TALABALARNING BUYURTMACHILAR BILAN HAMKORLIGI KUCHAYMOQDA: OLIY MAʼLUMOTLI YOSH MUTAXASSISNING KEYINGI TAQDIRI HAL ETILADIMI?
Main Article Content
Аннотация:
Samarqandlik Aziza “Toshkent davlat tibbiyot” universitetining 3-kursida tahsil olmoqda. Oilada 5 ta farzand bo‘lib, otasi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Har yili kontrakt pulini to‘lash uchun bitta sigirni sotishlariga to‘g‘ri keladi. O‘tgan haftada, bir yirik xusususiy klinikadan xat keldi. Unda Azizaning qolgan 2 yillik kontrakt puli klinika tomonidan to‘lanishi evaziga esa Aziza universitetni bitirganidan keyin 3 yil mobaynida klinikada ishlab berishi kerakligi yozilgan edi. Aziza ota-onasi bilan maslahatlashib, bu taklifni qabul qildi. Chunki u ham o‘qib, bir vaqtning o‘zida ishlashi oilasi uchun birmuncha yengillik bo‘ladi. Ikkinchidan, universitetni bitirgandan keyin, ish izlash muammosi yechiladi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.01.2026 yildagi 8-son
