KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING RUHIY RIVOJLANISHIGA OID MUAMMOLARNI ANIQLASH VA TUZATISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING DIAGNOSTIK-KORREKSION ISHLARNI OLIB BORISHDAGI NAZARIY-AMALIY YONDASHUVLARI
Main Article Content
Abstract:
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishida uchraydigan muammolar, ularni erta aniqlash va psixologik korreksiya orqali bartaraf etish masalalari yoritilgan. Maktab amaliyotchi psixologining ushbu jarayondagi o‘rni, vazifalari, psixodiagnostik usullardan samarali foydalanish yo‘llari hamda korreksion ishlarning mazmuni nazariy va amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning emotsional holati, muloqotdagi qiyinchiliklar, o‘qishga bo‘lgan motivatsiya pastligi, o‘z-o‘zini baholashdagi nomutanosiblik kabi muammolar psixologik kuzatuv va test natijalari asosida ochib berilgan. Amaliyotchi psixologning o‘qituvchilar va ota-onalar bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyati, shuningdek, yoshga mos psixoprofilaktika va psixokorreksiya uslublarining samaradorligi haqida tavsiyalar keltirilgan.
