Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-04-05

"INTELLEKTUAL MULKNI LITSENZIYALASH: AFZALLIKLAR, XAVF-XATARLAR VA HUQUQIY ASOSLAR"

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlarini litsenziyalash orqali tijoratlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Litsenziyalashning asosiy turlari, ularning iqtisodiy va huquqiy afzalliklari hamda mavjud kamchiliklari koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilik va xalqaro tajriba asosida Intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif Intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan to'g'ri litsenziyalash orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish va texnologiyalarni keng tarqatishning dolzarb yo'llarini tahlil qiladi. Maqola so'nggida ushbu mexanizmni yanada takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar berilgan.

Mahmudova Muxlisa Oybek qizi

5-7

2025-04-07

O‘ZBEKISTON VA XORIJIY MAMLAKATLARDA OMMAVIY SPORT AMALIYOTLARINI BOSHQARISH TIZIMLARINING NAZARIY-QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ommaviy sport amaliyotlarini boshqarishning nazariy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda sport menejmentining asosiy nazariyalari, boshqaruv tamoyillari va ommaviy sport faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Jamiyatning ijtimoiy birdamligini shakllantirish, aholi salomatligini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirishda ommaviy sportning nazariy asoslari va xalqaro tajribalarining qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan samarali boshqaruv modellarining mahalliy sharoitga moslashtirilish imkoniyatlari va yo‘nalishlari belgilab olingan..

Baymatova Madina Sadriddinovna

8-11

2025-04-07

MUALLIFLIK SHARTNOMASINING HUQUQIY VA MOLIYAVIY ASOSLARI

Maqola  mualliflik shartnomasining asosiy jihatlarini, uning muallif va nashriyot o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni qanday tartibga solishini tahlil qiladi. Shartnoma tuzishda mualliflik huquqlaridan tortib, nashriyotning majburiyatlari, moliyaviy shartlar, subsidiar huquqlar va nizolarni hal qilish tartibiga qadar bir qancha muhim jihatlar yoritiladi. Bu maqola mualliflik shartnomasining tuzilishiga oid muhim masalalarni tushuntirib, shartnoma taraflarining huquqiy manfaatlarini himoya qilishda muhim qismlarini  ko‘rsatadi

Maxmudova Nozima Yusuf qizi

12-14

2025-04-07

O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK TENDESIYALARI: TAHDIDLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining zamonaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tahdidlarni tizimli ravishda tasniflaydi va ularga qarshi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan strategiyalarni tadqiq qiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy o‘rni, ekologik inqirozlar, terrorizm va kibertahdidlar kabi omillarning xavfsizlikka ta’siriga qaratilgan. Maqolada tahdidlar ichki va tashqi omillar asosida quyidagi guruhlarga bo‘lingan: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va institutsional xavflar. Har bir turdagi tahdidlar konkret misollar bilan izohlanib, ularning mamlakat barqarorligiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi.

Ahmadjonov Shohruhbek Rustamjon o‘g‘li, Nargiza Raximova

15-18

2025-04-07

BALIQ LICHINKALARI UCHUN MO’LJALLANGAN “FITOZOOPROTEIN” OZUQSINING KIMYOYIY TARKIBINI O’RGANISH

Ushbu ishda Buxoro viloyati suv havzasida biotexnologik usulda etishtirilgan zooplankton va makrofitlardan foydalangan holda baliqlar uchun yuqori sifatli “Fitozooprotein” ozuqasining kimyoviy tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 60:40 massa nisbatda olingan makrofit va zooplankton asosli “Fitozooprotein” baliq ozuqasining tarkibidagi oqsil miqdori 41,7%, mineral moddalar 19,4%, uglevodlar 25,6% va yog‘ miqdori 4,8% ekanligi hamda almashinmaydigan aminokislotalar massa bo‘yicha barcha aminokislotalar miqdorining 49,07% ni tashkil etishi aniqlangan

Rajabov Otabek, Raximov Jonibek Rashitovich

19-25

2025-04-07

RAHBARLAR VA MENEJERLAR TOMONIDAN BOSHQARUV FAOLIYATIDA QO'LLANILADIGAN BOSHQARUV USLUBLARINI BAHOLOVCHI SAYTNING AFZALLIKLARI

“LEADERMIND” loyihasi rahbarlar va menejerlarga ularning boshqaruv uslublarini baholash va yaxshilashda yordam beradigan veb-saytni ishlab chiqishga qaratilgan. Platforma foydalanuvchilarga kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam berish uchun ilmiy asoslangan boshqaruv usullari, psixologik baholash va trening vositalarini birlashtiradi. U strategik fikrlash, qaror qabul qilish va jamoani samarali boshqarish uchun interfaol resurs bo'lib xizmat qiladi. Keys tadqiqotlari, o'z-o'zini baholash testlari va ekspert tushunchalari orqali LEADERMIND yetakchilikni rivojlantirishga tizimli yondashuvni taqdim etadi. Mutaxassislar, bo’lajak rahbarlar, talabalar va intiluvchan menejerlarga xizmat ko'rsatadi.

Abdumannonova Gullola Alimardonovna, Narmetova Yulduz Karimovna

26-33

2025-04-07

НАРУШЕНИЯ ЛЕКСИКИ У ДЕТЕЙ С ОБЩИМ НЕДОРАЗВИТИЕМ РЕЧИ

в статье представлен теоретический анализ развитие лексики у детей с общим недоразвитием речи, охарактеризованы уровни речевого развития при ОНР, описаны некоторые особенности развития навыка согласования прилагательных с суще ствительными по родам, а также указана необходимость логопедических занятий в случае нарушения данной грамматической категории у детей с ОНР

Хуснидинова Саодат Сабитовна

34-39

2025-04-07

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR RAVON NUTQNI RIVOJLANTIRISH.

Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi.

Nusratova Hamida Cho‘liboyevna, Abduvaxobova Feruza Baxtiyorovnа

40-43

2025-04-07

MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASINI SOYAKI USULDA AMALGA OSHIRISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN QURITGICHNING O‘RNI.

Maqolada mevachilik, qayta ishlash texnologiyalari va mexanizatsiyalashtirish sohalariga tayangan holda uzumdan mayiz tayyorlash jarayoni hamda soyaki usulda yuqori sifatli mayiz tayyorlash usullari va texnologiyalarini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borilayotganligi yoritilgan.

Turakulov Mamaraym, Maxmudov Islom Rustam o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

44-45

2025-04-08

SHO‘RLANGAN TUPROQ MUHITIDA BEHI NAVLARI XO‘JALIK VA BIOLOGIK SIFATLARINI O‘RGANISH NATIJALARI

Maqolada Sirdaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoiti olib borilgan ilmiy tadqiqot manbbalariga asoslanib yoritilgan. Jumladan, tuproq tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi tumanlar kesimida ko‘rsatilgan. Viloyatning geografik joylashuv o‘rni va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga ta’siri xususida mulohazalar yuritilgan. Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida parvarishlanayotkan behi navlarining xo‘jalik, biologik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘rganilib, olingan natijalar yoritilgan.

Sanayev Sobir Toyirovich, Aynaqulov Komiljon Baxtiyor o‘g‘li, Turakulov Mamaraym, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

46-50

2025-04-08

RAVSHAN DOSTONIDA XAT MATIVI

Ushbu maqolada “Ravshan” dostoni misolida xat motivining mazmuni, uning asar voqealar rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Xat orqali qahramonlarning taqdiri qanday o‘zgarishi va syujetda qanday o‘rin tutishi yoritiladi..

Boltayeva Iroda

51-53

2025-04-08

ТУПРОҚҚА ИШЛОВ БЕРУВЧИ ОСМА ИККИ ИЗЛИ БОРОНА ТИШИНИНГ СИФАТ КЎРСАТКИЧЛАРИ

Мақолада икки изли, яъни кетма-кет икки қатор ўрнатилган бороналар тишининг сифат кўрсаткичларини яхшилаш мақсадида ўтказилган назарий ва экспериментал тадқиқотларнинг натижалари келтирилган. Назарий тадқиқотларда икки изли боронанинг иш жараёнида бороналарнинг мувозанат ҳолатини бузилишига олиб келадиган буровчи моментни камайтириш орқали уларнинг барқарор ҳаракатини таъминлаш ва демак сифат кўрсаткичларини яхшилаш масаласи қаралган. Экспериментал тадқиқотларда эса назарий тадқиқотлар натижаларидан келиб чиқиб, O‘z Dst 3412: 2019 “Қишлоқ хўжалиги техникасини синаш. Тупроқ юзасига ишлов берувчи машиналар ва қуроллар. Синов дастури ва усуллари” ва O‘z Dst 3193: 2017 “Қишлоқ хўжалиги техникасини синаш. Машиналарни энергетик баҳолаш усули” асосида осма икки изли боронанинг ишлов бериш чуқурлиги, тупроқнинг уваланиш сифати, дала юзасидаги нотекисликлар баландликларининг ўртача квадратик четланиши, бороналарнинг тортишга қаршилигига таъсири ўрганилган.

Эрмамат Кубанов, Умидбек Бабабеков, Zhong Weizhou, Yang Xueji

54-59

2025-04-08

‘‘GULISTON SAYQALI’’ PAXTA XOM ASHYOSINI QAYTA ISHLASH KORXONASIDA JINLASH JARAYONIDA SIFATLI TOLA OLISH.

Paxta xom ashyosini qayta ishlash korhonasida jinlash jarayoni juda muhim hisoblanadi shunday ekan o‘rta tolali paxta uchun arrali jinlardan foydalaniladi Arrali jinlardan eng ko‘p ishlatiladigani bu ДП-130 rusumdagi arrali jin hisoblanadi. Biz sifatli tola va sog‘lom chigit olish uchun uning ishlash mexanizmini joyida bo‘lishi kerak.

Qabulov Ibrohim Mamatqul o‘g‘li, Abdurazzoqov Suhrob Siddiq o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

60-64

2025-04-08

ТОК ҚАЛАМЧАЛАРИНИ ТУТУВЧАНЛИГИ ЎСТИРУВЧИ МОДДАЛАРНИНГ ТАЪСИРИ.

Тадқиқот натижалари шуни кўрсатдики, Ток қаламчаларинингг тутувчанглигида ИМК муҳим рол ўйнайди. Илдизнинг ривожланишида, каллус тўқималарини ривожланишида, ток қаламчаларнинг ер устки қисми ва ер остки илдиз тизимининг ривожланишида ИМК нинг ўрни жуда катталиги тажриба натижаларида аниқланди.

Эгамбердиев Пулатжон Эргашович, Хайруллаева Сарвиноз Лутфулло қизи, Zhong Weizhou

65-67

2025-04-08

ILDIZMEVALI SABZAVOTLARNI SAQLASH USULLARI

Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlashda turli usullar qo‘llaniladi. Jumladan, dala sharoitida xandak va uyumlarda saqlash qadimiy usullardan hisoblanadi. Bu usul xo‘jaliklarda, xonadonlarda shuningdek, ombor etishmagan tayyorlov idoralarida ildizmevalilarni saqlashda keng qo‘llaniladi.

Tuxtamishev Sayitkul Saydullayevich, Anorboyev Asadbek Ziyodullo o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

68-71

2025-04-09

СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ ШАРОИТИДА УЗУМ КЎЧАТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.

Ушбу мақолада токни кўпайтириш ва кўчат етиштиришга оид маълумотлар келтирилган.

Д.У.Абдураимов, Ф Хўжақулов, И.Х.Сатторов , Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

72-76

2025-04-09

MAMLAKATIMIZDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING XOZIRGI KUNDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI.

Maqolada bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalinish bo‘yicha dunyo amaliyoti va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, tabiiy resurslarning dunyo bo‘yicha zaxiralarining kamaiyb borayotganligi, shuningdek respublikamizda energiya samaradorligiga erishish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

V.A.Ermatov, B.K.Batirov, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei

77-80

2025-04-09

XALQ OGʻZAKI IJODI NAMUNALARINING BOLALAR ADABIYOTI SIFATIDAGI OʻRNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalarining bolalar adabiyoti sifatida umumta’lim muassasalarida o‘qitilishi va uning bolalarning ruhiy hamda aqliy tarbiyasiga ta’siri tahlil etilgan. Maqolada xalq ertaklari, maqollar, topishmoqlar, dostonlar va boshqa janrlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ularning bolalar dunyoqarashi va axloqiy shakllanishiga ijobiy ta’siri yoritiladi.

Boboqulova Mohina Norsafar qizi

81-85

2025-04-09

OYBEK IJODINING YOSHLAR ORASIDAGI KENG TARG’IBI

XX asr o’zbek adabiyotining yirik namayondasi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning yoshlar orasida ijodini keng targ’ib qilish uni etiborga loyiq ijodi va ijodsiz yashay olmasligi va u etirofka loyiqligini  bilib olasiz.

Muxlisa Sayfiyeva

86-88

2025-04-10

UZUMNI OFTOBDA VA OBJUSH USULIDA QURITISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqolada uzumni quritish usullari yani oftobda va objush usulida quritib mayiz olish texnologiyasi to‘g‘risida hamda olib borilgan tajribalar asosida kelingan xulosalarga ko‘ra eng optimal quritish usullari bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Zhong Weizhou , Yang Xueji, Guo Fei, Abdug‘aniyev Samandar Olimjon o‘g‘li

89-93

2025-04-10

UZUM KO‘CHATLARINI EKISH SXЕMASI VA NAVLARNI JOYLASHTIRISH

Ushbu maqolada uzum navlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot hamda joylashtirish sxemasi, qator orasi keng bo‘lishi tok tupi to‘liq oziqa maydonini egallashiga, u erkin o‘sishiga, ildiz sistemasi yaxshi shakillanib rivojlanishiga sharoit yaratishi hamda  o‘stirish usullarini samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan..

Zhong Weizhou, Jo‘lbekov Ibrohim Salimqul o‘g‘li, Saydazimova Sarvinoz Ismatulla qizi, Jo‘raqulova Feruza Obidjon qizi, Obidjonova Gulmiraxon Xakimjon qizi

94-97

2025-04-10

INGLIZ TILIDA SHAXSNING YUZ IFODASI TASVIRIDA IDIOMALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada shaxsning yuz ifodasini tasvirlashda qo‘llanadigan idiomalarning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Qayd etish lozimki, idiomalar tildan tilga qo‘llanishda farq qilib, ular ingliz tilida yuz holatini tasvirlashda asosiy vosita sanaladi. Ularni tasvirlashda turli jihatlarga e'tibor qaratiladi.

Ra'no Turayeva

98-100

2025-04-11

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA PSIXOLOGIYAGA OID TIL BIRLIKLARINI O’RGANISHDAGI ASOSIY VOSITALAR

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda psixologiyaga oid til birliklarini o’rganishdagi asosiy vositalar haqida so’z boradi.Ingliz va o‘zbek tillari psixologik til birliklarini qiyosiy tahlil qilish orqali ikki xalqning dunyoqarashi, fikrlash tarzi, ilmiy tafakkuri, so’z boyligi o‘rtasidagi farqlar va o’xshashliklarni aniqlash, shu bilan bir qatorda, yangi ilmiy atamalarni ona tilimizda ifodalash imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kun uchun dolzarb vazifa ekanligi alohida ta’kidlab o’tilgan.Ingliz va o’zbek tillarida psixologiyaga oid til birliklarini shakl va ma’noviy jihatdan o’xshashlik va farqlilik jihatlarini tadqiq qilish jarayonida, ayniqsa, sinonim, antonim, paronim, giponim va omonimlarga alohida e’tibor bilan to’xtalib o’tilgan.  

Rakhimova Gulchekhra

104-106

2025-04-14

YERGA NISBATAN HUQUQBUZARLIK HOLATLARI KUZATILGAN VILOYATLAR TAHLILIY MA’LUMOT

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yerga nisbatan huquqbuzarlik holatlarining eng ko‘p uchraydigan viloyatlari va ularning asosiy sabablari tahlil qilindi. Yerga oid huquqbuzarlik tushunchasi, ularning turlari, tarqalish darajasi va asosiy omillari yoritilgan. Statistik ma’lumotlarga asoslanib, eng ko‘p huquqbuzarlik kuzatilgan hududlar – Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari batafsil tahlil qilindi.

Xakimov Boxodirjon Baxtiyorjon o‘g‘li , Quvotov Shohzod Baxrom o‘g‘li, Kalandarov Abdumo‘min Soibnazar o‘g‘li

107-109

2025-04-14

TOSHKENT VILOYATI YAYLOV YERLARINI GEOBOTANIK JIHATDAN O‘RGANISHNING TAHLILIY MA’LUMOT

Ushbu maqolada Toshkent viloyatining yaylov yerlari geobotanik jihatdan o‘rganilgan. Yaylovlarning floristik tarkibi, ekologik holati va antropogen omillar ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijalariga asoslangan holda yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.  

Xakimov Boxodirjon Baxtiyorjon o‘g‘li , Qo‘shboyeva Sadoqat Davronbek qizi, Karomatov Valixon Shabobo o’g’li

110-114

2025-04-14

MULBERRY LEAF UTILIZATION RATE IN FEEDING MULBERRY SILKWORMS BY AGE

Definition and value of feeding factor of mulberry-trees leaves by caterpillars influencing the development and productivity of silk worms is lightened in the article

M.Kh. Bobomurodov

115-117

2025-04-14

TAKRORIY EKIN TARIQ YETISHTIRISHDA ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING AXAMIYATI.

Ekinlar strukturasining o‘zgarishi munosabati bilan dukkakli don ekinlaridan yuqori va sifatli xosil yetishtirishda intensiv texnologiyalardan biri sug‘oriladigan maydonlarda ekilgan boshoqli don ekinlarini yig‘ishtirib olingandan so‘ng, bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin yetishtirishni ko‘paytirishdan iborat.

Odinayev Sherali Jumanazarovich

118-120

2025-04-14

ЗООЛОГИЯ ДАРСЛАРИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШДА МАҲАЛЛИЙ КЎРГАЗМАЛИ ЖИҲОЗЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ УСУЛЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСЛУЛЛАРИ

Мақолада биология фанларини ўқитишда кўргазмали жиҳозлардан фойдаланиш ўқувчиларнинг фанга бўлган қизиқишини ошириши, мавзуларни чуқурроқ англаш ва тажрибавий кўникмаларни ривожлантиришга хизмат қилади. Умуртқали ва умуртқасизлар зоологияси фанини ўқитишда маҳаллий ҳудуд материаллари асосида йиғилган намуналарни лаборатория шароитида қўлда тайёрлашнинг иқтисодий самарадорлиги ва афзалликлари ҳақида маълумотлар келтирилган.

Рахмонов Рашит Рахимович , Шоимова Нигина Башировна

121-130

2025-04-14

GLITSINIYA MANZARALI O’SIMLIGI VA UNING TARKIBIDAGI TOKSIK MODDALARI HAQIDA MA’LUMOT

Ushbu maqolada Osiyo hududida o‘stiriladigan jumladan O‘zbekistonga introduksiya qilingan Glitsiniya o‘simligi va unung tarkibidan ajratib olingan toksik komponentlaridan lektin zamonaviy kimyoviy kompyuter dasturlari orqali tahlil qilinib, uning farmakologik xususiyatlari baholangan.

Raximov Jonibek Rashitovich, Homitova Gulnoza Zaynidin qizi, Homitova Mahbuba Tojiddin qizi

131-137

2025-04-14

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING BUGUNGI KUNDA SAMARADORLIK JIHATLARI

Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, individual yondashuvni ta’minlash va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Interfaol ta’lim usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli resurslardan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi. Ushbu innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonining sifatini oshirib, o‘quvchilarning kreativ va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalarning samaradorlik jihatlari tahlil qilinib, ularning ta’lim sifatiga ta’siri o‘rganiladi

Tirkasheva Nilufar Zafarjon qizi , Bovanova Umida Abduvahobovna

138-141

2025-04-14

ICHAK TA’SIRLANISH SINDROMIDA OBSESSIV FOBIK BUZILISHLARNI ANIQLASH VA ULARDA KOGNITIV PSIXOTERAPIYASINING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada ta’sirlangan ichak  sindromida kuzatiladigan xavotir-fobik buzilishlarni aniqlash va tibbiy psixologik yordamni takomillashtirish, psixoterapiya usullaridan foydalangan holda bemor ruhiyatidagi  buzilishlarni davolash chora tadbirlari  natijalari tahlili keltirilgan. Ta’sirlangan ichak sindromida psixoterapevtik yordamning ahamiyati va qisqa vaqt ichida ko‘zlangan natijaga erishish haqida bayonot berildi.

Gafurova S.Sh.

142-147

2025-04-14

HOMILADORLIK VA TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYA: SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Homiladorlik va onalik ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lishiga qaramay, u turli xil psixologik muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi depressiya ko‘plab ayollarda uchraydigan holat bo‘lib, uning rivojlanishiga gormonal o‘zgarishlar, stress, uyqu yetishmovchiligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy belgilari, rivojlanish mexanizmlari va diagnostikasi yoritiladi. Shuningdek, bu holatning ayolning umumiy ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Depressiyaning oldini olish va davolash usullari – psixoterapiya, farmakologik vositalar va turmush tarzini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqiladi. Psixoterapevtik yondashuvlar, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya va oilaviy qo‘llab-quvvatlash usullari muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, turli davlatlarda tug‘ruqdan keyingi depressiyani kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot beriladi..

Mirzayeva Umida Bosit qizi, Risbekova Iroda Avazbek qizi

148-156

2025-04-14

КАМ УНУМ ТОҒ ОЛДИ ТУПРОҚЛАРИ УНУМДОРЛИГИНИ МЕВАЛИ БОҒЛАР УЧУН ОШИРИШНИНГ АЙРИМ УСУЛЛАРИ.

Мақолада кам унумдор тупроқли тоғ олди минтақаларида мевали боғлар яратишда тупроқ унумдорлигини оширишнинг ва суғориш суви тежамкорлигига эришишнинг айрим усуллари муҳокама қилинган. Тупроқ унумдорлигини оширишда бой кимёвий таркибли сел сувидан фойдаланиш билан тошлоқ ерлар унумдорлигини бойитиш технологиясини амалга ошириш тартиби баён этилган. Шу билан бирга суғориш суви тақчил ҳудудларда кичик майдонлардаги мевали боғларни суғоришда тупроқ унумдорлигини илдиз зонасида чиринди тўшамаларини ҳосил қилиш билан ошириш ва сув сарфи даражасини кескин камайтирниш мумкинлиги кўрсатилган. Қўлланилган технологиялардан олинган натижалар таҳлили келтирилган. Технологиялар амалда қатор йиллар давомида амалда ўрганилиб сифатли мева-узум маҳсулотилари етиштиришда арзон ва экологик тоза усуллар эканлиги кўрсатилиб кенг қўллаш таклиф этилган..

Юлдашева Дилором Хусниддин қизи, Тўрақулова Нилуфар Мамарайм қизи, Zhong Weizhou, Yang Xueji

157-159

2025-04-14

МЕВАЧИЛИКДА ЙЎҚОЛИБ БОРАЁТГАН МАХАЛЛИЙ СЕЛЛЕКЦИЯ НАВЛАРИНИ САҚЛАБ ҚОЛИШНИНГ ЗАРУРИЯТИ ВА ИМКОНИЯТЛАРИ

Мақолада халқ селексиясида топилган бир неча қимматли мева ва узум навлари намуналарининг тавсифлари келтирилган. Ноёб навларни сақлаб қолиш ва кўпайтиришнинг заруриати ва аҳамияти ёритилган.

Қурбонов Аҳрор Пўлатжон ўғли, Тўрақулова Нилуфар Мамарайм қизи, Zhong Weizhou, Yang Xueji

160-163

2025-04-14

ОИЛА ИНСТИТУТИ МИКРОЖАМИЯТ СИФАТИДА

Мазкур мақолада оила институтининг ижтимоий хусусиятлари ўрганилади, унинг функциялари классификация қилинади. Оила институти микрожамиятдир. Айнан ушбу жиҳати унинг замонавий-ижтимоий функцияларини очиб беришга ундайди. Ижтимоий хусусиятлар ва ижтимоий функцияларни этимологик нуқтаи назардан фарқлаш мумкин, аммо бундай ёндашув ижтимоий-фалсафий эмас, балки тилшунослик, морфологик ёндашувни тақозо этарди. Шунинг учун мақолада ижтимоий хусусиятлар ва функциялар диалектик уйғунликдаги воқеликлар сифатида қаралади.

Наркулов Дусмурат Ташпулатович , Зоҳиров Рамиз Турдимуродович

164-171

2025-04-14

YASHIL SUG‘URTA VA UNING MOLIYA TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI

“Yashil sug‘urta” – bu atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sug‘urta mahsulotlari va xizmatlaridir. Ushbu maqolada yashil sug‘urtaning mohiyati, uning turlari  qayta tiklanadigan energiya manbalari, ekologik tozalash loyihalari, tabiiy ofatlar sug‘urtasi va moliya tizimidagi ahamiyati tahlil qilindi. Yashil sug‘urta barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ekologik risklarni boshqarish va iqtisodiyotning yashil transformatsiyasini rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, yashil sug‘urtaning jahon va O‘zbekiston moliya bozoridagi holati, rivojlanish istiqbollari hamda qo‘llab-quvvatlovchi mezonlar ko‘rib chiqildi.

Boboyev Abror Abdusattor o‘g‘li

172-176

2025-04-14

ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БОЗОРИДА БАНК ОПЕРАЦИЯЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Мазкур мақолада Ўзбекистонда қимматли қоғозлар бозорида банк операцияларини такомиллаштиришнинг назарий ва амалий асослари таҳлил қилинган. Тижорат банкларининг молиявий барқарорликни таъминлаш, рискларни бошқариш, инвестиция фаоллигини оширишдаги ўрни очиб берилган.

Мелибоева Муқаддас Ҳикматовна

177-183

2025-04-14

QABUL QILINGAN PAXTANING IFLOSLIGI VA NAMLIGINI ANIQLASH JARAYONI

Ushbu maqolada paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayoni bo‘yicha, yanada keng malumotlar berish  bu fan to‘g‘risida to‘liq malumotlarga ega bo‘lishlari uchun inavatsion metodlarni  qo‘llashning samarasi, ushbu qabul qilingan paxtaning ifloslik darajasini aniqlash va namligini tekshirishda qo‘llaniladigan tartib qonun qoidalar. “Paxta xom ashyosini saqlashda tayyorlov punkitlarining o‘rni va ahamiyati va saqlash jarayonida sifatini nazorat qilish jarayoni’’modulidan nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar va yuqori malakaga ega bo‘lishlariga yordam berishi.

Bababekov Umidbek Djurabekovich, Hamroliyev Hojiakbar Hamid oʻgʻli, Zhong Weizhou, Yang Xueji

184-186

2025-04-15

TECHNOLOGICAL INNOVATIONS AND AI IN LANGUAGE LEARNING AND COMMUNICATION

This article explores the role of technological innovations, particularly artificial intelligence (AI), in language learning and communication. It discusses the methodologies, applications, and impacts of AI-driven tools such as chatbots, speech recognition, and machine translation. Examples of AI-based language learning platforms are analyzed, and the effectiveness of AI-assisted communication is examined. The findings indicate that AI significantly enhances language acquisition and cross-cultural communication.

Sh.M. Tillayeva

101-103

2025-04-11

TEACHING VOCABULARY STRATEGIES

Vocabulary acquisition is a cornerstone of language learning, serving as the foundation for effective communication and comprehension. This article explores diverse strategies for teaching vocabulary effectively, blending theoretical insights with practical methodologies. It emphasizes the importance of contextual learning, active engagement, and technology integration, supported by linguistic and pedagogical research. The discussion underscores the interplay between explicit instruction and incidental learning, advocating for a balanced approach tailored to learner needs. Ultimately, the article aims to equip educators with comprehensive tools to enhance vocabulary instruction in diverse educational settings.

Manzuna Sadullayeva

187-190

2025-04-15