BIG DATA TUSHUNCHASI VA ASOSIY FUNKSIYALARI, UNING HUQUQIY TAHLIL IMKONIYATLARI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada Big Data atamasini, uning asosiy va zarur xususiyatlarini hamda, huquqiy tahlildagi afzalliklari, xavf va cheklovlari tahlil qilinadi va yoritilib beriladi. Big Data atamasi hozirgi kunda zamon talabi hisoblanadi. Bundan bir necha yillar oldin ham ushbu atama qo‘llanilgan bo‘lsada, hozirgi kunda bu tushuncha texnologik rivojlanishning asosiy oqimi hisoblanadi. Big Data texnologiyalarining rivojlanishi o‘z o‘rnida huquq sohasidagi rivojlanishlar va o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Aynan huquq tizimida esa Big Dataning ahamiyati kun sayin ortib, foydalanuvchilardan yangi ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Buning asosiy sababi qonunchilik, sud amaliyoti va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati ko‘p hollarda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga tayanadi. Bu maqolada tahlillash va jahondagi boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi bilan O‘zbekiston tajribasini solishtirish metodlaridan foydalanildi.
