Текущий выпуск
Том 5 № 1 (2026): Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-01-05
Статьи
TIMING AND TACTICS OF ORTHODONTIC INTERVENTION FOR CLASS III MALOCCLUSION IN CHILDREN WITH UNILATERAL CLEFT LIP AND PALATE
Timing and Tactics of Orthodontic Intervention for Class III Malocclusion in Children with Unilateral Cleft Lip and Palate addresses the specialized challenges involved in managing a complex dentoskeletal condition characterized by an imbalance between maxillary and mandibular growth. This problem is particularly pronounced in pediatric patients with unilateral cleft lip and palate (UCLP), where intrinsic developmental disturbances and treatment-related factors contribute to the severity of Class III malocclusion. The etiology of this condition is multifactorial, involving genetic influences, altered craniofacial growth patterns, and environmental factors, all of which result in functional limitations and esthetic concerns that require carefully planned orthodontic management.
2026-01-05
KUZGI BUG‘DOY O‘SUV DAVRINING DAVOMIYLIGIGA EKISH USULI, O‘G‘IT ME’YORI HAMDA TEMIR KOMPONENTLI SUSPENZIYANING TA’SIRI
Ushbu maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ikki xil ekish usuli, mineral o‘g‘itlar me’yori hamda ildizdan tashqari qo‘llanilgan temir komponentli qo‘shimcha o‘g‘itlarning o‘suv davrining davomiyligiga ta’siri o‘rganildi.
2026-01-05
PRAGMALINGVISIKADA YASHIRIN MA’NO (ABDULLA QAHHORNING “JONFIG‘ON” HIKOYASI ASOSIDA)
Ushbu maqolada pragmalingvistika nuqtayi nazaridan yashirin ma’no (implikatura, presuppozitsiya va nutqiy aktlar) masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulla Qahhorning “Jonfig‘on hijoyasi” asari tanlanib, undagi kinoya, istehzo va kontekst orqali ifodalangan yashirin ma’nolar o‘rganiladi. Asardagi qahramonlar nutqi pragmatik jihatdan tahlil qilinib, muallifning ijtimoiy tanqidi va estetik maqsadi yashirin ma’no vositasida qanday ifodalangani ochib beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy matn tahlilida pragmalingvistik yondashuvning muhimligini ko‘rsatadi.
2026-01-05
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARI TARIXIY-ETNOLOGIK MANBA SIFATIDA
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan XI asrda yaratilgan “Devonu lug‘atit turk” asari turkiy tillarning eng qadimgi va mukammal leksikografik yodgorligi bo‘lib, u tarix va etnologiya fanlari uchun ham muhim manba hisoblanadi. Maqolada asarning yaratilish maqsadi, tuzilishi va tarixiy-etnologik ahamiyati tahlil qilinadi.
2026-01-05
GAMIFICATION IN LANGUAGE LEARNING
This article examines the role of gamification in language learning, analyzing how game-based strategies enhance learner motivation, engagement, and proficiency. The study highlights the use of points, badges, leaderboards, and interactive tasks to create an immersive learning environment. One research study is discussed to demonstrate measurable improvements in vocabulary retention and speaking fluency. While challenges such as over-reliance on rewards exist, gamification proves effective when carefully integrated into pedagogical practice.
2026-01-05
FINLANDIYA TA’LIM TIZIMINING TAHLILI VA O’RGANISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqola Finlandiyaning dunyoga mashhur taʼlim tizimining ilmiy tahlilini oʻz ichiga oladi. Maqolada Finlandiya taʼlimining falsafiy asoslari, tizimning tashkiliy jihatlari, oʻqituvchilar tayyorlash mexanizmlari, taʼlim mazmuni va uslubiy xususiyatlari, shuningdek, ushbu tizim natijasida erishilgan yutuqlar tahlil qilinadi. Finlandiya tajribasining oʻziga xos jihatlari, jumladan, tenglik, ishonch, erkinlik va individual yondashuv tamoyillari, shuningdek, ularning taʼlim natijalariga taʼsiri muhokama qilinadi. Maqola Finlandiya modelini boshqa mamlakatlar, xususan, Oʻzbekiston taʼlim islohotlari kontekstida qiyosiy oʻrganish imkoniyatlarini taklif etadi.
2026-01-06
FOREGROUNDING AND PERSPECTIVE: ERGATIVE VERBS IN LITERARY TEXTS
This study examines the use of ergative verbs in literary texts, focusing on their stylistic and semantic effects. Ergative verbs, which alternate between transitive and intransitive constructions, are frequently employed by authors to foreground actions, highlight the patient or theme, and manipulate narrative perspective. Through textual analysis of English novels and short stories, the paper identifies patterns in the deployment of ergative verbs, explores their contribution to thematic and narrative structure, and assesses translation considerations. Drawing on the theoretical insights of Levin and Rappaport Hovav, Dixon, Crystal, and Goldberg, the study shows that ergative verbs provide flexibility in narrative focus and can enhance literary expressiveness. Awareness of ergativity is crucial for both literary analysis and accurate translation of stylistically nuanced texts.
2026-01-06
BUGUNGI KUNDA TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
Ushbu maqolada bugungi kunda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish maqsadida jahon tajribasiga tayangan holda transformatsiya jarayonlari olib borilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq turkiyalik mutaxassislar jalb etilib, barcha bo‘g‘indagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda. Tadqiqot doirasida birlamchi tibbiy xizmatni rivojlantirish, raqamlashtirish, sug‘urta tizimini joriy etish hamda shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish masalalari yoritiladi.
2026-01-07
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING AYRIM MUAMMOLARI
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Iste’molchi–sotuvchi munosabatlarida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, iste’molchiga axborot berish majburiyati, tovar (ish, xizmat) sifati va xavfsizligi, norasmiy bozor segmentlarining ta’siri hamda nazorat va huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklar yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, mustaqil ekspertiza institutlarini kuchaytirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
2026-01-07
ОСОБЕННОСТИ СОСУДИСТОЙ СЕТИ МИОМЫ МАТКИ, КАК КРИТЕРИЙ ДИАГНОСТИКИ РОСТА УЗЛА
Миома матки, доброкачественная опухоль, развивающая из гладкомышечных клеток имеет сложную структурированную сосудистую сеть. Плотность кровоснабжения, строение и проницамость сосудов миомы матки обусловливают темпы роста узла, что имеет немаловажное значение в диагностике и выборе метода лечения миомы матки.
2026-01-07
EKSPERIMENTAL GIPERTIRIOZDA OQ ZOTSIZ KALAMUSHLAR TERISIDA QANDAY MORFOSTRUKTURAVIY O'ZGARISHLAR KO’RISH MUMKIN VA S-100 IMMUNOGISTOKIMYOVIY MARKER YORDAMIDA QANAQA NATIJALARI OLINADI?
Ushbu tezisda gipertireozni L-tiroksin preparati bilan tadqiqot o‘tqazish natijasida oq naslsiz kalamushlardan ajratib olingan teri to’qimalaridan tayyorlangan mikropreparatlarni immunogistokimyoviy tekshirish natijalari bayon etildi va S-100 uchun ushbu markerning ekspressiya darajasiga taalluqli natijalari tanlab olindi.
2026-01-07
TRAVELING AND ITS IMPACT ON MENTAL HEALTH
Traveling positively affects mental health by reducing stress, improving psychological well‑being, and promoting resilience and cognitive flexibility. Research demonstrates that exposure to new environments, nature‑based tourism, and regular leisure travel can significantly alleviate symptoms of anxiety and depression, foster social connection, and enhance overall life satisfaction. This article examines scientific evidence on the mental health benefits of traveling, identifies mechanisms of psychological improvement, and highlights why travel should be valued as a holistic approach to well‑being in the modern world.
2026-01-08
“AI YORDAMIDA YOZILGAN KOD VA INSON YOZGAN KOD SAMARADORLIGINI SOLISHTIRISH”
Ushbu maqolada sun‘iy intellekt yordamida yozilgan kod va inson tomonidan yozilgan kod samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida dasturlash samaradorligini baholash mezonlari, jumladan bajarilish tezligi, resurslardan foydalanish, algoritmik optimallik, xavfsizlik va texnik xizmat ko’rsatish qulayligi kabi omillar ko’rib chiqiladi. AI asosida kod generatsiya qiluvchi tizimlarning ishlash tamoyillari, ularning afzallik va cheklovlari zamonaviy dasturiy injiniring nazariyalari asosida yoritiladi. Shuningdek, inson tomonidan yozilgan kodning analitik fikrlash, arxitektura yechimlari va xavfsizlikni ta‘minlashdagi ustun jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada AI va inson hamkorligiga asoslangan dasturlash modeli eng samarali yondashuv sifatida asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari dasturiy ta‘minot ishlab chiqish jarayonida AI vositalaridan oqilona foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
2026-01-08
INNOVATSION YONDOSHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY MASLAHAT BERISH KOMPITENTLLIGINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy maslahat berish kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqiladi. Bo'lajak pedagoglarning kasbiy maslahat berish mahoratini shakllantirishda innovatsion texnologiyalar va pedagogik metodlar yordamida amalga oshiriladigan yangilanishlar tahlil qilinadi. Innovatsion yondashuv orqali o'qituvchilarning o'quvchilarga samarali maslahat berish va ularni muvaffaqiyatli yo'naltirishdagi roli qayta ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion usullarni qo'llashning o'qituvchilarning kompetentsiyasini oshirishdagi ahamiyatini ko'rsatadi.
2026-01-08
ВЕРТЕБРОГЕН БЕЛ-ДУМҒАЗА РАДИКУЛОПАТИЯСИДА ЭРКАК ВА АЁЛЛАРНИНГ (ТУРЛИ ГЕНДЕР-РОЛ ТУРЛАРИ БИЛАН) АФФЕКТИВ, ХУЛҚ-АТВОР СОҲАСИ ВА КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ ТАНЛАШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Вертеброген бел-думғаза радикулопатияси (ВБДР) сурункали оғриқ, психоэмоционал дезадаптация ва функционал чекловлар билан боғлиқ касаллик бўлиб, унинг кечиши нафақат морфологик ўзгаришлар, балки шахснинг афектив ҳолати, хулқ-атвор ва копинг стратегиялари билан ҳам белгиланади (Waddell, 2004; Gatchel et al., 2007). Замонавий психоневрологияда шахснинг гендер-рол идентификацияси (маскулин, феминин, андрогин тип) оғриқни қабул қилиш, стрессга муносабат ва реабилитация стратегияларини танлашда муҳим детерминант ҳисобланади (Bem, 1981; Helgeson, 2017).
2026-01-09
WHEN STUDENTS DO NOT DECIDE ALONE: IMPLICATIONS FOR STUDENT-CENTRIC MARKETING IN PRIVATE HIGHER EDUCATION
Student-centric marketing has become a dominant approach in higher education, particularly among private universities operating in competitive and expanding markets. Most existing models assume that enrollment decisions are made by individual students who respond directly to institutional branding, digital promotion, and employability narratives (Kotler & Fox, 1995; Hemsley-Brown & Oplatka, 2015). However, growing evidence from collectivist and transitional contexts suggests that this assumption does not adequately reflect how enrollment decisions are formed in practice. In such settings, higher education choices are frequently negotiated within families, where parents and relatives participate actively in evaluating institutional legitimacy, perceived value, and long-term security (Hofstede, 2011; Maringe, 2006).
2026-01-12
NEFT-GAZ SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING JORIY ETILISHI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI
Mazkur ilmiy maqolada neft-gaz sanoatida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy katalizatorlardan foydalanish, raqamlashtirish jarayonlari hamda energiya tejamkor texnologiyalarning texnologik va iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida innovatsion texnologiyalarning neftni qayta ishlash chuqurligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va energiya sarfini kamaytirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari neft-gaz sanoatida innovatsion yondashuvlar barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
2026-01-12
YANGI O‘ZBEKISTON VA KORRUPSIYASIZ KELAJAK SARI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari, jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati, "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunning ahamiyati hamda davlat xizmatiga "komplayens-nazorat" tizimining joriy etilishi yoritib berilgan. Maqolada inson omilini kamaytirishda raqamlashtirish jarayonlarining o‘rni va "shaffoflik" tamoyilining amaliyotga tadbiq etilishi o‘rganilgan. Shuningdek, sohada saqlanib qolayotgan tizimli muammolar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2026-01-12
A LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF PAREMIES USED IN ENGLISH AND UZBEK PROSE WORKS
This article analyzes the important and advantages of paremies in prose works of English and Uzbek nation. Specifically, a reader can find the proverbs and sayings about marriage and love in English and Uzbek works and discover the equivalents and explanations in the given languages.
2026-01-12
BOLALARDA RUHIY SALOMATLIKNI SHAKLLANTIRISHDA OILAVIY MUHITNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada bolalarning ruhiy salomatligini shakllantirishda oilaviy muhitning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda ota-ona munosabatlari, oiladagi emotsional muhit, tarbiya uslublari hamda bolaning psixologik rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, Z.Freyd va E.Erikson nazariyalariga tayangan holda, oilaviy ziddiyatlar va beqarorlikning bolalar ruhiyatiga salbiy ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada mehrga asoslangan tarbiya, emotsional aloqa va ishonch muhitining bola ruhiy farovonligini ta’minlashdagi roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2026-01-12
TUYA SUTI TARKIBIDAGI OQSILLAR MIQDORINI ANIQLASH
So‘nggi yillarda sog‘lom ovqatlanish va funksional oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan tuya suti o‘zining noyob tarkibi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Tuya suti o‘zida immunitetni mustahkamlovchi, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan oqsillarni saqlaydi. Shuningdek, tuya suti tarkibidagi oqsillar allergik reaksiya chaqirish darajasi pastligi bilan boshqa sut turlaridan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlari tufayli tuya sutini biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari va maxsus dietik mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatlari keng. Shuning uchun tuya sutidagi oqsillarni miqdoriy va sifat jihatdan chuqur o‘rganish zamonaviy ilm-fan va amaliyot uchun dolzarb hisoblanadi.
2026-01-12
MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS TIZIMI ORQALI RAQOBAT XAVFLARINI BOSHQARISH
Mazkur maqolada monopoliyaga qarshi komplayens tizimining raqobat xavflarini boshqarishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi va O‘zbekiston amaliyoti asosida komplayens mexanizmlarining afzalliklari, institutsional xususiyatlari hamda raqobat muhitini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.
2026-01-12
TURKIY XALQ EPOSLARINI QIYOSIY-TIPOLOGIK ASOSDA O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI VA METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada turkiy xalqlar qahramonlik eposlarini oliy ta’lim tizimida o‘qitishning innovatsion metodikasi va qiyosiy-tipologik tahlil tamoyillari tadqiq etilgan bo‘lib, unda “Alpomish”, “Manas”, “Bamsi Bayrak” kabi yirik epik yodgorliklarning genetik ildizlari va badiiy transformatsiyasi ilmiy tahlil qilingan. Maqolaning metodik yangiligi sifatida eposlarni o‘qitishda raqamli xaritalar, sinxron tahlil modullari va texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.
2026-01-12
ТРАНСФОРМАЦИЯ МЕТОДОЛОГИИ ОЦЕНКИ ИНВЕСТИЦИОННЫХ РИСКОВ В РЕАЛЬНОМ СЕКТОРЕ ЭКОНОМИКИ: РОЛЬ И ПЕРСПЕКТИВЫ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
В данной статье рассматривается смена парадигмы в управлении инвестиционными рисками под влиянием технологий Индустрии 4.0. Анализируется ограниченность традиционных методов Due Diligence, опирающихся на ретроспективные данные. Обосновывается потенциал Искусственного Интеллекта (ИИ) и алгоритмов машинного обучения (ML) в качестве инструментов предиктивной аналитики. Особое внимание уделено применению технологий обработки больших данных (Big Data), компьютерного зрения и обработки естественного языка (NLP) для оценки рисков в реальном секторе экономики (промышленность, строительство, инфраструктура). Выявляются ключевые барьеры внедрения ИИ, включая проблему интерпретируемости алгоритмов («Черный ящик») и качество данных.
2026-01-12
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI PAREMALARNING LINGVODIDAKTIK VA TRANSTOLOGIK MASALALARI
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillaridagi paremalarni lingvodidaktik va transtologik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda paremalarning til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi birlik sifatidagi xususiyatlari, chet tilini o‘qitish jarayonidagi didaktik imkoniyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan ekvivalentlik muammolari yoritiladi.
2026-01-13
RAQAMLI IQTISODIYOTGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNI TARTIBGA SOLISH CHORA TADBIRLARI VA O‘ZBEKISTONDA SHVETSARIYA DASTURLARINING QANDAY QO’LLANILISHI
Mazkur tezis "Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati va tartibga solish dasturlari va O‘zbekistonda Shveytsariya dasturlarining qanday qo‘llanilishi” misolida yozilgan bo‘lib, tezisda Shveytsariyaning raqamli iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati va tartibga solish dasturlari tahlil qilinadi. Shveytsariya, raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va elektron hukumat tizimlari bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega mamlakat sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Shveytsariya dasturlarining O‘zbekistonda qanday qo‘llanishi mumkinligi keltirildi. Maqolada ayrim Shveytsariya rasmiy saytlaridan foydalanildi va to‘liq muallif uzi fikrlar bilan yoritdi.
2026-01-13
KICHIK BIZNESDA INNOVATSIYALAR VA YANGI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Maqolada kichik bizneslarda innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati, afzalliklari va amaliy yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Kichik bizneslar iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ular raqobatbardoshlikni oshirish, samaradorlikni yaxshilash va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashda innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor qaratadi. Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari orasida tezroq qarorlar qabul qilish, xarajatlarni kamaytirish, yangi bozorlar va mahsulotlar yaratish imkoniyatlari haqida yoritib berilgan.
2026-01-13
XORIJDA VA MAMLAKATIMIZDA FIZIKA FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY TAʼLIM VOSITALARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada rivojlangan xorijiy davlatlar va O‘zbekiston ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy ta’lim vositalari, ularning turlari, didaktik ahamiyati va o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim tizimiga ega mamlakatlar tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarning - virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, interaktiv doskalar va onlayn platformalarning — o‘quvchilarning bilim olish sifati va motivatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida fizika fanini innovatsion yondashuvlar orqali o‘qitishning hozirgi holati, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari yoritiladi. Maqola so‘ngida taqqosloviy tahlil asosida samarali yechim va tavsiyalar berilgan.
2026-01-14
O‘QUVCHILARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDA MATEMATIK FIKRLASHNI AHAMIYATI
Bugungi axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda o‘quvchining tezkor va aniq fikrlay olishi uchun matematikaning ahamiyati juda katta rol o‘ynaydi. Kundalik hayotdagi ko‘plab masalalar hisob-kitob, mantiqiy fikrlash orqali yechiladi. Ushbu moqalada shu masalalar haqida so‘z boradi.
2026-01-14
NUTQ MADANIYATI VA STILISTIKASI
Mazkur maqolada nutq madaniyati va stilistikaning tilshunoslikdagi o‘rni, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda zamonaviy kommunikatsiya jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Nutq madaniyatining me’yoriy, kommunikativ va axloqiy jihatlari tahlil qilinib, stilistikaning nutqni maqsadga muvofiq tashkil etishdagi vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, adabiy til me’yorlari, funksional uslublar va nutqiy sifatlarning shakllanishida nutq madaniyatining roli asoslab beriladi. Maqolada nutq madaniyatini rivojlantirish shaxs madaniyatini yuksaltirishning muhim omili ekanligi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.
2026-01-14
ERIX MARIYA REMARK VA O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA URUSH TASVIRI (“G‘ARBIY FRONTDA O‘ZGARISH YO‘Q” VA “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ASARLARI MISOLIDA)
Maqolada jahon adabiyoti yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asari va o‘zbek adabiyoti yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarlari qiyosiy tahlil etilgan. Shunungdek obraz, syujet, uslub xususiyatlari, urushning inson ruhiyatiga ta’siri ochib berilgan.
2026-01-14
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ДИАГНОСТИКЕ И ЛЕЧЕНИЮ ЭНДОЦЕРВИЦИТА И КОЛЬПИТА У БЕРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН
Воспалительные заболевания нижнего отдела женского репродуктивного тракта, включая эндоцервицит и кольпит, остаются одной из наиболее актуальных проблем современной акушерско-гинекологической практики. В период беременности данные патологии приобретают особое клиническое значение в связи с физиологическими гормональными и иммунологическими изменениями, способствующими повышенной восприимчивости к инфекционно-воспалительным процессам. Несвоевременная диагностика и неадекватное лечение эндоцервицита и кольпита могут приводить к неблагоприятным акушерским и перинатальным исходам, включая преждевременные роды, преждевременный разрыв плодных оболочек и внутриутробное инфицирование плода.
2026-01-14
AUDIT TADBIRLARINING TASNIFI
Ushbu maqolada audit tadbirlarining tasnifi tahlil qilinadi. Audit tadbirlari maqsad, amalga oshirish usuli, vaqti va texnika bo‘yicha tasniflanadi. Moliyaviy, operatsion, axborot xavfsizligi va keng qamrovli audit turlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki va tashqi audit, doimiy va davriy audit, hujjatlar asosidagi, amaliy va test usullari orqali amalga oshiriladigan audit shakllari tahlil qilingan. Mazkur tasnif audit jarayonini samarali tashkil etish va nazorat tizimini yaxshilashga yordam beradi.
2026-01-14
KULTIVATOR ISH ORGANI ISKANASINI GORIZONTGA NISBATAN O‘RNATILISH BURCHAGINI UNING ISH KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Uzumzorlarni parvarishlashda ishlarni mexanizatsiyalash va texnologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish hosildorlik hamda mehnat unumdorligini oshirishning, shuningdek, uzum tannarxini pasaytirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Keng qatorli, baland shtambli uzumzorlarga mos holda tuplar oralig‘iga tuproqqa ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish maqsadida qatorning ikki tomonidan mashina o‘tgandan so‘ng tok tuplari atrofidagi himoya zonalarining to‘liq ishlov berilishini ta’minlanadi. Shuning uchun tok qator oralig‘i va tuplar oralig‘ini yumshatadigan kultivator ishlab chiqish va parametrlari asoslash dolzarb masala hisoblanadi [1-6].
2026-01-15
