Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-04-05

LIMON, APELSIN VA MANDARIN POSTLOQLARIDAN BIRLAMCHI MAHSULOTLAR OLISHNING ILMIY ASOSLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

Ushbu tezisda limon, apelsin va mandarin kabi sitrus mevalarining postloqlaridan ekologik va iqtisodiy samarador mahsulotlar olishning ilmiy asoslari, innovatsion texnologiyalari va amaliy ahamiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Postloqlarning kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganilib, qayta ishlash bosqichlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, ularning ekologik va iqtisodiy ustunliklari tahlil qilingan. Shuningdek, bu mahsulotlarning sanoat tarmoqlarida qo‘llanilish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Iroda Kasimova

4-5

2025-04-07

KRAXMAL ASOSIDA BIOPARCHALANUVCHI GIDROGELLAR VA PLYONKALAR OLISH

Ushbu maqolada kraxmal asosida bioparchalanuvchi gidrogellar va plyonkalar olish texnologiyasi hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari yoritilgan. Olingan namunalar ekologik xavfsizligi, parchalanish tezligi va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari bo‘yicha o‘rganildi. Tadqiqot natijalari bunday materiallarning qadoqlash sanoati va boshqa sohalarda qo‘llanilish imkonini ko‘rsatadi.

Sohiba Ungarova

6-8

2025-04-07

PSIXOLOGIYA FANIDA O‘ZINI O‘ZI ANGLASH MUAMMOSINING NAZARIY ASOSLARI

o‘zini o‘zi anglash ongning tarkibiy qismi, aniqrog‘i uning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ong deb inson psixikasida ob’ektiv borliqni aks ettiruvchi shakli, psixik va o‘zini o‘zi  boshqarishning yuqori darajasi tushuniladi hamda odatda, faqatgina insonga xos deb sanaladi. O‘zini o‘zi anglash esa insonning o‘zini, o‘z “Men”ini atrofdagi olamdan ajralishi va alohida gavdalanishidir.

Feride Rajjaboyeva , Sevara Usmanova

9-11

2025-04-07

KOMILJON SINDOROVNING FALSAFIY DUNYOSI VA DETEKTIV ASARLARIDA BADIIY VOQELIK

Ushbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan. Yozuvchining asarlarida yagona obrazlar tahlili keltirib o‘tilgan.

Mashhura Jo‘raqulova

12-15

2025-04-07

QANDAY BELGILAR TOVAR BELGISI VA XIZMAT KO‘RSATISH BELGISI SIFATIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZILMAYDI?

Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar, shuningdek, ularning qonuniy asoslari, cheklovlari va xorijiy tajriba haqida so‘z yuritilgan ushbu maqolada, davlatlar tomonidan qo‘llaniladigan, umumiy va standartlashtirilgan ramzlar, shuningdek, axloqiy va ijtimoiy tartibga zid bo‘lgan belgilar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari o‘ziga xos funksionallikka ega bo‘lib, ular o‘z egalarini mahsulot yoki xizmatlar bozorida ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.

Razzoqova Flora Shamsiddin qizi, Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich

16-19

2025-04-07

CHIZMACHILIK FANININI O'QITISHNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI

Bu maqolada o'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega.

R.R.Madiyarova

20-22

2025-04-07

MAXSUS CHOLG’U DARSLARIDA AN’ANAVIY SOZLARNING KO’NIKMLARINI SHAKLLANTIRISHNING UMUMNAZARIY VA TARIXIY MASALALARI

Ushbu maqolada maxsus cholg‘u darslarida an’anaviy sozlarning ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va tarixiy jihatlari tahlil qilinadi. An’anaviy musiqa va uning tarixiy ildizlariga asoslanib, darslar davomida o’quvchilarni soz chalish texnikalari, improvisatsiya va musiqiy nazariyalar bilan tanishtirish muhimligi ko‘rsatilgan. Maqolada an’anaviy musiqaning o‘ziga xos xususiyatlari va uning madaniy ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun samarali usullarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, an’anaviy musiqani o‘rgatish jarayonida yoshlarni motivatsiya qilish va ularga madaniy merosni anglatish zarurligi ta’kidlanadi.

Samatova Nafosat Zafarjon qizi, O.Shodiyeva

23-26

2025-04-07

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA VOKAL JAMOAVIY IJROCHILIK FAOLIYATINING TUTGAN O’RNI

Musiqa darslari jarayonida o’qituvchilarning vokal – xor malakalarini rivojlantirishda ularni ham nazariy ham amaliy kuylash jihatdan savodxonligi har bir vokal qo’shiq, mashq yoki (ashula) ni o’rganish va kuylash jarayonida ta’kidlab o’tilgan bilim va malakalar hosil qilishga qaratilgan ish usullari va shakllaridan unumli va o’z o’rnida foydalanishning samarali usullari.

Sodiqova Sevinch, J.Xodjayev

27-29

2025-04-07

ОЦЕНКА ВОЗМОЖНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ДИФФУЗНО-ТЕНЗОРНОЙ ВИЗУАЛИЗАЦИИ И ТРАКТОГРАФИИ ДЛЯ НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКОГО ПЛАНИРОВАНИЯ СУБКОРТИКАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАНИЙ ГОЛОВНОГО МОЗГА У ДЕТЕЙ

При лечении опухолей головного мозга хирургическое вмешательство остается распространенным и эффективным терапевтическим вариантом. Недавние достижения в области нейровизуализации предоставили нейрохирургам новые инструменты для преодоления проблемы дифференциации здоровой ткани от ткани, инфильтрированной опухолью, с целью повышения вероятности максимизации объема резекции при минимизации повреждения функционально важных областей.

Ахмедова А.Р.

30-32

2025-04-07

TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA MUSTAQIL ISHLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada tasviriy san'at sohasidagi bo‘lajak o'qituvchilarning mustaqil ishlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari ko'rib chiqiladi. Zamonaviy ta'lim tizimida pedagogdan faqat nazariy bilimlar emas, balki mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati ham talab qilinadi. Maqolada bu kompetentsiyalarni shakllantirishning samarali usul va vositalari tahlil qilinadi.

Bazarova Feruza G’ayrat qizi

33-34

2025-04-07

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARDA PERSEPTIV QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHGA O‘RGATISH

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga o‘rgatish metodikasi, perseptiv qobiliyat, uning mazmum mohiyati, qobiliyat haqida yoritib o’tilgan.

Tursunboyeva Kamola Ilxomjon qizi

35-38

2025-04-07

DEVELOPMENT OF NUTRIENT AND HAIR GROWTH SPREY TECHNOLOGY

Hair loss is the physiological or pathological process of hair loss. Pathological hair loss leads to uniform thinning of hair, partial or total thinning in some areas, or complete baldness. The causes of hair loss can be vitamin and microelement deficiencies, drug side effects, hormonal and infectious diseases, stress, heredity, improper hair care. Often, eliminating these causes leads to hair restoration.

S.S. Turayeva , S.B. Abduqayumova

39-40

2025-04-07

DEVELOPMENT OF ANTI-TONZILITIC AND ANTI-MOLCHE TECHNOLOGY

As a result of the research, the composition of a caramel paste against tonsillitis and expectoration based on a decoction of walnuts and pomegranate peel was developed. At the same time, a method for preparing the caramel mass, adding it to the medicinal product, and a technological scheme for the pastille were proposed.

S.S. Turayeva , X.A. Sayfullayeva

41-42

2025-04-07

HOW PERSONAL NARRATIVES IMPROVE WRITING SKILLS OF EFL LEARNERS

This study investigates how personal narratives enhance the writing skills of EFL learners by promoting self-expression, coherence, and fluency. Writing personal narratives allows learners to organize their thoughts, develop a unique voice, and improve grammatical accuracy. The study employs a mixed-methods approach, combining pre- and post-writing assessments, classroom observations, surveys, and student reflections to measure the impact of narrative writing. The findings suggest that personal storytelling enhances vocabulary use, syntactic complexity, and overall engagement in writing. Moreover, personal narratives create a student-centered learning environment that reduces writing anxiety and fosters creativity. The study highlights the pedagogical value of integrating personal experiences into EFL writing instruction and recommends using structured narrative tasks to improve learners’ confidence, coherence, and linguistic proficiency.

Munisaxon Axrorova

43-49

2025-04-08

OILA PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada oila psixologiyasining ahamiyati, uning asosiy tamoyillari va oilaviy munosabatlarning inson ruhiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif oilaviy muhitning shaxsiy rivojlanishga, psixologik barqarorlikka va ijtimoiy moslashuvga ta’sirini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish yo ‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida oilaviy munosabatarni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar beriladi.

Yo‘ldashova Marjona Bahodir qizi

50-55

2025-04-08

PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

Mazkur maqola psixologiyada bilish jarayonlarining mohiyati, turlari va ularning inson hayotidagi ahamiyatini keng yoritadi. Bilish jarayonlari inson ongining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular orqali atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar qabul qilinadi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Ushbu jarayonlar idrok, xotira, tafakkur, diqqat, nutq va tasavvur kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Maqolada bilish jarayonlarining har biri ilmiy nuqtayi nazardan izohlab beriladi. Xususan, idrok orqali inson tashqi dunyoni anglaydi, xotira esa axborotni uzoq yoki qisqa muddatga saqlash va qayta tiklash imkonini beradi. Tafakkur fikrlash faoliyatini boshqaradi, diqqat esa ongni muayyan ob’ektga jamlashga yordam beradi. Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar, pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

Iskandarova Ruxshona Sherali qizi

56-62

2025-04-08

MATERIAL DESIGNING FOR TEACHING SPEAKING B1 LEVELS CLASSES

This article is intended for students studying foreign languages, mainly for B1 level learners. This article includes certain skills and methods to improve the speech activities of B1 level students and improve their speaking skills. The information that is important for the study and application of the current topic in the article was obtained from books and journals.

Sarvinoz Abdumajitova , Muyassar Axmedova

63-68

2025-04-08

MAHALLIY BOZOR SHAROITIDA FERMER XO’JALIKLARIDA SAMARALI MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH YO’LLARI

Mahalliy bozor sharoitida fermer xo'jaliklarida samarali marketing strategiyasini ishlab chiqish, o'z navbatida, dehqonchilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini muvaffaqiyatli sotish, raqobatbardoshlikni oshirish va bozorda o'z o'rnini mustahkamlash uchun zarurdir. Ushbu mavzu doirasida, fermerlar o'z mahsulotlarini xaridorgir qilish va bozor talablari bilan moslashtirish uchun bir nechta asosiy marketing strategiyalarini qo'llashlari lozim. Bunda, mahalliy bozorni chuqur tahlil qilish, mahsulot sifatini ta'minlash, raqobatchilardan farq qilish va mijozlarga yaqin bo'lish muhimdir.

Nazarova Gulruh Umarjonovna

69-77

2025-04-08

MUALLIFLIK SHARTNOMALARIDA TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Ushbu maqolada mualliflik shartnomalarining huquqiy mohiyati, ularning turlari, shuningdek, tomonlarning – muallif va foydalanuvchining huquq va majburiyatlari tizimi nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida mavjud muammolar tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Maxmudova Nozima Yusuf qizi

78-80

2025-04-08

“ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ МАКСУДА ШАЙХЗОДА И ЕГО ВКЛАД В УЗБЕКСКУЮ ЛИТЕРАТУРУ”

В статье рассматривается жизнь и творчество Максуда Шайхзода, выдающегося поэта, драматурга, литературоведа, переводчика и педагога. Анализируются его вклад в развитие узбекской литературы, драматургии и переводческого искусства. Особое внимание уделено его педагогической деятельности и признанию его заслуг в Узбекистане.

Сирожиддинов Бобур Камариддин оглы

81-85

2025-04-08

BADIIY ADABIYOTNING JAMIYAT VA INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada badiiy adabiyotning inson ruhiyatiga va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, adabiyot inson ma’naviyati va tafakkurini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Fayzulloyev Abramat

86-88

2025-04-08

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Hozir vaqtda sun’iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlar keltirmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ushbu texnologiyalardan foydalanish nafaqat hozirgi ta’lim jarayonini yaxshilaydi, balki kelajakda o‘quvchilarni global raqobatbardosh dunyoga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada SI va raqmli texnologiyalarning maktablardagi istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Begbo’tayev Azzam Eshpo’latovich, Nomozova Mohina Ne’mat qizi

89-92

2025-04-09

DISKRET MATEMATIKA VA MATEMATIK MANTIQ TARIXI VA UNING ASOSLARI. TARIXIY MA'LUMOTLAR

Ushbu maqolada diskret matematika va matematik mantiq fanlarining tarixi, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Diskret matematika – zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturlash va hisoblash tizimlarining nazariy asoslarini ta’minlovchi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Matematik mantiq esa Aristotelning formal mantiq asoslarini yaratishidan boshlab, Jorj Bulning mantiqiy algebra tizimi va Alan Tyuringning hisoblash nazariyasigacha bo‘lgan davrda rivojlangan. Maqolada ushbu fanlarning asosiy tushunchalari – to‘plamlar nazariyasi, algoritmlar, graflar nazariyasi, kombinatorika va kodlash nazariyalari haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shuningdek, ularning zamonaviy dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt sohalaridagi amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.Tadqiqot natijalari diskret matematika va matematik mantiqning ilmiy va texnologik ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu fanlarni yanada rivojlantirish, ta’lim tizimida ularning o‘rnini mustahkamlash va amaliy jihatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola matematika, kompyuter fanlari va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, talaba va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Zahriddinova Shahlo Zahriddinovna, Yodgorova Soxiba Po'latxon qizi

93-96

2025-04-09

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI SAMARALI INKLYUZIV TAʼLIM OLISHNING ASOSIY SHARTLARI

Ushbu tezisda imkoniyati cheklangan bolalar uchun samarali inklyuziv ta'limni tashkil etishning asosiy shartlari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim – bu barcha bolalarga, jumladan, maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalarga ham, umumiy ta'lim tizimida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ta'lim yondashuvidir. Samarali inklyuziv ta'limni ta'minlash uchun bir qator pedagogik, ijtimoiy va tashkiliy shartlar mavjud. Tezisda bu shartlar o'qituvchining malakasi, ta'lim resurslari, o'quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlar va inklyuziv maktab muhiti yaratishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, inklyuziv ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat siyosati, jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar va ota-onalarning faol ishtiroki haqida ham muhokama qilinadi.

Avazova Marg’iyona

97-99

2025-04-09

TOPONIMIK FRAZEOLOGIYANIŃ BELGILENETUǴIN OBYEKTLER XARAKTERINE QARAY LINGVOKULTUROLOGIYALIQ ANALIZI

Bul maqalada toponim esaplanǵan frazeologizmler semantikasınıń milliy-mádeniy komponentin ajıratıw ha’mde olarda milliy mádeniyat haqqındaǵı maǵlıwmatlardıń bar ekenligin lingvoma’deniy  kózqarasınan úyreniw imkaniyatın beredi.

Urazimbetova Gozzal Karamatdinovna

100-101

2025-04-10

«GENDER EQUALITY»

This article reflects the need for gender equality in the world, at a time of global growth, the lack of education of women in some countries and the decline in the level of education of the next generation. The main directions and indicators of building a gender equality society in Uzbekistan are also indicated. UNICEF Women’s Low Value Index, ways to prevent sexual violence.

Rustam Umurbaev

102-106

2025-04-10

BO'LINISH BELGILARI: SONLARNING UMUMIY BO'LUVCHISI VA KARRALISI

Mazkur maqolada bo‘linish belgilari, sonlarning umumiy bo‘luvchisi va umumiy karralisi tushunchalari matematik nuqtayi nazardan yoritilgan. Unda sonlarning umumiy bo‘luvchisi va umumiy karralisini aniqlash usullari, ularning xususiyatlari hamda real hayotdagi amaliy qo‘llanilishi keng tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Evklid algoritmi, asosiy sonlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi kabi mavzular ham qamrab olingan. Ushbu ish bo‘linish belgilarining nazariy va amaliy ahamiyatini o‘quvchilarga yetkazish, matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Meyliyev Jasurbek Ortiq o'g'li

107-110

2025-04-10

ZAMONAVIY DIALIZ APPARATI VA TEXNIK XUSUSIYATLARI

Bu maqola dializ apparatlarining zamonaviy rivojlanishlari, samaradorligi, kamchiliklari va yangicha loyihalari haqida so‘z yuritadi. Dializ apparatlari, buyrak yetishmovchiligi kasalligi bo‘lgan bemorlar uchun muhim davolash vositasi bo‘lib, uning samaradorligi va qulayligi har yili yangilanib boradi. Maqolada dializ texnologiyalarining asosiy vazifalari, yangi innovatsion yondashuvlar va kelajakda bu apparatlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

To’yboyev Pahlavonbekxo’ja

111-114

2025-04-10

MESOPOTAMIYA SIVILIZATSIYASINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI HAMDA MADANIY YUTUQLARI

Ushbu maqolada jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk oʻchoqlaridan biri boʻlgan Qadimgi Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti, aholisi va xoʻjaligi, Qadimgi Mesopotamiya tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi, shuningdek Mesopotamiya sivilizatsiyasining yutuqlari haqidagi maʻlumotlar keltirilgan.

Babajonova Charos

115-118

2025-04-10

СТРУКТУРА СТАТО-ДИНАМИЧЕСКИХ НАРУШЕНИЙ У ПАЦИЕНТОВ ПОЖИЛОГО ВОЗРАСТА

Оценить клинические проявления стато-динамических нарушений и их связь с возрастом и состоянием здоровья пациентов.

Парманов Ойбек Худойназарович

119-121

2025-04-10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM ISTIQBOLLARI VA TURIZM SOHASIDA INSON RESURSLARINING O‘RNI

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining rivojlanish dinamikasi, mavjud salohiyat va muammolar, shuningdek, inson resurslarining bu sohadagi hal qiluvchi o‘rni chuqur tahlil etilgan. Xalqaro statistik ma’lumotlar va mahalliy tajribalar asosida, turizm xizmatlari sifatini oshirishda kadrlar salohiyati va kompetensiyalarining ta’siri yoritiladi. Muallif tomonidan sohaga oid takliflar va strategik yondashuvlar ilgari suriladi.

Jahongir Ravshanovich Mansurov

122-123

2025-04-11

OLIY TA’LIM TALABALARIDA KASBIY TAFAKKURNI NAMOYON BO‘LISHINING O‘ZIGA XOSLIGI

Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini tahlil qilish talabalarda kasbiy tafakkurning rivojlanganligi zaif bo‘g‘in, degan xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda o‘quv faoliyatining axborot-reproduktiv xarakteri ustunlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida talabalar kasbiy tafakkurining mohiyati, mexanizmi, usullari to‘g‘risidagi bilimlarning yetishmasligini his qiladilar. Natijada bo‘lajak kasbiy faoliyatning ijtimoiy belgilangan namunalari shaklida fan mazmunini o‘zlashtirish orqali tanlagan kasbini egallaydilar. Bu esa yuqori darajadagi kasbiylikni ta’minlay olmaydi. Bu borada talabalarda kasbiy tafakkurni rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Olimova Fotima Botirovna

124-127

2025-04-11

PEDAGOGIK FIKRLAR ASOSIDA BULAJAK BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARINI MANAVIY AXLOQIY KAMOLOTINI TAMINLASH METODIKASI

Bugungi kunda ta'lim tizimi faqat bilim berish bilan cheklanmay, balki shaxsning ma'naviy va axloqiy kamolotini ta'minlashga ham katta e'tibor qaratmoqda. Bu jarayonda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining roli juda muhimdir. Ular nafaqat bilim beruvchilar, balki tarbiyachilar sifatida ham faoliyat yuritadilar. Ushbu maqolada pedagogik fikrlar asosida bulajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ma'naviy-axloqiy kamolotini ta'minlash metodikasi ko'rib chiqiladi.

Jumayeva Aziza

128-129

2025-04-11

KORPORATIV BOSHQARUVDA DIVIDEND SIYOSATI ORQALI INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH STRATEGIYALARI

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish orqali investitsiya jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Dividend siyosatining korxonaning moliyaviy barqarorligi, aktsiyadorlar bilan munosabatlari va kapital bozoridagi ishtirokiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Muxammadiyev Faxriddin Baxtiyorovich

130-131

2025-04-11

SHAXS QOBILYATLARINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH

Shaxs qobiliyatlarini eksperimental o‘rganish — bu psixologiya, pedagogika, va nevrologiya kabi sohalarda ko‘plab tadqiqotlar uchun muhim bir jarayon. Bunday o‘rganishlar orqali shaxsning aqliy, emotsional, va ijtimoiy qobiliyatlari, shuningdek, ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Eksperimental o‘rganish metodlari yordamida shaxs qobiliyatlari o’rganish mumkin.

Farmonova E’zoza

132-133

2025-04-11

DISKRET MATEMATIKA VA MATEMATIK MANTIQ TARIXI VA UNING ASOSLARI

Mazkur maqolada diskret matematika va matematik mantiq fanlarining shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy ilm-fan va texnologiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Diskret matematikaga oid asosiy tushunchalar – to‘plamlar nazariyasi, mantiqiy operatsiyalar, kombinatorika, graf nazariyasi va algoritmlar nazariyasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, matematik mantiqning aristotel davridan boshlab XX asrdagi mantiqiy tizimlar rivojiga qadar bo‘lgan jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada bu fanlarning asoschilari, ularning ilmiy merosi, hamda bugungi kunda informatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt va dasturlash sohalaridagi qo‘llanilishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu fanlarning nazariy asoslarini chuqurroq anglash va ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Zahiriddinova Shahlo Zahiriddin qizi, Bozarova Gulira’no Sadriddin qizi

134-138

2025-04-14

РУССКИЕ И УЗБЕКСКИЕ НАРОДНЫЕ ЗАГАДКИ НА КОСМОГОНИЧЕСКИЕ И МЕТЕРЕОЛОГИЧЕСКИЕ МОТИВЫ

В статье рассматриваются загадки,в которых отражены   космогонические и метереологические мотивы, приводятся примеры метеоронимов,которые используются при описании природных явлений в загадках. Рассматриваются общие и дифференциальные черты русских и узбекских загадок. Приводятся примеры загадок,связанных с национальными обрядами народов, рассматривается отражение мифологического взгляда народа в космогонических загадках.

Ферузахон Тиллабаева

139-144

2025-04-14

JONATHAN MC CLURENING "GETTING MARRIED IN FITRAT’S OILA: A HISTORICAL PERSPECTIVE” (FITRATNING “OILA” ASARIDA NIKOH: TARIXIYLIK NUQTAI NAZARIDAN ) ASARIDAGI MULOHAZALAR.…

Fitrat 1916-yili “Oila” nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib, S.Ayniyning aytishicha, Mirza Abdulvohidning mablag'i hisobidan nashr etiladi. Buxoro ma’rifatchilari tarixshunosligida tom ma’nodagi milliy qahramonimiz Abdurauf Fitratning Oila yoki oila boshqarish tartiblari kitobi alohida o’rin tutadi. Abdurauf Fitrat oila to’g’risidagi o’z bilimlarini Sharq va G’arb olimlarining ko’plab ilmiy tatqiqotlari bilan tanishib chiqish jarayonida mustahkamlab, nihoyat oila masalasida o’sha davr uchun mukammal yo’riqnomani dunyoga keltirdi. Asarda oilaviy hayot islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo'llarini axtaradi.[1] Oila muqaddas tushuncha hisoblanadi.

Elmurodova Xursandoy Gulmurod qizi

145-147

2025-04-14

O’ZBEKISTONDA QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

O’zbekistonda bugungi kunda quyosh energiyasi orqali energiya generatsiya quvvati 1,5 GW ga yetgan, generatsiya asosan yirik loyihalar hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining uy tomlariga o’rnatilgan quyosh panellari hisobiga amalga oshirilmoqda. Kelajakda jami energiyada quyosh energiyasi ulushini 2030 yilga kelib 40% gacha oshirish rejalashtirilgan, bu issiqxona gazlarini kamaytirish va energiya xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi.

Raximov Feruz Uyg’unovich

148-149

2025-04-14

QIZLARDA JINSIY RIVOJLANISHDAN ORQADA QOLISHNI ERTA TASHXISLASH TAMOYILLARI

Sog'lom avlod - sog'lom oila rezervi, shuni hisobga olgan holda balog'at yoshiga yetgan  qizlarning har tomonlama yetuk rivojlanishi kelgusida oilaviy sharoitga tayyorlash uchun mezondir. JSST ma’lumotlariga  ko'ra, reproduktiv salomatlik muammosi butun dunyo olimlarining diqqat markazida bo'lib, aholining deyarli 40 %ni bolalar va o'smirlar tashkil etgan O'zbekiston Respublikasida ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Bu masala Respublikamizda davlat miqyosida ko'tarilgan. Bunga misol tariqasida 2009-yil o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasida 13-18 yoshli o'smir qizlarning umumiy 16,5%da jinsiy rivojlanishdan orqada qolish belgilari klinik namoyon bo'lgan.  Bunda qizlar va yosh ayollarning balog'atga yetish davriga alohida e'tibor beriladi. Bu yoshda salomatlikni saqlash jamiyatning reproduktiv, intellektual, iqtisodiy va ijtimoiy zaxirasiga istiqbolli hissa sifatida qaraladi.

Nodira Ibraximova Otabekovna

150-155

2025-04-14