"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-11-03
Статьи
KOSMOGONIK MIFLARNING BADIIY TALQINI
Ushbu maqolada kosmogonik miflarning badiiy talqini, ularning xalq og‘zaki ijodi hamda yozma adabiyotdagi namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilinadi. Maqolada badiiy asarlarni mifologik yondashuv asosida o‘rganishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Bugungi kunga qadar folklor sohasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, uning ayrim jihatlari hali ham to‘liq o‘rganilmagan. Shulardan biri — kosmogonik mifologiya masalasidir. Mazkur maqolada ertaklar va xalq og‘zaki ijodida uchraydigan kosmogonik miflarning ayrim turlari, ularning badiiy talqini hamda mifologik obrazlar tizimi ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Muallif mavzu yuzasidan mavjud ilmiy qarashlarni tahlil qilib, o‘z fikr va mulohazalarini ilgari suradi.
2025-11-03
SAMARQAND VILOYATI JINOYAT ISHLARI SUDI TOMONIDAN KO’RILGAN ISHLARNI O‘RGANISH NATIJALARI
Bu maqola Samarqand viloyati jinoyat ishlari sudi tomonidan ko’rilgan ishlarning MY SUD.UZ interaktiv xizmatlar portalida elon qilgan qarorlarini tahliliy o‘rganish asosida yozildi. Samarqand viloyati jinoyat ishlari sudida ko’rilgan ishlarning statistik tahlili yillar va jinoyat sodir etgan shaxslarning yoshi raqamlar va diagramma shakllarida berildi.
2025-11-03
MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTON TRANSPORT INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH TARIXI
Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida transport infratuzilmasining shakllanishi va jadal rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Mustaqillik davri mamlakat hayotida yangi sahifa ochdi — yo‘l-transport tizimi iqtisodiyotning tayanch sohasiga aylandi. Avtomobil va temir yo‘l tarmoqlarining kengayishi, havo va metro yo‘nalishlarining zamonaviylashuvi, xalqaro transport koridorlarining yaratilishi O‘zbekistonning jahon iqtisodiy makoniga integratsiyalashuvini tezlashtirdi. Maqolada “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati, “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari, yangi avtomagistrallar va aeroportlarning qurilishi misolida mamlakat transport sohasidagi tub islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy hayotga, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga va xalq farovonligiga ta’siri badiiy ruhda ifodalangan. Transport infratuzilmasining rivoji — bu nafaqat yo‘llar va temir izlar tarixi, balki O‘zbekistonning yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik yo‘lidagi g‘alabalari tarixidir.
2025-11-04
THE IMPORTANCE OF INTERCULTURAL COMPETENCE IN EFL/ESL EDUCATION
The importance of inter-cultural communication skills have grown significantly in today’s society. More and more people in our civilization are interconnecting due to the advancement of technology and Artificial Intelligence. Communities need individuals who can embrace, handle, and adapt to different cultures. Such changes are already being experienced in in the classroom where students come from different localities or countries. Culture being dealt with the manner of approach to an individual from a culture different from the one taught from. In communication, understanding and related activities and dimension language of some distinct ends. It involves speaking the language of the person one is dealing with and size the way incorporate differences one you communicate.
2025-11-04
O‘QUV FAOLIYATIDA RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN ISHLARNING MAZMUNI
Psixik rivojlanishning susayishi aksariyat hollarda vaqtinchalik holat emas, balki turg‘un mazmun kasb etar ekan. Ruhiy rivojlanishning susayish turlari, aqliy darajasiularning ta’lim faoliyatidagi muvaffaqiyatsizliklarga va ularning hulq-atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yordamchi maktablarda ta'limning samarali usullaridan foydalanish, turli bolalarni qiziqtira oladigan ko‘rgazmali matеriallardan o‘rinli foydalanish asosida, bola tafakkurni birmuncha shakllantirish, rivojlantirish, korrеktsiyalash mumkin.
2025-11-04
LISONIY PARADIGMA VA LISONIY TAVSIF
Ushbu tezisda tavsif tushunchasi ta`rifi , lisoniy tavsifning uchta turi mavjudligi, ularning tilshunoslikdagi tutgan o`rni alohida yoritiladi.guruh, so`z turkumlari, tur, tasnif, guruhga ajratish, gap bo`laklari, yordamchi so`zlar
2025-11-04
ARTIFICIAL INTELLIGENCE FOR AUTOMATED SEO ENHANCEMENT
This article investigates the use of artificial intelligence to automate search engine optimization (SEO) processes for web content. It proposes a data-driven framework that leverages natural language processing and machine learning to enhance on-page SEO factors, including keyword optimization, metadata generation, and semantic structuring. Using Python-based tools and real website datasets, the system evaluates improvements in search ranking potential. Results show that AI-driven SEO provides measurable gains in content relevance, crawlability, and visibility in search engine results pages (SERPs).
2025-11-04
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI
Usbu maqola Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida soliq tizimining rivojlanish tarixini “3 bosqich” ga bo`lib o`rganildi va o`z ichiga oladi 1991-2000-yillarni. Qolaversa, O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini qabul qilinishi, qabul qilingandan so`ng qanday o`zgarishlar amalga oshirilganligi, tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari va oddiy aholi uchun qanday imtiyozlar berilganligini urganib chiqildi.
2025-11-04
OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK TARAQQIYOTINING TARIXIY DINAMIKASI
Ushbu maqolada biotexnologiyaning zamonaviy yutuqlari va ularning turli sohalardagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda biotexnologiya jarayonlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, biotexnologiyaning gen injiniringi, fermentatsiya va bioinformatika yo‘nalishlari orqali inson hayot sifatini yaxshilashdagi roli ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ishlanmalari, biotexnologik mahsulotlarning iqtisodiy va ekologik afzalliklari tahlil qilingan. Natijada biotexnologiya sohasi kelajakda barqaror rivojlanishning muhim omili ekanligi asoslab berilgan.
2025-11-04
FUQAROLIK SUD ISHLARI YURITILADIGAN TIL PRINSIPINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritiladigan til prinsipi tushunchasi, ahamiyati, mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, bu boradagi milliy qonun hujjatlari normalari tahlil etilgan.
2025-11-04
О‘ZBEKISTОNDА MАHАLLIY DАVLАT HОKIMIYАTI ОRGАNLАRINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISH TАRIXI
Mаzkur mаqоlаdа О‘zbekistоndа mаhаlliy dаvlаt hоkimiyаti оrgаnlаrining tаrixiy shаkllаnishi vа rivоjlаnish bоsqichlаri tаhlil qilinаdi. Muаllif tоmоnidаn qаdimiy dаvrlаrdаn tо mustаqillik yillаrigаchа bо‘lgаn mаhаlliy bоshqаruv tizimining evоlyutsiyаsi, uning huquqiy аsоslаri hаmdа аmаliyоtdаgi о‘zgаrishlаri ilmiy аsоsdа yоritilgаn. Shuningdek, Аmir Temur dаvridаgi bоshqаruv tizimi, xоnliklаr dаvridаgi mаhаlliy idоrаlаr, sоvet dаvri sоvetlаr tizimi vа mustаqillikdаn keyingi “hоkimlik” instituti о‘rtаsidаgi uzviylik vа tаfоvutlаr tаhlil qilinаdi. Mustаqillikdаn sо‘ng qаbul qilingаn “Mаhаlliy dаvlаt hоkimiyаti tо‘g‘risidа”gi qоnunning mаzmun-mоhiyаti, mаhаlliy kengаshlаr vа hоkimlаrning vаkоlаtlаri, shuningdek Prezident Sh.M. Mirziyоyev dаvridа оlib bоrilgаn islоhоtlаrning mаzmuni hаmdа ulаrning аmаliy nаtijаlаri kо‘rsаtib berilаdi
2025-11-04
USMON AZIM PUBLITSISTIKASIDA ZAMON VA INSON MUAMMOLARI IFODASI
Ushbu maqolada Usmon Azim publitsistik ijodining asosiy g‘oyalari zamon va inson muammolarining badiiy ifodasi, muallifning dunyoqarashi hamda falsafiy pozitsiyasi tahlil qilinadi. “So‘ng so‘zlar” to‘plamidagi maqolalar asosida yozuvchining zamon ruhi, ijtimoiy adolat, inson mas’uliyati, ma’naviyat va axloqiy qadriyatlar haqidagi qarashlari ochib beriladi. Maqolada Usmon Azim publitsistikasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati va badiiy-estetik yondashuvlari yoritilgan
2025-11-04
O‘ZBEKISTONDA PAXTA YAKKAHOKIMLIGIDAN QUTILISH TARIXI (1991–2025)
Ushbu maqola O‘zbekistonda mustaqillik yillarida (1991–2025) paxta yakka hokimligidan voz kechish jarayoni va uning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sobiq ittifoq davrida shakllangan biryoqlama paxtachilik siyosatining oqibatlari, mustaqillikdan so‘ng amalga oshirilgan agrar islohotlar, paxta maydonlarini qisqartirish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish choralari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda fermerlik tizimining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari va “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” asosida olib borilgan islohotlarning natijalari tahlil qilingan. Natijada mamlakatda paxta xomashyosiga qaramlikning kamayishi, oziq-ovqat xavfsizligining mustahkamlanishi, iqtisodiy mustaqillik va ekologik barqarorlikning oshishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
2025-11-04
ПРИОСТАНОВЛЕНИЕ ДЕЙСТВИЯ ЛИЦЕНЗИИ АДВОКАТА, КАК ОСНОВАНИЯ ДЛЯ ПРИОСТАНОВЛЕНИЯ ПРАВОВОГО СТАТУСА
В данной статье рассматривается вопрос о приостановлении действия лицензии адвоката как основании для приостановления его правового статуса. Анализируется законодательство Республики Узбекистан, регулирующее адвокатскую деятельность, а также практика применения этих норм.
2025-11-04
SUD-HUQUQ TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning sud-huquq tizimiga ta’siri hamda O‘zbekiston Respublikasida raqamlashtirish jarayonining huquqiy asoslari tahlil qilingan. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “E-sud” va boshqa tizimlarning joriy etilishi natijasida sud faoliyatida shaffoflik, tezkorlik va fuqarolarga qulaylik ta’minlanmoqda. Tadqiqotda 1999–2023-yillar oralig‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar tizimli o‘rganilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning sud amaliyotida qo‘llanishi, uning imkoniyatlari va javobgarlik masalalari milliy hamda xorijiy olimlar fikrlari asosida tahlil etilgan. Muallif sud-huquq tizimini modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish, yagona raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish va inson omilini kamaytirish zarurligini asoslab beradi.
2025-11-04
ЗАРУБЕЖНОЕ «СОСЕДСКОЕ» ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО.
Статья посвящена анализу международного опыта регулирования соседских отношений и ограничения прав собственников недвижимого имущества в гражданском законодательстве различных стран. Особое внимание уделяется принципу баланса интересов собственника и общества, закреплённому в правовых системах Германии, Франции, Австрии, Италии, Швейцарии, Исследование показывает, что современное гражданское право признаёт обязанность собственника воздерживаться от действий, причиняющих необоснованный и существенный вред соседним земельным участкам или обществу в целом, а также соблюдать принципы добросовестности, разумности и социальной функции собственности.
2025-11-05
MUSTАQIL О‘ZBEKISTОNDА REFERENDUM VА UMUMXАLQ MUHОKАMАLАRINING О‘TKАZILISH TАRIXI
Mаqоlаdа Mustаqil О‘zbekistоndа referendumlаr vа umumxаlq muhоkаmаlаrining о‘tkаzilish tаrixi, ulаrning huquqiy аsоslаri hаmdа siyоsiy аhаmiyаti tаhlil qilingаn. 1991, 1995, 2002 vа 2023-yillаrdаgi referendumlаr misоlidа mаmlаkаt siyоsiy tizimining demоkrаtik rivоjlаnish bоsqichlаri оchib berilgаn. Shuningdek, 1992-yilgi Kоnstitutsiyа muhоkаmаsi hаmdа 2023-yilgi yаngi Kоnstitutsiyа lоyihаsi bо‘yichа о‘tkаzilgаn umumxаlq muhоkаmаsi xаlq irоdаsining аmаliy ifоdаsi sifаtidа bаhоlаngаn. Mаqоlа yаkunidа referendum vа umumxаlq muhоkаmаlаri О‘zbekistоndа fuqаrоlik jаmiyаtini mustаhkаmlоvchi demоkrаtik institut sifаtidа izchil rivоjlаnаyоtgаni ilmiy jihаtdаn аsоslаb berilgаn.
2025-11-05
MUSTАQIL О‘ZBEKISTОNDА MILLIY QОNUNCHILIK TIZIMINI SHАKLLАNTIRISH TАRIXI
Mаqоlаdа О‘zbekistоn Respublikаsi mustаqillikkа erishgаnidаn sо‘ng milliy qоnunchilik tizimini shаkllаntirish bоsqichlаri tаhlil qilingаn. Muаllif qоnunchilik tizimining tаrixiy аsоslаri, Kоnstitutsiyаning qаbul qilinishi, dаstlаbki yillаrdа yаrаtilgаn аsоsiy qоnunlаr, shuningdek Sh.M. Mirziyоyev dаvridа bоshlаngаn yаngi islоhоtlаrning mаzmun-mоhiyаtini yоritаdi. Milliy huquq tizimining xаlqаrо me’yоrlаr bilаn uyg‘unlаshuvi vа zаmоnаviy demоkrаtik dаvlаt qurilishidаgi аhаmiyаti ilmiy dаlillаr аsоsidа оchib berilаdi.
2025-11-05
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA O'ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BOSHLANISH TARIXI (1991-1996)
Ushbu maqola Mustaqillikning dastlabki yillarida (1991-1996) Oʻzbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning boshlanish tarixini, ularning mohiyati va dastlabki natijalarini kompleks tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada "Oʻzbek modeli"ning shakllanish jarayoni, uning asosiy besh tamoyili va amaliy tatbiqidagi oʻziga xos xususiyatlar yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy-tizimli yondashuv qoʻllanilib, dastlabki mustaqillik davridagi qonun hujjatlari, rasmiy hujjatlar, statistik maʼlumotlar va ilmiy manbalar qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonning bosqichma-bosqich rivojlanish modeli asosida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy jihatlari: resurs taqsimotidagi nomutanosobliklarni bartaraf etish, mulkchilik shakllarini diversifikatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini qayta qurish, milliy valyutani joriy etish va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash masalalari ochib berilgan. Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar "Oʻzbek modeli"ning besh tamoyili asosida muvaffaqiyatli amalga oshirilib, murakkab makroiqtisodiy muammolarni bartaraf etish, iqtisodiy pasayishni toʻxtatish va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish mumkin boʻldi.
2025-11-05
HUQUQIY TEXNOLOGIYALARDA KIBER XAVFSIZLIK: O‘ZBEKISTONNING "KIBER XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING TAHLILI VA JANUBIY KOREYA STANDARTLARI
Ushbu maqola O‘zbekistonning “Kiber xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni va Janubiy Koreyaning kiberxavfsizlik standartlarini qiyosiy tahlil qiladi. Maqolada kiberxavfsizlikning huquqiy texnologiyalardagi roli, davlat va xususiy sektorning majburiyatlari, shuningdek, elektron ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy tahlil orqali O‘zbekistonning qonunchiligi va Janubiy Koreya tajribasi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar aniqlanadi. Maqola kiberxavfsizlikni mustahkamlash va milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2025-11-05
MEASURING MARKET COMPETITION INTENSITY IN THE HOSPITALITY SECTOR
This study examines the intensity and evolution of market competition within the hospitality sector of Bukhara region, Uzbekistan, across the period 2022-2024, employing the Hannah-Kay concentration index as the primary analytical instrument. The research addresses the critical policy question of whether market liberalization and tourism sector expansion have generated competitive market structures conducive to service quality improvement and price efficiency. Utilizing comprehensive statistical data on service volumes from 17-18 accommodation establishments representing major hotels and tourist facilities across three consecutive years, the analysis computes market concentration indices with parametric specification α=1.5, appropriate for assessing overall market concentration dynamics. Empirical findings reveal Hannah-Kay index values of 14.47 for 2022, 14.95 for 2023, and 14.90 for 2024, substantially exceeding the monopoly threshold of 1.0 and indicating robust competitive market conditions throughout the observation period. The progressive increase from 2022 to 2023 suggests intensifying competition driven by new market entrants, particularly the opening of international chain hotel Wyndham Bukhara, while the slight stabilization in 2024 indicates market maturation. Market share analysis identifies Oriyent Star Varahsha and Wyndham Bukhara as market leaders with shares of 11.6% and 12.0% respectively in 2024, while no single establishment demonstrates dominant market power exceeding 15%, confirming dispersed market structure. The study contributes methodologically by demonstrating the applicability of concentration indices to hospitality sector analysis in emerging tourism markets, providing empirical baseline measurements for regulatory assessment, and offering theoretical insights regarding the relationship between market structure, service diversification, and quality competition in regional tourism contexts. Policy implications emphasize the importance of maintaining competitive market conditions through continued support for diverse establishment types including family-run guesthouses alongside international chains, quality certification programs, and monitoring mechanisms preventing anti-competitive consolidation. The findings support continued liberalization policies while suggesting targeted interventions to strengthen smaller establishments' competitive capabilities through training, financing access, and marketing support programs
2025-11-05
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI (BAYROQ, GERB, MADHIYA) YARATILISHINING TARIXIY JARAYONI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari bayroq, gerb va madhiyaning yaratilish tarixi, ularning ramziy ma’nolari hamda mustaqillik davridagi siyosiy jarayonda tutgan o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada davlat ramzlarining shakllanishi o‘zbek davlatchiligi va milliy o‘zlikni tiklash jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida baholanadi.
2025-11-05
THE CONCEPT OF ENVIRONMENTAL LITERACY AND ITS CONTENT
Environmental literacy is a multifaceted concept that encompasses the knowledge, skills, attitudes, and behaviors necessary to understand and address environmental issues effectively. Rooted in the environmental education movements of the 20th century, it has evolved into a critical framework for fostering sustainable societies. This article explores the origin, definition, and components of environmental literacy, emphasizing its interdisciplinary nature and relevance in addressing global ecological challenges. Drawing on scholarly literature and key frameworks, it examines the cognitive, affective, and behavioral dimensions of environmental literacy, alongside its historical development and practical applications. The article adheres to international journal standards, providing a comprehensive analysis supported by relevant quotations and references.
2025-11-05
MUSTAQILLIK DAVRI OʻZBEKISTONDA OILA INSTITUTIDAGI TARIXIY OʻZGARISHLAR
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillik yillarida oila institutida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy asoslarning yaratilishi, milliy qadriyatlarning tiklanishi, yosh va ayollarni qo‘llab-quvvatlash tizimining shakllanishi hamda global o‘zgarishlarning oilaga ta’siri tahlil qilinadi. Mustaqillikdan keyingi davrda oila siyosatining kuchayishi, davlat tomonidan oilani qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari va bu islohotlarning amaliy natijalari ilmiy yondashuv asosida yoritiladi.
2025-11-05
OʻZBEKISTONDA URBANIZATSIYA JARAYONINING TARIXIY DINAMIKASI (1991–2025)
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillikdan soʻng urbanizatsiya jarayonining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shaharlar sonining ortishi, infratuzilmaning yangilanishi, aholining migratsion faolligi, sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlarining kengayishi bilan bogʻliq jarayonlar tarixiy nuqtai nazardan oʻrganiladi. Shuningdek, urbanizatsiyaning zamonaviy tendensiyalari, davlat siyosati va 2030-yilgacha boʻlgan istiqbollari ham yoritilgan.
2025-11-05
HUQUQIY XIZMATLARDA RAQA`MLI IDENTIFIKATSIYA:ELECTRON HUKUMAT QONUNCHILIGI VA HINDISTON TAJRIBASI
Maqolada huquqiy xizmatlar sohasida raqamli identifikatsiya (RI) tizimlarining joriy etilishi bilan bogʻliq huquqiy meʼyorlar, xatarlar va istiqbollar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Oʻzbekistonning elektron hukumat qonunchiligini Hindistonning “Aadhaar” tizimi kabi yirik xalqaro tajribalar bilan taqqoslash, markazlashgan biometrik identifikatsiya tizimlarining huquqiy xatarlarini aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar Oʻzbekistonda RI uchun huquqiy asoslar yaratilgan boʻlsa-da, Hindiston tajribasi maxfiylik huquqi va maʼlumotlar xavfsizligi boʻyicha jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatdi. Muhokama qismida bu xatarlarni bartaraf etish uchun “Maxfiylik Dizayni Boʻyicha” (Privacy by Design) tamoyilini mustahkamlash, “Raqamli Huquqiy Shaxs” tushunchasini qonuniy belgilash va fuqarolarning maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha mustaqil nazorat mexanizmlarini joriy etish zarurligi taʼkidlanadi. Maqola huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishda RI ni inson huquqlariga rioya qilgan holda rivojlantirish uchun nazariy va amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.
2025-11-05
THE ROLE OF DIGITAL PEDAGOGY IN COGNITIVE DEVELOPMENT: EMERGING CHALLENGES AND INNOVATIVE STRATEGIES IN TEACHER EDUCATION
This article explores the role of digital pedagogy in fostering cognitive development among pre-service and in-service teachers. The study examines how digital learning environments, technological tools, and innovative teaching strategies contribute to enhancing critical thinking, problem-solving, and reflective skills. Furthermore, it addresses the challenges educators face in integrating digital approaches into teacher training programs, including issues of digital literacy, pedagogical adaptation, and technological accessibility. The paper also highlights innovative practices and models that promote effective digital pedagogy, aiming to prepare teachers for the demands of 21st-century education.
2025-11-06
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MILLIY DAVLATCHILIK AN’ANALARINING QAYTA TIKLANISH TARIXI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy davlatchilik an’analarini tiklash, tarixiy xotirani qayta tiklash, davlat ramzlarini yaratish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish va tarixiy merosga e’tiborning kuchayishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik davrida amalga oshirilgan siyosiy, huquqiy va madaniy islohotlar asosida milliy davlatchilikning shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi.
2025-11-06
AI JARROHLIK STOLIDA: INSONIYAT UCHUN YANGI UMIDMI YOKI XAVFMI?
Matn AI ning tibbiyotdagi roli haqida keng va batafsil ma'lumot beradi. U AI ning hozirgi imkoniyatlari, kelajakdagi salohiyati va tarixiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi ifodalaydi. Robot jarrohlik sohasidagi so'nggi yutuqlarga urg'u berish, undan foydalanishda kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarni qonuniy tartibga solish kabi masalalarni zamonaviy nuqtai nazardan yoritadi. Matnning yaxshi jihati shundaki, u ham umumiy imkoniyatlarni, ham aniq texnik yutuqlarni (STAR, SRT-H) va ularning kelib chiqishini (Johns Hopkins, Stanford) tilga oladi
2025-11-06
INKLYUZIV TA’LIM INKLYUZIV JAMIYAT SARI YO’L
Hozirgi globallashuv davrida barcha insonlarga teng imkoniyatlar yaratish va ularni qo’llab-quvvatlash eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu maqolada inklyuziv ta’limi va uning asosiy xususiyatlari, boshqa ta’lim tizimidan farqlari jihatlari hamda barcha insonlarga teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’lgan jamiyatni shakllantirishdagi o’rni yoritiladi.
2025-11-06
RAQAMLI SAVDO PLATFORMALARI VA ULARNING SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida elektron savdo (e-commerce) platformalari — Amazon, Alibaba, Ozon, Click, Uzum Market kabi tizimlar — milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin egalladi.
Bunday platformalarda fuqarolar, tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar yangicha shaklda kechmoqda. Shu sababli, raqamli savdo platformalari subyektlarining huquqiy maqomini aniqlash — zamonaviy huquq tizimi oldida turgan dolzarb masala. Muallif ushbu maqolada yuqoridagi masalaga chuqurroq yondashadi hamda mavzu bo'yicha analiz-sintez, metodl va yo'nalishlar, manbaalar, muhokamalarni yoritib beradi.
2025-11-06
LEGAL TECH VA YURIDIK MARKETING: RAQAMLI STRATEGIYALAR
Ushbu maqola Legal Tech va yuridik marketing va uning raqamli strategiyalarining qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yuridik faoliyatda sun’iy intellekt, onlayn platformalar va avtomatlashtirilgan tizimlari tahlil qilingan, ulardan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, yuridik firmalarning mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatishi uchun SEO (Search Engine Optimization), SMM (Social Media Marketing) va kontent marketing kabi vositalardan foydalanish zarurligi yoritilgan. Natijada, Legal Tech va raqamli marketing uyg‘unligi huquqiy xizmatlarning sifatini oshirish va bozor raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida ushbu texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish, yuridik tizimni yanada ochiq, tezkor va samarali qilishiga oid xulosalar keltirilgan.
2025-11-08
ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ОТРАСЛИ И ЖИЛИЩНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ
Статья рассматривает эволюцию строительства в Узбекистане от древних времён до современности. Анализируется влияние природных условий на развитие ирригации и архитектуры в древнем Хорезме, Согде и Бактрии. Описывается средневековое строительство под влиянием ислама, советская индустриализация, периоды Каримова и Мирзиёева с акцентом на устойчивость и инновации. Подчёркивается переход от традиционных материалов (пахса, саман) к современным экологичным бетонам и "умным" городам, преемственность традиций и модернизма в инфраструктуре и культурных объектах. Статья иллюстрирует роль строительства в социально-экономическом прогрессе нации.
2025-11-08
HUQUQIY MASLAHATCHI CHATBOTLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI
Raqamli transformatsiya jarayonining tezlashuvi natijasida yuridik xizmatlar sohasida sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar, xususan huquqiy maslahatchi chatbotlar keng qo’llanila boshladi. Sun’iy intellektga asoslangan huquqiy maslahatchi chatbotlar bugungi kunda yuridik xizmatlar sohasi uchun eng dolzarb innovatsion vositalardan biridir. Ular aholining huquqiy savollariga qisqa vaqt ichida javob berish, normativ-huquqiy hujjatlarni izohlash, dastlabki maslahatlar taqdim etish orqali huquqiy ongni rivojlantirishga katta yordam bermoqda. Yuridik xizmatlarning qimmatligi yoki hududiy cheklovlar tufayli advokat xizmatidan foydalana olmaydigan fuqarolar uchun chatbotlar adolatga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu maqola O‘zbekiston qonunchiligi nuqtai nazarida huquqiy
chatbotlarning maqomi, ulardan foydalanishdagi cheklovlar, xavf-xatarlar, normativ-huquqiy javobgarlik masalalari hamda kelajak istiqbollarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqot davomida solishtirma-huquqiy metod, kontent-analiz, normativ sharh va case-study usullari qo‘llanildi. Natijalar orqali huquqiy chatbotlar yuridik xizmatlar bozorida samaradorlikni oshirishi, biroq ushbu faoliyatni huquqiy tartibga solishning zarurligi aniqlangan
2025-11-08
YURISPRUDENSIYA VA SUN’IY INTELLEKT: KESISHISH NUQTALARI VA XATARLARNI BAHOLASH
Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy hayotda sun’iy intellektning nafaqat hayotimizga balki yuridik faoliyatga ta’siri haqida, uning natijalari va tafsilotlari haqida batafsil yoritilib o‘tiladi.Tadqiqotning maqsadi hayotimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotgan sun’iy intellektning faoliyatini o‘rganish va unga munosib qonunchilik normalarini amaliyotga kiritish bo‘yicha taklif va xulosalar berish.Ushbu maqola orqali yuridik faoliyatda sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish va uning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
2025-11-08
BOLA HUQUQLARINI XALQARO HUQUQIY HIMOYA QILISH
Bolalar huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy bazasi, asosan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasiga (BHTK) asoslanadi va global inson huquqlari harakatlarining asosiy toshini tashkil etadi. Ushbu maqola konventsiyaning rivojlanishi, asosiy qoidalari, amalga oshirish mexanizmlari va qoidalarni ijro etishdagi doimiy muammolarni ko‘rib chiqadi. Xalqaro shartnomalar, hisobotlar va ilmiy tahlillarning tizimli adabiyot sharhi orqali tadqiqot kamsitmaslik, bolaning eng yaxshi manfaatlari va ishtirok etish huquqlari kabi asosiy tamoyillarni aniqlaydi. Natijalar keng tarqalgan ratifikatsiyani, ammo urushlar, qashshoqlik va madaniy to‘siqlar tufayli tengsiz ijroni ko‘rsatadi. Muhokama siyosatga ta’sirini o‘rganadi va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqiradi. Topilmalar huquqiy majburiyatlar va amaliy natijalar o‘rtasidagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun mustahkam monitoring zarurligini ta’kidlaydi.
2025-11-08
QARAQALPAQ TILI SABAQLARÍNDA OQÍWSHILARDÍŃ AWIZEKI SÓYLEWIN RAWAJLANDÍRÍW METODIKASÍ
Bul maqalada qaraqalpaq tili sabaqlarında oqıwshılardıń awızeki sóylewin rawajlandırıw máselesi keń kólemde analizlengen. Til oqıtıwdıń zamanagóy koncepciyalarına tiykarlanıp, awızeki sóylewdi qáliplestiriwdiń teoriyalıq hám ámeliy tiykarları, metodikalıq jaqınlasıwlar hám de interaktiv texnologiyalardıń ornı tereń kórsetilgen. Sonday-aq, oqıwshılarda kommunikativ kompetenciyanı rawajlandırıw, sóz baylıǵın keńeytiw, sóylewdi durıslaw hám sóylesiw mádeniyatın qáliplestiriwde oqıtıwshınıń roli tolıq túsindirilgen. Izertlewde sóylewdi bahalaw hám qadaǵalawdıń nátiyjeli usılları da keltirilgen.
2025-11-10
RAQAMLI YECHIMLAR VA AN’ANAVIY TARMOQLARNING KONVERGENSIYASI: BARQAROR IQTISODIY O‘SISH OMILI SIFATIDA
Ushbu maqola raqamli yechimlar va an’anaviy tarmoqlarning konvergensiyasi jarayonini tahlil qilish hamda uning barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda konvergensiya doirasida tarmoqlarning raqamli texnologiyalar bilan transformatsiyalanish jarayonlari o‘rganilib, O‘zbekiston tajribasi global raqamlashtirish tendensiyalari kontekstida baholanadi. Natijalar raqamli yechimlarning tarmoqlar faoliyatiga integratsiyalashuvi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishi, xarajatlarni optimallashtirishi va iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlarini ta’minlashini ko‘rsatadi.
2025-11-10
SHAXSGA DOIR MALUMOTLARNI HIMOYA QILISH. O’ZBEKISTON QONUNCHILIGI
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish tizimi huquqiy insitutsional va tehnik jihatdan o’rganilgan. Tadqiqot 2019-yilda qabul qilingan ,,Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida’’ gi Qonun hamda unga oid me’yoriy hujjatlar asosida olib borilgan .Shuningdek, Yevropa Itifoqining ma’lumotlarini himoya qilish uning reglamenti (GDPR)va boshqa xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtiruv amalga oshirilgan. Maqolada shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning dolzarbligi,subyekt,va operatorning huquq va majburiyatlari, hamda amaliy muamolar tahlil qilinadi.
2025-11-10
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI VA HUQUQIY JIHATLARI
Blokcheyn texnologiyasi va aqlli shartnomalar tranzaktsiyalarni qayd etish va shartnomaviy bitimlarni avtomatlashtirish uchun markazlashmagan, shaffof va xavfsiz usullarni taqdim etish orqali turli sohalarni ozgartirish imkoniyatiga ega bo'lgan inqilobiy vositalar sifatida paydo bo'ldi. Biroq ushbu texnologiyalarni qo'llash muhim huquqiy va tartibga solish muammolarini ham keltirib chiqaradi. Ushbu maqola blokcheyn texnologiyasi va aqlli shartnomalar bilan bog'liq huquqiy oqibatlar va muammolarni tanqidiy ko'rib chiqadi. Turli yurisdiktsiyalarda mavjud huquqiy bazalar, amaliy tadqiqotlar va tartibga solish yondashuvlarini tahlil qilish orqali ushbu tadqiqod ijro etilishi, yurisdiktsiya, ma'lumotlarning mahfiyligi va xavfsizligi kabi asosiy muammolarni aniqlaydi. Maqolada, shuningdek, blokchein texnologiyasi va aqlli shartnomalardan mas'uliyatli foydalanishni qo'llab-quvvatlovchi mustahkam huquqiy bazani ishlab chiqishga hissa qo'shish maqsadida ushbu muammolarni hal qilish bo'yicha potentsial echimlar va tavsiyalar o'rganiladi.
2025-11-10
MUSTАQIL О‘ZBEKISTОNDА АDАBIYОT VА KITОBXОNLIK MАDАNIYАTI TАRIXI (1991–2025)
Ushbu mаqоlаdа mustаqillik yillаridа О‘zbekistоn аdаbiyоtining rivоjlаnish jаrаyоni, аdаbiy ijоd erkinligining shаkllаnishi, kitоbxоnlik mаdаniyаtining yаngilаnishi vа bu bоrаdаgi dаvlаt siyоsаtining аsоsiy yо‘nаlishlаri yоritilgаn. Mаqоlа аdаbiyоtning milliy о‘zlikni аnglаshdаgi о‘rni, yаngi аvlоd ijоdkоrlаrining shаkllаnishi, nаshriyоt vа аxbоrоt texnоlоgiyаlаrining kitоbxоnlikkа tа’siri hаmdа 1991–2025-yillаr оrаlig‘idаgi tаrixiy bоsqichlаrni tаhlil qilаdi.
2025-11-10
О‘ZBEKISTОNDА IJTIMОIY АDОLАT TАMОYILLАRINING TАRIXIY EVОLYUTSIYАSI (1991–2025)
Mаzkur mаqоlаdа О‘zbekistоn Respublikаsidа 1991–2025-yillаr dаvоmidа ijtimоiy аdоlаt tаmоyillаrining shаkllаnishi vа rivоjlаnish bоsqichlаri tаhlil qilingаn. Mustаqillik yillаridа qаbul qilingаn huquqiy hujjаtlаr, ijtimоiy siyоsаt islоhоtlаri hаmdа “Yаngi О‘zbekistоn” dаvridаgi аdоlаt kоnsepsiyаsining аmаliy ifоdаsi ilmiy аsоsdа yоritilgаn.
2025-11-10
WEB-TEXNOLOGIYALAR, WEB-TEXNOLOGIYALARNING TASNIFI, WEB-DIZAYNNING USKUNAVIY VOSITALARI
Mazkur maqolada web-texnologiyalar tushunchasi, ularning rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimidagi o‘rni yoritilgan. Web-texnologiyalarning asosiy turlari – statik va dinamik web-sahifalar, server va mijoz tomonidagi texnologiyalar, shuningdek, bulutli va mobil web-ilovalar tahlil qilinadi. Web-dizayn yo‘nalishida qo‘llaniladigan uskunaviy vositalar – grafik muharrirlar (Adobe Photoshop, Figma, CorelDRAW), kod muharrirlari (VS Code, Sublime Text) hamda web-interfeys yaratishda qo‘llaniladigan zamonaviy platformalar (WordPress, Webflow, Wix va boshqalar)ning imkoniyatlari va afzalliklari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada web-dizaynning texnik va estetik jihatlari, foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan yondashuvlar tahlil etilgan. Natijada, web-texnologiyalar va web-dizayn vositalarining ta’lim, biznes va axborot almashinuvi jarayonlarini optimallashtirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.
2025-11-10
ПРОФИЛАКТИК ҲИСОБГА ОЛИШ МЕХАНИЗМИНИ ҚЎЛЛАШ БЎЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБА ТАҲЛИЛИ
Мазкур мақолада хориж мамлакатлари, жумладан АҚШ, Буюк Британия, Германия, Франция, Япония, Корея Республикаси, Сингапур, Россия ва бошқа давлатларда жиноят содир этган, ҳуқуқбузарлик қилган ёки озодликдан маҳрум этиш жойларидан озод қилинган шахсларни профилактик ҳисобга олиш механизмининг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган. Хорижий тажрибани ўрганиш асосида Ўзбекистонда профилактик ҳисобга олиш тизимини такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-11-10
RAZVEDKA BO‘LINMALARI TOMONIDAN UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI QO‘LLASH TAHLILI
Ushbu maqolada uchuvchisiz uchuvchi apparatlarning paydo bo‘lishi, ilm va texnika rivojlanishiga mos ravishda takomillanishi yoritilgan, qurolli kurash strategiyasi rivojlanishini hisobga olgan holda zamonaviy urushlardagi uchuvchisiz uchuvchi apparatlarini ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Uchuvchisiz uchuvchi apparatlarini yaratish va milliy Qurolli Kuchlariga tatbiq etish bo‘yicha takliflar tuzilgan.
2025-11-11
LEGAL TECHNI JORIY ETISH: YURIDIK FIRMALARDA O’ZGARISHLARNI BOSHQARISH
Ushbu tadqiqot Legal Tech ya'ni yuridik texnologiyalarni yuridik firmalarda joriy etish jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada yuridik sohada raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari va bu o‘zgarishlarning tashkilot madaniyati hamda boshqaruv tizimiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning Legal Tech rivojiga oid qarashlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Legal Tech vositalarini samarali joriy etish yuridik firmalarning boshqaruv tizimini takomillashtiradi, xizmat sifatini oshiradi, mijozlar bilan munosabatlarni soddalashtiradi va ish unumdorligini oshiradi. Shu bilan birga, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, xodimlarning texnologik ko‘nikmalari pastligi, ma’lumotlar xavfsizligiga oid xavotirlar va moliyaviy to‘siqlar Legal Techni keng joriy etishda asosiy muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqola yakunida yuridik firmalarda Legal Techni samarali tatbiq etish uchun nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Nazariy tavsiyalar o‘zgarishlarni boshqarishning konseptual modeliga asoslanadi, amaliy tavsiyalar esa yuridik firmalarda texnologik innovatsiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, xodimlarni tayyorlash, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va texnik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari yuridik firmalarda innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirish, raqamli o‘zgarishlarga moslashish va huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-11-11
RAQAMLI MAKONDA HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YO’NALISHLARI.
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida vujudga kelayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yoritilgan. Axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi natijasida kibermakon xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro tajriba asosida, raqamli huquqiy tartibotning asosiy tamoyillari o‘rganilgan.
2025-11-11
HUQUQIY MA’LUMOTLAR BAZALARIDA MAXFIYLIK VA KIBERXAVFSIZLIK
Ushbu maqolada siz maxfiylik va kiberxavfsizlik tushunchalarini bilib olasiz. Maxfiylik — ya’ni ma’lumotlaringizni sir saqlash bo‘yicha choralar ko‘rish, ma’lumotlarni himoya qilishga qaratilgan dasturlar. Kiberxavfsizlik — ya’ni sizning ma’lumotlaringizning o‘g‘irlanishini oldini olish bo‘yicha himoya qatlamini tuzish. Hozirgi zamonda sun’iy intellekt orqali himoya transchegaraviy malumotlar oqimini qatlamlari tuzilib, anonim savollar va oblakalar kuchayib rivojlanib kelmoqda; bu bizning ma’lumotlarimizni ishonchli himoya qilishga yaxshi yordam beradi.
2025-11-10
INSОNIYАTGА QАRSHI JINОYАTLАR: HUQUQIY TАHLIL, TАRIXIY TАJRIBА VА ZАMОNАVIY CHОRАLАR
Ushbu ilmiy mаqоlаdа insоniyаtgа qаrshi jinоyаtlаrning huquqiy, siyоsiy vа ijtimоiy mоhiyаti chuqur tаhlil qilinаdi. XX аsrdа vujudgа kеlgаn xаlqаrо jinоyаt huquqi institutlаri, xususаn, Nürnbеrgi vа Tоkiyо tribunаlаri, shuningdеk Rim Stаtuti оrqаli insоniyаtgа qаrshi jinоyаtlаrni jаzоlаsh mеxаnizmlаri yоritilаdi. Mаqоlа zаmоnаviy glоbаl mоjаrоlаr, jumlаdаn Fаlаstin, Sudаn vа Ukrаinа hоlаtlаri misоlidа ushbu jinоyаtlаrning xаlqаrо huquqiy jаvоbgаrlik dоirаsidа bаhоlаnishini kо‘rsаtаdi. Shuningdеk, О‘zbеkistоnning xаlqаrо jinоyаt huquqi sоhаsidаgi ishtirоki vа istiqbоllаri hаm tаhlil qilinаdi.
2025-11-10
LEGALTECH YECHIMLARIGA INTELLEKTUAL MULK: PATENT QONUNCHILIGI TAHLILI VA AQSH AMALIYOTI
Mazkur maqolada LegalTech sohasida yaratilayotgan innovatsion texnologiyalarning patent huquqi bilan himoyalanishi masalalari yoritiladi. Patent qonunchiligi, xususan, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan huquqiy tahlil tizimlari va algoritmik xizmatlar kabi LegalTech yechimlarining huquqiy maqomi AQSh tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari, intellektual mulkni himoya qilishda mavjud qonunchilik bo‘shliqlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-10
AI VOSITALARI VA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH: KELAJAKDAGI HUQUQIY MUAMMOLAR
Ushbu maqolada AI vositalarida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy asoslarini o’rganish haqida so`z yuritiladi va shu bilan birgalikda O’zbekistonning 2019-yildagi “shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida” gi qonuni va konstitutsiyaning 27- moddasi, shuningdek xalqaro tajriba (GDPR, Estoniya-X-Road, Singapurda PDPA) qonunlari ko’rib chiqiladi. Texnologik yechimlar sifatida biometrik ma’lumotlarni shifrlash va “ZERO TRUST" tizimini joriy etish taklif etiladi.
2025-11-10
BUYROKRATIYASIZ BOSHQARUV. ELEKTRON HUJJAT QUDRATI.
Ushbu maqolada elektron hujjat aylanishi tiziming davlat siyosatidagi, ma’muriy boshqaruvdagi texnologok asosalari xalqaro tajribalar kabi bir qancha masalalar yoritib boriladi. Tatqiqotning maqasadi electron hujjatlar aylanishi tizimidan keng foydalanishni targ’ib qilish, boshqaruv samaradorligini oshirishda ushbu tizimning ahamiyati haqida so’z boradi. Maqolada xalqaro tajribalar yani Opix Cold yoki Worldox va yana shunga o’xshash tizimlar solishtrma-huquqiy tahlil asosida o’rganiladi. Bundan tashqari shu ko’rinishdagi tizimlar O’zbekiston Respublikasida ham joriy etilganligi va ushbu tizimni tartibga solib turuvchi normativ-hujjatlar va ularning afzlik taraflari o’rganilib chiqilib kundalik hayotda eng kerakli bo’lgan moddalarga birma-bir to’xtab o’tiladi.
2025-11-10
LIPIDLARNI PEROKSIDLANISHI VA HUJAYRA SHIKASTLANISHI POTOGENEZIDAGI AHAMIYATI
Lipidlarning proksidlanishi (lipid peroksidlanishi) hujayralarda erkin radikallar ta’sirida sodir bo‘ladigan oksidlovchi jarayon bo‘lib, u biologik membranalarning strukturaviy yaxlitligini buzadi. Ushbu jarayon natijasida hosil bo‘ladigan reaktiv kislorod turlari va lipid peroksid mahsulotlari hujayra oqsillari, DNK va ferment tizimlariga zarar yetkazadi. Lipid peroksidlanishining ortishi oksidlovchi stress, yallig‘lanish, ateroskleroz, neyrodegenerativ kasalliklar va saraton patogenezida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, antioksidant himoya tizimining faolligi va uning yetishmovchiligi organizmda hujayra shikastlanishi darajasini belgilovchi asosiy omillardan biridir
2025-11-10
ELEKTRON BOSHQARUVDA KIBERXAVFSIZLIK: MUAMMOLAR , TAHDIDLAR VA YECHIMLAR.
Mazkur maqolada elektron boshqaruv tizimida kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Raqamli boshqaruv jarayonlarining kengayib borishi davlat axborot tizimlarini himoya qilish zaruratini kuchaytirgani ta’kidlanadi. Shuningdek elektron boshqaruv sohasidagi asosiy muammolar — texnik bo’shliqlar, inson omili, huquqiy bazaning yetarli emasligi va resurs tanqisligi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, kiber tahdidlar — fishing, kiber hujumlar, zararli dasturlar va insayder xavflarining davlat boshqaruvi barqarorligiga ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotda kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha yechimlar sifatida normativ- huquqiy bazani takomillashtirish, texnik himoya vositalarini kuchaytirish, mutaxassislar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda raqamli madaniyatni rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Natijada, elektron boshqaruv tizimlarining samarali faoliyat yuritishi bevosita kiberxavfsizlik darajasiga bog‘liq ekani, bu masala davlat xavfsizligi va barqaror raqamli rivojlanishning muhim tarkibiy qismi ekanligi xulosa qilingan.
2025-11-10
LEGALTECH VA YURIDIK KASB KELAJAKI. TEXNOLOGIYA VA INSON HAMKORLIGI ISTIQBOLLAR.
Ushbu maqolada LegalTech - ya’ni huquqiy texnologiyalar rivojlanishining yuridik kasb kelajagiga ta’siri yoritiladi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazalari va avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi yuridik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Natijada huquqshunoslar ishining samaradorligi oshib, hujjatlarni tayyorlash, tahlil qilish va maslahat berish jarayonlari ancha yengillashmoqda.Biroq texnologiyaning tez sur’atlarda rivojlanishi bilan bir qatorda mas’uliyat, etik tamoyillar va inson o‘rnining saqlanib qolishi kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada inson va texnologiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqilib, kelajakda huquqshunoslar nafaqat huquqiy bilim, balki texnik tafakkur va raqamli ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlanadi.
2025-11-22
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАЪМИНЛАШДА ТЕРГОВ ХИЗМАТИ ВА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЎЗАРО ҲАМКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА ТАШКИЛИЙ ЖИҲАТЛАРИ
Мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикасини таъминлашда тергов хизмати ва профилактикаинспекторининг ўзаро ҳамкорлик фаолиятининг ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари таҳлил қилинади. Шунингдек, амалдаги норматив-ҳуқуқий асослар ва уларни такомиллаштириш йўналишлари бўйича амалий таклифлар берилган.
2025-11-26
АНОРЕКТАЛЬНЫЙ АБСЦЕСС: СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ ДИАГНОСТИКИ И ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ
Аноректальные абсцессы представляют собой частое проктологическое заболевание, способное приводить к хроническому формированию свищей и ятрогенному повреждению сфинктерного аппарата. Цель исследования — комплексный анализ современных методов диагностики и лечения абсцессов с акцентом на оптимизацию хирургической тактики. Проведен систематический обзор 68 публикаций (2010–2024 гг.) с использованием клинических рекомендаций ASCRS, WSES, систематических обзоров Кокрейновской библиотеки и РКИ. Результаты показали, что адекватное дренирование остаётся ключевым моментом лечения, эффективность которого зависит от точной анатомической классификации и соблюдения принципа «скелетных мышц» при супралеваторных абсцессах. Рутинное применение антибиотиков не снижает частоту формирования свищей и показано только при наличии факторов риска. Первичная фистулотомия рекомендована только при низких, четко верифицированных свищах. Внедрение современных алгоритмов позволяет снизить риск рецидива и сохранить функцию сфинктера.
2025-11-29
