Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-22

YOSH PEDAGOG KADRLARNING KASBIY MOSLASHUVINI AMALGA OSHIRISHDA STAJYORLIK FAOLIYATI

Mazkur maqolada yosh pedagog kadrlarning kasbiy moslashuv jarayoni va unda stajyorlik faoliyatining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida stajyorlik tizimini samarali tashkil etish yo‘llari, uning pedagogik faoliyat sifatiga ta’siri hamda yosh mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Mahammadjonova Muslimaxon Eldorbek qizi

4-5

2026-04-21

TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHDA BMT KONVENSIYALARINING ROLI VA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH

Ilmiy ishda xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan konvensiyalarning ahamiyati, ularning mazmun-mohiyati hamda ushbu xalqaro hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementatsiya qilinishi masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy huquq tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning huquqiy mexanizmlari yoritilgan.

Ashilova Ozoda

6-9

2026-04-21

TIJORAT BANKLARI CHAKANA XIZMATLARINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI

Tijorat banklarining chakana xizmatlari (retail banking) moliyaviy vositachilikning muhim yo‘nalishi bo‘lib, aholiga va kichik biznesga yo‘naltirilgan xizmatlar orqali iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy inklyuziya va bank sektorining raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ushbu maqola chakana xizmatlarning nazariy asoslarini (moliyaviy vositachilik nazariyasi, mijoz loyalligi modellari, raqamli transformatsiya konsepsiyalari) va huquqiy bazasini (O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020–2025 yillik bank islohoti strategiyasi) kompleks tahlil qiladi. Nazariy jihatdan chakana xizmatlar bank daromadlarini diversifikatsiya qilish, risklarni kamaytirish va mijoz ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Huquqiy asoslar bank operatsiyalarini litsenziyalash, mijoz huquqlarini himoya qilish, shartnoma munosabatlarini va raqamli xizmatlarni (mobil banking, internet banking) regulyatsiya qilishni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nazariy va huquqiy asoslarni mustahkamlash orqali chakana xizmatlar samaradorligi oshiriladi, aholining moliyaviy farovonligi yaxshilanadi va bank sektorining iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi ortadi.

Otaxonov Shaxzod Umidjanovich

10-12

2026-04-21

BANKLARDA RAQAMLI XIZMATLARNING TURLARI VA ULAR ORQALI DAROMAD OLISH IMKONIYATLARI

Tijorat banklarida raqamli xizmatlarning jadal rivojlanishi bugungi kunda bank faoliyatining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Ular mijozlarga doimiy qulaylik yaratish, operatsion xarajatlarni keskin kamaytirish, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va daromad manbalarini an’anaviy foiz daromadlaridan tashqari yangi, barqaror va yuqori marjali kanallarga diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu tezis raqamli xizmatlarning asosiy turlarini (mobil va internet banking, raqamli to‘lov tizimlari, kontaktless va QR-to‘lovlar, raqamli hamyonlar va super-ilovalar, onlayn kreditlash, AI-asosidagi shaxsiy maslahatchilar, ochiq banking va API-platformalar) va ular orqali banklarning daromad olish mexanizmlarini (tranzaksion komissiyalar, merchant acquiring, cross-selling va up-selling, ma’lumotlar monetizatsiyasi, fintech hamkorliklari, premium xizmatlar uchun obuna modellari, BNPL mahsulotlari) batafsil tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli xizmatlar bankning umumiy daromadidagi foizsiz qismini 30–55% gacha oshirishi, xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 40–70% ga qisqartirishi, mijozlar sonini tez kengaytirishi va bankning sof foyda marjasini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. O‘zbekiston bank tizimida 2020–2025 yillarda raqamli xizmatlar ulushi 10% dan 45–50% gacha o‘sib, banklarning daromad strukturasini tubdan o‘zgartirdi va kelajakda (2030 yilgacha) bu ko‘rsatkich 60–70% ga yetishi prognoz qilinmoqda.

Otaxonov Shaxzod Umidjanovich

13-16

2026-04-21

FARZAND TARBIYASIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida zamonaviy pedagogik yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Individual yondashuv, kommunikativ metodlar, motivatsiya va raqamli texnologiyalarning tarbiyadagi roli yoritilgan. Shuningdek, ota-ona va pedagog hamkorligining muhim jihatlari ochib berilgan.

Uralova Gulhayo Ravshan qizi

17-18

2026-04-21

OG‘ZAKI NUTQDAGI LISONIY VA PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR: SABABLAR, TAHLIL VA ULARNI BARTARAF ETISH YECHIMLARI

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda shaxslararo muloqot jarayonida yuzaga keladigan og‘zaki nutq kamchiliklari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilingan. Tadqiqot davomida respondentlarning nutqi kuzatilib, eng ko‘p tarqalgan leksik, fonetik va psixologik xatolar tasniflangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, nutqiy kamchiliklarning asosiy qismi so‘z boyligining yetishmasligi va psixologik ishonchsizlik bilan bog‘liq. Maqola so‘ngida nutq madaniyatini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

O'narbayeva Dildora Asliddinovna

19-21

2026-04-21

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning o‘quv jarayonini individuallashtirish, samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni qo‘llashdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan.

Nazarov Omon

22-24

2026-04-21

MEN MUSTAQIL O‘ZBEKISTON FARZANDIMAN

Ushbu maqolada mustaqil O‘zbekiston farzandi bo‘lish tushunchasi chuqur tahlil qilinadi. Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, vatanparvarlik mohiyati va zamonaviy taraqqiyot sharoitida ularning mas’uliyati ilmiy asosda yoritiladi.

Usmonova Manzura

25-27

2026-04-21

ETNOLINGVODIDAKTIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING ETNOKULTUROLOGIK KOMPETENSIYASINI XALQ DOSTONLARI ORQALI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada talabalarda etnokulturologik kompetensiyani shakllantirish va takomillashtirish masalalari etnolingvodidaktiv yondashuv asosida tadqiq etilgan. O‘zbek va ingliz xalq dostonlari ("Alpomish", "Go‘ro‘g‘li", "Beovulf", "Qirol Artur haqida afsonalar") misolida milliy qadriyatlar, konseptlar va lingvomadaniy birliklarni qiyosiy o‘rganishning samarali metodikasi ishlab chiqilgan.

Elova Umida Ruzimurodovna

28-30

2026-04-21

ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGNING NUTQ MADANIYATI VA UNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagog nutq madaniyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogning nutq savodxonligi, aniq va ravon fikr bayon etish qobiliyati hamda kommunikativ kompetensiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish darajasi, tafakkuri va motivatsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada nutq madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy usullari va pedagogik yondashuvlari ham tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar beriladi.

Ibrohimjonova Shohruza Kamoliddin qizi, Mirzajonova Ruxsora Nurali qizi

31-33

2026-04-21

ЧАСТИ РЕЧИ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ

В данной работе рассматриваются части речи в русском языке как важнейшие компоненты грамматической системы. Описываются основные категории частей речи, их морфологические и синтаксические особенности, а также функциональная роль в формировании высказывания. Особое внимание уделяется классификации самостоятельных и служебных частей речи, их признакам и употреблению в речи. Анализируется значение частей речи для правильного построения предложений и развития речевой компетенции. Работа направлена на углубление теоретических знаний и совершенствование практических навыков владения русским языком.

Тураева Бибисора Санакуловна

34-36

2026-04-21

KIBERXAVFSIZLIKDA HONEYPOT TEXNOLOGIYALARI: TARMOQ TAJOVUZKORLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH USULLARI

Ushbu maqolada kiberxavfsizlik sohasida tobora ommalashib borayotgan Honeypot (tuzoq-tizimlar) texnologiyasining roli va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida tajovuzkorlarni chalg'itish, ularning hujum usullarini tahlil qilish va tarmoq xavfsizligini proaktiv himoya qilish mexanizmlari o'rganiladi. Maqolada Honeypotlarning interaktivlik darajasiga ko'ra turlari va ularning kiber-razvedka (Threat Intelligence) ma'lumotlarini yig'ishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, Honeypotlar nafaqat hujumlarni aniqlash, balki "zero-day" zaifliklarini o'rganishda ham bebaho vositadir.

Sobirjonov Behzod, Mubina Tursunaliyeva Xursanali qizi

37-39

2026-04-21

IKKI BOSQICHLI AUTENTIFIKATSIYA (2FA) VA UNI CHETLAB O‘TISH USULLARI

Mazkur maqolada ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) tizimlarining ishlash tamoyillari va ularning zaif jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2FA himoyasini chetlab o‘tishda qo‘llaniladigan ijtimoiy muhandislik, SIM-swapping va Man-in-the-Middle kabi hujum usullari o‘rganilgan. Shuningdek, SMS, TOTP va FIDO usullarining samaradorligi qiyoslanib, tizimlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.

Sobirjonov Behzod, Feruzaxon Qurbonaliyeva Abduvohid qizi

40-41

2026-04-21

CALL THEORY AND RESEARCH

This article explores the theoretical foundations and research trends of Computer-Assisted Language Learning (CALL) in modern language education. It examines the evolution of CALL, its key models, and the role of digital technologies in enhancing language skills such as listening, speaking, reading, and writing. The study highlights how CALL promotes learner autonomy, motivation, and interactive learning through multimedia tools and online platforms. Furthermore, the paper reviews recent research on the effectiveness of CALL in different learning contexts, emphasizing its impact on language acquisition and teaching methodologies. It also discusses challenges related to technology integration, teacher preparedness, and accessibility. The findings suggest that CALL, when applied effectively, serves as a powerful tool for improving language learning outcomes and adapting education to the demands of the digital age.

Mohichehra Boymurodova, Dilafro’z Tog’aymurodova , Zimixol Aliyeva

42-45

2026-04-21

MEHMONXONA BIZNESINING RIVOJLANISHIDA UNDA QO’LLANILADIGAN TERMINLARNING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI TALQINI

Ushbu maqolada mehmonxona biznesining rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi terminlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi talqini, ularning lingvistik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mehmonxona sohasi bilan bog‘liq asosiy atamalar, jumladan, xizmat ko‘rsatish, bron qilish, mijozlarga xizmat, turar joy turlari va boshqaruv jarayonlariga oid terminlar ikki til kesimida solishtirilib o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu terminlarning to‘g‘ri tarjima qilinishi va kontekstga mos qo‘llanishi xizmat sifatini oshirishda, xalqaro mijozlar bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatishda muhim omil ekanligi yoritib beriladi. Maqolada mehmonxona industriyasida til va terminologiyaning o‘rni, ularning soha rivojiga ta’siri hamda kasbiy kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda ochib beriladi.

Tog'aymurodova Dilafruz Chori qizi

46-49

2026-04-22

“MAKR VA MUHABBAT” ASARI TAHLILI

Mazkur maqolada “Makr va muhabbat” asarining badiiy, g‘oyaviy va estetik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Asardagi asosiy obrazlar, konfliktlar, muallifning badiiy mahorati hamda makr va muhabbat tushunchalarining o‘zaro qarama-qarshiligi yoritiladi. Shuningdek, insoniy qadriyatlar, axloqiy tanlov va ruhiy kechinmalar masalalari ilmiy asosda tahlil etiladi.

Shoymardonova Farangiz

50-53

2026-04-22

ZAMONAVIY JAMIYATDA ERKINLIK VA MADANIYAT TRANSFORMATSIYASI

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida inson erkinligi va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiyasi tahlil qilinadi. Xususan, globallashuv, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy o‘zgarishlar fonida erkinlik tushunchasining yangi talqinlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, madaniyatning erkinlikni cheklovchi va shakllantiruvchi omil sifatidagi roli yoritiladi. Tadqiqot davomida nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda amaliy misollar ham tahlil qilinib, erkinlik va madaniyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sir ochib beriladi. Natijada, zamonaviy jamiyatda erkinlikning dinamik va ko‘p qirrali xususiyatga ega ekanligi asoslanadi.

Aytmuratova Altinay Muftilla qizi

54-56

2026-04-22

ÁJINIYAZ DÓRETIWSHILIGI HÁM ONÍŃ HÁZIRGI DÚNYA ÁDEBIYATÍNDA TUTQAN ORNÍ

Bul teziste XIX ásir qaraqalpaq ádebiyatınıń klassik shayırı Ájiniyaz Qosıbay ulınıń poeziyasınıń úyreniliwi, shıǵarmalarınıń tariyxıy, ruwxıy áhmiyeti hám onıń búgingi kúnde tutqan ornı qısqasha tallanadı.

Davletov Barlıqbay Ábdimurtovich, Bazarbaev Azizbek Aytmurat ulı

57-58

2026-04-22

IRSIY KASALLIKLAR VA TIBBIY-GENETIK MASLAHAT: DIAGNOSTIKA VA PROFILAKTIKANING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI

Ushbu tadqiqot ishida inson patologiyasida irsiy omillarning tutgan o‘rni, genetik nuqsonlarning molekulyar-biologik tabiatini o‘rganish va ularning oldini olishda tibbiy-genetik maslahatning o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada xromosoma aberatsiyalari, gen mutatsiyalari hamda multifaktorial kasalliklarning shakllanish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy biotexnologiyalar — CRISPR-Cas9 gen tahrirlash tizimi, molekulyar skrining va prenatal diagnostikaning istiqbollari haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotning maqsadi — aholi o‘rtasida irsiy kasalliklar uchrashini kamaytirish va tibbiy-genetik xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Samadova Fotima Rajabovna, Abdimuratova Sarvara Temirovna

59-60

2026-04-22

FE‘L SO‘Z TURKUMI VA UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI (RUS VA O‘ZBEK TILLARI CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI)

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tilidagi fe’l so‘z turkumining shakllari tahlil qilinadi va uni tasdiqlovchi ilmiy asoslar bilan dalillantiriladi. Maqolaning asosiy maqsadi: har ikki tildagi fe’l so‘z turkumining grammatik shakllari va ularning qo‘llanilishini o‘rganish.

Mahammadaminova Nodira Ahrorjon qizi , Hamidova Mahbuba Qaharovna

61-64

2026-04-22

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA SHAKLAN O‘XSHASH MA’NOSI FARQLI FELLAR TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillarida shaklan o‘xshash,lekin ma’nosi farqli bo‘lgan fellar tahlil qilinadi.Bunday fellar tilshunoslikda,tarjima jarayonida hamda til o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.Ikki turkiy tildagi fellarning ma`nolari solishtirilib,ularning turli ma`no kasb etganligi misollar bilan ochib beriladi.

Ko‘charova Dilnura

65-67

2026-04-22

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA TIL ISLOHOTLARI: FORSIY VA ARABIY LEKSIKAGA MUNOSABATNING QIYOSIY TAHLILI

Turk va oʻzbek tillari qardosh turkiy tillar boʻlib, XX asr davomida ikkala til ham tub til islohotlarini boshdan kechirdi. Ushbu islohotlarning markaziy masalalaridan biri arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlarga munosabat boʻldi. Turkiya va Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida til siyosatini shakllantirishda tubdan farqli yoʻllarni tanladi: Turkiya "sof turkcha" tamoyili asosida arab-fors leksikasini deyarli butunlay siqib chiqarishga intilgan boʻlsa, Oʻzbekiston mustaqillikdan soʻng arab-fors leksikasini qayta tiklash va uni "milliy til"ning asosi sifatida qarash yoʻlini tutdi.

Qo‘chqorova Mohira

68-70

2026-04-22