Том 5 № 4 (2026): Наука и технология в современном мире

«Наука и технология в современном мире» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-02-05

ZAMONAVIY DUNYODA ILM-FAN VA TEXNOLOGIYANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI STRATEGIK AHAMIYATI

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiyaning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tizimli va tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda ilmiy bilimlar va texnologik innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy sohalar transformatsiyasi hamda inson kapitalining shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ilmiy-texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolar, jumladan raqamli tengsizlik, texnologik ishsizlik va axloqiy xavflar masalasi ko‘rib chiqiladi. Ish natijalarida ilm-fan va texnologiyani barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqarish zarurligi asoslab beriladi.

Mirzaumarov Dilmurod Bobir o‘g‘li

4-5

2026-02-04

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA QANOTNING AERODINAMIK XUSUSIYATLARINI BASHORAT QILISH VA OPTIMAL SHAKLNI CHIZISH

Mazkur tadqiqotda samolyot qanotining aerodinamik ko‘rsatkichlarini tezkor va yuqori aniqlik bilan bashorat qilish hamda optimal geometrik shaklini aniqlashga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan sun’iy intellektga asoslangan hisoblash tizimi taklif etiladi. O‘qitish ma’lumotlari fizik qonunlarga asoslangan sintetik belgilash generatori yordamida shakllantirildi. An’anaviy hisoblash suyuqliklar mexanikasi usullariga (CFD) xos bo‘lgan katta hisoblash xarajatlari va vaqt sarfini kamaytirish maqsadida ko‘tarish koeffitsienti (CL) hamda qarshilik koeffitsienti (CD) ni baholash uchun sun’iy neyron tarmoqqa asoslangan muqobil model ishlab chiqildi.

Q. Rahimov, M. Rahmatjonov

6-9

2026-02-05

YAPON LIGUSTRUMI (LIGUSTRUM JAPONICUM THUNB) VA XITOY LIGUSTRUMI (LIGUSTRUM SINENSE LOUR) TURLARINING URUG’LARINI EKISH MUDDATLARINI NIHOLLARNING UNIB CHIQISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Yapon ligustrumi (Ligustrum japonicum Thunb.) va Xitoy ligustrumi (Ligustrum sinense Lour.) turlarining urug‘larini turli ekish muddatlarida ekish nihollarning unib chiqishi, o‘sish sur’ati hamda dastlabki rivojlanish bosqichlariga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida urug‘larning unuvchanlik foizi, nihollarning unish vaqti, nihollarning bo‘yining o‘sishi, barglar soni hamda umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Olingan natijalar statestik tahlil qilindi va ekish muddatining ligustrum turlarining biologik xususiyatlariga mos holda tanlanishi nihollarning sifatli shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan ligustrum turlarining ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Nazarov G’aybulla Bekjon o’g’li

10-16

2026-02-05

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TABIIY MATERIALLAR BILAN INTERAKTIV O'QUV MUHITLARINI YARATISH

Ushbu maqola boshlang'ich ta'limda tabiiy materiallarni qo'llashning foydalari va amaliyotlarini o'rganadi, bu o'quvchilarga interaktiv va qiziqarli o'quv muhitlarini yaratishga yordam beradi. Maqola tabiiy materiallar yordamida ilm-fan tushunchalarini yaxshilash, san'at va adabiyotda ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, hissiy va ekologik ongni rivojlantirishning qanday usullarini ko'rsatadi. Ushbu materiallar yordamida fan, matematika va STEM kabi turli fanlarda o'quvchilarga yangi bilimlar berish usullari batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, o'qituvchilarning tabiiy materiallarni ta'lim jarayonida qanday samarali ishlatishi, duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va ularni qanday yengish mumkinligi haqida so'z boradi. Maqola oxirida, tabiiy resurslarni mas'uliyatli va barqaror foydalanishning o'quv jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi.

Rustamova Manzura Mirkamalovna, Qòziyevа Umriniso Muzаffаr qizi

17-20

2026-02-05

EFFECTIVE INVESTMENT POLICY AS A KEY DRIVER OF SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT

Sustainable economic development increasingly depends on a country’s capacity to formulate and implement a coherent, forward‑looking investment policy that ensures the efficient mobilization, allocation, and monitoring of domestic and foreign capital (Abel & Bernanke, 2012; World Bank, 2017). This paper provides a comprehensive analysis of the economic essence of investment activity and substantiates the role of effective investment policy as a key driver of macroeconomic growth, structural transformation, and long‑term competitiveness.

Otabek Saatov

21-24

2026-02-05

INVESTITSION KREDIT MUNOSABATLARI VA ULARNING IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHDAGI RO’LI

Investitsion kredit munosabatlari ishlab chiqarish tarmoqlariga kapital oqimini ta’minlash, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyotlar o'sishga intilayotgani sababli, investitsion kredit munosabatlari dinamikasini tushunish siyosatchilar, investorlar va moliya institutlari uchun zarur bo'lib qoladi. Ushbu maqolada investitsion kredit munosabatlari tushunchasi, ularning mexanizmlari va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri o‘rganiladi.

F.U.Umarov

25-27

2026-02-05

INGLIZ TILIDAGI SO’ZLARNING YOZILISHI VA TALAFFUZI O’RTASIDAGI NOMUVOFIQLIK SABABLARI

Ushbu maqolada ingliz tilidagi so’zlar nima uchun yozilganidek o’qilmasligi haqida so’z yuritiladi.Ingliz tilini o’rganayotganlar bu  holat sababli ko’pincha qiyinchilikka duch keladilar.Maqolada yozuv va talaffuz o’rtasidagi farq oddiy misollar orqali tushuntiriladi.Bu maqola ingliz tilini o’rganayotganlarga  talaffuzni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Komiljonova Nodiraxon

28-29

2026-02-05

ОБОБЩЕННАЯ ПРОВОДИМОСТЬ В КОМПОЗИЦИОННЫХ ПОЛИМЕРНЫХ НАНОМАТЕРИАЛАХ

При изучении процессов переноса   носителей   заряда в неоднородных      материалах сформулировались два основных направления. Первое связано с теоретическим расчетом обобщенной проводимости (электропроводность, диэлектрическая проницаемость, теплопроводность, термо–э.д.с.  и т.д.), а второе направление связано с экспериментальным установлением закономерности поведения обобщенной проводимости в зависимости от содержания дисперсного наполнителя.

Boymuratov Faxriddin Togaymuradovich

30

2026-02-05

SALIM ASHUR SHE’RLARIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING BADIIY-ESTETIK FUNKSIYASI

Ushbu maqolada shoir Salim Ashur she’riy asarlarida paralingvistik vositalarning o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Paralingvistik birliklarning she’riy matndagi emotsional-ekspressiv vazifasi, mazmunni chuqurlashtirishdagi roli hamda muallif individual uslubini shakllantirishdagi funksiyalari misollar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari Salim Ashur she’riyatida paralingvistik vositalar badiiy ta’sirchanlikni oshiruvchi muhim poetik omil ekanini ko‘rsatadi.

Mustafаyeva Saodat Burxanovna

31-34

2026-02-06

PROBIOTIKLARNING QUYONLARNI AYRIM FIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada quyonlar ratsioniga oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘shishning, ularning tanasidagi turli fiziologik jarayonlarga, mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri haqida malumotlar keltirilgan.

E.I.Shukurova, M.A.Baxrillayeva, B.Bo’ronova

35-38

2026-02-06

O‘RTA BO‘G‘IN MENEJERLARINING VAQTNI BOSHQARISH TEXNIKALARI

Mazkur maqolada tashkilotlarda muhim bo‘g‘in hisoblangan o‘rta darajadagi menejerlarning vaqtni samarali boshqarish masalalari hamda bu borada qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar tahlil etiladi. O‘rta bo‘g‘in rahbarlari bir vaqtning o‘zida ham yuqori boshqaruv topshiriqlarini bajarish, ham jamoa bilan bevosita ishlash majburiyatiga ega bo‘lganligi sababli, ular uchun vaqt resursi eng qimmat strategik omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun maqolada ish jarayonlarini ustuvorlashtirish, delegatsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, “Eisenhower matrix” kabi usullarni amaliyotga joriy etishning ahamiyati yoritiladi.

Saidnazarova Odinabonu Saidolim qizi

39-43

2026-02-06

BADIIY MATN MAZMUNINI ANGLASHDA NAZARIY TUSHUNCHALARNING AMALIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida nazariy bilimlardan foydalanishning ahamiyati, ularning badiiy matn mazmunini anglash va talqin etishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar — janr, obraz, konflikt, syujet, kompozitsiya, badiiy tasvir vositalari kabi kategoriyalar o‘quvchilarning matnni chuqur idrok etishi, muallif g‘oyasini anglash va mustaqil estetik xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy vosita ekani asoslab beriladi. Maqolada nazariy ma’lumotlarni amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtirish metodikasi, zamonaviy adabiy ta’lim talablari asosida yoritilgan.

N.J.Oramova

44-46

2026-02-09

O‘ZBEK TILI TA’LIMIY KORPUSIDA MADANIY-TIL BIRLIKLARINING IFODALANISHI

Mazkur maqolada O‘zbek tili ta’limiy korpusida lingvokulturemalarni ifodalash usullari tahlil qilinadi. Lingvokulturemalar milliy-madaniy mazmunni ifodalovchi til birliklari sifatida korpus materiallarida qanday annotatsiyalanishi, izohlanishi va o‘quvchi uchun tushunarli shaklda taqdim etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’limiy korpusning madaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rnini ochib berishga xizmat qiladi.

Mustafаyeva Saodat Burxanovna

47-49

2026-02-09

RANGLAR SEMANTIKASI VA MADANIY KODLAR: SEMIOTIK, LINGVOMADANIY VA PRAGMATIK TALQIN

Ushbu maqolada ranglar zamonaviy tilshunoslik va semiotika nuqtayi nazaridan madaniy axborotni tashuvchi murakkab belgilar tizimi sifatida tahlil qilinadi. Rang belgisining belgilovchi va belgilanuvchi qismlaridan iboratligi klassik semiotik model asosida yoritilib, rang ma’nolarining biologik idrokdan ko‘ra madaniy talqin bilan belgilanashi asoslab beriladi. Ranglarning lingvomadaniy, somatik, predmetli, makon va zamonga oid, biomorf hamda ma’naviy kodlar orqali ko‘p qatlamli semantik tuzilishga ega ekani ko‘rsatilib, ularning madaniy-spetsifik va universal jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Oq, qizil va qora ranglar misolida rang ma’nolarining turli madaniyatlarda turlicha kodlanishi hamda zamonaviy ijtimoiy amaliyotda, xususan moda va kiyinish madaniyatida semantik siljish jarayonlari izohlanadi. Tadqiqot natijalari ranglarni semiotik belgi, lingvomadaniy kod va pragmatik signal sifatida o‘rganish til, madaniyat va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berishini ko‘rsatadi.

Toshtemirova Sitora Ulug’bek qizi

50-52

2026-02-09

МУТАФФАККИРЛАРИМИЗ АСАРЛАРИДА МУОМАЛА МАСАЛАСИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ

Буюк аждодларимиз муомала муаммоси билан бевосита шуғулланмаган бўлсада, шахслараро муносабатларда унинг роли масаласига алоҳида эътибор қилганлар. Қомусий олим Абу Носир ал Форобий. Атоқли олим Абу Али ибн Сино. Абу Али ибн Сино ибораси билан айтганда, ўқувчига қаратилган ҳар бир сўзни ўқитувчи имо-ишоралар билан тўлдириб бормоғи лозим.

А.Б.Қодирова, Бобораҳматова Маржона

53-56

2026-02-09

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI (GERMANIYA VA YAPONIYA MISOLIDA)

Ushbu qiyosiy tahlil Germaniya va Yaponiyada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini o'rganadi va o'z sharoitlarida qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga intilayotgan siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Quyida davlat aralashuvi strategiyalari bo'yicha mavjud adabiyotlar tizimli ravishda ko'rib chiqiladi, ushbu ikki mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash uchun metodologik asoslar bayon qilinadi va Germaniya va Yaponiya qo'llab-quvvatlash tizimlarining unumdorligiga oid empirik topilmalar ko’rdsatiladi.

Nasriddinov Qobilbek Qurbonbekovich

57-62

2026-02-09

TIBBIYOT YO‘NALISHIDAGI BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada bo‘lajak tibbiyot pedagoglarining professional faoliyatida samarali muloqot qila olish qobiliyatini shakllantirish va uni ta’lim jarayonida tizimli rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Ishning nazariy qismida kommunikativ kompetentlik tushunchasi, uning tarkibiy elementlari (lingvistik, sotsiokultural, psixologik va strategik komponentlar) hamda darajalari (boshlang‘ich, o‘rta, yuqori) tahlil qilinadi. Shu bilan birga, kommunikativ kompetentlikning tibbiyot pedagoglari faoliyatida ahamiyati va kasbiy muvaffaqiyatga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Bo‘lajak pedagoglarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali metodik usullari, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, amaliy klinik mashg‘ulotlar, individual va kichik guruh ishlari, shuningdek, reflektiv faoliyat orqali pedagogik strategiyalarni takomillashtirish jarayoni yoritilgan.

T.D. Аbdumannonov

63-67

2026-02-09

СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ МОНИТОРИНГА, ПРОФИЛАКТИКИ И ТЕРАПИИ ИНФЕКЦИОННЫХ ОСЛОЖНЕНИЙ У ДЕТЕЙ С СПИДОМ (ПЕРВИЧНЫМ ИММУНОДЕФИЦИТОМ)

Первичный иммунодефицит (СПИД) у детей сопровождается высоким риском инфекционных осложнений. Современные методы мониторинга, профилактики и терапии позволяют выявлять осложнения на ранней стадии, предотвращать их и эффективно лечить. В данной работе рассматриваются комплексный мониторинг детей со СПИДом, индивидуальные профилактические меры и современные методы лечения.

Джумаева Шахноза Давлатовна

68-69

2026-02-09

GAZ TARMOQLARINI BOSHQARISHDA MUHANDISLIK-IQTISODIY YONDASHUV: NAZARIY VA AMALIY ASOSLAR

Global energetika tizimida tabiiy gaz o‘tish davri energiya resursi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Xalqaro Energiya Agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, gaz bozoridagi o‘zgarishlar energetika xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, infratuzilma samaradorligi energiya siyosatining markaziy elementiga aylanmoqda (IEA, 2024). Gaz tarmoqlarining eskirishi, texnologik yo‘qotishlar va operatsion samarasizliklar milliardlab dollarlik iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Shu sababli gaz infratuzilmasini boshqarishda muhandislik va iqtisodiy yondashuvlarni integratsiyalash zarurati kuchaymoqda.

Xamidov Xayriddin Faxritdinovich

70-71

2026-02-09

GAZ TARMOQLARIDA RESURS TEJAMKORLIK VA IQTISODIY BARQARORLIK

Energiya resurslaridan samarali foydalanish XXI asr energetika siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Global iqtisodiyotda energiya talabining o‘sishi, ekologik cheklovlar va infratuzilma eskirishi resurs tejamkorlikni strategik zaruratga aylantirdi. Tabiiy gaz o‘tish davri energiya resursi sifatida muhim o‘rin tutmoqda, ammo gaz infratuzilmasidagi yo‘qotishlar milliardlab kub metr energiya resurslarining samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda (IEA, 2024).

Xamidov Xayriddin Faxritdinovich

72-73

2026-02-09

“EKINZORLARNI, O‘RMONLARNI, DARAXTLARNI VA BOSHQA O‘SIMLIKLARNI SHIKASTLANTIRISH YOXUD NOBUD QILISH UCHUN JINOIY-JAVOBGARLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”

Atrof-muhitni muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Jamiyat hayoti tabiiy resurslarni qazib olish va faoydalanish tabiatning doimiy o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqdir. Insonning atrof-muhitga bunday ta'siri har doim ham foydali va xavfsiz emas va ko‘pincha dahshatli nisbatlarga etib boradi va butun insoniyatning biologik tur sifatida mavjudligiga tahdid soladi. Shu munosabat bilan jamiyatning vaziyatni o‘z nazoratiga olishga, jinoyat va ekologiya qonunchiligi buzilishiga tegishli tashkiliy-texnik va huquqiy to‘siqlar qo‘yishga, tabiiy resurslardan foydalanish tartibini o‘rnatish qat’iy yondashuv bo’lishi tahsinga sazovordir.

Bahodirov Domullojon Baxtiyorzoda

74-76

2026-02-09

SUV XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI: MINTAQAVIY TAHDIDLAR VA STRATEGIK YECHIMLAR

Mazkur maqolada suv xavfsizligi masalasining nazariy va amaliy jihatlari hamda uning mintaqaviy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv resurslarining cheklanganligi, iqlim o‘zgarishi, transchegaraviy suv havzalaridan foydalanishdagi kelishmovchiliklar va suvdan samarasiz foydalanish kabi omillarning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri yoritib berilgan.

Maxammadiyev Elyor Zoirovich

77-79

2026-02-09

AGE-RELATED CHARACTERISTICS OF THE COURSE AND TREATMENT OF ATOPIC DERMATITIS BASED ON OBSERVATIONS IN THE TASHKENT REGION

Atopic dermatitis (AD) is a chronic inflammatory skin disease with high prevalence, a recurrent course, and a pronounced impact on patients’ quality of life [1,3,7,9,10]. Despite the development of modern therapeutic strategies [2,4,8], AD remains a pressing issue in clinical dermatology, especially amid the growing burden of allergic diseases among the young population [5,6].

E.X. Eshboev , Sh.Sh. Tashpulatov, F.A. Oralov

80-81

2026-02-09

HUQUQNI TANLASHNING DELOKALIZATSIYASI: MODDIY HUQUQNI ANIQLASHDA ARBITRAJ O'RNINING AHAMIYATINING PASAYISHI

Xalqaro tijorat arbitraji transchegaraviy nizolarni hal qilishning eng muhim mexanizmi sifatida o'z o'rnini mustahkamlab kelmoqda. Uning moslashuvchanligi, neytralligi va qarorlarining deyarli butun dunyoda tan olinishi va ijro etilishi uni davlat sudlariga nisbatan jozibador muqobilga aylantirdi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro huquq sohasida "huquqning delokalizatsiyasi" nazariyasi ommalashdi. Unga ko'ra, xalqaro arbitraj milliy huquqiy tizimlardan ajralib, o'zining mustaqil, "millatsiz" huquqiy tartibotini – yangi lex mercatoria (savdo huquqi)ni yaratmoqda.

Abdugaffarov Davronbek

82-84

2026-02-09

«МУҢЛЫҚ-ЗАРЛЫҚ» ДӘСТАНЫНДАҒЫ АРХЕТИПЛЕР ҲӘМ ЭПИКАЛЫҚ ҲАҚЫЙҚАТЛЫҚ ТРАНСФОРМАЦИЯСЫ

«Эпикалық ҳақыйқатлық» түсиниги ҳәзирги заман гуманитар илиминде дәстанда дөретилетуғын көркем дүньяның айрықша түрин тәрийиплеў ушын жемисли қолланылмақта. Бул тарийхый фактлердиң ҳақыйқатлығы емес, соның менен бирге, таза фантазия да емес. Ол тарийхый яд, мифологиялық көзқараслар, жәмийеттиң этикалық ҳәм космологиялық моделлери бирден-бир, логикалық жақтан жуўмақланған бир пүтинликке бирлестирилген синкретик реаллық болып табылады. Қарақалпақ халқының «Муңлық-Зарлық» дәстаны усы эпикалық ҳақыйқатлықтың нызамлықларын, мифологиялық қатламлар ҳәм этникалық дүньяқарас элементлерин бойына сиңирген ең әййемги ҳәм классикалық үлгилердиң бири есапланады.

Базарбаева Гаўҳар

85-86

2026-02-09

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYANI O‘RAGATISH USLUBLARI

ushbu  maqolada  umumta’lim  maktablarida  jismoniy tarbiyani o‘rgatish  uslublari va ularning ishlatilish usullari  haqida yuritiladi..

N.S. Sadiyev

87-88

2026-02-09

ESKROU TIZIMINING MAJBURIYATLARNI TA’MINLASH USULLARI TIZIMIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada eskrou tizimining zamonaviy majburiyatlarni ta’minlash mexanizmlari tizimidagi o’rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Eskrou instituti shartnoma tomonlarining majburiyatlarini bajarish kafolati sifatida xalqaro va milliy amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Tadqiqot davomida eskrou tizimining huquqiy tabiati, uning boshqa ta’minot usullaridan farqli jihatlari va zamonavir elektron tijorat sharoitida qo’llanilish xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada eskrou tizimining ishonch asosida quriladigan xususiyati, uchinchi tomon vositachisining roli va raqamli texnologiyalar sharoitida eskrou mexanizmlarining rivojlanish istiqbollari ko’rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, eskrou tizimi an’anaviy majburiyatlarni ta’minlash usullarining kamchiliklarini bartaraf etish va tomonlar o’rtasida muvozanatli huquqiy muhofaza yaratish imkonini beradi. Xulosa qismida eskrou institutining O’zbekiston huquq tizimida takomillashtirilishi bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Muxammadiyev Samariddin Iskandar oʻgʻli

89-93

2026-02-09

“XORAZM VILOYATIDA INSON KAPITALIGA SARMOYA VA UNING IJTIMOIY NATIJALARI”

Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Inson kapitali – bu aholi salohiyatini, bilim va malakasini rivojlantirish orqali hududning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi resursdir. Ushbu tezisda Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan ta'lim, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoridagi investitsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sarmoya natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy natijalar – aholining farovonligi, ish bilan ta’minlanish, ijtimoiy adolat va mahallalararo rivojlanish farqlari ham o‘rganiladi. Tezisda inson kapitalining turlari (faol, passiv va manfiy kapital) va ularning hudud rivojiga ta’siri sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish strategik resurs sifatida ijtimoiy taraqqiyotga sezilarli hissa qo‘shishi asoslab beriladi.

Yusubboyeva Dinora Qudrat qizi

94-96

2026-02-09

RAQAMLI JAMIYATDA MAʼNAVIY QADRIYATLARNING TRANSFORMATSIYASI: IMKONIYAT VA TAHDIDLAR

Ushbu maqolada raqamli jamiyat sharoitida maʼnaviy qadriyatlarning oʻzgarish jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonining inson tafakkuri, axloqiy ong va ijtimoiy munosabatlarga taʼsiri ilmiy-nazariy jihatdan oʻrganilgan. Shuningdek, raqamli madaniyatning imkoniyatlari va tahdidli jihatlari koʻrsatilib, maʼnaviyatimizni asrovchi samarali yoʻllari boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Eshmanova Nodira Nazarkulovna, Bobomurodova Baxtigul Muzaffarovna, Jumaboyeva Munisa Mansur qizi

97-99

2026-02-10

IMPROVING STUDENTS’ MORAL AND ETHICAL EDUCATION THROUGH CULTURAL AND EDUCATIONAL ACTIVITIES

In the modern educational environment, the moral and ethical development of students has become one of the most important priorities of higher education institutions. Cultural and educational activities play a significant role in shaping students’ spiritual values, ethical behavior, social responsibility, and national identity. This thesis examines the methodological foundations for enhancing the effectiveness of cultural and educational activities in the moral and ethical education of students. The study highlights theoretical approaches, pedagogical methods, and practical strategies aimed at improving the quality and impact of such activities in educational institutions.

Umida Sayfullayeva

100-101

2026-02-10

Показать все выпуски