ZABOY UZUNLIGINING EKSKAVATOR ISH SIKLIGA VA UNUMDORLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Main Article Content
Аннотация:
Mazkur maqolada Qalmoqqir ochiq konining real tog‘-geologik va ishlab chiqarish sharoitlarida zaboy uzunligining ekskavator ish sikli, transport vositalari bilan o‘zaro ishlash jarayoni hamda umumiy texnologik unumdorlikka ta’siri kompleks ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida zaboy uzunligi, bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan transport vositalari soni, ularning joylashuv sxemasi, yuklash ketma-ketligi va zaboydan foydalanish koeffitsienti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan. Ishlab chiqarish kuzatuvlari, texnologik va iqtisodiy hisob-kitoblar hamda normativ-uslubiy yondashuvlar asosida optimal zaboy uzunligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, zaboy uzunligi yetarli bo‘lmagan sharoitda transport vositalarining navbat kutish vaqti ortadi va ekskavatorning bekor turish holatlari ko‘payadi, bu esa umumiy unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Aksincha, zaboy uzunligini ilmiy asosda tanlash yuklash jarayonining uzluksizligini ta’minlab, ish frontidan foydalanish koeffitsientini oshiradi va ekskavator ish sikli davomiyligini qisqartiradi. Qalmoqqir koni sharoitida optimal zaboy uzunligini tanlash orqali ekskavator unumdorligini o‘rtacha 10–16 % gacha oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
Olingan ilmiy natijalar ochiq konlarda qazib-yuklash jarayonlarini loyihalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish va ekskavator-transport tizimining texnologik samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘xshash tog‘-geologik sharoitga ega konlarda ham qo‘llanishi mumkin.
