IBTIDOIY DINLAR
Main Article Content
Abstract:
Ibtidoiy dinlar — insoniyat tarixidagi eng qadimiy e’tiqodiy tizimlardan bo‘lib, ular inson tafakkuri, tabiat hodisalariga bo‘lgan munosabat va ijtimoiy hayotning dastlabki shakllarida shakllangan. Bu dinlarda odamlar tabiiy kuchlar — quyosh, oy, yomg‘ir, shamol, daraxt va hayvonlarga sig‘inish orqali ularning ta’sirini tushunishga va jilovlashga harakat qilganlar. Ibtidoiy diniy qarashlar orasida animizm (ruhlar mavjudligiga ishonch), fetishizm (ashyolarga ilohiy kuch yuklash), totemizm (hayvon yoki o‘simlikni ajdod deb bilish) va shamanizm (ruhoniy vositachilik) asosiy o‘rin tutadi. Ushbu e’tiqodlar keyinchalik rivojlangan dinlar — politeizm va monoteizm shakllariga zamin yaratgan. Ibtidoiy dinlar inson tafakkurining evolyutsiyasi, ma’naviyat va madaniyat tarixini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Article Details
How to Cite:
References:
G.T. Tulemetova, O‘. M. Hasanboyev Dinshunoslik darslik
Dinshunoslar tomonidan dinlarni tasniflash bo‘yicha amalga oshirilgan urinishlardan biri. Ushbu tasnifda dualistik zardushtiylik dini yakkaxudolik dinlari qatoriga kiritilgan; buddizm dini esa – “ateistik dinlar” qatorida. Falsafiy ta’limot bo‘lmish moniylik esa e’tiqod obyektiga ega bo‘lgan dinlardan o’rin olgan. Timoshchuk A.S., Fedotova I.N., Shavkunov I.V. Vvedenie v religiovedenie: Uch. pos. - Vladimir, 2011. – B.131.
Library.ziyonet.uz
Kutubxona.uz
“Dinshunoslik” — A. Abdullaev, A. Hamidov, M. Rasulov
“Dinlar tarixi” — Sh. Qodirov
