O‘ZBEKISTONDA PAXTA YAKKAHOKIMLIGIDAN QUTILISH TARIXI (1991–2025)
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqola O‘zbekistonda mustaqillik yillarida (1991–2025) paxta yakka hokimligidan voz kechish jarayoni va uning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sobiq ittifoq davrida shakllangan biryoqlama paxtachilik siyosatining oqibatlari, mustaqillikdan so‘ng amalga oshirilgan agrar islohotlar, paxta maydonlarini qisqartirish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish choralari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda fermerlik tizimining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari va “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” asosida olib borilgan islohotlarning natijalari tahlil qilingan. Natijada mamlakatda paxta xomashyosiga qaramlikning kamayishi, oziq-ovqat xavfsizligining mustahkamlanishi, iqtisodiy mustaqillik va ekologik barqarorlikning oshishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
