Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-06-16
Статьи
ISSIQXONA GAZLARINI KAMAYTIRISHDA QUYOSH VA SHAMOL ENERGETIKASINING AHAMIYATI
Iqlim o‘zgarishi XXI asrning eng jiddiy ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Atmosferadagi issiqxona gazlari, ayniqsa karbonat angidrid (CO₂), metan (CH₄) va azot oksidi (N₂O) kontsentratsiyasining ortishi global isish jarayonini tezlashtirmoqda. Ushbu muammoning ildizida asosan yoqilg‘i energetikasiga asoslangan iqtisodiy model turibdi. Shu sababli, uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish zarurati tug‘ilmoqda. Mazkur tezisda quyosh va shamol energetikasining issiqxona gazlarini kamaytirishdagi o‘rni, ularni joriy etishdagi ekologik afzalliklar va O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi.
2025-06-16
GENDER TENGLIK BARCHA AYOLLAR HUQUQ VA IMKONIYATLARINING KAFOLATI SIFATIDA
Ushbu ilmiy maqolada gender tenglik tushunchasi uning ayollar huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilgan. Maqolada gender tenglikning nazariy asoslari, huquqiy bazasi, O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinib, sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar yoritiladi.
2025-06-16
INKLYUZIV SINFLARDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI: TALAB VA MUAMMOLAR
Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, barcha o‘quvchilarning, jumladan, maxsus ehtiyojga ega bolalarning ham to‘laqonli o‘rganishiga zamin yaratadi. Bunday sinflarda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada o‘qituvchilardan talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar, malaka va kompetensiyalar, shuningdek, ularni shakllantirishdagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi.Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining psixologik, pedagogik, kommunikativ va metodik tayyorgarligiga bog‘liq.Shu nuqtayi nazardan, maqolada o‘qituvchining doimiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi va kasbiy malakasini oshirib borishi zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur maqola inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
2025-06-16
QUYI AMUDARYO MINTAQASIDA ILK DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISHI: TARIXI VA OMILLARI
Ushbu maqolada Quyi Amudaryo mintaqasida ilk davlatchilik tizimining shakllanish jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar, arxeologik topilmalar va yozma manbalar asosida tahlil etilgan. Davlatchilikning paydo bo‘lishida urug‘-qabilaviy tuzumdan chifdom darajasigacha bo‘lgan bosqichlar, mehnat taqsimoti, tashqi xatarlardan himoya va ichki boshqaruv tizimlari mufassal yoritilgan. Shuningdek, mintaqadagi madaniy aloqalar va davlat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.
2025-06-16
XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH
Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida bank sektorining raqobatbardoshligi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro moliya tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, fintech kompaniyalarning bozorga kirib kelishi an’anaviy tijorat banklari oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston bank sektorida ham tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda, ammo raqobatbardoshlikni oshirish uchun xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish zarurati ortib bormoqda.
2025-06-16
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI: INTERAKTIV PLATFORMALAR IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Interaktiv platformalar – virtual laboratoriyalar, test tizimlari, vizual simulyatsiyalar va o‘yinli metodlar orqali o‘quvchilarda biologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda qanday natijalar berayotgani tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish biologiya fanining murakkab mavzularini osonroq tushunishga xizmat qiladi, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini kuchaytiradi. Maqolada interaktiv vositalarning afzalliklari, amaliy qo‘llanilishi va mavjud muammolari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-06-16
O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK ONGINI SHAKLLANTIRISHDA VIRTUAL SAYOHATLAR VA AR TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Mazkur tezisda o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirishda virtual sayohatlar va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalar orqali ekologiya mavzularining interaktiv va vizual tarzda o‘qitilishi o‘quvchilarda atrof-muhitni asrashga bo‘lgan qiziqishni oshirishi va ularning ekologik xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam berishi ko‘rsatildi.
2025-06-16
MEASURING FINANCIAL RESILIENCE: A RATIO-BASED SOLVENCY ANALYSIS OF MCKINSEY & COMPANY
This article explores the financial resilience of McKinsey & Company through an in-depth analysis of three key solvency indicators: the Debt-to-Equity Ratio, Leverage Ratio, and Interest Coverage Ratio. These ratios are critical in evaluating the firm’s capital structure, financial risk exposure, and ability to meet long-term obligations. As a leading global management consulting firm, McKinsey’s financial health is closely tied to its ability to sustain operations and deliver client value under various economic conditions. The study utilizes publicly available financial data and industry benchmarks to assess McKinsey’s solvency profile and to interpret the implications of its financial strategy. The findings aim to offer investors, analysts, and stakeholders’ insights into McKinsey’s financial stability, operational leverage, and risk tolerance, contributing to broader discussions on fiscal discipline in professional services firms.
2025-06-16
ЯПОН ТИЛИДАГИ ФРАЗЕОЛОГИЗМЛАР ТАДҚИҚИНИНГ ШАКЛЛАНИШ ВА ЎСИШ ДАВРИ
Биз ушбу мақолада Япон олимлари томонидан олиб борилган тадқиқотларни кўриб чиқиш орқали, фразеологизмлар тадқиқининг вақт ўтиши билан қандай ўзгариб борганлигини кузатамиз.
2025-06-16
SIMMETRIYALAR VA GRUH HARAKATLARI: ALGEBRAIK GEOMETRIYA NUQTAI NAZARIDAN
Ushbu maqolada algebraik geometriyada simmetriya va gruh harakatlarining roli o‘rganiladi. Simmetriya algebraik varietylarning ichki tuzilishini tushunishga yordam beradi, gruh harakatlari esa bu simmetriyalarni tizimli o‘rganish imkonini beradi. Maqolada algebraik geometriyada gruh harakatlarining qo‘llanilishi, geometrik invariantlar nazariyasi va modulyar fazolar tushunchalari muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar va ularning istiqbollari ham keltirilgan.
2025-06-16
PHP DASTURLASH TILIDA GRAFIK FAYLLARNI RAQAMLI SHAKLDA SAQLASH HUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada PHP dasturlash tili yordamida grafik ma’lumotlarni yaratish, vizual ko‘rinishda ishlab chiqish va ularni raqamli shaklda saqlash usullari yoritilgan. PHP ning GD (Graphics Draw) kutubxonasi orqali rasm yaratish, unga chiziqlar, matn va shakllar qo‘shish, natijani PNG, JPEG, yoki GIF formatlarida faylga saqlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, grafiklarni ma’lumotlar bazasida BLOB ko‘rinishida saqlash, base64 orqali kodlash va HTML bilan integratsiyasi ham tahlil etilgan. PHP tili yordamida statistik diagrammalar, monitoring tizimlari va interaktiv vizual elementlar yaratish imkoniyati kengaytirilgani isbotlangan.
2025-06-16
INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIGI
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi masalasi har tomonlama tahlil etiladi. O‘qituvchining psixologik, pedagogik, metodik va texnologik tayyorgarligi inklyuziv muhitda o‘quvchilar bilan samarali ishlashning asosi sifatida qaraladi. Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va xalqaro tajribalar asosida inklyuziv ta’lim sifatini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli rivojlanishidagi asosiy omil sifatida baholaydi.
2025-06-16
INKLYUZIV SINFLARDA DARSLARNI REJALASHTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida darslarni rejalashtirishda differensial yondashuvning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Muallif har xil o‘quv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining metodik yondashuvi qanday shakllanishi kerakligini ko‘rsatadi. Dars rejalashtirishda o‘quvchilarning psixologik, kognitiv va ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan holda, samarali ta’limni tashkil etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltirilib, differensial yondashuvning pedagogik jarayondagi afzalliklari ochib beriladi. Maqolada o‘qituvchining roli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, monitoring tizimi va baholash metodlari asosida dars mazmunining moslashtirilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-06-16
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ОБЖАЛОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНЫХ АКТОВ
В статье рассматривается институт обжалования в административном праве как важный элемент механизма защиты прав и законных интересов граждан и организаций от неправомерных действий органов публичной власти. Анализируются теоретические подходы к понятию, функциям и видам обжалования (административного, судебного, альтернативного), раскрываются модели процедур обжалования и классификации по субъектам и предмету. Подчеркивается значение института для обеспечения законности, правопорядка и развития правового государства. Особое внимание уделено современным тенденциям: цифровизации, расширению альтернативных процедур и усилению влияния международных стандартов.
2025-06-17
ТУРКИСТОН МАТБУОТИДА ИСЛОМ МАДАНИЯТИНИНГ ЁРИТИЛИШИ
Ушбу мақолада XX аср бошларида Туркистондаги миллий матбуотнинг ислом маданияти ва маърифатига оид ғояларни қандай ёритгани кенг таҳлил қилинган. Муаллиф жадидчилик ҳаракати доирасида ташкил этилган газета ва журналлар саҳифаларида ислом ахлоқи, диннинг софликда сақланиши, диний ислоҳотлар, шариат масалалари ҳамда халқ урф-одатларининг танқидий таҳлили қандай намоён бўлганини очиб беради. “Изҳор ул-Ҳақ” журнали таҳлил марказида туриб, унда чоп этилган мақолаларнинг мазмун-моҳияти, муаллифларининг илмий салоҳияти ва ислом ҳуқуқига тааллуқли фатволар билан боғлиқ материаллар таҳлил қилинган. Мақолада журнал саҳифаларида миллий қадриятларни ҳимоя қилиш, диний сабабли саводхонликни ошириш, жаҳолатга қарши курашиш ва мусулмон жамиятининг ривожига қаратилган саъй-ҳаракатлар кенг ёритилган. Шу билан бирга, “Фуқаҳо” жамиятининг ташкил этилиши ва унинг нашри бўлган мазкур журнал орқали фиқҳий ва шариат масалалари бўйича кенг жамоатчиликка мурожаат қилганлиги қайд этилган. Аҳамиятлиси, мақолада журналнинг мазмунан бойлиги ва ҳозирги диншунослик, ислом тарихи ва туркий матбуотшунослик фани учун муҳим манба бўлиб хизмат қилиши таъкидланган.
2025-06-17
ИШНИ СУДГА ҚАДАР ЮРИТИШ БОСҚИЧИДА ДАЛИЛЛАРНИ БАЁННОМАДА ҚАЙД ЭТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ҲУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу мақолада ишни судга қадар юритиш босқичида далилларни баённомада қайд этиш борасидаги фикр ва мулохазалар келтирилган бўлиб,Ўзбекистон республикаси Жиноят-процессуал кодексида келтирилган далилларни баённомада қайд этиш жараёнлари,амалиётдаги муаммо ва камчиликлар ўрганиб чиқилиб бартараф этиш учун тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-06-17
JINOYATGA OID MA’LUMOTLARNI KO’RIB CHIQISHNING DOLZARBLIGI
Ushbu maqola jinoyatga oid ma'lumotlarni o‘rganish, ularning tahlili va jamiyatdagi ta'siri haqida so‘z yuritadi. Maqolada jinoyatlarning sabablari, turlari, va jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy ta'siri batafsil tahlil qilinadi. Iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy omillar orqali jinoyatlarning kelib chiqishi tushuntirilgan va ular turli ijtimoiy guruhlarga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va uning oqibatlarini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar, shu jumladan ta'lim, ijtimoiy yordam va huquqni muhofaza qilish tizimini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqola, jinoyatlarning jamiyatdagi xavfsizlik va barqarorlikka ta'siri hamda uning oldini olishdagi samarali yondashuvlarni tushunishga yordam beradi.
2025-06-17
ЖИНОЯТ НАТИЖАСИДА ЕТКАЗИЛГАН МУЛКИЙ ЗАРАРНИ ҚОПЛАШ
Жиноят натижасида етказилган мулкий зарарнинг умумий тушунчаси, ушбу зарарни жиноятни содир қилган шахслар томонидан қопланиши, зарарни қоплатиш тергов фаолияти бўйича қандай чора-тадбирлар мажмуини ўз ичига қамраб олганлиги, зарани қоплатишни такомиллаштириш.
2025-06-18
ЭКСПЕРТИЗА ТАЙИНЛАШ ВА ЭКСПЕРТ ХУЛОСАСИНИ БАҲОЛАШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Экспертиза тайинлаш ва эксперт хулосасини баҳолаш жараёнлари, суд ҳокимиятларининг қарорлар қабул қилишда муҳим аҳамиятга эга. Бу жараёнларда бир қатор муаммоларга дуч келиш мумкин, шунингдек, ушбу муаммоларнинг олдини олиш учун қатор таклифлар мавжуд. Қуйидаги бобда, эксперт хулосаларини тайинлаш ва баҳолаш билан боғлиқ муаммоли ҳолатлар ва уларни такомиллаштиришга қаратилган таклифлар тавсия этилган.
2025-06-18
BLADE BATTERY TECHNOLOGY IN ELECTRIC VEHICLES: THERMAL CHALLENGES, DEGRADATION MECHANISMS, AND MANAGEMENT STRATEGIES
Lithium-ion batteries have become a crucial factor in the widespread adoption of electric vehicles, thanks to their high energy density and seamless integration with powertrain systems. However, their performance is highly dependent on operating temperature, necessitating an efficient thermal management system to ensure optimal efficiency, safety, cost-effectiveness, and longevity, particularly in high-capacity Li-ion batteries. This review provides a comprehensive analysis of heat generation mechanisms and thermal modeling in lithium-ion batteries, along with various thermal management systems. It examines the impact of extreme conditions on battery performance, including thermal runaway and aging. Ultimately, it aims to establish a comprehensive framework for future research and development in battery thermal management systems.
2025-06-18
BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARI LUGʻAT BOYLIGINI OSHIRISHDA INTELLEKTUAL TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish yoshlikdan boshlanishi kerak, bunday o‘qitish uslubiy jihatdan barkamol va pedagogik jihatdan asosli bo‘lishi uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik, pedagogik va yosh xususiyatlarini bilish va hisobga olishni nazarda tutadi.
2025-06-18
ELEKTRON TIJORAT SAVDO AYLANMASINI ANIQLASHNING METODOLOGIK YONDASHUVI
Ushbu maqolada “savdo” va “tijorat” tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi va farqlari, shuningdek, elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Pandemiya sharoitida elektron savdoning kengayishi va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, elektron tijoratning samaradorligini baholash metodologik asoslari, statistik kuzatuvlar shakllari va ularning asosida shakllanadigan ko‘rsatkichlar bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat savdo aylanmasini hisoblashga oid yagona yondashuvni shakllantirish zarurati asoslab berilgan.
2025-06-18
INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KORXONALARDA TASHKILIY MADANIYATNI TAKOMILLASHTIRISH: XORIJIY TAJRIBA VA ILMIY BAHS-MUNOZARALAR TAHLILI
Tadqiqotda inson kapitalini rivojlantirish orqali korxonalarda tashkiliy madaniyatni takomillashtirish masalasi yoritilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda ilmiy qarashlar tahlili asosida inson kapitali va tashkiliy muhit o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati tahlil qilingan va ilmiy xulosalar berilgan.
2025-06-18
QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARINING LEKSIK QATLAMI
Ushbu tezisda xalq dostonlari tilida unumli qo‘llanilgan ijtimoiy-siyosiy so‘zlarning qo‘llanilish doirasi o‘rganib chiqilgan bo‘lib, bunday so‘zlarning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilindi.
2025-06-18
INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KORXONALARDA TASHKILIY MADANIYATNI TAKOMILLASHTIRISH: XORIJIY TAJRIBA VA ILMIY BAHS-MUNOZARALAR TAHLILI
Tadqiqotda inson kapitalini rivojlantirish orqali korxonalarda tashkiliy madaniyatni takomillashtirish masalasi yoritilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda ilmiy qarashlar tahlili asosida inson kapitali va tashkiliy muhit o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati tahlil qilingan va ilmiy xulosalar berilgan.
2025-06-18
СУНЪИЙ ҲАВЗАЛАР ВА КОЛЛЕКТОР-ЗОВУР ТАРМОҚЛАРИНИНГ ОРАСИДАГИ ОПТИМАЛ МАСОФАСИНИ АНИҚЛАШ УСУЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Сунъий ҳавзалар ва зовурлар оралиғидаги масофани аниқлаш 3.1-3.4 расмларда кўрсатилган схема асосида зовурга оқиб келадиган умумий сув миқдорини деб қабул қилиб, сув тўсар қатлам жойлашишининг учала варианти учун зовурлар оралиғини аниқлаб чиқамиз.
2025-06-18
JIZZAX VILOYATI LALMIKOR YERLARNING TUPROQ XOSSALARINI YAXSHILASH
Mazkur maqolada Jizzax viloyatining lalmikor hududlarida mavjud bo‘lgan tuproqlarning agroekologik holati va ularning unumdorlik xususiyatlari o‘rganiladi. Lalmikor tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilash yo‘llari, xususan, organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash, agrotexnik tadbirlar, yerga ishlov berish usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, suv tanqisligi sharoitida hosildorlikni oshirish uchun muhim bo‘lgan resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari lalmikor yerlarning tuproq unumdorligini tiklash va ularni barqaror foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
2025-06-18
YANGI OʻZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASI KORXONALARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada turizm, uning mamlakat rivojlanishidagi taʼsiri, turizm industriyasi korxonalari xusuisida soʻz yuritiladi.
2025-06-18
ICHKI TURIZM BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETINGNING OʻRNI
Ushbu maqolada ichki turizm bozorining rivojlanishida marketing strategiyalarining oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ichki turizmni faollashtirishda zamonaviy marketing vositalaridan foydalanish, brending, reklama va raqamli texnologiyalarning roli koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston tajribasi asosida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.
2025-06-18
NARXLAR TURLARI, ULARNING TARKIBI VA NARXNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Mazkur tezisda narx tushunchasi, uning iqtisodiy mazmuni va bozordagi roli tahlil qilinadi. Har bir narx turining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, ularning tarkibiy qismlari – tannarx, foyda, soliqlar va ustamalar tahlil qilinadi. Shuningdek, narxni shakllantirishning asosiy usullari – xarajatlar asosida narx belgilash va raqobatga asoslangan narxlash usullari ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy misollar asosida narx siyosatining samaradorligi va bozordagi o‘rni baholanadi. Bu mavzu iqtisodiyotni bozor mexanizmlari asosida boshqarish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va foydani oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-06-18
МАҲАЛЛИЙ ТЎҚИМАЧИЛИК КОРХОНАЛАРИДА МАҲСУЛОТ СИФАТИНИ БОШҚАРИШНИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ТАРТИБГА СОЛИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Мазкур мақолада республика ҳудудида жойлашган маҳаллий тўқимачилик корхоналарида маҳсулот ишлаб чиқарилиши ва унинг сифатини бошқаришни давлат томонидан тартибга солиниши ҳамда унинг йўналишлари ҳақида сўз юритилади.
2025-06-18
ELEKTROMOBILLAR DVIGATELLARNING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O’RGANISH
Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQShda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash stansiyalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.
2025-06-18
KO‘P QAVATLI TURAR JOY BINOLARNI DEFORMATSIYASINI GEODEZIK KUZATISH ISHLARI
Ushbu maqolada, bino va inshootlarni deformatsiyalarini geodezik an’naviy kuzatish usullari hamda ularda qo‘llaniladigan zamonaviy geodezik asboblar va texnologiyalar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
2025-06-18
СОПОСТАВИТЕЛЬНОЕ ИЗУЧЕНИЕ ЛЕКСИКИ ЦВЕТОНАИМЕНОВАНИЙ
В этой статье изложено Сопоставительное изучение лексики цветонаименований, о языковой картине мира которая даёт всевозможные представления о национальном менталитете разных языков, а также цветовосприятие и его оценка, роль цвета в символике разных народов и наций, и об объектных цветообозначений.
2025-06-18
SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA FORTEPIANO CHOLG‘USI USTIDA ISHLASH USULLARI
Ushbu maqolada sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda fortepiano cholg‘usi ustida ishlash usullari yoritib berilgan bo’lib unda fortepiano cholg’u asbobining yaratilish tarixi hamda bugungi kungacha qanday holatda saqlangani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-06-18
POLIZ EKINLARIGA LOKAL ORGANIK O‘G‘IT SOLISH TEXNOLOGIYASI: SAMARADORLIK VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Mazkur tezisda poliz ekinlariga (qovun, tarvuz, bodring, qovoq) lokal organik o‘g‘it solish texnologiyasining samaradorligi, ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinadi. Lokal o‘g‘itlash texnologiyasi orqali o‘simliklar uchun ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishi yaxshilanadi, suv resurslari tejaladi va yuqori hosildorlikka erishiladi. Innovatsion mexanizatsiyalashgan qurilmalardan foydalanish esa mehnat unumdorligini oshiradi.
2025-06-18
“TARIFFS WAR BETWEEN THE U.S. AND CHINA”
This article covers the tariffs war between the United States of America and the People’s Republic of China from 2018 to the present day. The relevance of this study is determined by the need for a comprehensive analysis of the impact of the tariff war on bilateral trade, economic development of the two countries, and global supply chains. Understanding these tendencies is crucial for both economists and politicians, as well as for businesses, involved in international trade relations. This article aims to identify the specific effects of tariffs in the US-China trade war, focusing on three aspects: bilateral trade, economic development, and global supply chains. The main purpose of this paper is to analyze how tariff war influenced both global economic hegemons.
2025-06-18
WORD FORMATION IN MODERN ENGLISH
The article examines the most productive word formation processes in Modern English, including affixation, compounding, conversion, clipping, blending, and acronym formation. It explores how these mechanisms contribute to vocabulary expansion and reflect social, technological, and cultural changes in contemporary English usage. Special attention is given to neologisms and the influence of globalization and digital communication on lexical innovation. The study emphasizes the dynamic nature of the English lexicon and the role of word formation in adapting to the needs of modern speakers.
2025-06-18
USING PROJECT-BASED LEARNING IN EFL CLASSROOMS: BENEFITS AND CHALLENGES
Project-Based Learning (PBL) has emerged as a dynamic approach in English as a Foreign Language (EFL) classrooms, encouraging students to engage in meaningful, real-world tasks that develop both language proficiency and 21st-century skills. This article explores the pedagogical benefits of using PBL, such as increased learner motivation, collaboration, and autonomy, while also addressing common challenges faced by EFL teachers, including classroom management, assessment complexities, and lack of training. Drawing on both theoretical perspectives and practical classroom experiences, this article aims to provide a balanced and realistic overview of implementing PBL in the context of EFL education.
2025-06-19
O‘G‘IL VA QIZ BOLALARDA INTELLEKTUAL LIDERLIK KO‘NIKMALARINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR (TAQQOSLOVIY TAHLIL)
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarda intellektual liderlik ko‘nikmalarning shakllanishi turlicha omillar ta’sirida yuz berishi va bu farqlar nafaqat biologik va psixologik, balki sotsial va madaniy omillar bilan ham bog‘liqliqi va o‘g‘il va qiz bolalarda intellektual liderlik ko‘nikmalarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar taqqosloviy tahlil asosida yoritiladi.
2025-06-19
