Central Asian Journal of Academic Research is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik,English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Published: 21.10.2025
Articles
THE INFLUENCE OF VALUES ON THE SPIRITUAL AND MORAL DEVELOPMENT OF THE INDIVIDUAL
This article scientifically analyses the role and influence of values in the spiritual and moral perfection of a person. The importance of values in enriching the individual’s spiritual world is examined through theoretical and pedagogical analysis. The research employed pedagogical, comparative, and analytical methods, as well as the study of scientific literature. The findings reveal the significance of values in shaping an individual’s spiritual and moral qualities within the educational process and substantiate their educational effectiveness. It has been proven that values serve as a decisive factor in human perfection, moral upbringing, and the development of spiritual worldview.
2025-10-20
MAKTAB TA’LIMIDA ART-PEDAGOGIK METODLAR ORQALI IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada maktab ta’limida art-pedagogik metodlarning ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi roli va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Art-pedagogikaning pedagogik jarayonga integratsiyasi orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativlik va emotsional intellektni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada art-pedagogik metodlar orqali o‘quvchilarning noan’anaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, san’atning turli shakllarini ta’lim jarayoniga samarali joriy etish hamda zamonaviy ta’lim muhitida ijodiy tafakkur motivatsiyasini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, pedagogik yondashuvlarning amaliy ahamiyati va zamonaviy ta’limda qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.
2025-10-20
YOSHLARDA RATSIONALIZATSIYA HIMOYA MEXANIZMLARINI ISHLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Hozirgi zamonda yoshlar turli ijtimoiy, akademik va shaxsiy bosimlar ostida hayot kechirmoqda. Stress va nizolarni kamaytirish uchun inson ongida turli psixik himoya mexanizmlari faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri — ratsionalizatsiya (rationalization) bo‘lib, u shaxs kundalik hayotdagi noqulay yoki xatolik holatlarni mantiqiy, maqbul sabablar bilan oqlash orqali o‘zini tinchlantiradi. Ratsionalizatsiyaning yoshlar psixologiyasida o‘ziga xosligi va uning ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liqligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
2025-10-20
REDUCTION OF THE SERVICE LIFE OF ASPHALT CONCRETE PAVEMENTS UNDER THE INFLUENCE OF VARIOUS EXTERNAL FACTORS
The article provides a brief description of the conditions for using automobile roads in the Republic of Uzbekistan. Additionally, recommendations are given for improving the current regulatory documents..
2025-10-20
ТОМЧИЛАТИБ СУҒОРИШ ТИЗИМИГА СУВ ЕТКАЗАДИГАН СУҒОРИШ ТАРМОҒИНИНГ АСОСИЙ ГИДРАВЛИК ПАРАМЕТРЛАРИНИ ҲИСОБЛАШ УСУЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ирригация каналларини томчилатиб суғориш тизимига мослаштиришда суғориш тармоғининг асосий гидравлик параметрларини ҳисоблаш усулларини такомиллаштириш.
2025-10-20
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALAR OQIMINI OSHIRISH OMILLARI
Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishning nazariy asoslari, amaliy holati va rivojlanish omillari tahlil qilingan. Ishning birinchi bobida TXI tushunchasi, ularning turlari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya siyosati, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda TXI oqimini oshirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar amaliy misollar asosida o‘rganilgan.
2025-10-20
ИҚТИСОДИЙ ЎСИШНИ ПРОГНОЗЛАШДА ЭКОНОМЕТРИЯ АҲАМИЯТИ
Ушбу мақолада иқтисодий ўсишни прогнозлашда эконометрия методларининг аҳамияти таҳлил қилинади. Иқтисодий ўсиш прогнозлаш муҳимлигини ҳисобга олган ҳолда, мақолада регрессия моделлари, панель маълумотлари, вақт қатори моделлари ва динамик моделлар каби эконометрия усулларининг келажак иқтисодий тенденцияларни аниқ прогнозлашдаги аҳамиятига эътибор қаратилган.
2025-10-20
BERNARD SHOU DRAMATIK ASARLARIDA MORFOLOGIK INNOVATSIYALAR VA ULARNING LINGVOSTILISTIK FUNKSIYALARI
Ushbu maqolada ingliz adabiyotida, xususan, Bernard Shou dramatik asarlarida morfologik innovatsiyalarning lingvostilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda morfologik innovatsiyalar – yangi so‘z yasash usullari, prefiks va suffikslar orqali hosil qilingan neologizmlar, qo‘shma so‘zlar hamda grammatik me’yorlarni buzib ishlatish natijasida yuzaga kelgan lingvistik birliklar sifatida izohlanadi. Shakespir, Dikens, Joys va Orvell ijodidagi so‘z yasash innovatsiyalarining tahlili orqali Bernard Shouning dramaturgiyasidagi morfologik yangiliklar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
2025-10-20
OʻZBEKISTONDA TASHQI SAVDONI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Ushbu maqolada O’zbekistonda tashqi savdoni rivojlantish va moliyaviy qo’llab quvvatlashning ustuvor yo’nalishlari keltirilgan. Jumladan, O’zbekiston uchun tashqi savdoni takomillashtirish qulayliklari va tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy strategiya nimadan iborat ekanligi, mamlakat eksport salohiyatini oshirish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirish kerakligi, umuman olganda, eksport rivoji uchun moliyaviy imkoniyatlarni rivojlantirishda samarali chora-tadbirlar O’zbekistondagi bozor iqtisodiyotiga ulkan imkoniyatlar berishi yoritib berilgan.
2025-10-20
ASTER AMELLUS L. O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING FARMAKOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu ilmiy ishda Aster amellus L. o‘simligining kimyoviy tarkibi, undagi biologik faol moddalarning tuzilishi va farmakologik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqot davomida flavonoidlar, fenol birikmalari, saponinlar, efir moylari hamda temir, rux, mis, marganets, magniy va kalsiy kabi mikroelementlarning miqdoriy tarkibi va ularning biologik faollikdagi o‘rni tahlil qilindi. O‘simlikdagi bu komponentlar antioksidant, antimikrob, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator va sedativ ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Aster amellus L. ni tabiiy biofaol moddalarning istiqbolli manbasi sifatida farmatsevtika, oziq-ovqat va kosmetika sanoatida qo‘llash imkoniyatlarini tasdiqlaydi.
2025-10-20
OVERVIEW OF THE PROBLEMS OF USING RECUPERATORS THERMAL ENERGY FOR FARMING POULTRY
Poultry is one of the energy-intensive industries that consumes a large amount of energy to ensure a comfortable microclimate and the health and productivity of birds. High investment costs in poultry enterprises lead to the need to reduce costs. Due to the rising cost of fuel, traditional heating systems are not cost-effective at most poultry farms. One of the research approaches in this direction is the use of heat recovery plants to save energy. Thermal energy recovery is a process of partial return of energy for reuse. Recuperators (heat recovery units) are surface-type heat exchangers that use the energy of exhaust gases. The use of recuperative thermal energy systems in poultry houses can significantly affect the savings in energy resources when keeping poultry. However, there is currently insufficient research in this direction. In the future, developing and applying new heat supply technologies are important research areas in the poultry industry..
2025-10-20
AXBOROT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI
Maqolada axborot xavfsizligi muammolari va ularni oldini olish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek axborot xavfsizligining mohiyati, asosiy tamoyillari va tahdid turlari, zamonaviy himoya texnologiyalari, kriptografik usullar, biometrik tizimlar, tarmoqlarni himoyalash vositalari hamda O‘zbekiston tajribasi asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
2025-10-20
TARKIBIDA HAR XIL ELEKTR XUSUSIYATLI TO‘LDIRUVCHISI BO‘LGAN POLIMER KOMPOZITLARNING ISSIQLIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada elektr o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan to‘ldiruvchilar (uglerodli, metallik va keramika asosli zarralar) bilan mustahkamlangan polimer kompozit materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi hamda termal barqarorligi o‘rganilgan. Kompozitlarda to‘ldiruvchi turi va hajmiy ulushi issiqlik xususiyatlariga qanday ta’sir etishi eksperimental va nazariy tahlillar asosida bayon qilingan. Bunday materiallar elektrotexnika, aviatsiya, qurilish hamda mikroelektronika sohalarida qo‘llanilish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
2025-10-20
АХБОРОТ КАСКАДИ ҲОДИСАСИ РАҚАМЛИ ИНФОМУҲИТДА ЁЛҒОН АХБОРОТГА ЭРГАШИШ ВА УЛАШИШНИНГ АХБОРОТ-ПСИХОЛОГИК ОМИЛИ СИФАТИДА
Мақолада ахборот каскади феноменининг назарий асослари ҳамда унинг замонавий ахборот муҳитидаги амалий кўринишлари таҳлил қилинади. Интернет тармоқлари орқали тарқалган медиавируслар, сохта тиббий хизматлар ва оммавий психологик таъсир мисолида ушбу жараёнларнинг қандай ишлаши ёритилади. Шунингдек, ахборот каскади ва пода эффектининг ўзаро фарқлари ҳамда уларнинг ижтимоий хавфлари тадқиқ этилади.
2025-10-20
XALQ OG'ZAKI IJODIDA AKSIOLOGIK KONSEPTLAR
Maqolada xalq og‘zaki ijodida aks etgan aksiologik konseptlarning mohiyati, ularning turlari va badiiy ifoda vositalari tahlil qilingan. Tadqiqotda xalq ertaklari, dostonlari, maqol va matallari asosida o‘zbek xalqining qadriyatlar tizimi, ezgulik va yovuzlik, mehnat, halollik, sadoqat kabi konseptlarning semantik tuzilishi yoritilgan. Maqolada aksiologik konseptlarning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi roli ham ochib berilgan
2025-10-20
BLENDED LEАRNING-АRАLАSH TА'LIM MODELLАRINING HUQUQ TА'LIMIDАGI SАMАRАDORLIGI
Ushbu mаqоlаdа аrаlаsh tа'lim (blended leаrning)ning umumiy tа‘rifi, uning huquqiy fаnlаrni o‘qitish vа o‘zlаshtirishgа tа‘siri о‘rgаnib chiqilаdi, shuningdek аrаlаsh tа‘lim modellаri tаdqiq qilinib, ushbu modellаrning zаmonаviy hаmjаmiyаtidа kаsbiy kompetentligi yuqori dаrаjаdа bo‘lgаn yuridik kаdrlаrni tаyyorlаshdаgi kutilishi mumkin bo‘lgаn imkoniyаtlаri tаhlil etilаdi vа mаvzu yuzаsidаn аmаliy tаkliflаr berilаdi
2025-10-20
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILISH SHARTLARIDA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA QABUL QILINISHI MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-10-20
2017-2025-YILLARDA O‘ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI HAMKORLIGI
Maqolada 2017–2025-yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlikning shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Ishda O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichi — mintaqaviy diplomatiya va yaxshi qo‘shnichilik siyosati natijalari yoritilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, savdo, transport va ekologiya sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar tahlil etilgan.
2025-10-20
SUN’IY INTELLEKTNING INGLIZ TILI O‘QITISHDAGI O‘RNI
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (AI) ta’lim sohasida eng ta’sirli texnologiyalardan biriga aylandi. Ingliz tili o‘qitish (ELT) jarayonida AI vositalari an’anaviy ta’lim usullarini o‘zgartirib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun muloqot, teskari aloqa va shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlarini yaratmoqda. Ushbu maqolada AI’ning ingliz tili o‘qitishdagi o‘rni, uning afzalliklari, muammolari va o‘qituvchilarning texnologik yangiliklarga moslashish zaruriyati yoritiladi..
2025-10-20
MATNAZAR ABDULHAKIM DOSTONLARINING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada Matnazar Abdulhakim dostonlarining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shoir ijodining mustaqillik davri adabiy jarayonidagi o‘rni, dostonlarining falsafiy va estetik qimmati, badiiy tafakkurdagi yangilanishlar yoritiladi. Muallif shoir asarlaridagi insonparvarlik g‘oyalari, so‘z san’ati orqali ifodalangan ma’naviy qadriyatlar, xalq tafakkuri bilan uyg‘unlik masalalarini ilmiy asosda tahlil etadi. Tadqiqot natijalari Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganishning zamonaviy adabiyotshunoslikdagi dolzarb yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
2025-10-21
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI “BUTUN HAYOT DAVOMIDA O‘QISH” TAMOYILI ASOSIDA KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARINI O‘RGANISH.
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni “butun hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash masalasida xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada Finlyandiya, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarning tajribalariga tayanilgan holda, ularning o‘qituvchilarni uzluksiz o‘rganishga yo‘naltirishdagi samarali yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda uzluksiz o‘rganish kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2025-10-21
REDEFINING LANGUAGE LEARNING THROUGH STEAM
This article explores how STEAM-based approaches are redefining language learning, making it more engaging, relevant, and aligned with the skills learners need in today’s world. The research proves that redefining language learning through STEAM opens doors to a more dynamic, purposeful, and future-ready education. When students use English to solve problems, explore the world, and express their creativity, they not only learn the language—they live it. In a world that increasingly values communication, innovation, and cross-disciplinary thinking, STEAM offers a powerful framework to make language learning more relevant and impactful
2025-10-21
BOLALARDA NAFAS OLISH TIZIMI PATOLOGIYALARI: BRONXIT VA PNEVMONIYANING KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI
Nafas olish tizimi kasalliklari bolalarda eng keng tarqalgan somatik patologiyalar sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 40–60 %ida o‘tkir respirator kasalliklar, shulardan 20–25 %ida bronxit yoki pnevmoniya kuzatiladi. Har yili pnevmoniya sababli 800 mingga yaqin bola hayotdan ko‘z yumadi. Bu, ayniqsa, past ijtimoiy-iqtisodiy sharoitli davlatlarda, sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan hududlarda kuzatiladi
2025-10-21
RUS TILINI O‘QITISH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida rus tilini o‘qitish jarayonida uchrayotgan asosiy tizimli va metodik muammolar tahlil qilinadi. Muallif rus tili ta’limidagi dolzarb masalalar — o‘qituvchilar malakasining yetarli emasligi, o‘quv materiallarining eskirganligi va lingvistik muhitning yetishmasligi kabi omillarni ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, kommunikativ yondashuv, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda til amaliyotiga yo‘naltirilgan o‘qitish uslublarini joriy etish orqali mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi.
2025-10-21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ
Мақолада Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг оммавий ахборот воситалари билан ҳамкорлиги хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-10-21
AYOL QAHRAMONLAR OBRAZINI TASVIRLASHDA YOZUVCHI USLUBI
Ushbu maqolada ayol qahramonlar obrazini tasvirlashda yozuvchi uslubining leksik-semantik, sintaktik, kompozitsion va poetik-pragmatik vositalari tizimli tahlil qilinadi. Hamda, nutq va personaj nutq nisbatlari, narrativ fokalizatsiya, ichki monolog, psixologik tafsilot, metafora va ramzlar, intertekstualik hamda milliy-madaniy konnotatsiyalar orqali ayol xarakterining shakllanish mexanizmlari ochib beriladi.
2025-10-22
O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Maqolada o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritiladi. Kreativlik tushunchasining psixologik, pedagogik va sotsiokultural talqinlari tahlil qilinib, divergent tafakkur, muammo yechish, metakognitiv nazorat hamda ijodiy motivatsiya kabi tarkibiy omillar tizimli ravishda sharhlanadi. Maqola kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchining fasilitatorlik roli, o‘quv muhitining psixologik xavfsizligi, topshiriqlarning ochiqligi va autentikligi, shuningdek, madaniy-kontekstual omillarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-10-22
YOSHLARDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari keng tahlil qilingan. Ijtimoiy kompetentlik tushunchasining mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, tarkibiy qismlari hamda bu jarayonda pedagog-psixologlarning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Shu bilan birga, yoshlarni ijtimoiy hayotga faol integratsiyalashuviga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari, metodlar va uslublar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-22
LINGVISTIKADA FONETIK TERMINOLOGIYA VA UNING TAVSIFI OID MULOHAZALAR
Maqolada o‘zbek tili shevalarida uchraydigan fonetik o‘zgarishlarning tabiati va ularning adabiy til normalari bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan bo‘lib, fonetik o‘zgarishlarning asosiy turlari: assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diareza, metateza va hokazolar yoritilgan unli va undosh tovushlardagi almashuv, qisqarish, cho‘zilish borasida fikrlashilgan. Shu bilan bir qatorda fonetik hodisalarni empirik materiallar asosida o‘rganib, ularni o‘zbek adabiy tili bilan qiyosiy tahlil qiladi va fonetik terminologiya va terminlarning izohlanishi va ularning ilmiy qo‘llanishidagi ba’zi nomuvofiqliklarga ham e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari jahon va o‘zbek tilshunosligida fonetik o‘zgarishlar masalasida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, ularning nazariy asoslari bilan bog‘lanadi.
2025-10-23
O‘QUV JARAYONIDA DATA-TAHLIL VA MONITORING TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASI VA GLOBAL HOLATI
Bugungi kunda ta’lim jarayoni global va mahalliy miqyosda turli algoritmlar, analitik vositalar va monitoring tizimlari orqali optimallashtirilmoqda. Jumladan, talabalarning faoliyati, ularning yutuqlari va qiyinchiliklari, professor-o‘qituvchilarning dars olib borish jarayonlari hamda boshqaruv organlarining qaror qabul qilish jarayonlari uchun katta hajmdagi ma’lumotlar (“data”) tahlili muhim omilga aylangan. Shu munosabat bilan o‘quv jarayonida data‑tahlil (ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish) va monitoring tizimlari (o‘zgarishlarni kuzatish, baholash, koordinatsiya qilish) ning samaradorligini tadqiq qilish ilmiy muhim ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida data-tahlil va monitoring texnologiyalarining o‘rni, ularning o‘qitish jarayonidagi samaradorlikni oshirishdagi roli hamda jahon mamlakatlarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, AQSh, Yevropa, Osiyo va Avstraliya davlatlarining ta’limda raqamli analitika yondashuvlari qiyosiy o‘rganilib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar taklif etilgan..
2025-10-23
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MEHNAT BOZORI PROGNOZLARINI TAHLIL QILISH: TA’LIM DASTURLARINI REJALASHTIRISHDA YANGI IMKONIYATLAR
Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining mehnat bozori prognozlarini shakllantirishdagi roli va ularning ta’lim dasturlarini rejalashtirish jarayoniga ta’siri tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt natijasida kasbiy ko‘nikmalar tez sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Shu sababli, ta’lim tizimi mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga tezkor va moslashuvchan tarzda javob beruvchi mexanizmlarga ega bo‘lishi zarur..
2025-10-23
NEYROTEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIKADA QO‘LLANILISHI: NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI
Ushbu maqola neyrotexnologiyalarning pedagogik jarayonga integratsiyasi, uning nazariy asoslari va amaliy ahamiyatini yoritadi. Maqolada kognitiv neyrofanlar, neyroplastiklik, tana-aqliy yaxlitlik hamda neuropedagogika konsepsiyalari didaktik dizayn bilan bog‘lab talqin qilinadi. Hamda, shaxsga yo‘naltirilgan va inkluziv ta’limni kuchaytirish, raqamli kontentni kognitiv yuklamaga mos optimallashtirish, o‘quv motivatsiyasini real vaqt rejimida qo‘llab-quvvatlash hamda o‘qituvchi qarorlarini ma’lumotga asoslangan holga keltirishdir. Shu bilan birga, ma’lumot maxfiyligi, etik me’yorlar va raqamli notenglikka doir cheklovlar muhokama qilinib, xavfsiz joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
2025-10-24
SUD-PSIXOFIZIOLOGIK EKSPERTIZASI TUSHUNCHASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI
Ushbu maqolada sud-psixofiziologik ekspertizaning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda huquqiy maqomi tahlil qilingan. Muallif sud-psixologik va kriminalistik ekspertiza tizimida poligraf (yolg‘on detektori) yordamida insonning psixofiziologik holatini o‘rganishning ilmiy va amaliy jihatlarini yoritadi. Tadqiqotda yolg‘on gapirish jarayonida sodir bo‘ladigan vegetativ o‘zgarishlar (yurak urishi, nafas ritmi, teri qarshiligi va boshqalar)ning psixologik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada shuningdek, sud-psixofiziologik ekspertizaning O‘zbekiston qonunchiligidagi huquqiy o‘rni, ekspert faoliyatining axloqiy tamoyillari hamda xalqaro tajriba tahlil qilinadi. Muallif ushbu ekspertiza turining zamonaviy tergov amaliyotida adolatni ilmiy asosda ta’minlashdagi o‘rni va istiqbollari haqida fikr bildiradi.
2025-10-24
METHODS FOR IMPROVING MACHINING ACCURACY IN THE MANUFACTURING OF ROTATIONAL PARTS ON RDB MACHINES
The manufacturing industry increasingly demands higher precision in rotational component production, particularly for critical applications in aerospace, automotive, and precision engineering. This comprehensive review examines multiple strategies for enhancing machining accuracy in Rotary Draw Bending (RDB) processes, focusing on both conventional and advanced approaches. Through systematic analysis of recent research and technological developments, we identify and evaluate several effective methods: implementing localized thermal fields to control material behavior and reduce springback, applying push assistant loading (PAL) conditions to manage material flow and minimize defects, developing accurate mathematical models for process optimization, utilizing data-driven machine learning approaches for predictive accuracy, and optimizing tooling systems and parameters. The findings demonstrate that a combined approach integrating thermal, mechanical, and data-driven strategies can significantly improve dimensional accuracy, reduce springback, and minimize defects such as wrinkling and cross-sectional deformation in RDB processes. This research provides valuable insights for manufacturers seeking to enhance precision in rotational part production while maintaining efficiency and cost-effectiveness in industrial applications.
2025-10-24
АХБОРОТ КАСКАДИ ҲОДИСАСИ РАҚАМЛИ ИНФОМУҲИТДА ЁЛҒОН АХБОРОТГА ЭРГАШИШ ВА УЛАШИШНИНГ АХБОРОТ-ПСИХОЛОГИК ОМИЛИ СИФАТИДА
Мақолада ахборот каскади феноменининг назарий асослари ҳамда унинг замонавий ахборот муҳитидаги амалий кўринишлари таҳлил қилинади. Интернет тармоқлари орқали тарқалган медиавируслар, сохта тиббий хизматлар ва оммавий психологик таъсир мисолида ушбу жараёнларнинг қандай ишлаши ёритилади. Шунингдек, ахборот каскади ва пода эффектининг ўзаро фарқлари ҳамда уларнинг ижтимоий хавфлари тадқиқ этилади.
2025-10-27
УПРАВЛЕНИЕ КОНФЛИКТАМИ И ПОСТРОЕНИЕ ДОВЕРИЯ В КРОСС-КУЛЬТУРНЫХ КОМАНДАХ
В условиях глобализации многие организации формируют международные и многонациональные команды. Однако культурное разнообразие нередко приводит к возникновению недопонимания и конфликтов. В статье рассматриваются особенности управления конфликтами и построения доверия в кросс-культурных командах, а также предлагаются эффективные подходы к их развитию.
2025-10-27
TO‘RA SULAYMON IJODIDA DIALEKTIZMLARNING BERILISHI VA ULARNING LINGVOMADANIY IMKONIYATLARI
Ushbu maqola tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir To‘ra Sulaymon she’riyatidagi lingvokulturologik aspektlari, ya’ni shoirning she’rlarida qo‘llangan dialektizmlar xususida, lingvomadaniyatshunoslik va etnolingvistika kabi jihatlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, To‘ra Sulaymon she’riyatida lingvokulturologik birliklar nafaqat estetik maqsadga, balki milliy o‘zlikni anglash va uni avlodlarga yetkazish vazifasiga xizmat qilishi ilmiy asosda yoritib berilgan.
2025-10-27
ЎЗБЕК ДЎППИЛАРИ НОМЛАРИНИНГ ЭТНОЛИНГВИСТИК ТАБИАТИ
Энг қадим замонлардан бошлаб миллий ва умуминсоний қадриятлар ва уларга алоқадор тил бирликлари замон ва маконга мос равишда шаклланади ва ривожланиб боради. Илк илдизлари энг қадимги тамаддунга бориб тақаладиган дўппидўзлик санъат даражасига кўтарилган нозик ҳунар ҳисобланади. Ўзбек дўпписи каби миллий бош кийимларда миллатларнинг ўзига хослиги, миллий руҳи ва миллий характери, урф-одатлари ва анъаналари акс этади. Мазкур мақолада ўзбек дўппилари номларининг миллий-маданий ўзига хослиги, этнолингвистик жиҳатлари вилоятлар кесимида тадқиқ қилинади.
2025-10-27
GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARIDA ZAMONAVIY BURG‘ILASH QURILMALARINI QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi geologiya-qidiruv ekspeditsiyalarida amalga oshirilayotgan foydali qazilma konlarini qidirish jarayonida zamonaviy xorijiy burg‘ilash qurilmalaridan foydalanishning afzalliklari hamda ularning texnik tavsifi keltirib o‘tilgan. Xususan, Everdigm kompaniyasining “ECR-12” va “ECR-18” rusumli mobil burg‘ilash qurilmalari misolida ularning texnik tavsiflari, ishlash sharoitlari, quvvat ko‘rsatkichlari va samaradorlik darajasi hamda mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, Everdigm qurilmalarining amalda qo‘llanilayotgan burg‘ilash qurilmalariga nisbatan mobillik, energiya tejamkorlik va texnik xizmat ko‘rsatish qulayligi kabi jihatlar bo‘yicha afzalliklari asoslab berilgan.
2025-10-27
OBYEKT ANIQLASHDA PYTORCH, NUMPY, OPENCV VA MATPLOTLIB KUTUBXONALARIDAN FOYDALANISH
Ushbu ilmiy maqolada kompyuter ko‘rish (Computer Vision) yo‘nalishida obyekt aniqlash (Object Detection) masalasini hal etishda PyTorch, NumPy, OpenCV va Matplotlib kutubxonalarining amaliy ahamiyati yoritiladi. Sun’iy intellektning bu tarmog‘i hozirda transport xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqot davomida rasmni qayta ishlash, neyron tarmoqlar yordamida xususiyatlarni ajratish va aniqlangan obyektlarni vizual tahlil qilish bosqichlari ketma-ket ko‘rib chiqildi.
2025-10-27
