12-((4-ETILFENIL)-SULFONIL)-SITIZIN SINTEZINI O`RGANISH

Mualliflar

  • F.O. Po’latova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi Muallif
  • M.A. Azimova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi Muallif

Abstrak

Alkaloidlar o‘simliklar hayotini boshqarib turadigan faol moddalardir. Aksariyat alkaloidlar rangsiz kristall moddalar bo‘lib, kimyoviy tabiatiga ko‘ra halqasida azot atomlari bo‘lgan geterotsiklik birikmalar hisoblanadi. Sitizin, galantamin, likorin kabi preparatlar, xolinesterazaga qarshi dezoksipeganin gidroxlorid preparati  Toshkent  kimyo  farmatsevtik korxonasida ishlab chiqarila boshlandi. Aritmiyaga qarshi diterpin alkaloidi asosida preparatlar olishning yangi yo‘nalishlari ochildi. Bu preparatlardan allapinin tibbiyot amaliyotida qo‘llana boshladi. Tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda yuzdan ortiq Alkaloidlar (morfin, kodein, kofein, efedrin, strixnin, kolxamin, atropin, kokain, galantamin, sitizin va boshq.) qo`llanilmoqda. Alkaloidlarning ba’zilari (mas, anabazin va nikotin sulfat) xozirda insektitsid sifatida ishlatiladi. Ayniqsa xozirgi paytda chekishni tashlamoqchi bo‘lgan insonlarni aynan shu sitizin preparatlari bilan davolashmoqda.

Iqtiboslar

Синтез N-замещенных цитизинов/ Шишкин Д. В., Байбулатова Н. З., Юнусов М. С., Докичев В. А./ Вестник Башкирского университета. 2007. Т.12, №2, стр 15.

Nashr qilingan

2024-06-30

Iqtibos keltirish tartibi

12-((4-ETILFENIL)-SULFONIL)-SITIZIN SINTEZINI O`RGANISH. (2024). Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 4(6 (Special Issue), 281-282. https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10561