SUPRASTIN DORI VOSITASINI DASTLABKI TAXLIL SHAROITLARINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Xlorpiramin antigistamin dori vositalarining birinchi guruhiga kiruvchi tibbiyot amaliyotida ko’p foydalaniladigan dori preparatlaridan hisoblanadi. Bu dori vositasidan noto'g'ri foydalanish yoki uning me'yorini oshirib yuborish oqibatida o'tkir zaharlanishga olib kelishi mumkin. Zaharlanish xloropiramin gidroxloridining dozasi oshirib yuborilganida gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, ataksiya, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, atetoz, tirishishlar rivojlanadi. Bolalar uchun qo‘zg‘alish holati ustunlik qiladi. Shuningdek, og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, taxikardiya, siydikni tutilishi, isitma kabi nojo'ya ta'sirlar yuzaga keladi. Adabiyotlarda xlorpiramin gidroxloriddan zaharlanish holatlari bo'yicha ko'plab ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Shuni hisobga olgan holda sud-kimyo ekspertizasi uchun eng sezgir kimyo-toksikologik tahlil usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir.
