«Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-05-30

QON KETISH (GEMORRAGIK SINDROM): SABABLARI, PATOGENEZ, KLINIK KO‘RINISHLARI VA DAVOLASH USULLARI

Ushbu ilmiy-uslubiy maqolada qon ketish — gemorragik sindromning sabablari, patogenez bosqichlari, klinik ko‘rinishlari hamda zamonaviy davolash usullari haqida tibbiyot talabalariga mo‘ljallangan tarzda atroflicha ma’lumot berilgan. Qon ketish inson organizmida gemostaz tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u turli etiologik omillar – genetik, orttirilgan yoki tashqi omillar natijasida yuzaga keladi. Patologik anatomiya va fiziologiyaga asoslangan holda ushbu maqolada qon ketishga olib keluvchi asosiy omillar, xususan, trombotsitlar soni va sifatining pasayishi, tomir devorining o‘tkazuvchanligi va qon ivish omillarining yetishmovchiligi yoritilgan. Gemorragik sindrom klinik jihatdan teri osti qon quyilishlar, burun va milk qon ketishlari, ichki a’zolar qonashlari bilan kechadi. Diagnostika bosqichida laborator va instrumental tahlillarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada davolashning etiotrop, patogenetik va simptomatik usullari bayon qilinib, har bir holatda yondashuvning individual bo‘lishi zarurligi qayd etilgan. Bu mavzu patologik anatomiya fani doirasida qon aylanish tizimi patologiyalarini chuqur anglashga yordam beradi va talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega darslik materialidir.

Asilbek Isroilov, Sayfulloxon Botirxonov

8-11

2025-05-29

HUJAYRA O‘LIMINING IKKI SHAKLI: NEKROZ VA APOPTOZ

Ushbu maqolada hujayra o‘limining ikki asosiy shakli — apoptoz va nekroz tahlil qilinadi. Apoptoz bu hujayraning genetik dastur asosida, tartibli va fiziologik tarzda o‘zini yo‘q qilishidir. U organizmda to‘qimalarning yangilanishi, embriogenez, immun javob va saraton hujayralarining bartaraf etilishida muhim rol o‘ynaydi. Aksincha, nekroz bu tashqi zararli omillar (infeksiya, jarohat, zaharlanish va boshqalar) ta’sirida hujayra tarkibining parchalanishi va atrof to‘qimalarda yallig‘lanish chaqiruvchi patologik jarayon hisoblanadi. Maqolada ushbu ikki mexanizmning molekulyar asoslari, morfologik belgilar, funksional farqlari va klinik ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, apoptoz va nekrozning tibbiyotda, xususan, onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va nevrologik kasalliklar kabi sohalarda diagnostika va davolashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola fiziologiya, patofiziologiya va hujayra biologiyasi yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda tibbiy amaliyotchilar uchun foydali ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Asilbek Isroilov , Marufjon Rahmonaliyev

4-7

2025-05-29

YALLIGʻLANISH ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISI VA PATOGENEZI

Ushbu maqola yalligʻlanish jarayonining etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari yuzasidan patologik anatomiya fanining ilmiy yondashuvi asosida yozilgan. Yalligʻlanish organizmning himoya-va-adaptiv reaksiyasi boʻlib, biologik (bakteriyalar, viruslar), fizik (issiqlik, jarohat), kimyoviy (zaharli modda) va immunologik (autoimmun, allergik) omillarga javoban rivojlanadi. Maqolada yalligʻlanishning morfologik bosqichlari: alteratsiya, ekssudatsiya, emigratsiya va regeneratsiya bosqichlari izchil yoritilgan. Klinik belgilar sifatida klassik “besh belgi” – qizarish, shish, og‘riq, issiqlik va funksiyaning buzilishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yalligʻlanishning shakllari (o‘tkir, surunkali va maxsus granulomatoz) hamda har bir turga xos histologik va klinik xususiyatlar keltirilgan. Maqolada o‘tkir yalligʻlanishdagi neytrofil infiltratsiyasi, surunkali shakldagi fibrozis, autoimmun yalligʻlanishdagi to‘qima destruksiyasi kabi patologik anatomiya asosida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Ushbu ilmiy ish klinik-amaliyotda tashxis va davolashni chuqur anglashda, tibbiyot talabalarining bilimini boyitishda hamda ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Asilbek Isroilov , Nodira Turg‘unova

12-15

2025-05-29

TROMBOEMBOLIYA KLINIKASI, PATOGENEZI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Tromboemboliya – bu qon tomirlarida hosil bo‘lgan trombning qon oqimi orqali ko‘chib, boshqa tomirlarni to‘sib qo‘yishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatdir. Ushbu maqolada tromboemboliya patologik anatomiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tromboz jarayoni Virxov triadasining uch omili – qon aylanishining sekinlashishi, qon ivishining buzilishi va qon tomir devorining shikastlanishi asosida rivojlanadi. Tromblar mikroskopik va makroskopik darajada o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, arterial va venoz tromboz turlari farqlanadi. Tromboemboliya ko‘pincha o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi shaklida uchraydi, bu esa o‘pka ishemiya va nekroziga olib keladi. Patologik anatomiya fani tromb va embolning tashkil topishi, qon tomirlarining yopilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, to‘qima ishemiya va nekroz jarayonlarini o‘rganadi. Maqolada tromboemboliya rivojlanish mexanizmlari, uning klinik ahamiyati va diagnostikasi haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlar tromboemboliya oldini olish va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, patologik anatomiya tadqiqotlari tromboemboliya kasalligining klinik ko‘rinishlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Asilbek Isroilov , Sayyoraxon Nosirova

16-19

2025-05-29

ДЕФИЦИТ ГОРМОНА РОСТА У ДЕТЕЙ: ДИАГНОСТИКА И ЗАМЕСТИТЕЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ

Дефицит гормона роста (ГР) у детей является одной из наиболее распространённых форм эндокринной патологии, приводящей к задержке физического развития. Своевременное выявление и начало заместительной терапии рекомбинантным гормоном роста позволяют достичь нормализации роста, улучшения качества жизни и психосоциальной адаптации ребёнка. По данным Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ, 2024), распространённость низкорослости среди детей составляет около 21,3% в странах с низким и средним уровнем дохода. В Узбекистане, согласно исследованиям Республиканского центра эндокринологии (2022), частота дефицита ГР среди обращающихся по поводу задержки роста составляет 14,6%. В работе рассматриваются современные подходы к диагностике и лечению дефицита ГР у детей с опорой на международные и национальные рекомендации.

И.А. Алимова, Комила Каримова

20-21

2025-05-30

YURAK VA QON AYLANISH SISTEMASI ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI

Mazkur mavzu "Yurak va qon aylanish sistemasi anatomiyasi, fiziologiyasi" yurak tuzilishi, uning qismlari, qon aylanish yo‘llari va qon aylanish tizimining ishlash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Unda yurakning anatomik jihatdan bo‘linishi – bo‘lmachalar va qorinchalar, klapanlar tizimi, yurak mushaklarining xususiyatlari hamda yurakning elektr impulslarini uzatish tizimi yoritiladi. Qon aylanish sistemasi tarkibiga arterial va venoz qon tomirlari, kapillyarlar va limfa tizimi kirib, ularning organizmda kislorod, oziqa moddalari va moddalar almashinuvi mahsulotlarini tashishdagi roli tushuntiriladi.

Malika Egamnazarova , Dilinur Xoʻjaqulova, Aziza Turdiyeva

22-27

2025-05-30

SUV O'TLARINING OQAVA SUVLARNI TOZALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu ishda suv o'tlarining ekologik muhitdagi roli, xususan, ularning oqava suvlarni tozalashdagi ahamiyati yoritilgan.

Maftuna Muhammadyunusova

28-29

2025-05-31

O'RTA OSIYO SUV HAVZALARIDA UCHRAYDIGON BALIQ TURLARI VA ULARNING EKOLOGIK GURUHLARI

Ushbu teziszda baliqlarga umumiy tavsif,  O’rta Osiyo suv havzalarida uchraydigon baliq turlari va ularning ekologik guruhlari haqida ma’lumot berilgan.

Muqaddasxon G'ofurova

30-32

2025-05-31

РАННИЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ ДЕГЕНЕРАТИВНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ СЕТЧАТКИ С ПОМОЩЬЮ OCT И СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

В статье рассматриваются современные методы диагностики, лечения и профилактики макулодистрофии — одной из ведущих причин снижения зрения у пожилых людей. Особое внимание уделяется новейшим фармакологическим средствам, таким как анти-VEGF препараты, а также лазерным и хирургическим методам терапии. Обсуждаются перспективы генной терапии и снижение риска развития заболевания за счет профилактических мер. Ориентация на раннюю диагностику и комплексный подход способствует сохранению зрительной функции и улучшению качества жизни пациентов.

Азиза Намазова , Х.А. Тиляков

33-36

2025-05-31

ЁРДАМЧИ РЕПРОДУКТИВ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДА ЛЮТЕИН ФАЗАСИНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДА ТУРЛИ ГЕСТОГЕНЛАРНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ

Ёрдамчи репродуктив технологиялар (ЁРТ) амалиётида ҳомиладорликка эришиш ва уни сақлаб қолишда лютеин фазасининг физиологик барқарорлигига боғлиқ. ЭКУ ва ИКСИ циклларида суперовуляция фонида сариқ тана тўлиқ шаклланмайди, эндоген ЛГ ва прогестерон даражалари пасаяди. Шу сабабли, экзоген гестогенлар билан лютеин фазани қўллаб-қувватлаш муваффақиятли имплантация ва ҳомиладорлик ривожланишида ҳал қилувчи омил бўлиб ҳисобланади. Ҳозирги кунда турли гестогенлар ва уларни самарадорлигини солиштирувчи тадқиқотларга эҳтиёж ортиб бормоқда.

М.Ш. Исломова , Д.М. Мадярова

37-38

2025-05-31

UMURTQASIZ(INVERTEBRATA) HAYVONLAR XILLMA –XILLIGI TURLI MUHIT SHAROITDA MOSLANISHI

ushbu tezisda umurtqasiz hayvonlar xilma- xilligi, ularning bir-biridan farq qiladigan o`ziga xos xususiyatlari, turli xil yashash sharoitiga moslashish xususiyatlari va ularga abiyotik omillarni ta’siri yoritildi. 

Shohida Rayimjonova , Bashorotxon Nizomova

39-42

2025-05-31

YUKSAK SPORALI OʻSIMLIKLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

В настоящее время мир высших растений (малый мир) делится на 9 отделов, включающих более 300 000 видов. 1. Риниофитовые — Rhyniophyta 2. Зоостерофиллофитовые — Zoosterophyllophyta 3. Водоросли — Bryophyta 4. Плаунтофитовые — Lycopodiophyta 5. Псилоттофитовые — Psilotophyta 6. Хвощевидные — 7. Папоротниковые — Polypodiophyta. Высшие споровые растения — это сосудистые растения, имеющие настоящие стебли, корни и листья, но не дающие семян.

Mohinur Ibrohimova

43-45

2025-05-31

ZAMBURUG’LAR EVOLYUTSIYASI VA TARQALISHI

В статье дана общая информация о грибах. Грибы насчитывают более 100 000 видов и приспособлены к жизни в самых разных средах. Они утратили зерна хлорофилла и питаются гетеротрофно, ведя как паразитический, так и сапрофитный образ жизни. Тело грибов называется мицелием. Мицелий состоит из тонких ветвящихся нитей, называемых гифами.

Shohjahon Ilashov

46-48

2025-05-31

OʻZBEKISTON CHOʻL MINTAQASIDA OʻSUVCHI OʻSIMLIKLAR

Mazkur ishda Oʻzbekistonning choʻl zonalarida oʻsuvchi oʻsimliklar oʻrganilgan. Ularning ekologik-morfologik xususiyatlari, adaptatsion mexanizmlari va biologik roliga eʼtibor qaratilgan. Asosiy eʼtibor choʻl florasida keng tarqalgan turlar – saksovul, cherkaz, biyurgun va boshqa halofit oʻsimliklarning oʻrganilishiga qaratilgan. Ish ekologik barqarorlik va landshaftlarni saqlab qolishda choʻl oʻsimliklarining ahamiyatini ko‘rsatadi.

Umida Hayitboyeva

49-54

2025-05-31

SUVO’TLARNING TABIATDA VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Suvo’tlar bo’limining tabiatda va inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, suvo’tlarning kelib chiqishi va sistematikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Muhammadziyo Karimov

55-56

2025-05-31

YASHIL SUVO’TLAR BO’LIMINING O’ZBEKISTONDA TARQALGAN TURLARI

Ushbu tezisda yashil suvoʻtlarining ekologiyasi va tabiatdagi ahamiyati, oʻziga xos xususiyatlari, o’zbekistondagi yashil suvo’tlar haqida umumiy ma’lumot berilgan.

Oydinoy Joʻrayeva

57-59

2025-05-31

OPTIMIZING NON-REMOVABLE ORTHODONTIC TREATMENT THROUGH INDIVIDUALIZED THERAPEUTIC PROGRAMS FOR IRREVERSIBLE MALOCCLUSIONS

Orthodontic treatment plays a vital role in addressing dental and skeletal malocclusions to enhance both functional occlusion and facial aesthetics. However, some cases—classified as irreversible due to their complexity—pose significant challenges to conventional treatment methods. These include skeletal anomalies, periodontal compromises, and severe malocclusions. To address these challenges, this study evaluates the clinical outcomes and patient satisfaction associated with individualized treatment programs compared to traditional orthodontic approaches. Conducted as a 12-month longitudinal observational cohort study at a specialized orthodontic clinic, the research included 120 patients aged 18–50 with irreversible orthodontic conditions. Participants were divided into two groups: Group A received individualized treatment guided by digital cephalometric analysis and AI-assisted planning, while Group B underwent standard conventional treatment. Clinical assessments included pre- and post-treatment cephalometric analysis, occlusal evaluations, and patient satisfaction surveys.

Ergashev Bekzod

60-62

2025-05-31

JIGARNING GEPATOZ, GEPATIT VA SEROZDAGI O‘ZGARISHLARI

Jigar organizmdagi eng muhim parenximatoz a’zolardan biri bo‘lib, uning tuzilmasi va funksiyasidagi buzilishlar butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada jigarning uch asosiy patologik holati – gepatoz, gepatit va jigar sirrozi paytida yuzaga keladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar yoritib berilgan. Gepatoz – jigarda yog‘ to‘planishi yoki boshqa modda almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladi, bunda jigar hajmi kattalashadi, hujayralar to‘qimalari yog‘ bilan to‘yinadi. Gepatit – virusli yoki toksik agentlar ta’sirida rivojlanadigan yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, jigar hujayralarining nekrozi, yallig‘lanish infiltratsiyasi va funksional yetishmovchilik bilan kechadi. Sirroz – jigar to‘qimasining chuqur strukturaviy qayta tuzilishiga olib keluvchi surunkali jarayon bo‘lib, bunda mezenximal-hujayraviy regeneratsiya buziladi, fibroz to‘qimalar ortadi va tugunli regeneratsiya kuzatiladi. Maqolada bu uch holatdagi o‘zgarishlarning klinik belgilari, diagnostik mezonlari hamda patologik anatomik ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, har bir holatda gigiyenik, farmakologik va terapevtik yondashuvlar muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot jigar kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Asilbek Isroilov , Mumtoza Akramova

63-65

2025-05-31

SHO’RADOSHLAR OILASINING CHO’L MINTAQASIDA O’SIMLIKLAR QOPLAMIDAGI O’RNI

Ushbu ishda shoʻradoshlar (Chenopodiaceae) oilasining choʻl mintaqasidagi oʻsimliklar qoplamidagi oʻrni, ularning ekologik va morfologik xususiyatlari, shuningdek choʻl sharoitlariga moslashuvi tahlil qilinadi. Shoʻradoshlar oilasi choʻl ekotizimining barqarorligi va biologik xilma-xilligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻlib, tuproqni barqarorlashtirish va oziq-ovqat zanjirining boshlangʻich bo‘g‘inini tashkil etadi.

Oyshabonu Tursinova

66-68

2025-05-31

ТУҒМА ЛАБ-ТАНГЛАЙ ДЕФЕКТЛАРИНИНГ ТУРЛИ ДАРАЖАЛАРИДА ХЕЙЛО- ВА УРАНОПЛАСТИКА НАТИЖАЛАРИНИНГ ЮЗ СКЕЛЕТИНИНГ ЎСИШИГА УЗОҚ МУДДАТЛИ ТАЪСИРИ

Туғма лаб-танглай кемтигининг турли даражалари мавжуд бўлиб, улар клиник тасниф бўйича бир томонлама ва икки томонлама, тўлиқ ва тўлиқ бўлмаган ярилишларга бўлинади.  Дефектнинг кенглиги, чуқурлиги ва анатомик локализацияси жаррохлик стратегиясини белгилашда ҳал қилувчи омиллардир.

Санжар Шаропов

69-71

2025-05-31

QOQIO’TDOSHLAR OILASI VAKILLARINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada qoqio’tdoshlar oilasiga mansub o`simliklarning dorivorlik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Oila vakillari tarkibida uchraydigan biologic faol moddalar – efir moylari, flavonoidlar, taninlar va boshqa fitokimyoviy birikmalar ularning farmakologik ahamiyatini belgilaydi. Tadqiqot doirasida yalpiz (Mentha), rayhon (Ocimum), shavul (Salvia), isiriq (Thymus) kabi o`simliklar turlari o`rganilib, ularning xalq tabobatida va zamonaviy farmatsevtikada qo`llanish holatlari tahlil etilgan. Maqola natijalari qoqio`tdoshlar oilasi vakillarining salomatlikni saqlashdagi potensialini ko`rsatadi.

Gulsanam Abdurashidova

72-73

2025-05-31