Том 3 № 51 (2025): Молодые ученые

Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-12-08

ABAY QO‘NONBOYEV SHE’RIYATIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI

Ushbu ilmiy maqolada Abay Qo‘nonboyev she’riyatida badiiy tasvir vositalarining roli va g‘oyaviy-badiiy funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda metafora, epitet, taqqoslash, personifikatsiya, allegoriya, simbol kabi tasvir vositalari Abay she’riyatida qanday ishlatilishi, ularning lirik qahramon ruhiyatini ifodalash, falsafiy mulohazalarni yetkazish va xalq og‘zaki ijodi an’analari bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, badiiy tasvir vositalari Abay ijodida estetik go‘zallik, psixologik chuqurlik va g‘oyaviy mazmunni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Nalibayev Nurjan

4-6

2025-12-08

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SALBIY AXBOROTLAR TA'SIRIDAN HIMOYALASHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni salbiy axborotlar ta’siridan himoya qilishning pedagogik mexanizmlarini tadqiq etishga qaratilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy media ta’siri natijasida bolalar psixologik rivojlanishida salbiy omillar kuchaymoqda. Maqolada pedagogik mexanizmlar, ota-ona va tarbiyachilar roli, psixologik barqarorlikni shakllantirish metodlari tahlil qilingan. Natijalar bolalarni ijtimoiy va emotsional jihatdan himoya qilish uchun samarali strategiyalarni belgilash imkonini beradi.

Quvatova Madina Faxriddin qizi

7-10

2025-12-08

KITOBXONLIK MADANIYATI

Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatining mazmuni, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda yoshlar o‘rtasidagi mutolaa darajasining hozirgi holati imrad ilmiy modeli asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, taqqoslash, kuzatuv va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kitobxonlik odati, avvalo, oilaviy muhit, ta’lim tizimi, raqamli texnologiyalar va jamiyatning madaniy infratuzilmasi bilan chambarchas bog‘liq. Raqamli chalg‘ituvchilar kitob o‘qish jarayoniga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatsa-da, elektron mutolaa shakllari kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlovchi yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Maqolada yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan. Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim tizimi, oilaviy tarbiya va madaniy muhitda kitobxonlikni mustahkamlash bo‘yicha samarali strategiyalarni belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Normurodova Nigora Abdusattorovna, Shamsitdinova Ozoda Nuritdinovna

11-13

2025-12-08

MILLIY KOMPANIYANING XALQARO KOMPANIYAGA AJRALIB CHIQISH JARAYONI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada milliy kompaniyalarni xalqaro bozorlarga chiqarish jarayoni o‘rganilgan. Tezisda xalqaro tajriba (Toyota, Samsung) misol keltirilgan, shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalari uchun imkoniyatlar tahlil qilingan. Maqolada kompaniyalarni xalqaro bozorga chiqarishda raqamli transformatsiya, xalqaro sertifikatlar va strategik hamkorlikning roli ko‘rsatildi.

Haydarova Marjona Sobirjon qizi

14-17

2025-12-08

TALABALARDA LINGVISTIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA STILISTIK TAHLILNING ROLI

Ushbu maqolada talabalarda lingvistik tafakkurni rivojlantirish jarayonida stilistik tahlilning didaktik va amaliy ahamiyati yoritiladi. Til birliklarining ma’no, qo‘llanish va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan stilistik tahlil talabalar nutq madaniyatini yuksaltirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish hamda matn mazmunini chuqur anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada stilistik tahlilning o‘quv jarayoniga tatbiqi, o‘quvchilarni badiiy hamda funksional uslublarni farqlashga yo‘naltirishdagi metodlari va lingvistik kompetensiyani shakllantirishdagi samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari stilistik tahlilni til o‘qitish amaliyotida qo‘llash talabalarning tafakkur doirasini kengaytirishi va ularni ijodiy fikrlashga undashi bilan muhimligini ko‘rsatadi.

Munavvar Esonaliyevna Kurbonova

18-20

2025-12-08

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI

Kripto-aktivlar sohasi so‘nggi o‘n yil ichida tez sur’atlarda rivojlanib, moliyaviy transaksiyalar, investitsiya va texnologik innovatsiyalar markaziga aylandi. Shu bilan birga, bu soha pul yuvish (money laundering), teraktlar moliyalashtirilishi, firibgarlik, bozorni manipulyatsiya qilish va kiberxavfsizlik xatarlarini keltirib chiqardi. Xalqaro standart beruvchi tashkilotlar va rivojlangan davlatlar bularning oldini olish va adolatli bozorni ta’minlash maqsadida virtual aktivlarga xos AML/CFT talablarini, litsenziyalash va muvofiqlik talablari va maxsus bozor qoidalarini joriy qilishdi. Shu tizimlar qonunbuzarlik aniqlanganda qo‘llaniladigan javobgarlik turlarini belgilaydi (ma’muriy sanksiyalar, moliyaviy jarimalar, litsenziya bekor qilish, jinoiy ta’qiqlar va h.k.). Xalqaro tavsiyalar va yirik yurisdiktsiyalarning amaliyoti — Masalan FATF tavsiyalari, Yevropa Ittifoqining MiCA regulyatsiyasi va AQShda SEC hamda boshqa idoralarning amalga oshirayotgan kuzatuv va ta’limotlari — ushbu masalalar bo‘yicha dolzarb manbalarni tashkil etadi.

Shodmanov Ravshan

21-23

2025-12-08

FEATURES OF DIALOGIC AND SPOKEN DISCOURSE

This article examines the colloquial style of speech as one of the most widely used functional styles in everyday communication. The study explores the linguistic features of colloquial speech at the phonetic, lexical, and grammatical levels, highlighting its spontaneity, emotional expressiveness, situational dependence, and dialogic nature. Special attention is given to the role of colloquial style in interpersonal communication and its interaction with other functional styles of the language. The article also discusses the relevance of colloquial speech in modern digital communication, including social media and online messaging. The findings contribute to a deeper understanding of spoken discourse and its significance in contemporary linguistics and language teaching.

Nigora Xaydarova, Gulchekhrakhon Tuychieva

24-25

2025-12-08

DISCOURSE ANALYSIS OF TEACHER–STUDENT INTERACTION IN ENGLISH CLASSROOMS

This thesis explores the discourse patterns that emerge in teacher–student interaction within English language classrooms. Drawing on established models of classroom discourse, particularly the Initiation–Response–Feedback (IRF) structure and interactional sociolinguistics, the study examines how teachers’ linguistic choices shape participation, learning opportunities, and power relations in instructional settings. The analysis is grounded in empirical findings from previous discourse-analytic studies conducted in second language classrooms. By synthesizing existing research, the thesis highlights the pedagogical implications of discourse practices for effective language teaching and learner engagement.

Umida Uktamova

26-29

2025-12-08

SEMIZLIK FONIDA YURAK ISHEMIK KASALLIGINING KLINIK-FUNKSIONAL VA GENETIK PREDIKTORLARI

Semizlik va yurak ishemik kasalligi (YIK) inson salomatligi uchun jiddiy xavf omillari sifatida global tibbiyotda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tezis semizlik fonida YIK rivojlanishining klinik-funksional va genetik prediktorlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot maqsadi semizlikning YIKga ta’sirini aniqlash, asosiy klinik va funksional belgilarga e’tibor qaratish, shuningdek genetik markerlar yordamida predispozitsiyani baholashdir. Olingan natijalar semizlik va yurak kasalliklari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikni ochib beradi va individual riskni aniqlashga yordam beradi.

Tilepbaeva Guljamal Ongʻarbay qizi

30-34

2025-12-08

ARXEOLOGIK FAUNAL MATERIALLARDA SUYAK ZICHLIGINING SAQLANISH JARAYONIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada arxeologik faunal majmualarda suyaklarning saqlanish darajasini baholashda suyak zichligining ahamiyati tahlil qilinadi. Turli hayvon suyaklarining anatomik qismlarida uchraydigan zichlik farqlari, ob-havo ta’siri va tafonomik jarayonlar oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Xudoyberdiyev Lutfulla

35-40

2025-12-08

MODERN APPROACHES TO TEACHING A FOREIGN LANGUAGE

This article provides a comprehensive overview of various methods for teaching foreign languages, exploring both traditional and contemporary approaches and the article considers some innovative methods of teaching a foreign language at a non-linguistic university. It examines prominent methods including the Grammar-Translation Method, Direct Method, Communicative Approach, Task-Based Language Teaching (TBLT), Total Physical Response (TPR), and the Audio-Lingual Method. Each method is analyzed in terms of its principles, strengths, and limitations, highlighting how they address different aspects of language acquisition such as grammar, vocabulary, and communicative competence. The new requirements for student’s education, which assume that they have relevant professional  competencies,  including  foreign  language  communicative  competence,  actualize research  attention  to  different  approaches,  technologies  and  conditions  aimed  at  improving the quality of higher education.

Zilola Abduraxmanova , Xurshida Amirova

41-45

2025-12-08

NEW TIPS FOR USING LITERATURE IN THE ESL

This article explores innovative strategies for integrating literature into the ESL classroom to support language development, critical thinking, and learner engagement. While literature has long been used as a teaching tool, modern classrooms require updated approaches that suit diverse learner needs. The article presents several new techniques, including the use of micro-literature for manageable reading tasks, the integration of digital platforms to enhance interaction, and the application of “reader as detective” activities to develop inferencing skills. It also highlights flexible literature circles, creative transformation tasks, multicultural text selection, personal connection journals, and performance-based activities as effective ways to deepen comprehension and increase motivation. Together, these tips offer practical, adaptable methods for teachers seeking to make literature more dynamic, accessible, and meaningful for today’s ESL learners.

Zilola Abduraxmanova, Xurshida Amirova

46-49

2025-12-08

INSON EVOLYUTSIYASI VA QADIMIY JAMIYAT: ANTROPOGENEZDAN SIVILIZATSIYAGA QADAR

Mazkur ilmiy maqola inson evolyutsiyasining asosiy bosqichlari (antropogenez) va uning bevosita ta'sirida shakllangan qadimiy (ibtidoiy) jamiyatning ijtimoiy-madaniy tuzilishi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda avstralopitekdan boshlab Homo Sapiensning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan jismoniy, aqliy va xulq-atvor evolyutsiyasi o‘rganiladi. Shu bilan birga, ikki oyoqlanish (bipediya), mehnat qurollarining rivojlanishi, olovdan foydalanish va asosan ovchilik-terimchilikka asoslangan ibtidoiy jamoadagi ijtimoiy hamkorlik va mehnat taqsimoti kabi asosiy o‘zgarishlar yoritilgan. Maqolaning asosiy maqsadi – biologik va madaniy evolyutsiyaning o‘zaro ta’siri insoniyat sivilizatsiyasining poydevori bo‘lib xizmat qilganligini ko‘rsatishdan iborat. 

Erkinova Gulsanam Mirodil qizi

50-53

2025-12-08

DARVIN NAZARIYASI VA UNING TARIXIY TA’SIRI, ODAM PAYDO BO’LISHI

Ushbu maqolada insonning paydo bo‘lish nazariyasining asosiy g‘oyalari, ularning biologiya, tarix fanidagi o‘rni va jamiyatga ta’siri tarixiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga biologiya va tarix fanidagi ko‘plab ilgari noma’lum jarayonlarni izohlashga imkon yaratadi. Zamonaviy dunyo olimlari bu mavzu bo‘yicha turli xil tadqiqot ishlarini borishmoqda lekin bu mavzu bo‘yicha ikki xil qarash borligini ular anglab yetdilar. Birinchisi-dunyoviy, ikkinchisi esa diniy.

Sadriddinova Dilnavozxon Dilshodbek qizi

54-55

2025-12-08

OROL FOJIASI – TARIXIY SABOQ VA BIOLOGIK MUAMMO

Mazkur maqolada orol dengizining qurishi, biologik va ekologik oqibatlari yoritib beriladi. Orol fojiasi insoniyat tarixidagi eng yirik falokatlardan biri bo‘lib, suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish natija kelib chiqqan. Maqolada Orol fojiasidan olingan tarixiy saboqlar yoritilib, biologik muammolar va salbiy oqibatlar chuqur taxlil qilinadi.

Murodjonova So‘g‘diyona

56-57

2025-12-08

EFFECTIVE MEANS OF INCORPORATING IN A COMPOSITION CLASS

This article examines effective means of incorporating instructional strategies in a composition class, emphasizing process-based writing, genre awareness, authentic materials, differentiated instruction, technological integration, and contextualized language teaching. The study highlights how these approaches enhance students’ writing skills, engagement, creativity, and critical thinking. Through a descriptive and analytical methodology, the article explores classroom practices, student responses, and the overall impact of diverse pedagogical techniques. The findings demonstrate that a holistic and student-centered approach fosters improved coherence, organization, and confidence in learners’ writing performance.

Zilola Abduraxmanova, Mahfuza Ollayorova

58-64

2025-12-08

CONSIDERATIONS FOR WRITING IN A SECOND LANGUAGE. GRAMMAR IN SECOND LANGUAGE WRITING

This article analyzes the importance of learning and applying grammar in developing second language learners’ writing skills. It examines major challenges faced by L2 writers, including first-language influence, cultural and rhetorical differences, as well as motivational and affective factors. The article also discusses teaching strategies for grammar, the role of error correction and feedback in writing development, and practical recommendations for improving learners’ writing competence. The findings highlight the significance of understanding grammar as an integral part of written communication and adopting a process-oriented approach in second language writing instruction.

Zilola Abduraxmanova, Mahfuza Ollayorova

65-71

2025-12-08

MONTESSORI PEDAGOGIKASIDA SENSOR MATERIALLAR, ERKIN TANLOV VA TARBIYACHINING ROLI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

Maqolada Mariya Montessori pedagogikasida bolalarning mustaqilligi va ijodiy faoliyatini rivojlantirish tamoyillari, metodik yondashuvlar va amaliy qo‘llanilishi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Montessori tayyorlangan muhitining roli, sensor va amaliy materiallar, erkin faoliyat metodikasi, tarbiyachining yo‘naltiruvchi roli va zamonaviy psixologik nazariyalar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Maqolada ilmiy adabiyotlar, nazariyalar va amaliy misollar orqali bolalarning ijodiy va mustaqil rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi strategiyalar bayon etilgan.

Isroilova Navruza Abdulxamid qizi, Asqarova Ma’mura Sadriddin qizi

72-74

2025-12-08

Показать все выпуски