KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA SINGAPUR METODIKASI VA KOMPLAYENS – NAZORATI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada Singapur davlatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatli tajribasi hamda zamonaviy davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi “Komplayens – nazorat” tizimining ahamiyati tahlil qilinadi. Singapurning mustaqillikka erishgan dastlabki yillarida yuzaga kelgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va keng tarqalgan korrupsiyaga qarshi sobiq Bosh vazir Li Kuan Yu rahbarligida joriy etilgan qat’iy siyosiy islohotlar, mustaqil nazorat organlari, kuchli huquqiy bazalar va shaffof boshqaruv tamoyillari asosida samarali kurashish modeli yaratildi. Shu bilan birga, maqola “Komplayens – nazorat” tizimining davlat va xususiy sektor faoliyatida korrupsiya xavfini oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar ko‘rish va xalqaro hamda milliy qonunchilik asosida samarali boshqaruvni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Ushbu tizim, o‘z navbatida, tashkilotlarda shaffoflikni oshirish, xodimlarda murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashda milliy va xalqaro standartlarga muvofiq amaliy model sifatida xizmat qiladi. Singapurning tajribasi va “Komplayens – nazorat” tizimi boshqa davlatlar uchun samarali korrupsiyaga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
https://kun.uz/news/2021/12/07/singapur-korrupsiyani-qanday-yengdi?
https://digitalcommons.law.umaryland.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1188&context=mscas
Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi [Matn]:o`quv qo`llanma / Niyozova Salomat Saparovna.- TDYU nashriyoti
Jon S.T. Quah, "Curbing Asian Corruption: An Impossible Dream?" Current History, Vol. 105, No. 690 (April 2006), p. 179.
Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to`qnashuvi [Matn]:o`quv qo`llanma / Maxmudov Firuz Baxtiyor o`g`li. - TDYU nashriyot
