PESHOBDAN AJRATIB OLINGAN INDAPAMIDNI TAHLILI

Mualliflar

  • B . Aminova Toshkent farmatsevtika instituti Muallif
  • N.A. Abdullabekova Toshkent farmatsevtika instituti Muallif

Abstrak

Indapamid dori vositasi kimyoviy tuzilishiga ko‘ra notiazid sulfonamid hosilalari guruhiga kiradi va indol halqasini saqlaydi. Tibbiyotda Indap, Arifon retard, Arifon, Akuter-Sanovel, Velpamid nomi bilan diuretik vosita sifatida ishlatiladi. Farmakologik xususiyatlari bo‘yicha u tiazid diuretiklarga yaqin. Qobiqlangan tabletkadan indapamid sekin ajralib chiqadi va me’da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. Peshob haydovchi dorilarni faqat shifikor ko`rstmasiga ko`ra qo`llash lozim, chunki bu dorilarning bir qancha nojo`ya ta`sirlari mavjud. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarda undan keng ko‘lamda qo‘llanilishi oqibatida zaharlanish holatlari kuzatilganligi va kimyo-toksikologik jihatdan yetarli o‘rganilmaganligi aniqlangan. Indapamidni zaharlilik darajasini inobatga olib, u bilan o`tkir zaharlanish holatlari yuz  berganda  insonlarga  tez tibbiy yordam  ko`rsatish uchun  to`g`ri tashhis qo`yish  muhim ahamiyatga ega.

Nashr qilingan

2024-06-30

Iqtibos keltirish tartibi

PESHOBDAN AJRATIB OLINGAN INDAPAMIDNI TAHLILI. (2024). Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 4(6 (Special Issue), 165-166. https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10503