ICHKI ISHLAR ORGANLARI HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘LINMALARINING FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqola Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida huquqiy ta’lim va ma’rifat, texnologiyalarni joriy etish, jinoyatchilikni kamaytirish, aholi bilan ishlash va mahalliy profilaktik tadbirlar tashkil etish kabilar ta’kidlanadi. Maqolada joriy yildagi statistik ma’lumotlar va ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar natijalari ham yoritiladi. Islohotlar, ayniqsa, texnologik yangilanishlar, video kuzatuv tizimlarining kengaytirilishi va huquqbuzarliklarni aniqlash tizimlarining avtomatlashtirilishi orqali huquqbuzarliklarni oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek maqolada, huquqbuzarliklarni oldini olishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olish, malakali kadrlar tayyorlash va samarali profilaktika tadbirlarini o‘tkazish zarurligi ko‘rsatilgan.Bundan tashqari, maqola huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha istiqboldagi chora-tadbirlar va ularning davlat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikka qo‘shgan hissasini baholashga qaratilgan. U nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatini tahlil qilish, balki huquqni muhofaza qilish tizimini yanada samarali ishlatish bo‘yicha takliflarni ham o‘z ichiga oladi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi rasmiy veb-sayti
O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi, 2024 yilgi statistika ma’lumotlari
"Jinoyatchilik va uning oldini olish" nomli ilmiy maqolalar to‘plami, 2023 yil
O‘zbekiston huquqshunoslarining ilmiy tadqiqotlari, 2024-yil
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — O‘zbekistonning qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini rasmiy sayti www.lex.uz
Rasmiy O‘zbekiston qonunlari portalidan
