Том 4 № 3 (2026): Центральноазиатский журнал академических исследований

Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2026-03-05

PLACEBO EFFEKTI: ONG VA TANA O‘RTASIDAGI PSIXOBIOLOGIK MEXANIZM

Mazkur maqolada placebo effektining psixologik va neyrobiologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Placebo effekti — faol farmakologik ta’sirga ega bo‘lmagan vosita orqali bemorda real fiziologik o‘zgarishlarning yuzaga kelishidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, placebo effekti kutilma, ishonch  va shifokor–bemor o‘rtasidagi munosabat orqali shakllanadi hamda miya darajasida dopamin va endorfin ajralishi bilan bog‘liq. Maqolada placebo effektining psixologik asoslari, neyrobiologik mexanizmlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Mirzayeva Umida Bosit qizi , Alimqulov Abdulhamid Abduraim o`g`li

4-6

2026-03-05

QAYTA QURISH YILLARIDA QORAQALPOG'ISTON QISHLOQ XO'JALIGI FAOLIYATI VA SANOATLASHTIRISH JARAYONLARI

Ushbu maqola qayta qurish davri va mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishi hamda sanoatlashtirish jarayonlarini tarixiy-tahliliy nuqtai nazardan o'rganishga bag'ishlangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, mintaqa qishloq xo'jaligi va sanoat sektorlari o'rtasidagi muvozanatli rivojlanish strategiyasi iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Meretdurdiyev Umit Saparmamet ogli

7-9

2026-03-05

ЗАМОНАВИЙ КРИМИНОЛОГИЯДА САБАБЛАР НАЗАРИЯСИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛИ

Мазкур мақолада замонавий криминологияда сабаблар назариясининг илмий-назарий асослари комплекс таҳлил қилинган. Жиноятчилик этиологияси доирасида сабаб ва шарт-шароит тушунчаларининг мазмун-моҳияти, уларнинг ўзаро боғлиқлиги ҳамда фарқли жиҳатлари очиб берилган. Криминоген вазият сабабий омиллар ва шарт-шароитларнинг ўзаро таъсири натижасида шаклланувчи ижтимоий-ҳуқуқий ҳодиса сифатида асосланган. Шунингдек, ижтимоий муҳит назарияси, девиант хулқ-атвор концепциялари (аномия, ижтимоий назорат, субмаданият ва ижтимоий дезорганизация назариялари) ҳамда тизимли ёндашув доирасида криминоген омиллар таҳлил этилган.

Ахмедов Даврон Муродович

10-15

2026-03-09

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO’YXATGA OLINGAN METABOLIK TA’SIRGA EGA DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan metabolik ta’sirga ega dori vositalarining retrospektiv marketing tahlilini o’z ichiga oladi. Tahlil assortiment, geografik taqsimot, ATC klassifikatsiyasi va dori shakllari yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirildi. Natijalar reestrda metabolik dori vositalarining salmiqli o’rin egallashini, ularda xorijiy ishlab chiqaruvchilar ustunligini, L-karnitin guruhining boshqa ATC guruhlariga nisbatan hukmron mavqeini hamda parenteral shakllarning enteral shakllardan ustunligini ko’rsatdi. Olingan ma’lumotlar milliy dori ta’minoti siyosatini takomillashtirish va mahalliy farmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish bo’yicha amaliy tavsiyalar uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Pirmatova Shirinnigor Ikromovna, Yusupova Sh.B.

16-22

2026-03-09

MIGRANTLAR HUQUQLARINING XALQARO VA MILLIY HUQUQIY KAFOLATLARI: REAL HIMOYA VA QOG’OZDAGI QONUN

Ushbu maqola migrantlar huquqlarining xalqaro va milliy huquqiy kafolatlarini tahlil qiladi va ularning amaliy samaradorligini baholaydi. Tadqiqot doirasida International Convention on the Protection of the Rights of All Migrant Workers and Members of Their Families, BMT monitoring mexanizmlari va O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan 2024-yilgi islohotlar va 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiya tahlil qilinadi. Huquqiy-normativ, qiyosiy-huquqiy va amaliy holatlar tahlili metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, normativ asos mavjud bo‘lsa-da, amaliy ijrodagi zaifliklar, monitoringning yetarli emasligi va xalqaro hamkorlikning samarador emasligi migrantlar huquqlarini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan

Temirova Mehribon Hakim qizi

23-30

2026-03-09

DAVLATNING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA BELGILARI: NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLAR VA KONSEPTUAL YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada davlatning asosiy va qo‘shimcha belgilari nazariy-metodologik yondashuvlar asosida keng qamrovli tahlil qilinadi. Asosiy belgilar — hudud, aholi, davlat hokimiyati va suverenitet — mahalliy va xorijiy olimlar qarashlari orqali chuqur izohlanadi. Tadqiqotda Odilqoriev, Saidov, Xidoyatov kabi o‘zbek olimlari hamda Vebber, Bodin, Jeykobz singari klassik nazariyachilar fikrlari solishtirilgan holda davlat belgilari mazmuni ochib beriladi. Qo‘shimcha belgilar — davlat ramzlari, pul birligi, qurolli kuchlar, poytaxt va ayniqsa soliq tizimi — davlatning barqaror faoliyat yuritishidagi zaruriy iqtisodiy-moliyaviy asos sifatida izohlanadi. Shuningdek, davlatning vujudga kelishiga doir ilohiy, shartnoma, zo‘rlov, patriarxal, iqtisodiy va marksistik nazariyalar qiyosiy o‘rganilib, zamonaviy davlatning shakllanishida har bir nazariyaning nisbiy o‘rni ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida davlatning asosiy belgilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq murakkab tizim bo‘lib, qo‘shimcha belgilar ushbu tizimning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynashi xulosasi keltiriladi.

Choriyev Islom To‘lqin o‘g‘li

31-37

2026-03-10

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING TASAVVUR QILISH, YANGICHA YECHIMLARNI TOPISH VA IJODIY ISHLASH KO‘NIKMALARINI OSHIRISH

Ushbu maqolada Toshkent farmatsevtika instituti va A.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti va olimlari tomonidan Polygonaceae oilasiga mansub bo‘lgan Atraphaxis pyrifolia o‘simligi yer ustki qismidan olingan quruq ekstraktning elementar tarkibini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. ICP OES - plazmaga induktiv bog‘langan optik-emission spektrometda namunalarning tarkibidagi makro va mikroelementlar miqdoriy jihatdan quruq ekstrakt tarkibida 20 dan ortiq mikro va makroelementlar  mavjud bo‘lib, shundan 45% - hayotiy muhim elementlar, 55% - makro va mikroelementlardir.  Tadqiqotlar davomida Te, Se, Sb, Sn, Ag, Hg, Cd, Pb elementlari aniqlanmadi, aniqlangan og’ir metallarning umumiy miqdori O’zbekiston Respublikasi Davlat Farmokopeyasida va Rossiya davlat farmakopeyasi XIV tahririda ruxsat etilgan meyorlar asosida tahlil qilindi [1,2]..

Rasulova M.R., Turdiyeva Z.V., Raimova K.V.

38-43

2026-03-10

ИХТИРОГА НИСБАТАН ҲУҚУҚЛАРНИ БУЗГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК

Мақолада ихтирога нисбатан ҳуқуқларни бузганлик учун жавобгарликнинг ҳуқуқий асослари ва амалий муаммолари таҳлил қилинган. Хусусан, патент ҳуқуқларини бузиш ҳолатлари, фуқаролик-ҳуқуқий, маъмурий ва жиноий жавобгарлик механизмлари ҳамда интеллектуал мулк ҳуқуқларини суд тартибида ҳимоя қилиш усуллари кўриб чиқилган. Шунингдек, ҳуқуқбузарлик натижасида етказилган зарарни қоплаш, ноқонуний ишлаб чиқарилган маҳсулотларни муомаладан чиқариш ва бошқа ҳуқуқий чораларни қўллаш масалалари таҳлил қилинган. Мақолада амалдаги қонунчилик нормалари ва илмий қарашлар асосида саноат мулки ҳуқуқларини ҳимоя қилиш механизмларини такомиллаштириш зарурлиги асослаб берилган. Тадқиқот натижасида патент ҳуқуқларини бузганлик учун жавобгарлик институтини такомиллаштириш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ҳамда ҳуқуқ эгаларининг манфаатларини самарали ҳимоя қилиш бўйича илмий таклифлар илгари сурилган.

Вахобжонов Дилмурод Дилшодбек угли

44-49

2026-03-10

“GLUCOSE METABOLIC REPROGRAMMING IN CANCER CELLS: MOLECULAR BASIS, REGULATORY NETWORKS, AND THERAPEUTIC OPPORTUNITIES”

Metabolic reprogramming is a defining hallmark of cancer, enabling malignant cells to sustain rapid proliferation, resist apoptosis, and adapt to hostile microenvironments. One of the most prominent metabolic alterations is the preferential utilization of aerobic glycolysis, known as the Warburg effect. Despite its lower ATP yield compared to oxidative phosphorylation, glycolysis provides essential metabolic intermediates required for anabolic growth and redox homeostasis. This review examines the molecular mechanisms underlying glucose metabolic reprogramming in cancer cells, including the roles of oncogenes, tumor suppressors, hypoxia signaling, and key glycolytic enzymes. Furthermore, the clinical implications of altered glucose metabolism are discussed, highlighting its utility in diagnostic imaging and targeted therapeutic strategies. Understanding cancer glucose metabolism provides critical insights into tumor biology and reveals novel avenues for precision oncology.

Gulnoza Saydullayeva , Asadbek Jo’rayev, Bexzod Ro’zimatov, Gulnoza Saydullayeva

50-53

2026-03-10

IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Mazkur maqolada iqtisodiy protsessual huquq fanining nazariy va amaliy ahamiyati, uni o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar hamda ularni bartaraf etishning ilmiy-huquqiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy sudlar faoliyatining kengayishi, tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning murakkablashuvi hamda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarning ko‘payishi iqtisodiy protsessual huquq fanining ta’lim tizimidagi o‘rnini yanada muhimlashtirmoqda. Maqolada iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda nazariya va sud amaliyoti o‘rtasidagi tafovut, normativ-huquqiy bazaning murakkabligi, sud amaliyoti asosida o‘qitish metodikasining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, sud amaliyotiga asoslangan “case-study” metodini joriy etish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Abdullayev Boymurod Jo‘rayevich

54-59

2026-03-10

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ: АНАЛИЗ ТРЕНДОВ И СТАТИСТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Рак молочной железы (РМЖ) занимает лидирующее положение в структуре онкологической заболеваемости у женщин в экономически развитых странах на протяжении нескольких десятилетий. Число новых случаев заболевания РМЖ в мире превышает 1,4 миллиона в год. РМЖ остается наиболее распространенным онкологическим заболеванием и среди женщин в Узбекистане. Согласно данным за 2025 год, ежегодно в республике  выявляется более 4 500 новых случаев заболевания

Махмуджанова Мохинур , Бабаджанова Х.М.

60-62

2026-03-10

Показать все выпуски