JENSHEN (PANAX GINSENG C.A.MEYER ) O’SIMLIGI ILDIZIDAN OLINGAN QURUQ EKSTRAKTNING NAM TORTISH XOSSASINI O’RGANISH
Main Article Content
Аннотация:
Dorivor o'simliklardan turli xil kasalliklarni davolashda foydalanish an'analari minglab yillar davomida shakllangan. Hozirgi vaqtda kimyo va biotexnologiyaning yutuqlariga qaramay, o'simlik xom ashyosidan olingan dorilarga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. O'simlik xom ashyosidan olingan preparatlarni terapevtik ta'sirining o'ziga xos xususiyati shundaki, u kimyoviy sintez natijasida olingan dorilar kabi terapevtik ta'sirni tez va aniq yuzaga chiqara olmaydi. Ammo tabiiy biologik faol moddalarni o'z ichiga olgan dori preparatlar, sintetiklardan farqli o'laroq allergiya keltirib chiqarmaydi, kam zaharliligi bilan organizmga yumshoq ta'sir ko'rsatadi va uzoq muddat foydalanish mumkin. Bularni inobatga olgan holda, jenshen o‘simligining ildizidan olingan quruq ekstrakt asosida organizmning umumiy tonusini oshiruvchi, markaziy asab tizimiga faol ta'sir etuvchi, jismoniy va ruhiy charchoqni kamaytiruvchi va ishtahani yaxshilovchi tabletka dori shaklini yaratish lozim deb topildi. Jenshen (Panax ginseng C.A.Meyer) ildizining oxirgi bir necha o’n yilliklarda immunintetni yaxshilovchi, kuch va jinsiy moyillikni oshiruvchi, yurak qon-tomir, qandli diabet va nevrologik kasalliklarga qarshi kurashuvchi ta’sirlari bilan birga antioksidant hamda saratonga qarshi ta’sirlari asosiy va klinik tadqiqotlarda o’rganilgan [1].
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Xiang YZ, Shang HC, Gao XM, Zhang BL. A comparison of the ancient use of ginseng in traditional Chinese medicine with modern pharmacological experiments and clinical trials. Phytother Res 2008;22:851-858.
Vogler BK, Pittler MH, Ernst E. The efficacy of ginseng. A systematic review of randomised clinical trials. Eur J Clin Pharmacol 1999; 55:567-575.
Рахимова Г.Р., Каримов О.У., Зуфарова З.Х., Рахимова О.Р. Разработка состава и технологии таблеток “Метформин-Sharq” // Universum: технические науки: научный журнал. – №6 (99). Часть 5., Москва. Изд. «МЦНО», 2022. – 37-44 стр.
Носовицкая С. А., Борзунов Е. Е., Сафиулин Р. М. Производство таблеток.— М.: Медицина, 1969.— 135 с.

