DORIVOR O’SIMLIK HOM ASHYOSIDAN TAYYORLANGAN SUYUQ EKSTRAKT SIFATINI BAHOLASH

Authors

  • X. Xasanova Toshkent Farmatsevtika Instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi Author
  • M.A. Raximova Toshkent Farmatsevtika Instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi Author

Abstract

Mahalliy o'simlik xom ashyolari asosida yangi dori shakllarini yaratish hozirgi zamon farmatsiyasining dolzarb vazifasidir. So'nggi vaqtda dunyo farmatsevtik sanoatida suyuq ekstraktlar va ular asosida uzoq saqlanish muddatiga ega, qabul qilishga qulay dori preparatlarini yaratish, zararsiz dori vositalari zaxirasini ko'paytirish imkonini beradi. Toshkent farmatsevtika instituti olimlari tomonidan o’rganilgan, chet el preparatlarining o’rnini bosuvchi o’simliklar qatorida bizning izlanishlarimiz obyekti sifatida Qora andiz (Inula helenium), Oddiy dastarbosh (Flores tanaceti), Shuvoq (Flores cinae), Oddiy tog‘rayxon (Origanum vulgare L.) mahalliy o’simlik xomashyolarining  biologik faolligi va uning zaхirasi yetarliligini  hisobga olgan holda, suyuq  ekstrakt texnologiyasi ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib, uning yechimi tibbiyot amaliyotida gelmintlarga qarshi  mahalliy dori vositalarining turini oshirishga imkon beradi.

Published

2024-06-30

How to Cite

DORIVOR O’SIMLIK HOM ASHYOSIDAN TAYYORLANGAN SUYUQ EKSTRAKT SIFATINI BAHOLASH. (2024). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 4(6 (Special Issue), 207-208. https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10522