PROLIFERASIYASINI CHEKLOVCHI IMATINIB ESSINAT BIRIKMASINING SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI. (2024). Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 4(5 (Specaial Issue), 66-67. https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10339