Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-11-28
Articles
“USING TECHNOLOGY AND DIGITAL RESOURCES IN TEACHING ENGLISH IN SECONDARY SCHOOLS IN UZBEKISTAN”
This article examines the integration of technology and digital resources in teaching English in secondary schools across Uzbekistan. The study employs a mixed-methods research design combining surveys, interviews, and classroom observations to identify both the benefits and challenges of using technology in English language education. The results reveal that technological tools such as interactive platforms, multimedia, and mobile applications significantly increase pupils engagement and communicative competence. However, infrastructure limitations, insufficient teacher training, and unequal access to digital resources remain major obstacles, especially in rural areas. The article concludes with recommendations for improving teacher professional development, ICT infrastructure, and localized digital content creation to ensure sustainable technological integration in the educational process.
2025-11-27
ПОМИДОРНИНГ ПУШТИ РАНГ НАВ НАМУНАЛАРИ ВА МОРФОБИОЛОГИК ТАВСИФИ
Ўзбекистонда сабзавот экинлари ичида помидор энг кўп экилади. Помидор меваларининг кенг миқёсда ишлатилиши уларнинг юқори озиқавий қиймати билан белгиланади. Помидор меваларининг биологик қиймати ниҳоятда юқори. 1 кг таркибида, мг: витамин C-250-300; -каротин-15-17; Витамин В1 (тиамин) -1-1,2; Витамин В2 (рибофлавин) -0,5-0,6; Витамин РР (никотиник кислота) - 4,1-4,5; ликопен-30-35; Витамин В9 (фолий кислотаси) - 0,75; Н витамини (биотин) -0,04. Меваларда шакар (2,5-3,5%), оқсиллар (0,6-1,0), органик кислоталар (0,4-0,6), ёғлар ва эфир мойлари (0,2%) оз миқдорда топилган. ). Помидорда жуда кўп турли хил минерал тузлар мавжуд [1].
2025-11-27
BIZNES SUBʼEKTLARIDA INNOVATSION SIKL VA IQTISODIY SIKL
Ushbu tezisda biznes subʼektlarida innovatsion sikl va iqtisodiy siklning o‘zaro bog‘liqligi, ular biznes faoliyatiga taʼsiri va kompaniyalar rivojlanishida muhim roli tahlil qilinadi. Innovatsion sikl kompaniyalar tomonidan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish jarayonini ifodalaydi, iqtisodiy sikl esa makroiqtisodiy sharoitlarning kompaniya faoliyatiga taʼsirini ko‘rsatadi. Tezisda innovatsion va iqtisodiy sikllarning bosqichlari, ularning o‘zaro taʼsiri va biznes strategiyasida qo‘llanilishi haqida batafsil maʼlumot berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli kompaniyalar innovatsion siklni samarali boshqarish orqali iqtisodiy siklning salbiy taʼsirini yumshatishi va raqobatbardoshligini oshirishi mumkin.
2025-11-27
INTELLEKTUAL STRATEGIYALARI MULKNI TIJORATLASHTIRISH VA LITSENZIYALASH
Ushbu tezisda intellektual mulkni tijoratlashtirish va litsenziyalash jarayonlarining zamonaviy innovatsion iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati keng yoritiladi. Intellektual mulk (IM) — bugungi kunda korxonalar raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy resurslardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, texnologiyalar tez yangilanayotgan davrda IMni samarali boshqarish, uni iqtisodiy qiymatga aylantirish, bozorga chiqarish va undan daromad olish mexanizmlarini chuqur o‘rganish zaruriyati ortib bormoqda. Mazkur tadqiqot IMni tijoratlashtirish shakllari, litsenziyalash turlari, ularning huquqiy asoslari hamda korxonalar uchun afzalliklari va xavflari bo‘yicha batafsil tahlilni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniyalar IM strategiyasini ishlab chiqishda duch keladigan muammolar, ularni hal etish yo‘llari, global tajriba va istiqboldagi tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, IMni to‘g‘ri tijoratlashtirish korxonalarga qo‘shimcha daromad, investitsiya jalb qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va texnologik ustunlikni shakllantirish imkonini beradi.
2025-11-27
“ALGEBRAIK FUNKSIYALAR VA ULARNING RAQAMLI AXBOROT TAHLILIDAGI QO’LLANILISHI”
Ushbu maqola algebraik funksiyalarning asosiy turlari va ularning raqamli axborot tahlilidagi amaliy qoʻllanilishiga bagʻishlangan. Maqolada polinom, ratsional, eksponensial va logarifmik funksiyalardan maʼlumotlarni modellashtirish, bashorat qilish va tahlil qilishda qanday foydalanish koʻrsatilgan. Turli sohalardagi amaliy misollar orqali algebraik funksiyalarning maʼlumotlarni tahlil qilishdagi samaradorligi ochib berilgan.
2025-11-27
OROL FOJEASI – INSONIYAT OLDIDAGI ENG YIRIK EKOLOGIK MUAMMO
Ushbu maqolada Orol dengizining so'nggi o'n yilliklardagi ekologik fojeasi, uning yuzaga kelish sabablari va oqibatlari haqida so'z yuritiladi. Orol dengizining qurib borishi natijasida mintaqadagi iqlim o'zgarishi, yer sho'rlanish, suv tanqisligi va aholining sog'lig'iga salbiy ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik muammoni yumshatish va hududda barqaror rivojlanishni ta'minlash bo'yicha taklif va tavsiyalar beriladi.
2025-11-27
RUS TILIDAGI TADQIQOTLARDA O‘RTA OSIYO XALQLARI IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI (XIX ASR OXIRLARI – XX ASR BOSHLARI)
Ushbu tezisda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida rus tilidagi ilmiy manbalarda O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining yoritilishi masalasini tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar va ilmiy ekspeditsiyalar natijasida mintaqa bo‘yicha keng ko‘lamli etnografik va tarixiy ma’lumotlarlar to‘plangan. Tezisning ilmiy ahamiyati, rus tilidagi tadqiqotlar O‘rta Osiyoning tarixiy manzarasini tiklashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
2025-11-27
MUSTAQILLIK YILLARIDA KARMANA TUMANIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH: 1991–2025 YILLAR
Ushbu tezisda O‘zbekiston mustaqillik erishganidan so‘ng 1991-2025 yillar mobaynida Karmana tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora tadbirlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqillik yillarida tuman ijtimoiy himoya tizimining shakillanishi, aholining ehtitojlarini qamrab olish darajasi va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan analitik xulosalarni beradi.
2025-11-27
DEVELOPMENT AND EVALUATION OF THE EFFECTIVENESS OF INDIVIDUAL HYGIENE MEASURES IN PATIENTS UNDERGOING ORTHODONTIC TREATMENT
Orthodontic treatment is widely recognized as an essential intervention for correcting malocclusions, improving facial aesthetics, and enhancing long-term oral health. However, the presence of fixed orthodontic appliances creates new ecological niches that increase plaque retention, impede effective cleaning, and elevate the risk of demineralization, gingivitis, and periodontal complications. Because of these challenges, the development and evaluation of individualized hygiene measures have become a fundamental priority in contemporary orthodontic care. This theoretical review summarizes scientific literature regarding oral hygiene difficulties during orthodontic treatment, the principles of individualized hygiene planning, evidence-based hygiene strategies, and conceptual models for assessing their effectiveness. The review highlights the importance of tailored interventions based on patient-specific risk factors, behavioral considerations, and appliance characteristics. Additionally, contemporary tools such as digital hygiene instruction, motivational interviewing, risk-based recall intervals, and adjunctive hygiene devices are discussed. The paper concludes that individualized hygiene protocols, when properly designed and continuously monitored, improve plaque control, reduce enamel demineralization, and enhance treatment outcomes. The findings emphasize the necessity of patient-centered, preventive approaches within orthodontics and support further development of theoretical frameworks for evaluating hygiene effectiveness.
2025-11-28
INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INSON KAPITALINING ROLI
Ushbu tezisda zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion tadbirkorlikning ahamiyati va uning rivojlanishida inson kapitalining o‘rni yoritilgan. Inson kapitali — bilim, ko‘nikma, malaka va salohiyatlar majmui sifatida — innovatsion jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Innovatsion tadbirkorlikning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali, ijodkor, yangi g‘oyalar yaratishga qodir inson resurslarini shakllantirish muhim omildir. Tadqiqot davomida innovatsion muhitni rivojlantirish shartlari, inson kapitalini rivojlantirish mexanizmlari, ta’lim tizimining o‘rni, davlat siyosati va korxonalar amaliyoti tahlil qilingan. Natijada, innovatsion iqtisodiyotga o‘tish jarayonida inson kapitali strategik resurs sifatida baholanishi zarurligi asoslab berilgan.
2025-11-28
BUTUN VA HAQIQIY SONLAR TASVIRLASH
Ushbu maqola yoki ish “Butun va haqiqiy sonlar tasvirlash” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda matematikada butun sonlar va haqiqiy sonlarning mohiyati, ularning tasnifi, tasvirlash usullari va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Ishda butun sonlar (integer) va haqiqiy sonlar (real numbers) to‘plamining xususiyatlari, ularni chizma va diagrammalar orqali ko‘rsatish usullari, shuningdek, sonlarning nisbiy joylashuvi va o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, matematik amaliyot va informatika sohalarida sonlarni tasvirlashning samarali usullari tahlil qilinadi. Ish ta’limiy va ilmiy nuqtai nazardan foydali bo‘lib, o‘quvchilar va talabalar uchun sonlarni vizual tushunish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
2025-11-28
ALGORITMLAR NAZARIYASI ELEMENTLARI VA RASMIY TILLAR
Ushbu maqolada algoritmlar nazariyasi elementlari va rasmiy tillar tushunchasi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Algoritmning mazmuni, xossalari, hisoblash jarayonini formal tavsiflash usullari hamda samaradorlikni baholash mezonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, rasmiy tillarning tuzilishi, grammatikalar, avtomatlar, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik va kompyuter lingvistikasida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Maqolada Chomsky ierarxiyasi, deterministik va nondeterministik avtomatlar, tilni tanish va generatsiya qilish tamoyillari kabi fundamental tushunchalar asoslab beriladi. Tadqiqot algoritmik fikrlashni shakllantirish, dasturlash jarayonlarini matematik asoslash hamda til va avtomatlar nazariyasining amaliy qo‘llanishlarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.
2025-11-28
ДАВЛАТ ФУҚАРОЛИК ХИЗМАТИДА МЕНТОРЛИК ТИЗИМИНИ ЖОРИЙ ЭТИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ ВА ИНСТИТУЦИОНАЛ АСОСЛАРИ
Замонавий давлат бошқаруви тизими самарали ва профессионал кадрларга таянади. Давлат фуқаролик хизматида кадрларни тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш давлат бошқарувининг сифатини белгилашда муҳим омил ҳисобланади. Шу боис, кадрлар салоҳиятини оширишнинг самарали усулларидан бири сифатида менторлик тизими жуда катта аҳамият касб этмоқда.
2025-11-28
INNOVATSION TIZIMLAR KONSEPSIYASINI YARATISH ASOSLARI
Innovatsion tizimlar konsepsiyasini yaratish raqobatda ustunlik, ilmiy‑texnologik yechimlarni tijoratlashtirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Ushbu tezisda innovatsion tizimni shakllantirish asoslari, tamoyillari, bosqichlari hamda muhim instrumentlari nazariy va amaliy yondashuvlar orqali yoritiladi.
2025-11-28
“SHARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALINING TARIXIY RIVOJLANISHI VA UNING MADANIY-DIPLOMATIK AHAMIYATI
Ushbu kengaytirilgan ilmiy ishda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tashkil topish bosqichlari, ijtimoiy-madaniy omillar, xalqaro integratsiya jarayonlari, Sharq musiqiy merosining tiklanishi va O‘zbekistonning global madaniyatdagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Festivalning nafaqat musiqiy, balki siyosiy, tarixiy va diplomatik jihatlari ham o‘rganiladi.
2025-11-28
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING UMUMIY TUSHUNCHASI
Ushbu tezisda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati, rivojlanishi mamlakatimizda demokratik jamiyat qurishda ushbu sohaning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida mustahkamlanishi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy faoliyati haqida so‘z yuritiladi.
2025-11-28
WAYS TO CHECK READING COMPREHENSION
This article examines various methods for assessing reading comprehension in educational settings. It provides an overview of traditional and contemporary techniques used to evaluate students’ understanding of written texts. The article explains key approaches such as questioning, summarization, retelling, cloze tests, multiple-choice items, graphic organizers, think-aloud strategies, and performance-based tasks. Each method is discussed in terms of its purpose, procedures, and pedagogical benefits. The article concludes that using a combination of diverse assessment techniques ensures a more accurate and holistic measurement of learners’ comprehension skills. The material is useful for teachers, methodologists, and researchers interested in improving reading instruction and evaluation practices.
2025-11-28
THE ESSENCE OF TEACHING PRONUNCIATION IN A FOREIGN LANGUAGE
This article explores the essential role of teaching pronunciation in foreign language learning. It highlights pronunciation as a key element of effective communication and explains how correct articulation improves learners’ fluency and clarity. The study also discusses the importance of phonetic training, including sound recognition, stress patterns, and intonation. Additionally, it emphasizes the influence of psychological factors, noting that a supportive learning environment increases students’ confidence and willingness to speak. Overall, the article concludes that pronunciation instruction is fundamental for developing clear, natural, and confident speech in a foreign language.
2025-11-28
SUVNI UMUMIY XOSSALARI
Suv-hayot manbai, tabiatdagi eng noyob va bebaho moddalardan biridir. U holda bo’lmasa, yer yuzida na inson, na hayvon, na o’simlik yashay olardi. Suvning fizik va kimyoviy xossalari uni barcha tirik mavjudodlar uchun ajralmas ne’matga aylantiradi.
2025-11-30
CHIZIQLI QAROR QABUL QILUVCHI QOIDA
Ushbu ishda chiziqli qaror qabul qiluvchi qoida sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish tizimlaridagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Modelning matematik asoslari, og‘irlik koeffitsiyentlarini optimallashtirish, xususiyatlarni standartlashtirish va kross-valitatsiya kabi metodologik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, chiziqli qoida tibbiyot, moliya, transport va ishlab chiqarish kabi amaliy sohalarda qo‘llanishi bilan bog‘liq misollar orqali yoritiladi. Tadqiqot natijalari chiziqli qaror qabul qiluvchi qoida qaror chiqarish jarayonini soddalashtirishi, aniqlik va tezlikni oshirishi, kelajakda esa chiziqli bo‘lmagan metodlar bilan birlashtirilganda yanada samarali intellektual tizimlar yaratishga asos bo‘lishini ko‘rsatadi.
2025-11-30
KUCHAYTIRISH USULLARI
Ushbu tezis sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitishda keng qo‘llaniladigan kuchaytirish usullari ning nazariy asoslari, turlari va ularning amaliy qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi. Kuchaytirish usullari bir nechta mustaqil modellarni birlashtirish orqali yagona, ancha aniq va barqaror prognoz beruvchi model yaratishga asoslanadi. Bu yondashuv alohida modelning kamchiliklarini bartaraf etib, umumiy natijaning aniqligini oshirishga xizmat qiladi. Ishda ansambllarning asosiy turlari - bagging, boosting, stacking, shuningdek Random Forest, AdaBoost, Gradient Boosting kabi zamonaviy algoritmlar ko‘rib chiqiladi. Har bir usulning afzalliklari, cheklovlari va qaysi vazifalarda samarali ekani amaliy misollar orqali yoritiladi. Kuchaytirish usullarining tasniflashi va ishlash mexanizmi o‘rganilar ekan, ular sun’iy intellektning turli sohalarida - klassifikatsiya, regressiya, anomaliyalarni aniqlash va bashoratlash kabi jarayonlarda eng yuqori natijalarni berishi ta’kidlanadi. Ushbu ish kuchaytirish usullarining mohiyatini, ularning ahamiyatini va real muammolarni hal etishdagi rolini tushuntirishga qaratilgan.
2025-11-30
PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN TURMUSHDAN AJRASHIB IJTIMOIY-IQTISODIY OG‘IR AHVOLGA TUSHIB QOLGAN AYOLLARGA NISBATAN IJTIMOIY PROFILAKTIK CHORA TADBIRLARNI BUGUNGI KUNDAGI AHVOLI
Ushbu maqolada turmushdan ajrashganidan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar bilan ishlashda profilaktika inspektorlarining bugungi faoliyati, mavjud muammolar, davlat siyosati doirasidagi yangi yondashuvlar hamda mahalla, nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy xizmatlar tizimi bilan hamkorlik mexanizmlari atroflicha tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari ajrimdan keyingi davr ayollar uchun eng nozik bosqich bo‘lib, bu jarayonda psixologik yordam, bandlik, ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy himoya va xavfsizlikni ta’minlash kabi omillarning samarali yo‘lga qo‘yilishi huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining yuklamasi, xizmatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishdagi bo‘shliqlar va mahalliy darajada mavjud resurslar yetishmasligi kabi tizimli muammolar ham o‘rganilgan.
2025-11-30
INGLIZ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolda ingliz tili darslarida yangi pedagogik metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, interfaol metod turlari, ayrim metodlar sharhi , til oʻrganishning qiziqarli boʻlishiga yordam berishi haqida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ball, reyting jadval va oʻziga jalb qiluvchi, qiziqish uygʻotuvchi turli interaktiv oʻyinlar oʻrganiladi. Raqamli platformalari orqali til oʻrganuvchi olgan bilimini mustahkamlab ham oladi.
2025-11-30
ALGEBRA FANINI O’QITISHDA MEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqola algebra fanini oʻqitish samaradorligini oshirishda zamonaviy media vositalarining oʻrni va ahamiyatini tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda ta’lim jarayoniga interfaol doskalar, taqdimotlar, video darslar, maxsus mobil ilovalar va oʻquv platformalarini integratsiya qilishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari koʻrib chiqiladi.
2025-11-30
NEMIS TADQIQOTCHILARNING ASARLARIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)
Ushbu tezisda Turkistonni XIX asr oxiri – XX asr boshlarida nemis sayohatchilari tamonidan o‘rganilishi, Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma’lumot berilgan.
2025-11-30
NAVOIY VILOYATI TARIXIY-MADANIY MEROS OBYEKTLARINI TA’MIRLANISH VA MUHOFAZA QILISH (1991–2025 YILLAR)
Ushbu maqolada Navoiy viloyatidagi madaniy meros obyektlarining 1991-2025 yillar oralig‘idagi ahvoli yoritilgan. Shuningdek, madaniy meroslarning, ta’mirtalab obyektlarining bugungi zamonamiz insonlari ma’naviyatiga ta’siri yozilgan.
2025-11-30
СВОБОДА ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА – ПРАВОВАЯ ГАРАНТИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ
Свобода предпринимательства выступает системообразующей правовой гарантией экономического развития, обеспечивая через комплекс конституционных и отраслевых норм стабильную среду для инвестиций, инноваций и здоровой конкуренции, что в совокупности формирует основу для роста национальной экономики и благосостояния.
2025-11-30
MASOFAVIY TA’LIMNING O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY KO‘NIKMALARIGA TA’SIRI
Maqolada masofaviy ta’limning o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’siri, onlayn o‘zaro ta’sir turlari va ular ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Ijtimoiy-madaniy nazariya, konstruktivizm va zamonaviy texnologiyalarning o‘quvchilarning motivatsiyasi hamda hamkorlikdagi o‘rganish jarayoniga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Maqola masofaviy ta’limda ijtimoiy faollikni oshirish uchun interaktiv yondashuvlarning zarurligini asoslaydi.
2025-11-30
BOSHLANGʻICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonining nazariy-metodik asoslari, pedagogik samaradorligi, yosh xususiyatlariga ta’siri, amaliy qo‘llashda uchraydigan cheklovlar va xavfsizlik omillari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli o‘quv vositalari, multimediya resurslari, interaktiv platformalar hamda elektron ta’lim tizimining boshlang‘ich ta’lim bosqichiga kiritilishi bilan bog‘liq didaktik afzalliklar, o‘quvchi kompetensiyalarining shakllanishiga ta’siri, o‘qituvchi faoliyatini modernizatsiya qilishdagi roli asoslanadi. Shuningdek, AKTning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik, fiziologik va ijtimoiy salbiy omillar ilmiy manbalarga tayanib tahlil etiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv rivojiga mos ravishda raqamli ta’limni optimallashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar, samaradorlikni belgilovchi metodik mezonlar hamda ta’lim jarayonida texnologiyalardan oqilona foydalanishning muhim yo‘llarini taklif etadi.
2025-11-30
BIZNES SUBYEKTLARIDA SAP DASTURINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
SAP dasturi O'zbekiston biznes subyektlari uchun kompleks ERP (Enterprise Resource Planning) yechimi bo'lib, korporativ boshqaruvning barcha sohalarini integratsiyalashgan holda optimallashtirish imkoniyatini beradi. Hozirgi raqamlashtirish davrida SAP tizimini joriy etish - bu nafaqat texnologik yangilanish, balki butun biznes modelini transformatsiya qilish jarayonidir. Tizim moliya, logistika, inson resurslari, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini birlashtirib, real vaqt rejimida ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi.
2025-11-30
AXBOROT MAKONI VA MADANIY PARADIGMANING YOSHLAR TAFAKKURIGA INTEGRATSION TA’SIRI
Tezisda zamonaviy axborot makonining globallashuvi va madaniy paradigmalarning o‘zaro ta’siri natijasida yoshlar tafakkurida yuzaga kelayotgan integratsion jarayonlar tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida axborot texnologiyalari vositasida uzatilayotgan g‘arbona, sharqona va transmilliy madaniy kodlarning yoshlar ongiga kirib borish mexanizmlari, ularning tafakkur, identitet va qadriyat tizimiga ko‘rsatgan ijtimoiy-falsafiy ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda milliy axborot suvereniteti, madaniy identifikatsiya va yoshlarning kognitiv ijtimoiylashuvi jarayonidagi madaniy diversifikatsiyaning roli tahlil etiladi. Statistik ma’lumotlar asosida axborot iste’moli tarkibi, yoshlarning asosiy madaniy orientatsiyalari va ongiy transformatsiyalari baholanadi.
2025-11-30
HAJ ZIYORATI VA UNI ADO ETISHNING QOIDALARI
Ushbu tezisda Islom dinining muhim ruknlaridan biri bo‘lgan Haj ibodatining mohiyati, uning ado etilish tartiblari, rasmiy va diniy talablar hamda zamonaviy sharoitlarda Haj ziyoratini tashkil etish jarayonlari yoritiladi. Tadqiqotda Hajning tarixiy asoslari, bosqichma-bosqich bajariladigan amallari, Hojilar uchun qo‘yilgan shartlar, shuningdek O‘zbekistonda Haj safarini tashkillashtirishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ilmiy tahlil beriladi. Mazkur ish Haj ibodatining ijtimoiy, ma’naviy ahamiyati va musulmon jamiyatidagi o‘rni bilan bog‘liq xulosalarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-30
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ЯККА ТАРТИБДАГИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада виктим, айбли виктим, айбсиз виктим, виктимлик даражаси, виктимликни келтириб чиқарувчи омиллар, ҳуқуқбузарликдан жабрланувчи, ҳуқуқбузарликларнинг виктимологик профилактикаси, ҳуқуқбузарликни келтириб чиқарувчи сабаб ва шарт-шароитлар, жиноятдан жабрланган шахсларнинг хулқ-атвори, ҳуқуқбузарликлардан жабрланувчиларга нисбатан шахснинг индивидуал ва ижтимоий-психологик хусусиятлари ҳисобга олинган ҳолда профилактика тадбирларини ўтказиш, аҳолига, шу жумладан ҳуқуқбузарликлардан жабрланувчиларга шахслар ўртасидаги низоларни ҳал этиш усулларини ўргатиш, ҳуқуқбузарликлардан жабрланувчиларни аниқлаш ва ҳимоя қилиш бўйича чора-тадбирларни кўриш, ҳуқуқбузарликлардан жабрланувчиларга ёрдам кўрсатувчи ихтисослаштирилган муассасаларни ташкил этиш, ҳуқуқбузарликдан жабрланувчининг жисмоний ва психологик хавфсизлигини таъминлашга қаратилган махсус комплекс чора-тадбирларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш, уни қонунда назарда тутилган ўзини ўзи мудофаа қилиш усуллари ва воситалари тўғрисида хабардор қилиш ҳақида фикр ва мулоҳазалар келтирилган.
2025-11-30
PSIXOLOGIK BARQARORLIKDA MUSIQA TERAPIYASINING O‘RNI
Ushbu maqolada musiqa terapiyasining shaxs psixologik barqarorligini shakllantirishdagi o‘rni, uning emotsional, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Musiqa terapiyasi inson ruhiy holatini muvozanatlashtiruvchi, stressni kamaytiruvchi, emotsional bo‘shashuvni ta’minlovchi va o‘zini anglashni kuchaytiruvchi samarali psixoterapevtik usul sifatida o‘rganilgan. Maqolada musiqa terapiyasining affektlarni boshqarish, ichki kechinmalarni ifodalash, ijtimoiy moslashuvni rivojlantirish va shaxsning psixologik yetuklik bosqichiga erishish jarayonidagi mexanizmlari yoritilgan.
2025-11-30
TA’LIM TIZIMIDA AR (AUGMENTED REALITY) TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIKA OTM LARI MISOLIDA QO‘LLANILISHI
Ushbu ilmiy maqola zamonaviy ta’lim tizimida AR (Augmented Reality) texnologiyalarining Oliy Ta’lim Muassasalari (OTM), xususan, Pedagogika institutlari misolida qo‘llanilishining nazariy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqot AR ning konstruktivistik va kognitiv yuk nazariyalari asosida ta’limdagi didaktik imkoniyatlarini tahlil qiladi. Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini (sinfni boshqarish, murakkab mavzularni vizuallashtirish, metodik amaliyot) AR yordamida simulyatsiya qilish modellari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mahalliy olimlarning pedagogik texnologiyalarga oid ishlari asosida AR ni O‘zbekiston Pedagogika OTMlariga integratsiya qilishdagi institutsional muammolar va ularni hal etish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-11-30
METANNI OKSIKONDENSATSIYA USULI BILAN ETILEN OLISH UCHUN UCHUN SAMARALI KATALIZATORLAR ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada metanni oksikondensatsiya usuli bilan etilen olish uchun samarali katalizatorlar olish yoritilgan. Metanni katalitik oksikondensatlash jarayonlarining ishlab chiqarishga tavsiya etilishi O‘zbekiston Respublikasining etilen, suyuq yoqilg‘i va boshqa shu kabi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini mahalliy xom-ashyolar hisobiga qondirilishi ko‘rsatildi.
2025-11-30
OLIY TA’LIMDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim resurslarini (ETR) loyihalash va ishlab chiqishning pedagogik asoslari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va talaba faoliyatini rag‘batlantiruvchi mexanizmlar muhokama qilinadi. Tadqiqot jarayonida ETR samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik va didaktik prinsiplar ko‘rib chiqilgan.
2025-11-30
ОЦЕНКА ЯЗЫКОВОЙ СРЕДЫ НА ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ
Языковая среда — это совокупность языков и диалектов, которые используются в определенных сообществах. В Каракалпакстане языковая среда характеризуется многоязычием, где с каракалпакскими и узбекскими языками активно используется английский язык в качестве средства международного общения. Оценка языковой среды на патриотическое воспитание.
2025-11-30
INGLIZ TILINI OʻQITISHDA RAQAMLI VOSITALARNING TAʼSIRI
Ushbu maqola ingliz tilini oʻqitish jarayonida raqamli vositalarning taʼsirini chuqur tahlil qiladi. Raqamli vositalar, jumladan, mobil ilovalar, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar va virtual reallik texnologiyalari, oʻquv jarayonini yanada samarali, interaktiv va kirishli qilishda muhim rol oʻynaydi. Maqolada ushbu vositalarning ijobiy jihatlari (motivatsiya oshishi, individual yondashuv, global kirish imkoniyatlari), salbiy jihatlari (texnologiya qaramligi, tengsizlik, diqqat tarqalishi) va oʻquvchilarning turli guruhlari uchun taʼsiri koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga asosan, raqamli vositalar anʼanaviy usullarga nisbatan oʻquv samaradorligini 20-30% ga oshiradi, ammo texnologiya bilan bogʻliq muammolar, jumladan, sogʻliqqa taʼsir va etik masalalar ham mavjud. Maqola oʻqituvchilar, oʻquvchilar va taʼlim tizimi rahbarlariga ushbu vositalarni samarali qoʻllash, treninglar olish va muvozanatli yondashuvni taʼminlash boʻyicha batafsil tavsiyalar beradi. Maqolaning maqsadi – zamonaviy taʼlimda raqamli vositalarning rolini aniqlash va ularni etik hamda tenglik asosida integratsiya qilish yoʻllarini taklif etish.
2025-11-30
ДАВЛАТ ФУҚАРОЛИК ХИЗМАТИДА МАЖЛИСЛАРНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ: РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ВА ИНСОН ОМИЛИНИ КАМАЙТИРИШ ОРҚАЛИ САМАРАДОРЛИКНИ ОШИРИШ
Мазкур илмий мақолада давлат фуқаролик хизматида мажлислар самарадорлигини ошириш, инсон омилини қисқартириш ва мажлисларни рақамли технологиялар ёрдамида оптималлаштиришнинг истиқболли йўналишлари таҳлил қилинган. Тадқиқотда қиёсий кейс-таҳлил методи қўлланилди. Жаҳон тажрибаси (Эстония, Сингапур, АҚШ, Канада, Буюк Британия) ва илғор корпоратив амалиётлар (Zoom IQ, Microsoft Viva, Otter.ai) мисолида мажлисларни қисқартириш, автоматик хулоса тайёрлаш, қарорларни тез ва сифатли қабул қилиш механизмлари ўрганилган. Кейс-таҳлиллар асосида мажлислардаги вақт сарфи 40-70% гача камайиши, топшириқлар аниқлик билан тақсимланиши ва фуқаролик хизматчилари фаолиятида иш самарадорлиги ошиши мумкинлиги кўрсатиб берилган. Шу билан бирга, мазкур инновацион ёндашувларни Ўзбекистон давлат бошқарув тизимига жорий этиш бўйича таклифлар ҳам ишлаб чиқилган.
2025-11-30
