Том 4 № 24 (2026): Наука и инновация

Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-13

RAQAMLI DALILLARNING ISHONCHLILIGI: YAXLITLIK, AUTENTIFIKATSIYA, MANBA VA “CHAIN OF CUSTODY” MEZONLARIGA OID MASALALAR

Ushbu maqolada raqamli dalillarning jinoyat-protsessual isbotlash tizimidagi o‘rni hamda ularning ishonchliligini ta’minlovchi asosiy mezonlar tahlil qilinadi. Muallif raqamli dalilni elektron hujjat bilan aynanlashtirish nazariy va amaliy xatolarga olib kelishini asoslaydi. Maqolada raqamli dalillarning nomoddiyligi, o‘zgaruvchanligi, metama’lumotlar bilan uzviy bog‘liqligi, dinamik va transchegaraviy muhitda mavjudligi yoritiladi. Shuningdek, yaxlitlik, autentifikatsiya, manbani aniqlash va chain of custody mezonlarining protsessual ahamiyati ochib beriladi. Raqamli dalillar bilan ishlashda protsessual rasmiylashtirish, forensik nusxa olish, xesh-qiymatlarni qayd etish va shaxs huquqlari kafolatlarini ta’minlash zarurligi asoslanadi.

Musurmonov Begzod Raximovich

4-7

2026-04-13

THE BASICS OF CORPUS COLLECTION FOR RESEARCH: PRINCIPLES, METHODS, AND PITFALLS

In the domain of empirical language research, the corpus has emerged as an indispensable tool. A corpus is a large, structured, and principled collection of texts stored electronically, designed to represent a specific language variety, genre, or population (McEnery & Hardie, 2012). From lexicography and discourse analysis to second language acquisition and forensic linguistics, corpora provide researchers with quantifiable evidence of language patterns. However, the validity of any corpus-based study is fundamentally dependent on the quality and methodology of the corpus collection process. This article outlines the foundational principles of corpus collection, including defining research goals, ensuring representativeness and balance, addressing sampling strategies, handling spoken data, and navigating ethical and legal considerations.

Nargiza Asrorova

8-10

2026-04-13

UY BEKALARI VA ISHLAYDIGAN AYOLLARDA O'Z-O'ZINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada uy bekalari va ishlaydigan ayollarda o'z-o'zini baholashning psixologik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ayollarning ijtimoiy rollari, kasbiy faoliyati va oilaviy mas'uliyatlarining o'z-o'zini baholash darajasiga ta'siri ilmiy adabiyotlar asosida o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ishlaydigan ayollarda o'z-o'zini baholash darajasi nisbatan yuqoriroq bo'lishi mumkin, biroq bu ko'rsatkich oilaviy muhit, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va shaxsiy xususiyatlarga ham bog'liq.

Ravshanova Nigora Shuxratovna

11-14

2026-04-13

IN INTERNATIONAL LAW: THE PRINCIPLES OF TERRITORIAL SOVEREIGNTY AND FREEDOM OF USE OF SEAS AND RIVERS

The focus is on fundamental principles in the areas of rivers and maritime law. International rivers are analyzed from the point of view of territorial sovereignty and balance of interstate interests, and their navigation and resource use behavior are considered. It also covers the principles of balance between the territorial sea, the separate economic zone, the legal status of the continental shelf and archipelago waters, sovereign rights and freedoms of other states. This study pays special attention to the rational use of water and marine resources and prevention of transboundary damage in accordance with international law.

Jiyao Sun

15-20

2026-04-13

O‘ZBEK DIАLEKTОLОGIYASI FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI

Ushbu maqolada o‘zbek dialektologiyasi fanining predmeti, o‘zbek shevalarining tasniflanishi va ularning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Tilimizdagi shevalarning boyligi va ularning adabiy til bilan munosabati tahlil qilinadi.

Roziqjonova Hosiyatxon Rahmatali qizi

21-22

2026-04-13

TABİİY FANLAR NAZARİYASİ VA METODİKASİNİ OʻQİTİSHDA OʻQUVCHİLARNİNG MODDİY DUNYOQARASHİ ASOSLARİNİ SHAKLLANTİRİSH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini jonli va jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayvonlar, yilning har xil fasllaridagi tabiat o‘zgarishidagi tasavvur va tushunchalar hamda o‘quvchilarga tabiiy fanlarni ilmiy bilimlar asosida o‘qitish haqida so‘z yuritiladi. Maqolada asosan o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashlarini shakillantirish, ekologik madaniyat, ekologik tarbiyaga old bilimlarini rivojlantirish haqida ham fikrlar keltirilgan.

Shomurodova Gulsevar

23-25

2026-04-13

O’Z-O’ZINI BOSHQARUV ORGANLARNING FAOLIYAT VA ULARNING JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISHDAGI O’RNI

Ushbu maqolada o‘z-o‘zini boshqarish organlarining (xususan, mahalla tizimining) vujudga kelishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va jamiyatni demokratlashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur institutlarning fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o‘rni, ularning davlat va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi funksiyalari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, mahalliy boshqaruvning demokratik tamoyillarni qaror toptirishdagi zamonaviy istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Ro’ziqulov Sherzodbek Maribjonovich , Nurmuhammadova Gulsevar O’tkirbek qizi

26-29

2026-04-13

MOVAROUNNAHRDA ISLOM DININING TARQALISHI VA MADRASA TA’LIMI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-MADANIY HAYOTGA TA’SIRI

Ushbu tezisda Movarounnahr hududida islom dinining kirib kelishi, uning jamiyat hayotiga ko‘rsatgan ta’siri hamda madrasa ta’lim tizimining shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Islom dini nafaqat diniy, balki ilmiy-ma’rifiy taraqqiyotga ham kuchli turtki bergani, madrasalar esa ilm markazlariga aylangani asoslab beriladi.

Alisherova Irodaxon Ja’surbek qizi

30-31

2026-04-13

SURXONDARYODA PAXTACHILIK MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH TIZIMINING EVOLYUTSIYASI

Ushbu maqolada XX asrning 20–30-yillarida Surxondaryo okrugida agrar soha, xususan, paxtachilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash tizimining institutsional shakllanishi va evolyutsion taraqqiyoti tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim islohotlarining mintaqaviy iqtisodiyot bilan o‘zaro bog‘liqligi, dastlabki qisqa muddatli kurslardan statsionar texnikumlargacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari hamda ichki migratsiya jarayonlarining kadrlar zaxirasini yaratishdagi o‘rni arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan.

Rasulova Muhayyo Mirzamurot qizi

32-34

2026-04-13

DIGITAL TRACES AS A MEANS OF EVIDENCE IN ECONOMIC CRIME CASES: THE PERSPECTIVE OF UZBEKISTAN'S NATIONAL LEGISLATION

The rapid digitalisation of Uzbekistan's economy – reflected in over 22 million active electronic payment users, UZS 1,100 trillion in non-cash transactions in 2024, and the expanding role of cryptocurrency platforms – has fundamentally transformed the evidentiary landscape in economic crime proceedings. This thesis examines the legal concept of digital traces under Uzbekistan's national legislation, analyses existing procedural mechanisms for their collection, authentication, and admission into evidence, and identifies the critical gaps that impede effective prosecution of digitally-enabled economic crimes. Grounded in the Code of Criminal Procedure of the Republic of Uzbekistan, the Law on Electronic Documents, anti-corruption and AML/CFT legislation, and a series of Presidential Decrees shaping the digital economy, the thesis argues that while Uzbekistan has made significant legislative strides, a dedicated evidentiary regime for digital traces remains absent from the national legal framework – a deficit that demands urgent and targeted reform.

Risolaxon Shoxaydarova

35-40

2026-04-13

THE RELATIONSHIP BETWEEN RELIGION AND SCIENCE IN MODERN SOCIETY

This annotation analyzes the complex relationship between religion and science in modern society. Religion has historically served as a system that provides moral values, ethical norms, and explanations about the meaning of life. Science, on the other hand, contributes to social progress through the study of natural laws and the development of knowledge based on evidence and experimentation. In the era of globalization, the interaction between these two domains appears in different forms, including conflict, dialogue, and cooperation. The annotation examines the historical roots of tensions between religion and science, their contemporary interpretations, and their impact on societal development. It also highlights the role of both fields in shaping human thought and culture, emphasizing their complementary aspects. The findings suggest that maintaining a balance between religion and science is essential for social stability and spiritual growth. Furthermore, the importance of integrating both perspectives within modern educational systems is justified and discussed.

X.Z. Umarova, Dildora Muqimjonova

41-45

2026-04-13

BIZ GIYOXVANDLIKKA QARSHIMIZ: NAZARIY, TARIXIY VA AMALIY ASOSLAR, ILMIY TAHLIL

Maqolada giyoxvandlikka qarshi kurashning nazariy asoslari, tarixiy rivojlanishi va zamonaviy amaliyotlari chuqur tahlil qilinadi. Mualliflar giyoxvandlikning ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy oqibatlarini yoritib, jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarga to‘xtaladi. Milliy va mintaqaviy olimlarning ishlari, shuningdek, xalqaro tadqiqotlar asosida giyoxvandlikka qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqotda mavjud muammolar va kelgusidagi istiqbollar ham ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari giyoxvandlikka qarshi kurashda kompleks yondashuv zarurligini asoslaydi.

Tanzila Sobirova

46-50

2026-04-13

FALSAFA: JADID MUTAFAKKIRLARNING AXLOQIY QARASHLARI

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlarning axloqiy qarashlari, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuzaga kelib, xalqni ma’rifatli qilish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan edi. Ushbu harakat vakillari insonning ma’naviy kamoloti, axloqiy pokligi, vatanparvarlik, halollik va mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni targ‘ib qilganlar. Maqolada jadid mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya, odob-axloq, milliy ong va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari batafsil tahlil qilinadi.

Omonova Iroda Mamayusup qizi, Shakarov Bobur Xusniddinovich

51-54

2026-04-13

JAMIYAT VA HAYOT

Ushbu maqolada jamiyat va hayot tushunchalarining o‘zaro dialektik bog‘liqligi tahlil qilinadi. Jamiyatning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy omillari inson hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlarning shakllanishi hamda hayot sifatini belgilovchi omillar masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari jamiyat taraqqiyoti va inson hayotining uyg‘un rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jo’rayeva Dilrabo

55-58

2026-04-13

KIRISH. FANNI MAQSADI, VAZIFASI VA MUAMMOLARI,TARIXI,O'RGANISH METODI

Ushbu tadqiqotda fan o'rganish metodlari, maqsadlari va vazifalari, shuningdek, tarixi va mavjud muammolar haqida batafsil ma'lumot beriladi. O'rganish metodlari fan rivojlanishini tezlashtirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqola o'z ichiga fan o'rganish metodlarining samaradorligini tahlil qilish, ularning imkoniyatlari va cheklovlari haqida fikrlarni o'zida jamlaydi. Fan o'rganish metodlarini tushunish, ularning tarixini va zamonaviy holatini o'rganish orqali, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Abdug'afforova Mastura Abdug'ani qizi

59-61

2026-04-13

TO'QIMALI STRUKTURALAR, TO'QIMALAR KLASSIFIKATSIYASI, EPITELIY TO'QIMASINING TUZILISHI, FUNKSIYASI, KELIB CHIQISHI, REGENERATSIYASI

Ushbu tadqiqotda to'qimali strukturalar va epiteliy to'qimasining klassifikatsiyasi, tuzilishi, funksiyasi, kelib chiqishi va regeneratsiyasi masalalari ko'rib chiqiladi. To'qimalar biologiya va tibbiyotda muhim rol o'ynaydi, chunki ular organizmning asosiy tuzilishini va funktsiyalarini tashkil etadi. Epiteliy to'qimasi organizmning ichki va tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini ta'minlaydi. Ushbu ishda epiteliy to'qimasining turli turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, to'qimalarning regeneratsiya jarayoni haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tadqiqot natijalari to'qimalarning funksional muhimligini va ularning salomatlik uchun ahamiyatini ko'rsatadi.

Odilbekova Rayhona Sherzodbek qizi

62-63

2026-04-13

BOLALAR ISHTIROKIDA SODIR ETILGAN YO‘L TRANSPORT HODISALARINI KAMAYTIRISH CHORALARA TADBIRLARI

O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida yo‘l transport hodisasini kamaytirish, xavfsizligini ta’minlash muhimdur. Toshkent shaharlardagi mavjud ko‘cha va yo‘l tarmog‘ining transport imkoniyatlarining yo‘qligi, savdo majmualari, jamoat ob’ektlari, aholi turar-joylarida, maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joyida voyaga yetmagan shaxslarni xavfsizligini taminlash zarur. Quyidagilar yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi. Yo‘l-transport infratuzilmasining holati, yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘llarning tirbandligi, transport vositalarining texnik holatini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi, ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qiladi.

Aliyev Abdusalom Abduraxmonovich

64-66

2026-04-13

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAMINLASHDA HAYDOVCHILAR MEHNATINING O‘RNI

Haydovchilar uchun ishlarni tashkil etish o‘z vaqtida va samarali tashishni ta’minlash uchun jadvallarni, marshrutlarni va topshiriqlarni muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi. Haydovchilar transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazish va yo‘lovchilar yoki mijozlarga mukammal xizmat ko‘rsatish uchun javobgardir. Ular yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari, kompaniya siyosatiga rioya qilishlari va dispetcherlar va supervayzerlar bilan samarali muloqot qilishlari kerak. Haydovchilar uchun ishni tashkil qilish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish, jurnallarni yozish soatlari va tashish paytida yuzaga keladigan har qanday muammo yoki favqulodda vaziyatlarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, haydovchilar ishini samarali tashkil etish xavfsiz va muvaffaqiyatli ishlash uchun zarurdir.

Alimov Ilyos Orif o‘g‘li

67-70

2026-04-13

TURAR JOY DAHALARIDA HARKATLANISHDA HARAKAT XAVFSIZLIGI TALABLARI

Xavfsizlikni ta’minlashga oid masalalar bugungi kunda nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki mahalliy hokimiyatlar, dizayn va qurilish tashkilotlarining ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bunday xavfsizlikka nafaqat yong‘in xavfsizligi balki ko‘chalar, yo‘l belgilarining to‘g‘ri joylashuvi, harakatni boshqarish tizimlari, piyodalar va transport vositalarining uyg‘un harakatlanishi kiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi turar joy dahalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi qabul qilingan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida, xavfsizlikni ta’minlashga doir bir qator muhim qadamlar tashlandi. Misol uchun, zamonaviy texnologiyalar, video monitoring tizimlari, sensorli qurilmalar va avtomatik boshqaruv tizimlari orqali xavfsizlikni samarali tarzda ta’minlash imkoniyatlari yaratilmoqda. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning ongli ishtiroki, yuridik va ijtimoiy chora-tadbirlar ham muhim rol o‘ynaydi. Piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda. Turar joy dahalarida harakat xavfsizligini ta’minlash jarayonida bir qancha muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolar nafaqat mavjud tizimlarning samaradorligini pasaytiradi, balki aholi uchun xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi.

Xamroqulov Rasuljon Madraximovich

71-73

2026-04-13

YO‘L TRANSPORT HODISALARIGA SABAB BO‘LUVCHI OMILAR TAHLILI

Resрublikasi avtomobil yo‘l tarmoqlarida va avtotransрort korxonalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni asosan Transрort Vazirligiga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar mulkсhilik shaklidan qat’iy nazar, Iсhki Ishlar Vazirligiga qarashli Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Resрublikada harakat xavfsizligini tubdan yaxshilash uсhun xalq xo‘jaligida mulkсhilik shaklidan qat’iy nazar, faoliyat olib borayotgan barсha tashkilotlar yo‘l harakat qonunida keltirilgan vazifalarni bajarishlari lozim.

Nazarova Mashxura Saparbayevna

74-76

2026-04-13

LINGVISTIK MA`LUMOTLAR BILAN ISHLASHDA FAYL VA XATOLIKLARNI BOSHQARISH

Bugungi kunda lingvistika sohasi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog`lanib bormoqda. Ayniqsa, kompyuter lingvistikasi, sun`iy intellekt va katta hajmdagi matnlar bilan ishlash jarayonida fayllarni to`g`ri boshqarish hamda yuzaga keladiga xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Lingvistik ma`lumotlar bilan ishlashda aniqlik, tizimlilik va ishonchlilik asosiy mezonlardan hisoblanadi.

Jaloldinova Gulziraxon Otabek qizi

77-79

2026-04-13

XOJA HIKOYATLARIDA ZOLIM QOZILARNING FOSH ETILISHI

ushbu maqolada Xoja hikoyatlarida zolim qozilar obrazi, ularning adolatsizligi va jamiyatdagi salbiy ta’siri badiiy vositalar orqali yoritilishi tahlil qilinadi. Hikoyatlarda xalq manfaatiga zid bo‘lgan, poraxo‘r va insofsiz qozilar tanqid ostiga olinib, ular kulgili va fosh etuvchi holatlar orqali ochib beriladi. Shuningdek, ushbu obrazlar orqali adolat, halollik va insoniylik g‘oyalarining targ‘ib etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.

Akbarova Salimaxon Abduraxim qizi

80-83

2026-04-14

YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH SOHASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI VA AMALIY FAOLIYATINING TAHLILI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy ish sohasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Unda ijtimoiy ishning mohiyati, huquqiy-me’yoriy asoslari, amaliy joriy etilish yo‘llari, kadrlar tayyorlash tizimi, mavjud muammolar tahlil qilinadi.

Axmedov Qaxramon Abdulxamid o‘g‘li, Hafizova Pardaxol Tolibjon qizi

84-88

2026-04-14

SAMARQAND VILOYATIDA BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISH: SALOHIYAT, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Maqolada Samarqand viloyatidagi baliqchilik sohasining hozirgi holati O‘zbekiston agrar siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. Akvakulturani rivojlantirishning tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari tahlil qilingan, sohaning o‘sishini cheklayotgan asosiy muammolar — suv resurslari tanqisligi, texnologik ortda qolish va investitsiyalarga cheklangan kirish imkoniyati — aniqlangan. Innovatsion texnologiyalarni (qafasli va aylanuvchi suv ta’minoti tizimlarini) joriy etish, kadrlar va ilmiy salohiyatni rivojlantirish, shuningdek, kooperativ klasterlarni shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Xulosa qismida mintaqada baliqchilikni barqaror rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bilan uzviy bog‘langan.

Axtamova M., Urazova R.

89-91

2026-04-14

Показать все выпуски