BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu maqolada pedagogik texnologiyalar, ularning mohiyati hamda samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Pedagogik texnologiyalar va ularning aynan boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‘or pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‘llanilmoqda. YUNESKO ning ta’rifi bo’yicha: "Pedagogik texnologiya - bu butun o‘qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir.” Pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini ro‘yobga chiqarish davomida turli o‘qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me’yorlarini belgilovchi yo‘llanma, go‘yoki qolip sifatida qarash mumkin. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro aloqada va bir-biri bilan bog‘liqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko‘p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo‘lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo’ladi. Aytish mumkinki, pedagogik texnologiyalarning samaradorligi har bir yo‘nalishini o‘z aksini topgan.

Article Details

Как цитировать:

Xushvaqtov, A. ., Ashurova , S. ., & Sobirova , N. . (2024). BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал академических исследований, 4(7 (Special Issue), 713–716. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/35905

Библиографические ссылки:

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun 2020 yil

Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2017. – 24-bet.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Bosh tahrir hay’ati a’zolari: M.Aminov va b. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – 169 bet.

N.A.Muslimov, Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari – Toshkent: 2015. – 208 bet.

J.Ϝ.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent «O‘qituvchi» 2004y

Данилов О.Е. Применение информацинных коммуникационных технологий в процессе обучения

www/ziyonet/uz