Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik,English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Опубликован: 2026-01-15

IMPROVING STUDENTS' PHYSICAL ACTIVITY USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION

 This article is written on the topic of improving students' physical activity using innovative technologies in higher education and contains information prepared based on scientific research.

Sherzod Sopiev

187-189

2026-01-14

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTRFAOL DASTURLARNI JORIY ETISH LOYIHASI

Ushbu maqola boshlang'ich sinf matematika darslarida interfaol dasturlarni joriy etishga qaratilgan kompleks loyihani taqdim etadi. U an'anaviy o'qitish metodlarining cheklovlarini bartaraf etish va zamonaviy ta'lim talablarini qondirishni maqsad qilgan. Maqolada konstruktivizm (Piaget, Vygotskiy), faoliyatga asoslangan yondashuv, o'z-o'zini belgilash nazariyasi va kognitiv yuk nazariyasi kabi nazariy asoslar tizimli tahlil qilingan, chuqur pedagogik va psixologik afzalliklari yoritilgan. Ta'limiy o'yinlar, simulyatsiyalar, onlayn platformalar, interfaol doskalar va mobil ilovalar kabi interfaol vositalar tasniflangan, shuningdek, AR/VR kabi rivojlanayotgan texnologiyalar ham ko'rib chiqilgan hamda ularni tanlashning mustahkam mezonlari keltirilgan. Loyihani amalga oshirishning sakkiz bosqichli batafsil metodologiyasi bayon etilgan bo'lib, u dastlabki ehtiyoj tahlili, aniq maqsadlarni belgilash (SMART tamoyillari), mustahkam texnologik infratuzilmani rivojlantirish, keng ko'lamli o'qituvchilar malakasini oshirish, o'quv dasturi va darsliklarga organik integratsiya, sinchkovlik bilan sinovdan o'tkazish va amaliy qo'llash, uzluksiz monitoring, baholash va tuzatuvchi choralar, shuningdek, loyihani barqaror kengaytirish va institutsionalizatsiya qilish strategiyalarini o'z ichiga oladi. Maqolada pedagogik samaradorlik, xususan, motivatsiyani oshirish, tushunchalarni chuqurroq o'zlashtirish, 21-asrning muhim ko'nikmalarini (tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijodkorlik, hamkorlik, raqamli savodxonlik) rivojlantirish va shaxsiylashtirilgan ta'lim yo'llariga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, moliyaviy cheklovlar, pedagoglar orasidagi raqamli tafovut, o'quv dasturining moslashuvchan emasligi, texnik nosozliklar, ekran oldida o'tkaziladigan vaqtga oid xavotirlar va interfaol kontent sifatini ta'minlash kabi potentsial muammolar aniqlanib, ularning amaliy yechimlari taklif qilingan. Tadqiqot interfaol dasturlarning dinamik, jalb qiluvchi va yuqori samarali o'quv muhitini yaratishdagi o'zgartiruvchi salohiyatini ta'kidlash bilan yakunlanadi va shu bilan O'zbekiston o'quvchilarining kompleks rivojlanishiga hamda milliy intellektual salohiyatiga sezilarli hissa qo'shishini ta'kidlaydi

Farrux Qodirov , Nilufar Shermatova

84–91

2026-01-15

Boshlang’ich sinflar ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda raqamli baholash vositalari

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda raqamli baholash vositalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, elektron baholash tizimlari hamda raqamli monitoring voisitalarining boshlang’ich ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Ilmiy manbalar tahlili asosida raqamli baholash vositalarining o’quvchilar bilimini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish va o’qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli baholash vositalari ta’lim sifati monitoringining muhim tarkibiy qismini ekanini ko’rsatadi

Farrux Qodirov , Madina Sulxonova

92–97

2026-01-15

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MEDIA-SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida media-savodxonlikni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli texnologiyalar, interaktiv o‘quv platformalari, multimediali vositalar hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning axborotni anglash, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida media resurslardan maqsadli va xavfsiz foydalanish, soxta axborotni farqlash hamda axborot madaniyatini oshirishga qaratilgan pedagogik mexanizmlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari media-savodxonlikni rivojlantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning samaradorligini asoslab beradi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi

Farrux Qodirov , Sabrina Turayeva , Umida Nomozova

98–103

2026-01-15

BASHLANG'ICH TA'LIMNING INKLYUZIV MUHITIDA BOLALARNING IQTISODIY FIKRLASH VA MODELLASHTIRISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur ilmiy maqola boshlang'ich ta'lim tizimida inklyuziv muhitda bolalarning iqtisodiy fikrlash va modellashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga bag'ishlangan. Maqolada iqtisodiy fikrlash va modellashtirishning pedagogik asoslari, inklyuziv ta'lim muhitining ta'siri va bolalarning iqtisodiy ongini rivojlantirish yo'llari haqida so'z boradi. Tadqiqotda chet el manbalariga tayangan holda, boshlang'ich ta'limda modellashtirish va iqtisodiy fikrlashni rivojlantirishning samarali metodologik usullari va pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqola pedagoglar, ta'lim sohasidagi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun muhim ma'lumotlarni taqdim etadi

Farrux Qodirov , Charos Uroqova

104–110

2026-01-15

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN STEAM KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) kompetensiyasini shakllantirishning metodik asoslari yoritilgan. Unda STEAM kompetensiyasining mazmuni, tarkibiy qismlari hamda uni rivojlantirishda fanlararo integratsiya, loyihaviy va muammoli ta’lim metodlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi bosqichlar va kutilayotgan pedagogik natijalar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonida STEAM yondashuvini samarali joriy etishga metodik asos bo‘lib xizmat qiladi

Farrux Qodirov , Shodiyona Usmonova

111–117

2026-01-15

ILGʻOR XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MALAKA OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirishning nazariy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida malaka oshirish va kasbiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy konseptual yondashuvlar, jumladan, uzluksiz ta’lim, kompetensiyaviy model, reflektiv o‘rganish hamda natijaga yo‘naltirilgan tayyorlov mexanizmlarining nazariy asoslari o‘rganiladi. Xorijiy tajribalar tahlili orqali malaka oshirish tizimini modernizatsiya qilishda pedagogik innovatsiyalar, raqamli ta’lim platformalari va individual ta’lim trayektoriyalarining ilmiy-uslubiy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada, shuningdek, malaka oshirish tizimining nazariy jihatdan takomillashuvi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy malaka oshirish tizimini rivojlantirishda konseptual asos sifatida foydalanish imkonini beradi

Farrux Qodirov , Rushana Xayrilloyeva

118–122

2026-01-15

LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH

Mazkur maqolada loyihalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Unda moliyalashtirish manbalari, mexanizmlari va moliyaviy resurslarni jalb etish usullari tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uchraydigan moliyaviy xatarlar, ularni boshqarish strategiyalari hamda moliyalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda milliy hamda xalqaro tajriba asosida loyihalarni moliyalashtirishning muqobil variantlari, davlat-xususiy hamkorlik modeli va tijorat banklarining roliga alohida e’tibor qaratilgan

Farrux Qodirov , Zulayxo Xurramova

123–128

2026-01-15

TA’LIMDA LOYIHA FAOLIYATI ORQALI O‘QUVCHILARNI TADQIQOTGA YO‘NALTIRISHNING INNOVATSION MODELLARI

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida loyiha faoliyati orqali o‘quvchilarni tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishning innovatsion modellari tahlil qilinadi. Loyiha faoliyatining o‘quvchilarda mustaqil izlanish, muammoli vaziyatlarni hal etish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot davomida loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga, tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari loyiha faoliyatiga asoslangan innovatsion modellar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi

Farrux Qodirov , Shijoat Yo‘lchiyeva

129–132

2026-01-15

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA LOYIHA ASOSIDA O‘QITISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida loyiha asosida o‘qitish texnologiyasining psixologik va pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Loyiha asosida o‘qitishning o‘quvchilarda bilish faolligi, mustaqil va tanqidiy fikrlash, ijodkorlik hamda jamoada ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritiladi

Farrux Qodirov , Nilufar Ziyotova

133–136

2026-01-15

BOSHLANG’ICH TA’LIM ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada ona tili darslarida innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati, ularni joriy etish yoʻllari va kutilayotgan samaralar tahlil qilinadi. Shu jumladan zamonaviy texnologiyalarni darsda qo’llash hamda ulardan oqilona foydalanish to’g’risida so’z boradi. Malakali pedagog  darsni innovatsiyalar asosida qanday tashkil etishi va buning natijasida dars samaradorligi qay darajada oshishi yoritib beriladi

Farrux Qodirov , Shohista Abdiyeva

137–142

2026-01-15

BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA ROBOTOTEXNIKA ELEMENTLARINI JORIY ETISH LOYIHASINING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada boshlangʻich taʼlim jarayoniga robototexnika elementlarini joriy etish loyihasining metodik asoslari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda robototexnika elementlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarida algoritmik tafakkur, muammoli fikrlash, ijodkorlik hamda jamoada ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishdagi oʻrni tahlil qilingan. Loyiha asosida taʼlim, integrativ va faoliyatga yoʻnaltirilgan yondashuvlar asosida robototexnika mashgʻulotlarini tashkil etishning metodik mexanizmlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, oʻquv jarayonida Lego Education, Arduino elementlari va vizual dasturlash muhitlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, ularning didaktik samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlangʻich taʼlimda robototexnika elementlarini joriy etish o‘quvchilarning texnologik savodxonligini oshirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda STEAM taʼlimini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Farrux Qodirov , Charos Azizova

143–146

2026-01-15

INNOVATSION TA’LIM MUHITINI YARATISHDA O‘QITUVCHI LIDERLIGINING O‘RNI

Ushbu maqolada innavatsion ta’lim muhitida kelib chiqadigan zamonaviy pedagogik talablar keltirilgan. Shuningdek o’qituvchining liderligi innovatsion ta`lim muhiti sharoitida qanday ahamyat kasb etishi, bundan tashqari uning rivojlanish hamda shakillanishiga ta`sir etuvchi omillar tahlil qilingan

Farrux Qodirov , Shalola Boymurodova

147–151

2026-01-15

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RAQAMLI RESURSLAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING LOYIHAVIY ASOSLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida raqamli resurslar va mobil ilovalardan foydalanishning pedagogik, metodik hamda loyihaviy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim platformalari, mobil texnologiyalar hamda interaktiv vositalarning o‘quvchilarning bilish faolligi, kreativ fikrlashi va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, raqamli resurslardan foydalanishning loyihaviy modeli ishlab chiqiladi

Farrux Qodirov , Munisa Bozorova

152–155

2026-01-15

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA LOYIHAVIY YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda loyihaviy yondashuvlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda imkoniyati cheklangan va maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilishda loyihaviy faoliyatning o‘rni tahlil qilinadi. Loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining pedagogik, psixologik va ijtimoiy samaradorligi ochib berilib, o‘qituvchilar, ota-onalar va mutaxassislar hamkorligini ta’minlash mexanizmlari asoslab beriladi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar, moslashtirilgan o‘quv dasturlari va baholash tizimlarini loyihalash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishda loyihaviy yondashuvlarning muhim metodik asos ekanligini ko‘rsatadi

Farrux Qodirov , Dilshoda Abdurasulova

156–161

2026-01-15

LOYIHA ASOSIDA O'QITISH METODLARI ORQALI O'QUVCHILAR IJODIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola XXI asr ta'limining muhim ko'nikmalaridan biri bo'lgan ijodiy salohiyatni rivojlantirishda loyiha asosida o'qitish (LAO) metodlarining hal qiluvchi rolini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Global raqobatbardoshlik va texnologik inqilob sharoitida shaxsdan nostandart fikrlash, muammolarni kreativ yechish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish talab etilayotgan bir paytda, an'anaviy ta'lim yondashuvlarining ijodkorlikni cheklashi va LAO ning bu boradagi afzalliklari ta'kidlanadi. Maqolada LAO ning konstruktivizm, tajribali o'rganish va "oqim" nazariyalariga asoslanganligi ko'rsatilgan holda, uning ijodiy jarayonni (muammo identifikatsiyasi, g'oyalar generatsiyasi, resurslardan foydalanish, prototiplash va iteratsiya) qanday rag'batlantirishi atroflicha ochib berilgan. Shuningdek, o'qituvchining LAO orqali ijodkorlikni rivojlantirishdagi fasilitatorlik roli, loyiha ishining ijodkorlik uchun afzalliklari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot xulosalari pedagoglar, maktab ma'muriyati va ta'lim siyosatchilari uchun o'quvchilarda ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farrux Qodirov , Nazokat Dilmurodova

162–168

2026-01-15

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA LOYIHAVIY YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda loyihaviy yondashuvlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda imkoniyati cheklangan va maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilishda loyihaviy faoliyatning o‘rni tahlil qilinadi. Loyiha asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining pedagogik, psixologik va ijtimoiy samaradorligi ochib berilib, o‘qituvchilar, ota-onalar va mutaxassislar hamkorligini ta’minlash mexanizmlari asoslab beriladi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar, moslashtirilgan o‘quv dasturlari va baholash tizimlarini loyihalash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishda loyihaviy yondashuvlarning muhim metodik asos ekanligini ko‘rsatadi.

Farrux Qodirov , Yorqinoy Ergashova

169–174

2026-01-15

INNOVATSION TAʼLIM MUHITINI YARATISHDA OʻQITUVCHI LIDERLIGINING OʻRNI

Ushbu ilmiy maqola innavatsion ta’lim muhitini yaratishda o‘qituvchi liderligining fundamental o‘rnini atroflicha tahlil qiladi. Global miqyosda innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishdagi hal qiluvchi ahamiyati zamonaviy ta’lim tizimlaridan ham doimiy yangilanish va o‘zgaruvchanlikni talab etadi. Maqolada innovatsion ta’lim muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, uning tarkibiy elementlari hamda o‘qituvchi liderligining nazariy asoslari ko‘rib chiqiladi. Xususan, o‘qituvchi liderligini ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarni motivatsiya qilish, yangi g‘oyalarni shakllantirish va amalga oshirishdagi asosiy mexanizmlari yoritiladi

Farrux Qodirov , Mehrigul Esanova

175–180

2026-01-15

БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА КИТОБХОНЛИК КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

Мазкур мақолада бошланғич синф ўқувчиларида китобхонлик кўникмаларини шакллантиришнинг назарий ва амалий жиҳатлари ёритилган. Тадқиқотда ўқувчиларнинг ёш ва психологик хусусиятлари инобатга олинган ҳолда, уларни бадиий асарлар ўқишга, ўқилган матнни тушунишга ва таҳлил қилишга ўргатишнинг самарали усуллари таҳлил қилинади. Шунингдек, ўқитувчининг методик маҳорати, дарс жараёнида ахборот технологияларидан фойдаланиш, интерактив ўйинлар ва рақамли кутубхона ресурслари орқали ўқувчиларда ўқишга бўлган қизиқишни ошириш йўллари кўрсатиб берилади. Тадқиқот натижаларида бошланғич таълимда китобхонлик маданиятини ривожлантириш ўқувчиларнинг тафаккурини кенгайтириши, нутқини бойитиши ва мустақил фикрлаш кўникмаларини шакллантиришга хизмат қилиши асослаб берилган

Farrux Qodirov , mohinur Fayzilova

181–184

2026-01-15

Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf matematika darslarida innovatsion texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni, interfaol metodlardan samarali foydalanish usullari hamda o‘qituvchi faoliyatining zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, mantiqiy fikrlash va matematik savodxonlik ko‘rsatkichlari oshganligini ko‘rsatadi

Farrux Qodirov , Mohinur Jo’rayeva

185–189

2026-01-15

Boshlang’ich sinfda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bo’yicha loyiha

Ushbu maqolada boshlanlang’ich sinflarda axborot xavfsizligi madaniyatini qay tarzda shakllantirish mumkinligi haqidagi g’oyalarni tahlil qilib, targ’ib qilish yo’llarini ko’rib chiqamiz. Shu bilan birga axborot texnologiya vositalari boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim jarayoniga nechog’lik foydali yoki xavfli ekanligiga razm solamiz. Qanday interfaol metodlar orqali axborot texnologiyalaridan foydalanish va xavfsizlik choralarini oson o’rgatish usullarini o’rganamiz. Bundan tashqari texnologiyalardan noo’rin foydalanish bizga qanchalik darajada muammolar tug’dirishini ko’rib chiqamiz. Hamda, axborot xavfsizligi madaniyati bugungi rivojlangan jamiyatimiz insonlari hayotida qay darajada muhim o’rin tutishi haqida so’z yuritamiz. Bu maqolamiz boshlang’ich sinf o’qituvchilari va metodistlari uchun manfaatli bo’ladi

Farrux Qodirov , Go’zal Jumayeva

190–194

2026-01-15

Boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik-uslubiy asoslari

ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik va uslubiy asoslari keng yoritilgan. Tadqiqotda o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT)ning o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmalari va ijodiy faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada multimedia vositalari, elektron resurslar, interaktiv doskalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali dars samaradorligini oshirish usullari, pedagogik yondashuvlar va amaliy qo‘llanilish yoritib berilgan. Shuningdek, axborot texnologiyalarini qo‘llashdagi muammolar, ularni yengib o‘tish yo‘llari va o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ham taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalarni pedagogik maqsadlarda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Farrux Qodirov , Fariza Lutfullayeva

195–199

2026-01-15

BOSHLANGʻICH SINFLARDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AKTDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini  oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning  qay darajada muhimlik  o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. AKT dan foydalanishning ijobiy tomonlari, ,tadqiqot usullari hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari batafsil  yoritilgan. Tadqiqot natijalari esa o‘quvchilarda bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish, o‘qituvchilarda esa pedagogik mahoratni rivojlantirish imkonini berishini ko‘rsatadi

Farrux Qodirov , Madina Gadoymurodova

200–203

2026-01-15

SAMARALI VA SAMARASIZ INVESTITSIYALAR

Mazkur maqolada investitsiya faoliyatining iqtisodiyotdagi fundamental roli, samarali va samarasiz investitsiyalarning differensial xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kapitalning rentabellik darajasi, risklarni boshqarish strategiyalari va resurslarning optimallashuvi masalalari akademik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilgan. Investitsiya samaradorligini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy uslublar va samarasiz loyihalarning vujudga kelish sabablari yoritilgan

Sitora Tursunova

204–206

2026-01-15