Текущий выпуск
Том 5 № 5 (2026): Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
«Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-04-06
Статьи
OFTALMOLOGIYADA LAZER OPERATSIYALARINING O‘RNI
Zamonaviy oftalmologiyada ko‘rish nuqsonlarini tuzatishda lazer texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda va bu yo‘nalish tez rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda milliardlab insonlar turli darajadagi ko‘rish buzilishlari bilan yashamoqda. Bu holat ularning kundalik hayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'zoynak va linzalar kabi klassik vositalar muammoni butunlay hal eta olmaydi, faqat vaqtincha yordam beradi. Natijada, lazer jarrohligiga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
2026-04-06
BACHADON BO‘YNI O'SMALARIDA MRT TEKSHIRUVINING AHAMIYATI
Ushbu tezisda bachadon bo‘yni patologiyalarini tashxislashda magnit-rezonans tomografiya (MRT) usulining diagnostik ahamiyati, uning imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. MRT yuqori to‘qima kontrasti va multiparametrik baholash imkoniyati tufayli bachadon bo‘yni neoplaziyalari, invaziv karsinoma va yallig‘lanish jarayonlarini differensial diagnostika qilishda muhim o‘rin tutadi.
2026-04-06
INTERCULTURAL COMMUNICATION: A PIVOTAL ISSUE IN CONTEMPORARY LINGUISTICS
This research paper investigates the dynamic relationship between linguistic structures and cultural frameworks within the paradigm of modern linguistics. In an era of unprecedented global integration, Intercultural Communication (IC) has evolved from a niche sociological interest into a core linguistic imperative. The study employs a mixed-methodological approach to analyze how "cultural coding" affects semantic decoding and pragmatic outcomes. By examining the "Pragmatic Gap" and the "Sapir-Whorf Hypothesis" in contemporary settings, the paper argues that communicative success is predicated more on intercultural intelligence than on mere grammatical accuracy.
2026-04-07
KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) NAVLARIDA BITTA KO‘SAKDAGI URUG‘LAR SONINING O‘ZGARUVCHANLIGI
Kunjut o‘simligida bitta ko‘sakdagi urug‘lar soni — kunjut hosildorligini belgilovchi eng muhim biologik va seleksion ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi, shuning uchun uni o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy masala sanaladi. Mazkur tadqiqotda kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligida bitta ko‘sakdagi urug‘lar sonining shakllanish xususiyatlari va uning o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir urug‘ uyasida odatda 15–22 ta urug‘dan iborat qator hosil bo‘lib, ikki bo‘limli ko‘saklarda urug‘lar soni o‘rtacha 60–90 tani tashkil etishi aniqlandi. Urug‘lar sonining o‘zgaruvchanligi keng diapazonda bo‘lib, 10 tadan 138 tagacha yetishi kuzatildi.
2026-04-07
SUV QIRQQULOQI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA, TARQALISHI VA TARAQIYOTI
Suv qirqqulloqlari ko'plab o'simlik va hayvon turlarining yashash joyi bo'lib, oziq zanjirining muhim qismlarini tashkil qiladi. Tuproqning yuqori unumdorligi, suvning tabiiy ravishda filtrlash va saqlash qobiliyati bilan birgalikda, qirqqulloqlar insonlar uchun qishloq xo'jaligi, baliqchilik va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish imkonini beradi.
2026-04-07
MINTAQADA TADBIRKORLIK FAOLIYATI SAMARADORLIGINING AHOLI TURMUSH DARAJASIGA TA’SIRINI OSHIRISH YO‘NALISHLARINI EKONOMETRIK TADQIQ QILISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada mintaqada tadbirkorlik faoliyati samaradorligining aholi turmush darajasiga ta’sirini oshirish yo‘nalishlarini ekonometrik tadqiqining xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, mintaqada tadbirkorlik faoliyati samaradorligining aholi turmush darajasiga ta’sirini oshirish yo‘nalishlarini ekonometrik tadqiq qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
2026-04-13
UZLUKSIZ TA’LIMDA GEOGRAFIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK VA PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Maqolada geografiya fanini o‘qitishda an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning o‘rni, xususan, maktab ta’limidan oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda geografik tafakkurni rivojlantirishning metodik mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida loyihaviy ta’lim, AKT vositalari va keys-stadi metodlarining samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, uzluksiz ta’limdagi fanlararo bog‘lanishlarning geografik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
2026-04-13
ICHKI MUHIT TO'QIMALARI TAVSIFI VA FUNKSIYALARI, MEZENXIMA, UNING HOSIL BO'LISHI, QON PLAZMASI VA SHAKLLI ELEMENTLARI, UMLARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI, LEYKOSITLARNING XILMA-XILLIGI VA AHAMIYATINI O'RGANISH
Ushbu tadqiqot ichki muhit to'qimalarining tavsifi va funksiyalarini, shuningdek, mezenximaning hosil bo'lish jarayonlarini o'rganishga bag'ishlangan. Qon plazmasi va uning shaklli elementlari, shuningdek, leykositlarning xilma-xilligi va ahamiyati keltirilgan. Asl biriktiruvchi to'qimalar, g'ovak biriktiruvchi to'qima, ularning tuzilishi, tarkibi va hujayra elementlari batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari to'qimalarning biologik rolini va organizmda ahamiyatini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
2026-04-13
KO’P QAVATLI EPITELIY
Ko’p qavatli epiteliy, inson tanasidagi turli xil joylarda joylashgan va turli xil funktsiyalarni bajaradigan muhim to'qima hisoblanadi. Bu epiteliy turi asosan himoya vazifasini o'z zimmasiga oladi va tashqi ta'sirlardan organizmni himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu tadqiqotda kop qavatli epiteliyning tuzilishi, turlari va ularning biologik ahamiyati batafsil ko'rib chiqiladi. Epiteliyning kasalliklar va patologiyalar bilan bog'liq muammolari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari epiteliyning inson organizmidagi ahamiyatini yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi.
2026-04-14
SUYAK TO'QIMASI
Suyak to'qimasi inson tanasining asosiy tuzilmalardan biri bo'lib, u organizmning mexanik kuchlarga qarshi turishida, kaltsiyni saqlashda va qon ishlab chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu dissertatsiya suyak to'qimasining strukturasini, funktsiyalarini va sog'liqni saqlashdagi ahamiyatini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqsadimiz suyak to'qimasining o'zgarishlari, kasalliklari va ularni oldini olish usullarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalari suyak to'qimasining muhimligini va uning inson salomatligidagi o'rnini yanada kengaytirishga yordam beradi.
2026-04-14
URUG’LANISH JARAYONI XILLARI VA AHAMYATI
Urug‘lanish jarayoni — jinsiy ko‘payishning muhim bosqichi bo‘lib, erkak va urg‘ochi gametalar qo‘shilishi natijasida yangi organizmning boshlanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon tashqi va ichki urug‘lanish kabi asosiy turlarga bo‘linadi. Urug‘lanishning ahamiyati shundaki, u irsiy axborot almashinuvini yuzaga keltirib, organizmlar xilma-xilligini oshiradi hamda turning davomiyligini ta’minlaydi.
2026-04-14
TASHQI MUHITNING BIOGEN MODDALAR BILAN IFLOSLANISHINI TAHLILNING AN’ANAVIY METODLARI YORDAMIDA O‘RGANISH IMKONIYATLARI
Mazkur tadqiqot ishida tashqi muhitning biogen moddalar bilan ifloslanishini o‘rganishda qo‘llaniladigan an’anaviy tahlil metodlarining ilmiy va amaliy imkoniyatlari keng yoritib beriladi. Tashqi muhit komponentlari — atmosfera havosi, tuproq va suv havzalari tarkibida biogen elementlarning ortiqcha miqdorda to‘planishi ekologik muvozanatning buzilishiga, suv havzalarining evtrofikatsiyasiga, tuproq unumdorligining o‘zgarishiga hamda tirik organizmlar hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli biogen moddalar miqdorini aniqlash va ularning tashqi muhitdagi tarqalish darajasini baholash ekologik monitoringning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda biogen moddalarning asosiy turlari — azot va fosfor birikmalari (nitratlar, nitritlar, ammoniy ionlari, fosfatlar) hamda ularning tabiiy va antropogen manbalari tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g’itlardan keng foydalanish, sanoat korxonalarining chiqindilari, maishiy oqova suvlar hamda boshqa antropogen omillar natijasida ushbu moddalar tashqi muhitga katta miqdorda tushishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Ishda biogen moddalarni aniqlashda qo‘llaniladigan an’anaviy analitik usullar, xususan, titrimetrik, gravimetrik, kolorimetrik va fotometrik metodlarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Ushbu metodlar yordamida suv va tuproq namunalarida biogen elementlarning miqdorini aniqlash, ularning ifloslanish darajasini baholash hamda ekologik holatni monitoring qilish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, laboratoriya sharoitida namunalarni tayyorlash, tahlil qilish bosqichlari va olingan natijalarni baholash jarayonlari haqida ham ma’lumot beriladi.
2026-04-14
GAMETOGENEZ, GAMETALAR TUZILISHI
Ushbu dissertatsiya gametogenez jarayoni va gametalar tuzilishini o'rganishga bag'ishlangan. Gametogenez, organizmlarning jinsiy reproduktiv tizimida muhim rol o'ynaydigan jarayon bo'lib, u o'simliklar va hayvonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda gametalar tuzilishi va ularning funksiyalari, shuningdek, gametogenez jarayonida sodir bo'ladigan biologik o'zgarishlar tahlil qilinadi. Dissertatsiya gametogenezning biologik asoslari, evolyutsion jihatlari va genetik ahamiyatini o'rganishni maqsad qilgan.
2026-04-14
