Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik,English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Опубликован: 2026-01-16
Статьи
CHILD MORTALITY IN UZBEKISTAN: AN ANALYSIS OF SOCIO-ECONOMIC AND DEMOGRAPHIC DETERMINANTS
Child mortality remains a major public health concern in Uzbekistan, with disparities linked to socio-economic and demographic factors. This study examines the determinants of child mortality using data from the Multiple Indicator Cluster Survey (MICS). A binary Logit model is employed to assess the effects of maternal education, household wealth, place of residence, access to improved water and sanitation, and maternal characteristics on child survival. The results indicate that higher maternal education, greater household wealth, and improved access to water and sanitation significantly reduce the likelihood of child mortality. These findings underscore the need for targeted policies that enhance maternal education and household infrastructure to further reduce child mortality and promote equitable child health outcomes in Uzbekistan.
2026-01-16
РОССИЯ ФЕДЕРАЦИЯСИДА ПОЛИЦИЯ ХОДИМЛАРИ ТОМОНИДАН ШАҲАРЛАРНИ ВА БОШҚА АҲОЛИ ПУНКТЛАРИНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ҚОИДАЛАРИНИ БУЗИШ ҲУҚУҚБУЗАРЛИГИ УЧУН ЖАВОБГАРЛИК МАСАЛАСИ
Мазкур мақолада Россия Федерациясида полиция ходимлари томонидан шаҳарлар ва бошқа аҳоли пунктларини ободонлаштириш қоидаларини бузиш билан боғлиқ ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик масалалари комплекс таҳлил қилинади. Тадқиқотда ободонлаштириш қоидаларининг ҳуқуқий моҳияти, уларга риоя этилишини таъминлашда полиция органларининг ўрни ва ваколатлари, шунингдек, маъмурий жавобгарликни қўллаш амалиёти ўрганилган. Мақолада амалдаги қонунчилик нормалари, ҳуқуқни қўллаш амалиётида мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этишга қаратилган илмий-амалий таклифлар баён этилган. Тадқиқот натижалари шаҳар муҳитини яхшилаш, жамоат тартибини таъминлаш ҳамда маъмурий ҳуқуқни қўллаш самарадорлигини оширишга хизмат қилади.
2026-01-16
BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING KREATIVLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM TEXNOLOGIYALARINING EKSPERIMENTAL TAJRIBA-SINOV ISHLARI.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) texnologiyasining oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida oʻtkazilgan eksperimental tajriba-sinov ishlari, ularning natijalari va metodik tavsiyalar bayon etilgan.
2026-01-16
THE INFLUENCE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON ENHANCING ENGLISH SPEAKING ABILITIES FOR SPECIFIC PURPOSES THROUGH THE EXPERIENCES OF PSYCHOLOGY STUDENTS
The rapid development of artificial intelligence (AI) has significantly transformed foreign language education, particularly in the field of English for Specific Purposes (ESP). This article examines the influence of AI-based technologies on improving English speaking abilities among psychology students. The study focuses on how intelligent tutoring systems, speech recognition tools, conversational agents, and adaptive learning platforms contribute to developing professional oral communication skills required in psychological practice. Using a mixed-method research design, quantitative data from speaking performance assessments and qualitative data from student reflections were analyzed. The findings demonstrate that AI-supported learning environments enhance pronunciation accuracy, fluency, domain-specific vocabulary usage, and communicative confidence. The article argues that AI tools are especially effective in ESP contexts because they provide personalized feedback, simulate authentic professional scenarios, and support learner autonomy. The results contribute to the growing body of research on AI-assisted language learning and highlight its pedagogical value in psychology-oriented ESP instruction.
2026-01-13
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ ГРАФИЧЕСКИХ ОРГАНАЙЗЕРОВ В РАЗВИТИИ ДИАЛОГИЧЕСКОЙ РЕЧИ ШКОЛЬНИКОВ
в статье осуществляется всесторонний анализ педагогического потенциала графических органайзеров в процессе развития диалогической речи школьников. Рассматриваются психолингвистические и дидактические основания использования визуально-графических средств в речевом обучении. Обосновывается положение о том, что графические органайзеры выступают эффективным инструментом организации диалогического взаимодействия, способствуя формированию коммуникативных умений, активизации речевой деятельности и снижению коммуникативных затруднений у учащихся. Делается вывод о целесообразности системного применения графических органайзеров в школьной практике.
2026-01-20
ILG‘OR KASBIY MAHORAT TEXNIKUMLARI VA YOSHLARNI ZAMONAVIY KASBLAR BO‘YICHA O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
Maqolada ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning yoshlarni zamonaviy va raqobatbardosh kasblarga tayyorlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etishning innovatsion yondashuvlari, o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda dual ta’lim tizimining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2026-01-20
REKLAMA MATNLARIDA MA’NO KUCHAYTIRUVCHI LISONIY VA NOLISONIY VOSITALARNING SOTSIALINGVISTIK XUSUSIYATLARI.
Mazkur maqolada reklama matnlarida ma’no kuchaytiruvchi lisoniy va nolisoniy vositalarning sotsiolingvistik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot reklama diskursida til birliklarining ijtimoiy qatlam, yosh, madaniy muhit va kommunikativ vaziyatga bog‘liq holda tanlanishi va qo‘llanishini ochib beradi. Lisoniy vositalar sifatida leksik-semantik kuchaytirgichlar, baholovchi birliklar, metafora va takrorlar, nolisoniy vositalar sifatida esa grafik dizayn, rang, shrift, tasvir va vizual belgilar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada reklama tilining sotsiolingvistik tabiatini aniqlash orqali uning jamiyatga ta’sir mexanizmlari yoritiladi.
2026-01-20
ELLINIZM: YUNONISTON HAYOTIDA ALOHIDA DAVR SIFATIDA
Ushbu maqolada ellinizm davrining Yunoniston tarixidagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Buyuk Aleksandr yurishlari natijasida shakllangan ellinistik dunyo siyosiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan tahlil qilinadi. Ellinizm davrida polis tizimining inqirozi, monarxik davlatlarning vujudga kelishi, fan, san’at va falsafaning rivojlanishi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yunon va sharq madaniyatlari sintezi natijasida yuzaga kelgan yangi dunyoqarash Yunoniston hayotiga ko‘rsatgan ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ellinizmni Yunoniston hayotida alohida tarixiy davr sifatida baholash imkonini beradi.
2026-01-20
YUSUF XOS HOJIBNING "QUTADG'U BILIG" DOSTONIDA AXLOQIY VA ESTETIK QARASHLAR
Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning XI asr turkiy adabiy yodgorligi -“Qutadgʻu bilig” dostonida ifodalangan axloqiy hamda estetik qarashlar tizimi tahlil qilinadi. Asarda jamiyatni boshqarish, adolatni qaror toptirish, komil insonni tarbiyalash kabi masalalar axloqiy mezonlar sifatida talqin etilib, ularning davlat va xalq farovonligi bilan bogʻliqligi yoritiladi. Doston qahramonlari va timsollar orqali adolat, aql-zakovat, qanoat, insof, rostgoʻylik, mehnatsevarlik singari fazilatlarning ijtimoiy-ma’naviy qadri ochib beriladi. Shu bilan birga, “Qutadgʻu bilig”dagi estetik qarashlar badiiy obrazlar, ramziy ifoda, nutq madaniyati, hikmatli baytlar, poetik uslub va did tarbiyasi orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada axloq va estetika bir-birini to‘ldiruvchi g‘oyaviy-mazmuniy birlik sifatida talqin qilinib, dostonning bugungi ma’naviy tarbiya hamda adabiy-estetik tafakkur rivojidagi ahamiyati asoslanadi.
2026-01-20
GIPERTROFIK RINITDА ESHITISH NАYCHАSINING DISFUNSIYASINI DAVOLASH SАMАRАDORLIGINI BАHOLАSH
Gipertrofik rinit ko‘pincha otorinolaringologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan va doimiy ravishda yetakchi tadqiqotchilarning diqqat markazida. Ushbu kasallik aksariyat xollorda qulok bitishi, eshitish naychasining disfunktsiyasiga (END) olib keladi. Tadqiqot davomida pastki burun chig‘onaqlarining gipertrofiyasi va eshitish naychalari patologiyasi bo‘lgan 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 20 bemorning tekshirish va davolash natijasi maʼlumotlari o‘rganildi. Endorinojarrohlik aralashuvi davolash usuli sifatida maxsus rinologik mikromanipulyatsion asboblari yordamida amalga oshirildi. Endoskopik usullarning samaradorligi, minimal invazivligi, burun bo‘shlig‘ining, burun halqumining qolgan qismlarini saqlab qolish imkoniyati borligini ko‘rsatgan.
2026-01-20
TOK VA KUCHLANISH TRANSFORMATORLARINI ISHLATISH.
Mazkur ilmiy maqolada tok va kuchlanish transformatorlarining elektroenergetika tizimlaridagi ahamiyati, ishlash prinsiplari, asosiy texnik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tok va kuchlanish transformatorlarining o‘lchash aniqligi, rele himoyasi va avtomatika tizimlaridagi o‘rni, shuningdek, ularni to‘g‘ri tanlash va ekspluatatsiya qilish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada zamonaviy elektr tarmoqlarida ushbu transformatorlardan foydalanishning texnik va xavfsizlik jihatlari tahlil qilinib, ularning elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Olingan xulosalar energetika sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-20
“VIZUAL ANTROPOLOGIYANING TARIXIY TADQIQOTLARDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI”
Mazkur maqolada vizual antropologiyaning tarixiy tadqiqotlardagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual antropologiyaning shakllanish tarixi, asosiy nazariy yondashuvlari hamda tarix fanining metodologiyasida tutgan o‘rni yoritilgan. Vizual manbalar — fotografiya, etnografik kino, rasm va boshqa tasviriy vositalarning tarixiy bilimni shakllantirishdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada g‘arb va rus ilmiy maktablari doirasida olib borilgan tadqiqotlar qiyosiy tahlil qilinib, vizual antropologik yondashuvning universal va kontekstual xususiyatlari aniqlanadi. Muallif vizual antropologiyani tarixiy tadqiqotlarda yordamchi usul sifatida emas, balki mustaqil ilmiy-metodologik yo‘nalish sifatida qarash zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari vizual manbalarni tanqidiy va tizimli tahlil qilish tarix fanini mazmunan boyitishini ko‘rsatadi.
2026-01-20
O'ZBEK XALQ OG'ZAKI IJODINING TIK TOK VA INSTAGRAMDAGI YANGI HAYOTI.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining zamonaviy raqamli makonda, xususan TikTok va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi yangi shakllarda namoyon bo‘lish jarayoni ilmiy tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodiga mansub maqol, topishmoq, latifa, qo‘shiq, termalar va marosim folklorining qisqa video formatlar orqali ommalashuvi, ularning transformatsiyasi va funksional o‘zgarishlari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda raqamli folklorshunoslik, mediamadaniyat va kommunikatsiya nazariyalariga tayanilib, ijtimoiy tarmoqlarning folklor namunalari yashovchanligiga ta’siri baholanadi.
2026-01-20
KICHIK VA OʻRTA BIZNES KORXONALARIDA KIBERXAVFSIZLIK XAVFLARINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqola kichik va oʻrta biznes korxonalarida kiberxavfsizlik xavflarini boshqarishning nazariy asoslarini oʻrganadi. Tadqiqotda kichik va oʻrta biznes korxonalarining kiberxavfsizlik sohasidagi zaif tomonlari, ular duch keladigan xavflar va tahdidlar tahlil qilinadi. Maqolada kiberxavfsizlik risklarini boshqarishning zamonaviy nazariyalari, xalqaro standartlar va amaliy modellari koʻrib chiqiladi.
2026-01-20
KIBERXAVFSIZLIK XAVFLARINI MOLIYALASHTIRISH (CYBER RISK TRANSFER) VA SUG'URTA QOPLAMALARINI BOSHQARISH.
Ushbu maqolada kiberxavfsizlik xavflarini moliyalashtirish (Cyber Risk Transfer) hamda kiber sug‘urta qoplamalarini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Raqamli transformatsiya jarayonida korxonalar duch kelayotgan kiber tahdidlar ko‘lami kengayib borayotgani, ularning moliyaviy oqibatlari chuqurlashayotgani tahlil qilinadi. Kiberxavflarni moliyaviy boshqarish mexanizmlari — xususan, kiber sug‘urta instrumentlari — biznes barqarorligini ta’minlashda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tashkilotlarning kiberhujumlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirish va boshqarish bo‘yicha samarali yondashuvlar taklif etiladi.
2026-01-22
TALABALAR MALAKAVIY AMALIYOTINI TASHKIL QILISH VA NAZORAT ETISHNING METODIK ASOSLARI.
Mazkur maqolada talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etish va nazorat qilish jarayonining metodik asoslari yoritiladi. Amaliyotning maqsad va vazifalari, tashkiliy bosqichlari, nazoratning shakl va mexanizmlari, baholash mezonlari hamda amaliyot hujjatlarini yuritishning samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim muassasasi–amaliyot bazasi–talaba hamkorligi, rahbarlarning funksional vazifalari, monitoring va tahlilning amaliyot sifatini oshirishdagi roli asoslab beriladi.
2026-01-22
INTERCULTURAL MISCOMMUNICATION IN ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CONTEXTS
Intercultural miscommunication has emerged as a critical issue in English as a Foreign Language (EFL) contexts, where learners and instructors navigate linguistic interaction across divergent cultural frameworks. This study examines the primary causes, manifestations, and pedagogical implications of intercultural miscommunication in EFL classrooms. Drawing on sociolinguistic and pragmatic theories, the research identifies cultural norms, discourse conventions, and pragmatic transfer as major sources of misunderstanding. Through qualitative analysis of classroom discourse and illustrative examples, the study demonstrates how linguistic competence alone is insufficient for effective communication. The findings emphasize the necessity of integrating intercultural communicative competence into EFL instruction to foster mutual understanding, pragmatic appropriateness, and communicative effectiveness in globalized educational environments.
2026-01-22
OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANGAN MUHITDA BOLALARDA RESPIRATOR KASALLIKLAR XAVFINING ORTISHI
Mazkur ilmiy maqolada og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob, mishyak va boshqalar) bilan ifloslangan muhitning bolalar organizmiga, xususan, nafas olish tizimiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar asosida og‘ir metallarning nafas yo‘llari orqali organizmga kirishi, immun tizimga ta’siri va respirator kasalliklar rivojlanishidagi roli yoritilgan. Tadqiqotlar natijalari bolalarda bronxit, bronxial astma, pnevmoniya va surunkali respirator kasalliklar xavfi ekologik jihatdan iflos hududlarda sezilarli darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi.
2026-01-22
YOSHLAR ORASIDA BIRINCHI MARTA STENOKARDIYA ANIQLANGANDA KARDIOMETABOLIK OMILLAR VA SIMPATO-ADRENAL TIZIM FUNKSIONAL BUZILISHLARI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK VA RIVOJLANISH PROGNOZI
Mazkur maqolada yoshlar orasida birinchi marta stenokardiya aniqlanganda kardiometabolik omillar va simpato-adrenal tizim funksional buzilishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot kliniko-biokimyoviy va neyrogormonal yondashuv asosida olib borilib, Andijon viloyatida yashovchi 19–44 yoshdagi 20 nafar bemor o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, stenokardiya bilan kasallangan yosh bemorlarda insulinga rezistentlik, dislipidemiya, giperurikemiya, ortiqcha tana massasi va katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) darajasining oshishi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ushbu o‘zgarishlar simpato-adrenal tizimning gipertonik holatga o‘tishiga, yurak ishemik kasalligini erta rivojlanishiga va metabolik disbalansning chuqurlashishiga olib keladi. Olingan natijalar stenokardiyaning erta prognozida kardiometabolik va neyrogormonal markerlarni baholash zarurligini ko‘rsatadi.
2026-01-22
COMPARATIVE ANALYSIS OF METAPHORICAL EXPRESSIONS IN ENGLISH AND UZBEK TEXTS
This article looks at how people use metaphors in English and Uzbek. Metaphors are not a way to make language more interesting but they also show how people think and what they believe in. They reflect what people in a country think is important and what they value. The goal of this article is to find out what is the same and what is different about how metaphorsre used in English and Uzbek. This is done by looking at things that people have written in books and newspapers. The article wants to see how people, in these two languages use metaphors to express their ideas and thoughts and what this says about English and Uzbek metaphors. In this study, qualitative and comparative methods were employed to reveal how metaphors function semantically and pragmatically in both languages.
2026-01-22
CHARACTERISTICS OF THE CLINICAL COURSE OF RHEUMATOID ARTHRITIS IN PATIENTS WITH DIABETES MELLITUS
Rheumatoid arthritis (RA) and diabetes mellitus (DM), particularly type 2 DM, are chronic inflammatory diseases whose co-occurrence presents a significant clinical challenge. This article reviews the specific characteristics of RA in patients with DM. The comorbidity is relatively common and driven by shared pathophysiological mechanisms, primarily chronic inflammation mediated by pro-inflammatory cytokines such as TNF-α and IL-6, which contribute to both insulin resistance and joint destruction. The clinical course of RA in diabetic patients is characterized by atypical symptom presentation (masked pain due to neuropathy), a complex overlap of arthropathies, and a markedly increased risk for severe complications, including accelerated cardiovascular disease, osteoporosis, infections, renal impairment, and ocular damage. Diagnosis is complicated by the confounding effects of hyperglycemia on inflammatory markers and imaging findings. Effective management requires a multidisciplinary approach prioritizing strict glycemic control, careful selection of antirheumatic drugs with consideration of their metabolic effects, and aggressive prophylaxis against cardiovascular and skeletal complications. Early detection, individualized treatment, and coordinated care among specialists are crucial for improving outcomes and quality of life in this high-risk patient population.
2026-01-22
QALQONSIMON BEZ GISTOGENEZI VA YOSHGA BOG’LIQ O’ZGARISHLAR
Ushbu maqolada qalqonsimon bezning embriogenez davrida rivojlanishi, gistogenez jarayoni hamda ontogenez davomida yuz beradigan yoshga bog‘liq morfo-funktsional o‘zgarishlar yoritilgan. Qalqonsimon bez endokrin tizimning muhim a’zolaridan biri bo‘lib, organizmning modda almashinuvi, o‘sishi va rivojlanish jarayonlarini boshqarishda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bois uning to‘qima darajasidagi shakllanishi va funksional faolligining yoshga qarab o‘zgarishini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Maqolada qalqonsimon bezning embrional manbai, dastlabki epitelial kurtakdan follikulalar hosil bo‘lishigacha bo‘lgan gistogenetik bosqichlar tavsiflanadi. Follikulyar hujayralarning differensiyatsiyasi, kolloid sintezi va gormon ishlab chiqarish mexanizmlarining shakllanishi batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, neyroektodermal kelib chiqishga ega bo‘lgan parafollikulyar (C) hujayralarning rivojlanishi va ularning kalsitonin sekretsiyasidagi roli yoritiladi.
Ontogenez jarayonida, xususan bolalik, o‘smirlik, voyaga yetganlik va qarilik davrlarida qalqonsimon bez to‘qimalarida kuzatiladigan gistologik o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Yosh o‘tishi bilan follikulalar hajmi, kolloid miqdori, hujayralarning proliferativ faolligi va qon tomirlanish darajasida yuz beradigan o‘zgarishlar bezning funksional holatini belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Qarilik davrida kuzatiladigan involyutsion jarayonlar va ularning klinik ahamiyati ham tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot natijalari qalqonsimon bez kasalliklarining patogenezini chuqurroq tushunishga, shuningdek yoshga bog‘liq endokrin buzilishlarni gistologik jihatdan baholashda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-01-22
KOMPYUTER TIZIMLARI VA ULARNING DASTURIY TAʼMINOTI.
Ushbu ilmiy maqolada kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti tushunchasining nazariy asoslari, zamonaviy kompyuter tizimlarining arxitekturasi hamda dasturiy ta’minotning apparat vositalari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompyuter tizimlarining asosiy komponentlari, operatsion tizimlar, tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning vazifalari hamda ularning samaradorlikka ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, kompyuter tizimlarida dasturiy ta’minotni loyihalash, joriy etish va optimallashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada keltirilgan xulosalar axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash va zamonaviy kompyuter tizimlarini samarali boshqarishda amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-22
DAVLAT YER KADASTRINI YURITISHNING TASHKILIY –HUQUQIY ASOSLARI.
Ushbu maqolada yer resurslarini boshqarish tizimida yer kadastrining o’rni va ahamiyati, yer kadastrining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, yer kadastrini yanada rivojlantirish mexanizmlari, yer kadastrining trakibiy qismlari, mazmuni va prinsiplarini yanada takomillashtirish kabi ko’plab masalalarga alohida ahamiyat berilgan.
2026-01-22
KOLLAGEN VA ELASTIN TUZILISHI VA ORGANIZMDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada inson organizmidagi biriktiruvchi to‘qimaning asosiy strukturaviy oqsillari hisoblangan kollagen va elastinning tuzilishi, turlari hamda ularning biologik va fiziologik ahamiyati keng yoritilgan. Ilmiy manbalarga ko‘ra (Alberts va boshq., Guyton & Hall, Junqueira), kollagen inson organizmidagi eng ko‘p uchraydigan oqsil bo‘lib, umumiy oqsil massasining taxminan 30 foizini tashkil etadi hamda suyak, teri, pay, tog‘ay va qon tomirlarining mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Elastin esa to‘qimalarga elastiklik va cho‘ziluvchanlik xususiyatini berib, ayniqsa qon tomirlari, o‘pka va teri faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada kollagenning asosiy turlari, ularning to‘qimalardagi joylashuvi va funksional ahamiyati histologiya va fiziologiya fanlari doirasida tahlil qilingan. Shuningdek, elastinning molekulyar tuzilishi va elastik tolalar hosil qilish mexanizmlari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida bayon etilgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yosh o‘tishi bilan kollagen va elastin sintezining kamayishi terining qarishi, bo‘g‘im va qon tomirlarida degenerativ o‘zgarishlarning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada kollagen va elastin almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlar, jumladan, osteoporoz, bo‘g‘im kasalliklari va teri elastikligining pasayishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ushbu oqsillar sintezini qo‘llab-quvvatlashda to‘g‘ri ovqatlanish, vitamin va mikroelementlarning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzining roli zamonaviy tibbiy manbalar asosida tahlil qilingan.
2026-01-22
PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF TRAGEDY IN HAMLET AND MACBETH
This article explores the psychological mechanisms underlying tragedy in William Shakespeare’s Hamlet and Macbeth through a comparative analytical approach. The study examines the protagonists’ inner conflicts, patterns of consciousness, moral dilemmas, and decision-making processes that ultimately lead to tragic consequences. Hamlet is analyzed as a character governed by reflective consciousness and intellectualized anxiety, whose excessive introspection delays decisive action. Macbeth, by contrast, is portrayed as an ambition-driven figure whose impulsive actions trigger psychological disintegration marked by guilt, paranoia, and hallucination. The article argues that Shakespeare constructs two distinct psychological mechanisms of tragedy: paralysis through reflection and destruction through unchecked ambition.
2026-01-26
DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE AND ATTITUDES TOWARD LINGUOCOACHING IN THE EDUCATIONAL SYSTEM OF UZBEKISTAN
This article examines the development of communicative competence and attitudes toward linguocoaching within the educational system of Uzbekistan. The study focuses on modern language education reforms, learner-centered methodologies, and the integration of linguocoaching principles into English language teaching. Communicative competence is analyzed as a multidimensional construct encompassing linguistic, sociolinguistic, pragmatic, and strategic components. The article also explores teachers’ and learners’ attitudes toward linguocoaching as an innovative pedagogical approach that enhances motivation, learner autonomy, and communicative effectiveness. The findings suggest that positive attitudes toward linguocoaching contribute significantly to the development of communicative competence in contemporary educational contexts.
2026-01-26
A COMPARATIVE ANALYSIS OF DEVELOPING LEXICAL COMPETENCE THROUGH IT TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEMS OF UZBEKISTAN AND THE UNITED KINGDOM
This article presents a comparative analysis of approaches to developing lexical competence through information technologies (IT) in the education systems of Uzbekistan and the United Kingdom. The study examines pedagogical strategies, digital tools, curriculum integration, and learner autonomy in vocabulary acquisition. The research highlights similarities and differences in policy orientation, technological infrastructure, and methodological practices. The findings demonstrate that while both systems recognize the importance of IT-enhanced lexical learning, the United Kingdom emphasizes learner-centered and adaptive technologies, whereas Uzbekistan focuses on systematic integration of digital resources within formal curricula.
2026-01-26
IJTIMOIY TARMOQLARDA TURDOSH HUQUQLARNI HIMOYA QILISHNING FUQAROVIY-HUQUQIY USULLARI
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar sharoitida turdosh huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda ularni fuqaroviy-huquqiy usullar orqali himoya qilish mexanizmlari tahlil etilgan. Raqamli platformalarning rivojlanishi natijasida ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va efir tashkilotlarining huquqlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan huquqiy muammolar yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq platformalarining axborot vositachisi sifatidagi huquqiy javobgarligi, Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasi misolida qiyosiy tahlil qilingan hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar berilgan.
2026-01-26
РОЛЬ ВОСПАЛИТЕЛЬНЫХ МАРКЕРОВ В ДИАГНОСТИКЕ И ПРОГНОЗИРОВАНИИ ИНФЕКЦИОННЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
В статье рассматривается значение воспалительных маркеров в современной клинической практике при диагностике и прогнозировании инфекционных заболеваний. Особое внимание уделено таким лабораторным показателям, как С-реактивный белок, прокальцитонин, интерлейкины, скорость оседания эритроцитов и ферритин. Проанализированы их диагностическая чувствительность, прогностическая ценность и клиническое значение при бактериальных и вирусных инфекциях, сепсисе и тяжелых инфекционных состояниях. Материал основан на данных международных клинических исследований и рекомендаций Всемирной организации здравоохранения.
2026-01-26
YUSUF XOS HOJIBNING "QUTADG'U BILIG" DOSTONIDA AXLOQIY VA ESTETIK QARASHLAR
Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning XI asr turkiy adabiy yodgorligi -“Qutadgʻu bilig” dostonida ifodalangan axloqiy hamda estetik qarashlar tizimi tahlil qilinadi. Asarda jamiyatni boshqarish, adolatni qaror toptirish, komil insonni tarbiyalash kabi masalalar axloqiy mezonlar sifatida talqin etilib, ularning davlat va xalq farovonligi bilan bogʻliqligi yoritiladi. Doston qahramonlari va timsollar orqali adolat, aql-zakovat, qanoat, insof, rostgoʻylik, mehnatsevarlik singari fazilatlarning ijtimoiy-ma’naviy qadri ochib beriladi. Shu bilan birga, “Qutadgʻu bilig”dagi estetik qarashlar badiiy obrazlar, ramziy ifoda, nutq madaniyati, hikmatli baytlar, poetik uslub va did tarbiyasi orqali namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada axloq va estetika bir-birini to‘ldiruvchi g‘oyaviy-mazmuniy birlik sifatida talqin qilinib, dostonning bugungi ma’naviy tarbiya hamda adabiy-estetik tafakkur rivojidagi ahamiyati asoslanadi.
2026-01-26
