Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-11-13
Статьи
PARLAMENT FAOLIYATIDA SIYOSIY PARTIYALARNING ISHTIROK ETISH SHAKLLARI
Ushbu maqolada mamlakatimizning oliy davlat vakillik organi sanaladigan parlament faoliyatida xalq tomonidan saylangan va ularning manfaatlarini bevosita ifoda etuvchi siyosiy partiyalarning ishtirok etish usullari hamda shakllari haqida izlanishlar yoritilgan.
2025-11-12
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHDA DAVLAT RAMZLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida davlat ramzlarining – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining – ahamiyati yoritilgan. Maqolada ramzlarning o‘quvchilarda milliy g‘urur, fuqarolik ongini shakllantirishdagi o‘rni, ularni o‘qitish metodikasi, dars jarayonida qo‘llashning samarali shakllari hamda o‘quvchilarda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga doir aniq misollar keltirilgan.
2025-11-13
YOSH XODIMLARINI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Jamiyatning turli sohalaridagi zamonaviy tadqiqotchilar kasbiy moslashuv hodisasiga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar. Ushbu tushunchani chuqurroq anglash uchun uning etimologiyasini ko‘rib chiqish muhim. Umumiy mazmunda adaptatsiya (lotincha “adapto” – “moslashtiraman”) xodimning tashqi va ichki muhit sharoitlariga moslashish jarayonini ifodalaydi. Atrof-muhitning doimiy o‘zgarishini hisobga olgan holda, moslashuvni insonning yangi sharoitlarga moslashishining faol jarayoni sifatida aniqlash shubha tug‘dirishi mumkin.
2025-11-13
MATEMATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA TO‘SIQLAR VA ULARNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Ushbu maqolada o‘quvchilarda matematik tafakkurni shakllantirish jarayonida uchraydigan psixologik to‘siqlar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni yengishning samarali psixologik usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur, emotsional holat va motivatsiya kabi psixik jarayonlari o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli o‘qitish, metakognitiv yondashuv, refleksiya, rag‘batlantirish va ijobiy muhit yaratish metodlari orqali matematik tafakkurni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-11-14
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA UNING SAMARADORLIGI
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot (digital economy) jadal rivojlanmoqda. Ushbu tezisda O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining holati, infratuzilma, elektron toʻlovlar, elektron tijorat, raqamli savodxonlik va davlat siyosatining roli tahlil qilinadi. Shuningdek, uning iqtisodiy samardorligi, ichki va mintaqaviy farqlari va rivojlanish istiqbollari baholanadi. Yakunda raqamli iqtisodiyotni kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi.
2025-11-14
СЕМАНТИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ XXI ВЕКА
В данной работе анализируются ключевые тенденции семантических изменений в русском языке XXI века. Исследование опирается на труды российских лингвистов и данные современных корпусов языка, включая Национальный корпус русского языка. Особое внимание уделяется причинам изменения значений слов под влиянием глобализации, цифровизации, социальных сетей и общественно-политических трансформаций. Рассмотрены явления семантического расширения, сужения, переосмысления и метафоризации, а также заимствования, которые приводят к перераспределению лексико-семантических связей.
2025-11-14
DEVELOPING ENGLISH LANGUAGE SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN: GOALS AND STRATEGIES
The study highlights the importance of early exposure to the English language as a foundation for future academic success and communication competence. It explores how preschool educators can foster children’s listening, speaking, and vocabulary skills through interactive, play-based, and communicative learning methods. The paper also discusses the role of motivation, classroom environment, and teacher–child interaction in promoting language development. Based on the findings, the study recommends goal-oriented strategies that integrate games, songs, stories, and visual aids to enhance children’s interest and participation in learning English.
2025-11-14
TA’LIM JARAYONIDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida texnologiyalardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayoniga ta’siri, ularning samaradorlikka qo‘shgan hissasi hamda yuzaga kelayotgan muammolar ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan. Maqolada texnologiyalarni oqilona qo‘llash zaruriyati, pedagogik yondashuvlarning modernizatsiyasi va inson omilining o‘rni alohida e’tiborda olingan.
2025-11-14
ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В СОВРЕМЕННОЙ ШКОЛЕ
В статье рассматриваются современные инновационные методы обучения, применяемые в школе, их влияние на образовательный процесс и результаты учащихся. Особое внимание уделяется внедрению интерактивных технологий, проектного обучения, методов критического мышления и индивидуализированного подхода. На основе анализа практических примеров и педагогических исследований предложены рекомендации по эффективному использованию инновационных методик в современной школе.
2025-11-14
AJDODLAR MEROSI TARBIYA O‘CHOG‘I SIFATIDA
Ushbu maqolada ajdodlarimizning boy ma’naviy va madaniy merosi yosh avlod tarbiyasida nechog‘lik muhim o‘rin tutishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot IMRAD uslubida olib borilib, merosning pedagogik, ma’naviy va axloqiy funksiyalari, uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari yoritiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ajdodlar merosi tarbiya jarayonini boyitadi, shaxsning ma’naviy immunitetini kuchaytiradi va komil insonni shakllantirishda samarali manba sifatida xizmat qiladi.
2025-11-14
MADANIY MA’RIFIY ISHLARNI TASHKILLASHDA REPERTUAR TANLASH
Mazkur maqolada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishda repertuar tanlash jarayonining ahamiyati, mezonlari va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Repertuar tanlash jarayoni madaniyat xodimlari, san’at rahbarlari hamda ijodkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada repertuar mazmunining milliy qadriyatlar, yosh xususiyatlari va estetik talablarga muvofiqligi, shuningdek, auditoriyaning ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi tahlil qilingan.
2025-11-14
ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ФАНИ БОШЛАНҒИЧ СИНФДА АСОСИЙ КОМПЕТЕНЦИЯ СИФАТИДА
Мақолада умумтаълим мактабларида жисмоний тарбия бўйича белгиланган давлат стандартида асосий компетенцияларни шакллантириш ижтимоий йўналтирилган педагогик таълимни жорий этиш шартларини шакллантириши ёритилган. Шунингдек, муаллиф бошланғич синф ўқувчиларга жисмоний тарбия дарс жараёнида мантиқий саволлар, кросвордлар, бошқотирмалардан фойдаланган ҳолда ўтилган дарс таълим-тарбия сифатини оширишда муҳим омил эканлигини айтиб ўтган.
2025-11-14
MUSIQIY DIDAKTIK O’YINLAR ORQALI O’QUVCHILARDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
Mazkur maqolada musiqiy didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarda musiqa savodxonligini shakllantirish masalasi yoritilgan. Musiqa ta’limida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning estetik didini, ritm, tembr, baland-pastlik, nota yozuvlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Maqolada O‘zbekiston va Yevropa davlatlarida musiqiy savod o‘rgatishda qo‘llanilayotgan zamonaviy didaktik o‘yinlar tizimi tahlil qilinib, ularning afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
2025-11-14
ASSESSING READING SKILLS
This article focuses on the importance of assessing reading skills in the process of language learning and teaching. It highlights the main principles, methods, and tools used to evaluate learners’ reading comprehension and fluency. The paper discusses different approaches such as formative and summative assessment, as well as standardized and classroom-based testing. Special attention is given to identifying learners’ strengths and weaknesses in reading, including vocabulary knowledge, inference-making, and understanding of text structure. The article also emphasizes the role of assessment in improving reading strategies and overall language proficiency. Finally, it provides recommendations for teachers to design effective reading tests and integrate assessment results into instructional planning.
2025-11-17
ҚОВОҚ МЕВАЛАРИНИ САМАРАЛИ ҚУРИТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИНИ ТАНЛАШ: ИССИҚЛИК МУҲИТИ, КЕСИШ ШАКЛИ ВА ҲАРОРАТНИНГ ТАЪСИРИ
Ushbu maqolada qovoq mevalarini quritish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida issiqlik muhiti (qizdirilgan bug‘ va atmosfera havosi), kesish shakli (kub, parrak, somoncha) va turli harorat rejimlarining (60°C, 70°C va 80°C) quritish samaradorligiga, ozuqa moddalari saqlanishiga hamda mahsulotning fizik va organoleptik xususiyatlariga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, bug‘li muhitda retsirkulyatsiya asosida quritish issiqlik va massa almashinuvini jadallashtirgan, 60°C haroratda 4 soat davom ettirilgan quritish esa mahsulotning ozuqa qiymatini saqlab qolishda eng maqbul texnologik rejim ekanligi aniqlandi. Kub shaklidagi kesish barqaror quritish va yuqori mahsulot chiqishi bilan ajralib turgan. Maqolada quritish texnologiyasini tanlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
2025-11-17
QISHLOQ JOYLARDA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI VA MOLIYAVIY VOSITALARNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Ushbu tezis qishloq joylarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati va moliyaviy vositalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqot mikrokreditlar, grantlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari orqali tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va daromad ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi. Shu bilan birga, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali tatbiqi va integratsiyalashgan strategiyalar muhimligi qayd etiladi.
2025-11-17
ТАЛАБА ШАХСИНИНГ КРЕАТИВЛИК (ИЖОДИЙ) ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МЕТОДОЛОГИЯСИ
Талабаларда креативлик фаолиятини ривожлантириш орқали ўқув ва тарбия жараёнида янги ғояларни яратиш, талабалар креатив сифатларга эга бўлишлари учун ўқув фаолиятида шахсий сифатларини ривожлантиришга хизмат қиладиган ғояларни яратишда фаоллик кўрсатиш, уларнинг илғор педагогик ютуқ ва тажрибаларни мустақил ўрганиш, шунингдек, технологик билим, кўникмаларни эгаллашлари назарда тутилган.
2025-11-17
KASBIY-PEDAGOGIK MAHORAT TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI
Ushbu maqolada kasbiy-pedagogik mahorat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifati bilan bevosita bog‘liqligi haqida tahliliy fikrlar berilgan. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy mahoratini shakllantirish omillari, uni takomillashtirish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan.
2025-11-17
REAL VAQT TASVIR TASNIFI VA OPTIMALLASHTIRISH TEXNIKALARI
Ushbu tezis real vaqt tasvir tasnifi texnologiyalari, chuqur o‘rganishga asoslangan modellar va ularni amaliy tizimlarda samarali ishlatish uchun qo‘llaniladigan optimallashtirish texnikalarini tahlil qiladi. Mobil qurilmalar, video monitoring tizimlari, robototexnika va sanoat avtomatizatsiyasi uchun tasvirlarni yuqori tezlikda va aniqlik bilan tasniflash talab etiladi. Shu sababli, konvolyutsion neyron tarmoqlar, yengil arxitekturalar, model siqish, kvantizatsiya, pruning, distillatsiya, ONNX Runtime, TensorRT kabi texnologiyalarning roli batafsil yoritiladi.
2025-11-17
OBYEKTLARNI ANIQLASH MODELLARI VA KUTUBXONALARI
Ushbu tezis zamonaviy obyektlarni aniqlash (object detection) texnologiyalari, ular asosida qurilgan chuqur o‘rganish modellarining tuzilishi va qo‘llanishi, shuningdek, ularni amaliyotga joriy etishda foydalaniladigan kutubxonalar haqida batafsil ilmiy tahlilni taqdim etadi. Bir bosqichli (YOLO, SSD, RetinaNet) va ikki bosqichli (Faster R-CNN, Mask R-CNN) modellar o‘zaro taqqoslanib, ularning arxitekturasi, aniqlik darajasi, ishlash tezligi, hamda qo‘llash sohalari yoritiladi. Bundan tashqari, TensorFlow, PyTorch, OpenCV DNN va Ultralytics kabi kutubxonalar yordamida obyekt aniqlash modellarini tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va qurilmalarga joylashtirish jarayonlari izohlanadi. Tezis real vaqt tizimlari, mobil qurilmalar va yuqori aniqlik talab qilinadigan loyihalar uchun mos model va kutubxona tanlashda ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.
2025-11-17
SERGEY YESENIN SHE’RIYATIDA TABIATGA OSHNO SHAXS
Ushbu maqolada Sergey Yeseninning “Fors taronalari” turkumidagi “Havo toza, musaffo, zangor” deb boshlanuvchi besh bandli she’r misolida lirik qahramonning tabiatga bo‘lgan munosabati tahlil qilinadi. Har bir band lirik subyektning ruhiy-emotsional holati, Sharqona estetik idrok jarayoni va tabiat bilan uyg‘unligi orqali o‘rganiladi. She’rda metafora, takror, personifikatsiya va Sharqona musiqiylik kabi badiiy vositalar ishlatilgan bo‘lib, ular lirik qahramonning ichki dunyosi va Sharqona poetik an’analarni aks ettiradi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, she’r lirik subyektning tabiat bilan uyg‘unligi va ruhiy-emotsional rivojlanishini o‘ziga xos estetik ruhda ochib beradi.
2025-11-17
“GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI” DOSTONIDA MIFOLOGIYANNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada Egamberdi shoir Ollomurod o‘g‘li ijodiy merosidan o‘rin olgan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi“ dostonidagi mifologik sahnalar ustida mulohaza yuritamiz. Asarda uchraydigan qadimiy tasavvurlar, obrazlarning mifologik ildizlari, ularning funksional vazifalari hamda qahramonlar nutqida qo‘llangan maqollar, topishmoqlar va dialoglarning semantic qatlamlari ilmiy nuqtayi nazardan sharhlanadi. Shuningdek, doston kompozitsiyasidagi mifologik jarayonlarning qahramon harakteri va syujet dinamikasi shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.
2025-11-17
ARAB GAZETASI XABARLARIDA RITORIK VOSITALAR
Arab gazetalarida rasmiy tashrif va uchrashuvlar haqidagi xabarlarda qo‘llaniladigan asosiy ritorik vositalar — metonimiya, metafora va epitetlardir. Quyida Rasmiy unvonlar va faxriy sifatlar orqali shaxs mavqeining yuksaltirilishi hamda matnning rasmiylik darajasi oshirilishi Ar-Riyod gazetasi misolida ko‘rsatib beriladi va arab matbuotida ritorikaning stilistik funksiyalari qisqa tahlil qilinadi.
2025-11-17
MAHALLIY O‘SIMLIKLARDAN TAYYORLANGAN GEPATOPROTEKTIV BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHANING TURG‘UNLIGI, HAMDA SAQLANISH MUDDATINI O‘RGANISH
Jigar – inson organizmidagi eng yirik bez va hayotiy muhim organlardan biri bo‘lib, 500 dan ortiq fiziologik funksiyalarni bajaradi. Ularning eng muhimlari:
2025-11-17
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI RIVOJLANTISHIGA MOLIYAVIY MABLAGʻLARINI JALB QILISHNING INNAVASION YILLARI
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlashning muhimligi haqida ma’lumotlar beradi. Ushbu maqolada, moliyaviy ta’minlashning ta’lim tizimiga kerakli resurslarni ta’minlashning katta ahamiyati ko‘rsatiladi.
2025-11-17
DAVLAT TOMINIDAN MOLIYALASHTIRISHNING TAʼLIM SIFATIGA TAʼSIRINING XALQARO TAJRIBASI
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishning xorij tajribalari tahlil etilgan boʻlib, xususan, AQSh va Evropa mamlakatlarining oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishning oʻziga hos jihatlari hamda tajribalari oʻrganilgan. Shuningdek, mazkur mavzuga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning asarlari hamda tadqiqot ishlarida keltirilgan nazariy qarashlari bayon etilgan. Shu bilan birga, xorij tajribalari asosida atroflicha xulosalar shakllantirilgan.
2025-11-17
ОЦЕНКА КЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ ПРЕЖДЕВРЕМЕННОЙ ОТСЛОЙКИ НОРМАЛЬНО РАСПОЛОЖЕННОЙ ПЛАЦЕНТЫ У ЖЕНЩИН ГРУППЫ РИСКА
Преждевременная отслойка нормально расположенной плаценты (ПОНРП) остаётся одной из наиболее тяжелых акушерских патологий, представляющих значительную угрозу для жизни и здоровья матери и плода. Целью исследования явилась оценка клинических и морфологических факторов, способствующих развитию ПОНРП у женщин группы риска. Материалом послужили данные комплексного клинико-морфологического исследования 47 женщин с диагнозом преждевременной отслойки нормально расположенной плаценты. Контрольную группу составили женщины с физиологическим течением беременности и родов. Морфологическое исследование плацент выявило ряд типичных изменений: участки обширного интервиллезного кровоизлияния, деструкцию и фибриноидний некроз трофобласта, выраженные явления сосудистого спазма и дистрофии эндотелия. Отмечено усиление процессов гиалиноза и фиброза в ворсинах хориона, множественные очаги ишемии и некроза. Полученные данные подтверждают, что преждевременная отслойка нормально расположенной плаценты является полиэтиологическим процессом, в основе которого лежат нарушения сосудистой адаптации и дистрофические изменения плацентарной ткани. Комплексная клинико-морфологическая оценка позволяет выявлять женщин группы высокого риска и проводить своевременные профилактические мероприятия, направленные на сохранение беременности и предупреждение акушерских осложнений.
2025-11-18
ASHTARXONIY MALIKA ZUHROBEGIM – TADBIRKOR AYOL SIFATIDA
Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruvida malikalarning oqilona tadbiri va shahzodalarga bergan tarbiyasi muhim o`rin tutgan. Maqolada Xon avlodiga mansub bo‘lgan Zuhrobegimning o‘z davridagi diniy, dunyoviy ilmlardan xabardor bo‘lganligi hamda mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etgan fozila ayollardan biri ekanligi haqida yoritiladi.
2025-11-18
VISUAL-STUDIO MUHITI VA UNING DASTURLASHDAGI O'RNI
Ushbu maqolada Microsoft kompaniyasining Visual Studio integrallashgan dasturlash muhiti (IDE) haqida batafsil tahlil berilgan. Visual Studio dasturchilarga kod yozish, tahrirlash, kompilyatsiya qilish, nosozliklarni tuzatish, testlash va dasturiy ta’minotni turli platformalar uchun ishlab chiqishda qulaylik yaratadi. Maqolada Visual Studio ning asosiy tarkibi, funksiyalari, ko‘p tilli va kross-platformali qo‘llab-quvvatlashi, sun’iy intellekt yordamida dasturlash imkoniyatlari hamda versiyalarni boshqarish tizimlari bilan integratsiyasi yoritilgan. Shu bilan birga, uning dasturlash jarayonidagi o‘rni, afzalliklari va kamchiliklari ham muhokama qilinadi. Visual Studio zamonaviy dasturiy ta’minotni yaratishda samarali va ishonchli muhit sifatida katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
2025-11-18
ЁШЛАР ДУНЁВИЙ ВА ДИНИЙ ДУНЁҚАРАШИНИ УЙҒУН ШАКЛЛАНТИРИШДА ДИНИЙ –– ТАРБИЯ КОМПОНЕНТЛАРИНИНГ ЎРНИ
Илмий мақолада ёшларнинг дунёвий ва диний дунёқарашини уйғун тарзда шакллантириш ва ривожлантириш, диний-маърифий таълим-тарбиянинг моҳияти, ёшларни ҳақиқий маърифий исломий қадриятлар асосида тарбия қилиш, мамлакатимизда тинчликни сақлаш, барқарор ривожланишини таъминлаш, Янги Ўзбекистонни барпо этишда ёшларнинг дунёқарашини шакллантириш ва ривожлантиришнинг замонавий концептуал асосларини ишлаб чиқиш ва амалда қўллаш масаласи юзасидан илмий-амалий аҳамиятга молик бўлган фикрлар баён қилинган.
2025-11-18
TARIX FANINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Maqolada tarix fanini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari, uning boshqa fanlardan farqli xususiyatlari hamda ta’lim-tarbiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Tarixni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, manbalar bilan ishlash, tahlil qilish, voqealarning sabab-oqibat aloqasini tushuntirish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishning usullari yoritiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.
2025-11-18
MODA ELEMENTLARINING MILLIY BREND SHAKLLANISHIDAGI ROLI VA METODOLOGIYASI
Zamonaviy brendingning muhim xususiyatlaridan biri — madaniy shaxsiyatni aks ettiruvchi yangi turdagi moda elementlarining paydo bo‘lishidir. Globalizatsiyaning tezlashuvi natijasida an’ana bilan zamonaviylik kesishmasidagi dizayn simboliklari tanlovi oshgani ma’lumot yitishining asosiy harakatchaniga aylangan. Shu ma’noda ushbu tadqiqotning maqsadi milliy kontekstlarda brending strategiyalarini baholash uchun hist-tuyg‘u tahlilidan foydalangan holda moda elementlarini tahlil qilish va baholashdir. Tadqiqot davomida biz moda motivlarini madaniy aloqadorligi va emotsional rezonansiga qarab tasniflaymiz hamda milliy brend shakllanishining uyg‘unligini mustahkamlashga qaratilgan toifalarni ko‘rib chiqamiz. Og‘irlik darajasi (AHP matrisi) va hist‑tuyg‘u polariteti indeksini birlashtirish orqali bu tadqiqot ikki tahliliy vositani solishtirib, nisbiy ahamiyat va jamoatchilik qabulini baholash uchun empirik qaror modelini yaratadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori og‘irlik darajasi mato motivlarida (0.42) qayd etilgan, eng pasti esa aksessuar motivlarida (0.19) va hist‑tuyg‘u ballari 0.15 dan 0.38 gacha bo‘lgan, ya’ni o‘zgaruvchanlik katta emasligiga ishora qiladi. Ushbu tadqiqotda olingan xulosalar va taklif etilgan qaror modeli siyosatbelgilovchilar uchun brendingga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda va madaniy shaxsiyatni saqlashda strategik doira taqdim etadi. Kengroq qo‘llanilishi uchun, raqamli etnografiyani qo‘shish orqali ushbu moda boy madaniy artefaktlarning ko‘rinishini yanada oshirish yo‘llari o‘rganilishi mumkin.
2025-11-18
INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH
The rapid development of digital tools and interactive learning environments has significantly transformed English language teaching. Modern educational technologies enhance learner engagement, individualize instruction, and improve the efficiency of language acquisition. This article examines key innovative technologies used in English teaching and evaluates their pedagogical value.
2025-11-18
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OMMAVIY TADBIRLAR OʻTKAZISH JARAYONIDA SOHAVIY XIZMAT HAMDA DAVLAT ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlashdagi roli, u bilan hamkorlik qiluvchi sohaviy xizmatlar va davlat organlarining vakolatlari, hamda ushbu hamkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud qonun hujjatlari, normativ-huquqiy me’yorlar, ichki ishlar organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatining amaliy tajribasi o‘rganildi. Maqola profilaktika inspektorining vazifalarini tizimli ravishda aniqlash, xizmatlararo hamkorlik mexanizmlari va ularning xavfsizlikni ta’minlashdagi samaradorligini yoritishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlash uchun profilaktika inspektori faoliyati, davlat organlari va sohaviy xizmatlar bilan integratsiyalashgan yondashuvga tayanishi muhimdir.
2025-11-19
HUQUQBUZARLIKLARDAN JABRLANUVCHILARGA YORDAM KO'RSATUVCHI IXTISOSLASHTIRILGAN MUASSASALAR FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola huquqbuzarliklardan jabr ko‘rgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud huquqiy baza, jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik tizimi hamda ushbu muassasalarning faoliyat yuritish prinsiplari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan yoritiladi. Tadqiqot jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan psixologik, ijtimoiy, yuridik hamda vaqtinchalik boshpana xizmatlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Olingan natijalar ixtisoslashtirilgan muassasalar tizimini takomillashtirishda kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
2025-11-19
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI, NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI VA FUQAROLARNING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI ISHTIROKINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) va keng jamoatchilikning huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonidagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar mahalla institutlari va NNTlarni davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining muhim hamkoriga aylantirayotgan bo‘lsa-da, ularning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish uchun tizimli, ilmiy asoslangan yondashuv zarur. Tadqiqotda faoliyatdagi mavjud kamchiliklar, hamkorlik mexanizmlaridagi uzilishlar, resurslar yetishmovchiligi kabi omillar o‘rganilib, mahalla—NNT—aholi hamkorligini kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqiladi. Natijalar fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqbuzarliklarning ijtimoiy ildizlarini bartaraf etish hamda profilaktikaning barqarorligini ta’minlash istiqbollari bilan bog‘liq xulosalarni beradi.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SPIRTLI ICHIMLIKKA RUJU QOʻYGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan ishlash faoliyati tahlil qilinadi va uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ushbu faoliyatning huquqiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari o‘rganilib, mavjud tizimdagi kamchiliklar aniqlanadi. Shuningdek, profilaktika inspektorining spirtli ichimlik iste’molchilari bilan ishlashda samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM GIYOHVANDLIK ZAHARVANDLIK VA RUHIY KASALLIKKA CHALINGAN SHAXSLARGA NISBATAN TIBBIY REABILITATSIYANI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI ASOSIY MUAMMO VA KAMCHILIKLAR HAMDA ILGʻOR XORIJIY TAJRI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy reabilitatsiyani amalga oshirishdagi asosiy muammo va kamchiliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, samaradorlikni pasaytiruvchi omillar ko‘plab: huquqiy me’yorlarning yetarli emasligi, tibbiy va psixologik xizmatlar bilan integratsiyalashmagan ishlash, shaxsiy yondashuvning yetarli emasligi va mahalla institutlari bilan hamkorlikning pastligi. Shu bilan birga, maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil qilinib, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING PATRUL-POST XIZMATI NARYADLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
Ushbu ilmiy maqolada profilaktika inspektorining patrul-post xizmati naryadlari bilan o‘zaro hamkorligining mazmuni, huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari va amaliy samaradorligi chuqur tahlil qilingan. Xususan, huquqbuzarliklarni aniqlashning tezkorligi, jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi funksional taqsimot, axborot almashish tizimi, qo‘shma reydlar va profilaktik tadbirlar o‘tkazish jarayoni yoritiladi. Mazkur hamkorlikning kuchayishi huquqbuzarliklarning oldini olishda kompleks yondashuvni shakllantirishi, xavfli hududlarda patrullash samaradorligini oshirishi hamda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotlar natijasi profilaktika organlari faoliyatida funksional integratsiyaning ahamiyatini tasdiqlab, amaliy taklif va tavsiyalarni ilgari suradi.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM GIYOHVANDLIK ZAHARVANDLIK VA RUHIY KASALLIKKA CHALINGAN SHAXSLARGA NISBATAN TIBBIY REABILITATSIYANI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy reabilitatsiyani amalga oshirish faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu faoliyatning huquqiy, psixologik va ijtimoiy jihatlari, shuningdek, amaliy samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rganildi.
2025-11-19
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu maqolada huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo‘llash va ularni tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada jamoatchilik patrullari va profilaktika inspektorlarining faoliyatida AKT vositalari orqali ma’lumot almashish, monitoring tizimlarini takomillashtirish va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari, mavjud muammolar va qonuniy asoslar ham muhokama qilinadi. Olingan natijalar huquqbuzarliklarni kamaytirishga, profilaktika tizimining samaradorligini oshirishga va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING UZOQ MUDDATDAN QAYTGAN SHAXSLARGA NISBATAN IJTIMOIY REABILITATSIYA CHORA-TADBIRLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqola uzoq muddat jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lib qaytgan shaxslarga nisbatan profilaktika inspektorlarining ijtimoiy reabilitatsiya jarayonini tashkil etishdagi faoliyati, mavjud amaliyotdagi muammolar va ularni hal etishga yo‘naltirilgan takliflar tahliliga bag‘ishlangan. Reabilitatsiya jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan ichki ishlar organlari, mahalla tizimi, nodavlat tashkilotlar, bandlik markazlari va psixologik xizmatlarning o‘zaro integratsiyalashgan hamkorligiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Maqolada reabilitatsiya jarayonining bosqichlari, mas’ul tuzilmalarning vakolatlari, takror jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha xalqaro modellarning moslashtirilgan amaliyotlari keng yoritiladi hamda profilaktika inspektori faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tizimli takliflar ilgari suriladi.
2025-11-19
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AHOLI SOG'LIGINI SAQLASH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Ushbu maqolada profilaktika inspektorining aholi sog‘ligini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish va viktimologik profilaktika faoliyatini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida samarali yondashuvlar aniqlanib, O‘zbekistonda amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari profilaktika inspektorining samaradorligini oshirish, jamoatchilik bilan ishlashni yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimi bilan integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi.
2025-11-19
