Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan 2024 yil 22-fevral kuni tashkil etilgan «Farmatsevtik texnologiyaning zamonaviy yutuqlari va istiqbollari» nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi Innovatsion Akademiyaning «Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences» jurnalining maxsus sonida nashr etildi. Konferensiyaga kelib tushgan har bir maqola va tezisga maxsus DOI identifikatori taqdim etildi, hamda Yevropaning Zenodo, OpenAire xalqaro bazalariga, Google Scholar qidiruv tizimiga indekslandi. Konferensiya ishtirokchilariga sertifikat va tezis to'plamlari taqdim etildi. Barcha tezislar in-academy.uz platformasiga joylashtirildi.
Опубликован: 2024-02-18