Текущий выпуск
Том 5 № 4 (2026): Центральноазиатский журнал образования и инноваций
Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2026-04-06
Статьи
NUTRELON XORAZM MOBIL ILOVASINING MODELI VA ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH
Mazkur ilmiy maqolada NUTRELON XORAZM mobil ilovasining modeli va algoritmini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Ilovaning asosiy funksional imkoniyatlari, foydalanuvchi bilan tizim o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar BPMN va UML modellashtirish vositalari yordamida tahlil qilindi. Shuningdek, foydalanuvchilarning individual oziqaviy ehtiyojlarini aniqlash va haftalik menyu shakllantirish algoritmi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari mobil ilovaning samaradorligini oshirish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-04-06
MUSIQA TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI TALABALAR MUSIQIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada musiqa ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi asoslanadi. Tadqiqot aralash metodlarga tayandi: pedagogik tajriba, diagnostik baholash, kontent tahlil va qiyosiy tahlil. Natijalar adaptiv mashqlar, avtomatik fikr-mulohaza va shaxsiylashtirilgan repertoar tanlovi savodxonlik ko‘rsatkichlarini barqaror oshirishini ko‘rsatdi. Metodika nazariy-amaliy model sifatida taklif etiladi.
2026-04-06
TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHNING PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Mazkur maqolada pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi zamonaviy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ifodalanib, bugungi globallashuv, axborot oqimining keskin ortishi, ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash jarayoni aniq talablar, mezonlar va pedagogik yondashuvlarga asoslanishi haqidagi fikr va mulohazalar keng yoritlgan.
2026-04-06
YOSH ERKIN KURASHCHILARNI TANLASHGA OID MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH
Ushbu maqolada yosh erkin kurashchilarni tanlashga oid mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Sport tanlovi jarayonida jismoniy, funksional va psixologik ko‘rsatkichlarning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, yosh sportchilarni saralashda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar, mashg‘ulotlarni tashkil etish tamoyillari hamda tanlov jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan.
2026-04-06
SUZISH SPORT TURI BILAN SHUG‘ULLANUVCHI QIZLARNING KUCH SIFATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Ushbu maqolada suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi qizlarda kuch sifatini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Kuch sifatining sport natijalariga ta’siri, mushak tizimining rivojlanish xususiyatlari hamda mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan samarali vosita va usullar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik tizimida kuch sifatini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan.
2026-04-06
YOSH FUDBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY MASHG‘ULOT METODLARINING SAMARADORLIGI
Ushbu ilmiy maqolada yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirishda zamonaviy mashg‘ulot metodlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Futbol sport turida texnik va taktik tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi, mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar hamda ularning sport natijalariga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2026-04-06
YOSH SPORTCHILARNING DZYUDO SPORTIGA TANLASH VA SARALASH YO‘LLARI
Ushbu maqolada yosh sportchilarni dzyudo sportiga tanlash va saralashning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Dzyudo sportida istiqbolli sportchini aniqlash jarayoni faqat dastlabki jismoniy ko‘rsatkichlar bilan emas, balki texnik tayyorgarlik, koordinatsion qobiliyat, maxsus chidamlilik, psixologik barqarorlik, biologik yetilish darajasi va mashg‘ulotga moslashuv xususiyatlari bilan ham bog‘liqligi yoritiladi. Maqolada dastlabki tanlash, bosqichli saralash va maqsadli yo‘naltirish jarayonlari o‘zaro uzviy tizim sifatida qaraladi.
2026-04-06
ERKIN KURASHCHILARNING TAKTIK JIHATDAN TAYYORLASH YO‘LLARI
Mazkur ilmiy maqolada erkin kurashchilarni taktik jihatdan tayyorlashning nazariy va metodik asoslari chuqur tahlil qilinadi hamda zamonaviy sport pedagogikasida taktik tayyorgarlikning o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi shuningdek erkin kurashchilarning musobaqa faoliyatida samarali natijalarga erishishida taktik fikrlashni shakllantirish omillari va usullari yoritiladi.
2026-04-06
COMPREHENSIVE DEVELOPMENT OF PARKS FOR HISTORICAL AND CULTURAL EVENTS
This article examines the definition of the historical reenactment movement. It provides an overview of well-known Russian historical reenactment parks. Recommendations are provided for the comprehensive design of parks for festivals and year-round visits to explore the country's history.
2026-04-06
FEATURES OF THE DESIGN OF MODERN MODULAR URBAN STRUCTURES
The article examines modular urban structures as a phenomenon in the architecture of the early 20th century, in particular, the design features of modern modular urban structures.
2026-04-06
METHODOLOGY OF TEACHING GENERALIZING EXERCISES
This article describes the tasks of physical education of young people, the process of physical education, practical recommendations on the scientific and theoretical foundations of gymnastics classes, and the organization of general-development gymnastics classes. In addition, the article highlights the impact of general-development exercises on the development of the human body.
2026-04-06
NANKINDAN CHONGQINGGACHA: IKKINCHI YAPONIYA-XITOY URUSHINING FOJIALI TARIXI
Ushbu maqola Ikkinchi Yaponiya Xitoy urushining 1937-yildan 1945-yilgacha bo’lgan davrini yoritadi. Urushning boshlanish sabablaridan tortib, Nankin qirg’ini va Chongqing qarshiligigacha bo’lgan asosiy voqealar batafsil bayon qilinadi. Maqolada Yaponiya bosqinchiligi, Xitoy hududidagi partizan harakatlari va xalqning sabr-toqati aks etadi. Shuningdek, urushning natijalari, millionlab insonlarning qurboni bo’lishi va Xitoyning xalqaro maydonda tan olinish jarayoni tahlil qilinadi. Ushbu ish o’quvchilarga Ikkinchi Yaponiya-Xitoy urushining fojiali tarixi va uning Xitoy hamda Sharqiy Osiyo tarixidagi o‘rni haqida umumiy tushuncha beradi.
2026-04-07
“SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA JARAYONLARIDA IJTIMOIY SHERIKLIK MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI”
Mazkur maqolada siyosiy kommunikatsiya jarayonlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmlarining samaradorligi O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda siyosiy kommunikatsiya va ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari yoritilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlari, xususan jamoatchilik nazorati va raqamli kommunikatsiya vositalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy sheriklik samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.
2026-04-08
MUSIQA NAZARIYASI VA SOLFEDJIO DARSLARINING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qitiladigan musiqa nazariyasi va solfedjio fanlarining musiqa ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilib, mazkur fanlarning o‘quvchilarda musiqiy savodxonlikni shakllantirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish, musiqiy tafakkur va ijrochilik malakalarini takomillashtirishdagi roli tahlil qilingan.
2026-04-08
“O‘TKAN KUNLAR” ASARINING INGLIZ TILIGA TARJIMASIDA LINGVOKULTUREMALAR VA ULARNING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” asarining ingliz tiliga tarjimasida uchraydigan lingvokulturemalar va ularning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida milliy-madaniy birliklarning tarjimada aks ettirilishi, ularning semantik va pragmatik jihatdan qay darajada saqlanib qolishi o‘rganiladi. Shuningdek, lingvokulturemalarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar ochib beriladi.
2026-04-08
THE IMPORTANCE OF DRAWING IN THE SYSTEM OF MODERN CONTINUOUS DESIGN EDUCATION
The article considers the dominant role of drawing in the system of modern continuous design education, as well as the role in the purposeful acquisition of knowledge and qualities for project activities. The study revealed the advantages and distinctive approaches at each stage of the educational process, through which a multi-level system is created. Drawing at each stage represents a corresponding level for a full understanding and effective development of knowledge, skills and personal achievement. This approach to the formation of the professional competence of the designer.
2026-04-08
DRAFTING IN EDUCATION: FOCUSING ON PROFESSIONAL GROWTH AND CREATIVE APPROACH
The article "Drawing in Education: Focusing on Professional Development and Creativity" explores the importance of drawing in modern education as a key element in developing technical skills, spatial thinking, and fostering students' professional self-expression. The article explores the impact of drawing on the development of technical skills, spatial thinking, and students' professional identity, considering it in the context of modern technologies and labor market demands. It also highlights the role of drawing in focusing students on professional self-expression and examines the relationship between technical aspects and creativity.
2026-04-08
COMPUTER GRAPHICS AND ITS ROLE IN THE MODERN WORLD
This article defines the general characteristics of computer graphics. It examines the importance of computer graphics as a means of optimizing workflows. It also examines the main types of information graphics and identifies their position in the global system.
2026-04-08
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA BO‘LIMIDA VRACH-EPIDEMIOLOG YORDAMCHISINING KASBIY FAOLIYATI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada sanitariya-epidemiologiya bo‘limida vrach-epidemiolog yordamchisining kasbiy faoliyati va uning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda mutaxassisning sanitariya nazoratini amalga oshirish, epidemiologik kuzatuv olib borish, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida birlamchi tadbirlarni tashkil etish, dezinfeksiya ishlarini nazorat qilish, hujjatlarni yuritish hamda sanitariya-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida ishtirok etishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari vrach-epidemiolog yordamchisi sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, infeksion xavflarni erta aniqlash va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishda muhim amaliy bo‘g‘in ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada mazkur mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, mas’uliyati va zamonaviy sanitariya-epidemiologik xizmatdagi funksional ahamiyati asoslab berilgan.
2026-04-09
TEZ SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM REANIMATSIYA BO‘LIMIDA ANESTEZIST HAMSHIRANING KASBIY FAOLIYATI VA BEMOR PARVARISHIDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada tez shoshilinch tibbiy yordam reanimatsiya bo‘limida anestezist hamshiraning kasbiy faoliyati va bemor parvarishidagi o‘rni nazariy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida anestezist hamshiraning funksional vazifalari, hayotiy muhim ko‘rsatkichlarni monitoring qilish, shoshilinch muolajalarda ishtirok etish, intensiv parvarishni tashkil etish, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya etish hamda bemor xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, reanimatsiya sharoitida bemor parvarishi gigiyenik yordam bilan cheklanmasdan, balki yotoq yaralarining oldini olish, aspiratsiya xavfini kamaytirish, nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini saqlash, suyuqlik balansi va umumiy klinik holatni uzluksiz nazorat qilish kabi ko‘p qirrali jarayon ekanligi asoslab berildi. Tahlil natijalari anestezist hamshiraning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari, psixologik barqarorligi va mas’uliyati reanimatsion yordam sifati hamda davolash samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Maqolada reanimatsiya bo‘limida hamshiralik faoliyatini takomillashtirish, standart algoritmlar va zamonaviy monitoring vositalaridan samarali foydalanish zarurligi xulosa qilinadi.
2026-04-09
SHOSHILINCH YORDAM KO‘RSATISHDA BOLALAR BO‘LIMI KATTA HAMSHIRASINING ROLI
Mazkur maqolada shoshilinch yordam ko‘rsatish tizimida bolalar bo‘limi katta hamshirasining kasbiy o‘rni, funksional vazifalari va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda katta hamshiraning tashkiliy-boshqaruv faoliyati, hamshiralik parvarishini muvofiqlashtirish, sanitariya-epidemiologik nazoratni ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish, bo‘lim xodimlari ishini tashkil etish hamda ota-onalar bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, bolalar bo‘limida shoshilinch yordam sifati va xavfsizligini oshirishda katta hamshiraning menejerlik, pedagogik va nazorat funksiyalari muhim omil ekani asoslab berilgan. Maqola natijalari katta hamshira faoliyatini takomillashtirish orqali pediatrik shoshilinch yordam samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
2026-04-09
METHODOLOGY FOR ORGANIZING DIFFERENTIATED INSTRUCTION BASED ON ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES
This article examines the methodology for organizing differentiated instruction in English language classes through the use of artificial intelligence tools. The relevance of the topic is determined by the growing need to individualize learning in linguistically diverse classrooms where students differ in proficiency level, pace of learning, cognitive style, motivation, and communicative needs. Traditional one-size-fits-all teaching models often fail to address these differences in a systematic and sustainable manner, whereas artificial intelligence technologies create new opportunities for adaptive, data-informed, and learner-centered instruction. The purpose of the study is to develop and substantiate a methodological framework for the effective integration of artificial intelligence tools into differentiated English language teaching. The research is based on a qualitative and analytical approach involving the study of pedagogical theory, principles of differentiation, communicative language teaching, and the didactic potential of artificial intelligence applications in language education.
2026-04-10
VOYAGA ETMAGANLAR JINOYATCHILIGI TUSHUNCHASI
Ушбу мақолада суд тизимида рақамлаштиришнинг аҳамияти тўғрисида фикр юритилиб, қабул қилинган дастурлар ижроси муҳокама қилинган ҳолда айрим камчиликлар "Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi tushunchasi - jamiyatda muhim ijtimoiy-huquqiy muammo sifatida qaralmoqda. Ushbu annotatsiyada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning mazmuni, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va shakllanish omillari tahlil qilinadi.Shuningdek, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy sabablar, jumladan, oilaviy muhit, ta’lim tizimidagi kamchiliklar, tengdoshlarning ta’siri va nazoratning sustligi kabi omillar aks ettiriladi. Mavzuda voyaga yetmaganlarning huquqiy javobgarligi, profilaktik tadbirlarning ahamiyati va ularni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish masalalari ham alohida e’tibor markazida bo‘ladi. Ushbu annotatsiya yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni to‘g‘ri tarbiyalash va huquqiy ongini oshirish zarurligini asoslab beradi эътироф этилиб, бартараф этиш бўйича таклифлар илгари сурилган. Хусусан, мақолада иқтисодий низоларни кўрувчи судларда ҳам суд мажлиси баённомаларининг ўрнига батафсил тўхталган ҳолда, ушбу жараённи ҳам рақамлаштириш таклиф этилган.
2026-04-10
XALQARO PEDAGOGIK ATAMALARNI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada xalqaro pedagogik atamalarni o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuvning nazariy asoslari tahlil qilinib, talabalarda terminologik kompetensiyani shakllantirishning samarali usullari yoritilgan.
2026-04-10
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada jamoat xavfsizligi tizimida axborot texnologiyalarni joriy etishning ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada bugungi kunda global miqyosda ro‘y berayotgan jadal o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va raqamli inqilob sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylanayotganligi ilmiy jihatdan yoritilgan.
2026-04-10
ESKI O‘ZBEK YOZUVIDAGI ASARLARNING MADANIY VA TARIXIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada eski o‘zbek yozuvida yozilgan tarixiy manbalarning o‘rganilishi tahlil qilinadi. O‘rta asrlar va yangi davr boshlarida yaratilgan tarixiy asarlar, va hujjatli manbalar tarixiy tadqiqotlar uchun muhim ma’lumotlar bazasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida eski o‘zbek yozuvida yozilgan asarlarning mazmuni, ularning yaratilish sharoiti, mualliflik xususiyatlari hamda tarixiy ishonchlilik darajasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu manbalarning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati, ularni tasniflash, ilmiy muomalaga kiritish hamda zamonaviy tadqiqotlarda qo‘llash masalalari yoritiladi.Eski o‘zbek yozuvida yaratilgan manbalar tahlili jarayonida tarixiy manbalar nafaqat siyosiy tarixni, balki ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda ham muhim ilmiy manba ekanligi asoslab beriladi.
2026-04-10
ИЗУЧЕНИЕ ИДИОМ, ОТРАЖАЮЩИХ ТРАДИЦИИ И ОБЫЧАИ РУССКОГО НАРОДА
Статья посвящена анализу русских идиом как носителей этнокультурной информации. Рассматриваются механизмы репрезентации традиций, обрядов и бытовых практик в устойчивых фразеологических сочетаниях. Обосновывается, что идиоматика русского языка сохраняет историческую память о ритуалах, социальных нормах и мировоззренческих установках. Методологической основой исследования служит лингвокультурологический подход, позволяющий раскрыть взаимосвязь языковой формы и культурного содержания.
2026-04-10
AIRITOM ERKIN SAVDO ZO’NASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
AIRITOM Barcha to‘siqlardan holi bo‘lgan hudud,“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, 29 avgust kuni Termiz shahrida «Termiz xalqaro savdo markazi» ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan, Afg‘oniston bilan atigi 500 metr masofada joylashgan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish, xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi. Palata raisi A.Shayxov va boshqalar mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti shakllanishi hamda xorijiy investitsiyalar ko‘lami oshishida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub'yektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratiladi. Xususan, EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik sub'yektlarining muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida qulayliklar yaratish maqsadida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ruxsatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
2026-04-10
ZAIF KO‘RUVCHI YOSHLARGA MOSLASHTIRILGAN ADAPTIV SPORT TURLAR
Ushbu maqola zaif ko‘ruvchi yoshlarga moslashtirilgan adaptiv sport turlarini har tomonlama yoritadi. Maqolada adaptiv sportning tarixi, Goalball, dzyudo, tandem velosiped, beep baseball, suzish va boshqa maxsus sport turlari batafsil tavsiflangan. Zaif ko‘ruvchi yoshlar uchun jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan foydalari ilmiy asoslar bilan ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan adaptiv sport dasturlari, xalqaro tajriba hamda qiyinchiliklar va kelajak istiqbollari tahlil qilingan. Maqola inklyuziv jamiyat qurishda adaptiv sportning muhim rolini ta’kidlaydi va yoshlarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga qaratilgan amaliy tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: zaif ko‘ruvchi yoshlar, adaptiv sport, paralimpiya, goalball, inklyuziv ta’lim
2026-04-13
MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM BOLALARNING INKLUZIV TA’LIMDA NEYROPSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi autizm spektr buzilishiga ega bolalarni inkluziv ta’lim sharoitida qo‘llab-quvvatlashda neyropsixologik texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Autizmli bolalarning kognitiv, emotsional va kommunikativ rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar ilmiy manbalar asosida yoritiladi hamda neyropsixologik yondashuvlarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, neyropsixologik texnologiyalarni tizimli qo‘llash bolalarning ijtimoiy moslashuvi va nutq rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi..
2026-04-13
O’ZLASHMA NEOLOGIZMLARNING TILLAR INTEGRALLASHUVIDAGI FUNKTIONAL XUSUSIYATLAR
Mazkur maqolada o‘zlashma neologizmlarning tillar integrallashuvi jarayonidagi funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Globalizatsiya sharoitida turli tillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchayib borar ekan, yangi tushuncha va hodisalarni ifodalash ehtiyoji natijasida o‘zlashma neologizmlar keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqotda bunday birliklarning semantik, pragmatik va kommunikativ jihatlari yoritilib, ularning til tizimidagi o‘rni va ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, o‘zlashma neologizmlarning ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liqligi hamda ularning milliy til rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Maqola doirasida turli misollar asosida o‘zlashma neologizmlarning til boyishidagi roli va funksional vazifalari asoslab beriladi.
2026-04-13
XALFACHILIK BILAN BOGʻLIQ ANʼANA, URF-ODAT VA MAROSIMLAR
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining boy madaniy merosida muhim o‘rin tutgan xalfachilik an’analari, unga xos urf-odatlar va marosimlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xalfachilikning jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati, ayniqsa ayollar orasida madaniy qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga yetkazishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, turli marosimlar (to‘y, sunnat, bayramlar) jarayonida xalfa faoliyatining o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi.
2026-04-13
