KANER SINDROMLI BOLALARDAGI ETIOPATOGENEZ VA YALLIG`LANISH XUSUSIYATLARI
;
Kaner sindromi, autizm spektr buzilishi, neyroyallig‘lanish, sitokinlar, immun biomarkerlar, erta bolalik, immunopatologiya.Abstrak
Mazkur tadqiqotda 3–6 yoshdagi Kanner sindromiga chalingan bolalar organizmidagi immunologik va neyroinflammator o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda jami 60 nafar bemor bola va 30 nafar sog‘lom nazorat guruhi ishtirok etdi. Kliniko-laborator tekshiruvlar natijasida Kanner sindromli bolalarda IL-6, TNF-α va IL-1β kabi sitokinlar darajasining sezilarli oshishi, CD3+ va CD4+ limfotsitlarning kamayishi, CRP va immunoglobulin ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Bu holatlar Kanner sindromining etiopatogenezida neyroyallig‘lanish mexanizmlarining muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Mazkur biomarkerlar erta tashxis qo‘yish va shaxsiylashtirilgan davolash yondashuvlarini ishlab chiqishda istiqbolli yo‘nalish sifatida qaralishi mumkin.
Iqtiboslar
Baio J. et al. Prevalence of Autism Spectrum Disorder among Children Aged 8 Years — Autism and Developmental Disabilities Monitoring Network, 11 Sites, United States, 2014. MMWR Surveill Summ. 2018;67(6):1–23.
Lord C. et al. Autism spectrum disorder. Lancet. 2020;392(10146):508–520.
Onore C., Careaga M., Ashwood P. The role of immune dysfunction in the pathophysiology of autism. Brain Behav Immun. 2012;26(3):383–392.
Ashwood P., Krakowiak P., Hertz-Picciotto I., Hansen R., Pessah I.N., Van de Water J. Elevated plasma cytokines in autism spectrum disorders provide evidence of immune dysfunction and are associated with impaired behavioral outcome. Brain Behav Immun. 2011;25(1):40–45.
Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan. Annual Report on Pediatric Neurological Disorders, 2023.
Vargas D.L., Nascimbene C., Krishnan C., Zimmerman A.W., Pardo C.A. Neuroglial activation and neuroinflammation in the brain of patients with autism. Ann Neurol. 2005;57(1):67–81.
Meltzer A., Van de Water J. The Role of the Immune System in Autism Spectrum Disorder. Neuropsychopharmacology. 2017;42(1):284–298.