"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-11-13
Статьи
AQLLI VA AN’ANAVIY SHARTNOMALAR: QIYOSIY TAHLIL
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotda keng qo‘llanilayotgan aqlli shartnomalar va huquqiy amaliyotda uzoq vaqtlardan beri foydalanib kelinayotgan a’anaviy shartnomalarning o‘zaro taqqoslanishi tahlil qilinadi. Shartnomalarning insonlar o‘rtasidagi ishonch va majburiyatlarni tartibga solishdagi o‘rni, hamda blokcheyn texnologiyasining paydo bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan yangi imkoniyatlar yoritilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil metodidan foydalangan holda ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik va farqlarni o‘rganilgan . Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aqlli shartnomalar tezkorlik va avtomatlashtirish bo‘yicha an’anaviy shartnomalardan ustun, biroq ularning huquqiy maqomi, koddagi xatoliklar masalalari hali to‘liq hal etilmagan. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, amaliyotda eng maqbul yondashuv — aqlli shartnomalar an’anaviy huquqiy mexanizmlarning birlashish hisoblanadi. Biroq aqlli shartnomalar an’anaviy shartnomalarni o‘rnini egalashi ehtimoli yuqori, bunga sabab raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va aqlli shartnomalar samarali ishlashidir.
2025-11-13
RAQAMLI DUNYODA “MEN” TUSHUNCHASINING O‘ZGARISHI
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning "Men" — shaxsiy identitet tushunchasiga ta'siri tahlil qilinadi. Virtual va real identitet orasidagi ziddiyatlar, Self‑Sovereign Identity (SSI) konseptlari, identitet nazorati modellar, shuningdek psixologik stress, solishtirish, identitet xavfi va ijtimoiy manipulyatsiya masalalari ko'rib chiqiladi. Yakunda, raqamli dunyo sharoitida inson o'zligini saqlab qolish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etiladi.
2025-11-13
RAQAMLI YURIDIK TEXNOLOGIYALAR ,,HUQUQIY MA’LUMOTLAR BAZASINING EVOLUTSIYASI VA YURIST FAOLIYATI UCHUN AHAMIYATI.’’
Mazkur maqola huquqiy ma’lumotlar bazalarining zamonaviy huquq tizimidagi o’rni va ahamiyati hamda yuristlar faoliyati uchun bo’lgan ahamiyati tahlil qilinadi. So’nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hayotimizdagi barcha sohalarga bo’lgan ta’sirini ko’rishimiz mumkin. Shu qatorda albatta jamiyatimizda muhim ahamiyatga ega bo’lgan hamda hamda barcha insonlar hayotining ajralmas bo’lagini tashkil etuvchi yuksak mavqeaga ega bo’lgan huquq tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatganini guvohi bo’lmoqdamiz.
2025-11-13
LEGAL TECH VA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMLARI O‘ZARO ALOQASI
Bu maqolada men Legal Tech (yuridik texnologiyalar) va elektron hukumat tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, ularning integratsiyasi hamda huquqiy va ijtimoiy ta’sir omillari tahlil qildim. Tadqiqot davomida komparativ va normativ-huquqiy tahlil usullaridan foydalanilib, Estoniya, Singapur, Janubiy Koreya va O‘zbekiston tajribalarini solishtirdim. Shuningdek, LexisNexis va Westlaw manbalariga tayanib, huquqiy texnologiyalarning rivojlanish dinamikasi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (big data)ning davlat boshqaruvi tizimidagi roli yoritdim. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Legal Tech vositalarining elektron hukumat bilan uyg‘unlashuvi huquqiy xizmatlar sifatini oshiradi, davlat xizmatlarini shaffof va tezkor qiladi, lekin bunda axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni himoya qilish va etik me’yorlarga amal qilish zarur. Maqola oxirida O‘zbekiston uchun raqamli adolat va huquqiy ishonchni mustahkamlash uvhun amaliy takliflar berdim.
2025-11-13
LEGALTECH VOSITALARINING VOSITACHILIK ( MEDIATION) VA ARBITRAJ JARAYONLARIDAGI ROLIDAN XABARINGIZ BORMI...?
LegalTech vositalarining vositachilik (mediation) va arbitraj jarayonlaridagi o‘rni yoritiladi. XXI asrda raqamli texnologiyalar huquq sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, onlayn platformalar va elektron hujjat almashish vositalari nizolarni tez, qulay va shaffof hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. LegalTech vositalari vositachilik va arbitraj jarayonlarini avtomatlashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi hamda taraflar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu texnologiyalar xalqaro miqyosda adolatli, tezkor va innovatsion yechimlar yaratishga xizmat qilmoqda.
2025-11-13
BIG DATA TUSHUNCHASI VA ASOSIY FUNKSIYALARI, UNING HUQUQIY TAHLIL IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada Big Data atamasini, uning asosiy va zarur xususiyatlarini hamda, huquqiy tahlildagi afzalliklari, xavf va cheklovlari tahlil qilinadi va yoritilib beriladi. Big Data atamasi hozirgi kunda zamon talabi hisoblanadi. Bundan bir necha yillar oldin ham ushbu atama qo‘llanilgan bo‘lsada, hozirgi kunda bu tushuncha texnologik rivojlanishning asosiy oqimi hisoblanadi. Big Data texnologiyalarining rivojlanishi o‘z o‘rnida huquq sohasidagi rivojlanishlar va o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Aynan huquq tizimida esa Big Dataning ahamiyati kun sayin ortib, foydalanuvchilardan yangi ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Buning asosiy sababi qonunchilik, sud amaliyoti va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati ko‘p hollarda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga tayanadi. Bu maqolada tahlillash va jahondagi boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi bilan O‘zbekiston tajribasini solishtirish metodlaridan foydalanildi.
2025-11-13
SUN`IY INTELLEKT VA ADVOKATLIK KASBINING KELAJAGI
Bugungi kunda sun`iy intellekt dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga kirib keldi va aynan u hamma sohalarga ta`sir o`tkazmoqda desak mubolag`a bo`lmaydi. Hozirgi davrda sun`iy intellekt ma`lumot o`rganish, raqamlashtirish, insonlarga ko`mak berish va shunga o`xshash ko`plab vazifalarni bajarib kelmoqda. Shuningdek, advokatlik faoliyatida ham u bir qancha muhim rollarni o`ynamoqda. Ushbu maqolada sun`iy intellekt va advokatlik faoliyatining kelajagi keng yoritilgan bo`lib, uning mazmuni, sun`iy intellekt va advokatlik kasbining o`zaro bog`liqligi, jamiyat hayotida qanday rol o`ynashi va shu kabi bir qator masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. Mazkur mavzu doirasida sun`iy intellektning asosiy maqsadi, advokatlarning huquqlari, bu ikkisi o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar, shuningdek ularning o`ziga xos jihatlari ham alohida ko`rib chiqildi. Ushbu masalalar doirasida sun`iy intellektning ahamiyati, undan qanday hollarda foydalanish maqsadga muvofiqligi va advokatura faoliyatida uning o`rni, qanchalar zarurligi ham aytib o`tildi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida sun`iy intellekt qanchalar ommalashganligi, yuridik sohada qanchalar foydasi tegayotganligi ham o`rganildi.
2025-11-13
ELEKTRON IDENTIFIKATSIYA TIZIMI VA LEGAL TECH
Bugungi kunda biz raqamli texnologiyalar va raqamli islohotlar davrida yashayapmiz. Endilikda hayotimizning deyarli barcha sohalarida ma’lumotlar elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Shaxsga doir ma’lumotlar ham turli tizimlarda saqlanib, ulardan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati yaratilgan. Elektron identifikatsiya tizimi yordamida fuqarolar o‘z shaxsini internetda ishonchli tarzda tasdiqlashlari va turli xizmatlardan yagona tizim orqali foydalanishlari mumkin. Ushbu maqolada elektron identifikatsiya tizimining huquqiy asoslari va uning Legal Tech — ya’ni huquqiy texnologiyalar sohasidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Maqola davomida O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro tajriba, xususan Yevropa Ittifoqining eIDAS reglamenti tahlil qilingan. Shuningdek, Estoniya va Germaniya tajribasi misolida elektron identifikatsiya tizimining davlat boshqaruvi va sud jarayonlaridagi amaliy foydasi ko‘rib chiqilgan.
2025-11-13
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA HUQUQIY SOHADA QO’LLANILISHI
Ushbu ilmiy maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining huquq sohasida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va huquqiy-axloqiy muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida adabiyotlar tahlili, empirik va qiyosiy-huquqiy metodlardan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, sun’iy intellekt huquqiy jarayonlarda samaradorlikni oshirib, hujjatlar tahlilini avtomatlashtiradi, sud amaliyotida tezkorlikni ta’minlaydi hamda fuqarolarga yuridik yordamdan foydalanish imkonini kengaytiradi. Ammo, uning qo‘llanilishi bilan bog‘liq xatarlar ham mavjud bo'lib, algoritmik xolislik, javobgarlik, ma’lumotlar maxfiyligi va etika me’yorlari shular jumlasidandir. Shuning uchun maqolada sun’iy intellekt huquq sohasida inson nazoratidagi yordamchi vosita sifatida qo‘llanilishi, O‘zbekiston uchun esa xorijiy tajriba asosida huquqiy va etik me’yorlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi.
2025-11-13
HUQUQIY AXBOROT TIZIMLARIDA MAXFIYLIK VA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH
Huquqiy axborot tizimlarida maxfiylik hamda shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi juda muhim ahamiyat kasb etuvchi dolzarb mavzulardan biriga aylanib kelmoqda. Zamonaviy raqamli davrda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va axborot maxfiyligini ta’minlash milliy va xalqaro huquq tizimlarining eng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada O‘zbekiston huquqiy axborot tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi.Mazkur tahlilda, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Yevropa Ittifoqining GDPR, Yevropa Kengashining 108-konvensiyasi va Yevropa Ittifoqi Adliya sudi amaliyoti o‘rganilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning huquqiy bazasi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun mustahkam asos yaratib, xalqaro standartlar bilan mos keladi va shaxslarning raqamli muhitdagi ma’lumotlarini boshqarish va himoya qilish huquqlarini kafolatlaydi. Milliy va xalqaro normalarni uyg‘unlashtirish O‘zbekistonda xavfsiz, shaffof va barqaror raqamli tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
2025-11-13
SUD QARORLARIGA TAHLILI YONDASHUV
Bu maqolada Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishilarini MY SUD.UZ interktiv xizmatlar portalidagi ma’lumotlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra yozildi. O‘zbekiston respublikasi va Toshkent shahrida sodir etilgan va ko‘rib chiqilgan sud ishlarini diagrammalar va tahlilar orqali eng ko‘p jinoyat sodir etilganhududlar, jinoyat sodir qilgan shaxslarning yoshlari va jinslari haqida ma’lumotlar beriladi.
2025-11-13
HUQUQIY TADQIQOTLARDA SUN’IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI QANDAY?
Oxirgi yillarda sun’iy intellekt,har bir sohada,shu bilan birga huquq sohasida hamda huquqiy tadqiqotning barcha bo‘g‘inlariga normativ–huquqiy hujjatlarni qidirish,to’plash,yig’ish, presedent tahlili, hujjat (memorandum, dalolatnoma) loyihalash va dalil-isbotlarni saralash jarayonlariga chuqur kirib bordi. Lexis AI va Westlawning AI-Assisted Research singari platformalar tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari bilan generativ AIni birlashtirib, tezkor va manbaga bog‘langan javoblar berishni va’da qilmoqda; shu bilan birga, maxfiylik, malakaviy mas’uliyat va huquqiy etikaga doir muammolar amaliy xavf sifatida saqlanib qolmoqda. AQSh Advokatlar assotsiatsiyasining 2024-yilgi rasmiy fikri advokatlar AIdan foydalanganda texnologik bilimlari, maxfiylik, muloqot va to‘lovlarga doir burchlarni qat’iy saqlashi shartligini eslatadi. Yevropa Ittifoqining AI to‘g‘risidagi qonuni esa umumiy maqsadli AI va yuqori xavfli tizimlar uchun oshkoralik va xavf boshqaruvi majburiyatlarini belgilab, huquqiy xizmatlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat huquqiy tadqiqot metodologiyalarida, jamiyatda huquqiy xizmat ko‘rsatishda va huquqiy ma’lumotga kirishda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, AI huquq sohasida normativ‑huquqiy, axloqiy va texnik‑xavfsizlik muammolarini ham yuzaga keltirmoqda.Ushbu maqola AIning huquqiy tadqiqotlardagi foydasi va zararli jihatlarini,tajriba va kuzatuvlarga asoslangan dalillar, amaliy va huquqiy standartlar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, hamda huquqshunoslar uchun xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha metodik yondashuvni taklif etadi
2025-11-12
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TEZKOR XODIMLARINING PORAXO'RLIK FAKTLARINI FOSH ETISHDA PSIXOLOGIK VA OPERATIV TAKTIK USULLAR
Ushbu maqolada ichki ishlar organlari tezkor xodimlarining poraxo'rlik faktlarini aniqlash va fosh etishda qo'llaniladigan psixologik va operativ taktik usullar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarida poraxo'r xatti-harakatlarni aniqlashda kompleks yondashuvning samaradorligi ko'rsatilgan.
2025-11-15
“ PULNING SIYOSATDAGI O‘RNI VA UNING DEMOKRATIYAGA TA’SIRI”
Maqolada pulning siyosiy jarayonlardagi o‘rni, uning demokratiya tamoyillariga ko‘rsatadigan ta’siri, siyosiy tengsizlik, moliyaviy resurslar taqsimoti, saylov kampaniyalarida pulning roli va siyosiy qarorlarga moliyaviy kuchning ta’siri tahlil qilingan. Pul siyosiy partiyalar, nomzodlar va siyosiy institutlar faoliyatida zarur resurs sifatida ishlatilishi, lekin nazoratsiz moliyalashtirish demokratiya asoslariga adolat, tenglik va oshkoralikka salbiy ta’s Ushbu ir qilishi mumkinligi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada korrupsiya xavfi, siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi, moliyaviy lobbichilik, shaffoflikning yetishmasligi kabi muammolar ham yoritiladi. Shuningdek, demokratik jamiyatlarda siyosiy moliyalashtirishning tartibga solinishi, nazorat mexanizmlari, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash yo‘llari va moliyaviy adolatni ta’minlashning ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan. Tadqiqot yakunida pulning siyosatdagi ta’sirini cheklash va demokratik jarayonlarda oshkoralikni kuchaytirish bo‘yicha muhim takliflar umumlashtirilgan.
2025-11-15
O’ZBEKISTON HUQUQIY AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI
Bu ishda Oʻzbekiston Respublikasida shakllanib borayotgan huquqiy axborot tizimlari va ularning jamiyat, davlat boshqaruvi hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. Ishda mamlakatimizda huquqiy axborotni shakllantirish, saqlash va aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari, xususan “Lex.uz”, “Norma.uz”, “Huquqiy axborot” portali, Adliya vazirligining rasmiy axborot tizimlari va boshqa elektron platformalarning faoliyati yoritiladi. Tadqiqotda ushbu tizimlarning asosiy vazifalari — qonun hujjatlari matnlarini tezkor yetkazish, yangiliklardan xabardor qilish, huquqiy ma’lumotlarning aniqligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek foydalanuvchilarga qulay bo’lgan elektron qidiruv imkoniyatlarini yaratishdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, huquqiy axborot tizimlarining raqamli transformatsiya jarayonlaridagi roli, davlat boshqaruvida “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasi ham yoritilgan. Ishda bu tizimlarning afzalliklari bilan birgalikda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lgan jihatlar – normativ-huquqiy hujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yanada ko’proq boyitish, mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ham muhokama etiladi. Buning natijasida, Oʻzbekiston huquqiy axborot tizimlari davlatning huquqiy siyosatini amalga oshirish, fuqarolarni qonun ustuvorligi tamoyili asosida xabardor qilish va huquqiy ongni yuksaltirishda muhim vosita ekani asoslab beriladi.
2025-11-15
QO‘QON XONLIGI VA XITOY O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR.
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining Xitoy imperiyasi, ayniqsa Sharqiy Turkiston orqali olib borgan siyosiy, diplomatik va savdo aloqalari tahlil qilinadi. Qo‘qon xonligi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda 1832-yilgi tinchlik shartnomasining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur shartnoma natijasida Qo‘qon xonligining iqtisodiy, savdo va siyosiy mavqeining mustahkamlanishi, Sharqiy Turkiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan savdo yo‘llarining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Maqolada Ch.Ch. Valixanov va boshqa manbalar ma’lumotlari asosida Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy aloqalari keng tahlil qilingan.
2025-11-15
ПОНЯТИЕ И СТРУКТУРА ЛИЧНОСТНОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ШКОЛЬНОМУ ОБУЧЕНИЮ
В статье раскрывается сущность и структура личностной готовности детей старшего дошкольного возраста к обучению в школе. Рассматриваются основные компоненты личностной готовности — мотивационный, эмоционально-волевой и социальные аспекты. Особое внимание уделяется формированию у дошкольников положительного отношения к учению, способности к саморегуляции, а также навыкам взаимодействия со сверстниками и со взрослыми. На основе анализа современных психолого-педагогических исследований обоснована необходимость комплексного подхода к подготовке детей к школьному обучению как важного этапа в их личностном развитии.
2025-11-17
ЖИНОЯТ ҚОНУНИНИНГ БЛАНКЕТ НОРМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ВА ҚЎЛЛАШ АМАЛИЁТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада жиноят қонунидаги бланкет нормаларнинг назарий асослари ва уларни ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги ўрни таҳлил қилинади. Муаллиф бланкет нормаларнинг ҳуқуқий табиати, уларни талқин қилишда юзага келадиган қийинчиликлар ҳамда тергов ва суд амалиётига таъсирини ёритади. Шу билан бирга, муаллиф жиноят-ҳуқуқий нормаларни бланкет усулда шакллантиришни такомиллаштиришга қаратилган қатор таклиф ва тавсияларни илгари суради. Хусусан, ҳавола қилинган норматив ҳужжатларни тизимлаштириш, бланкет нормаларнинг ҳуқуқий барқарорликни сақлашдаги аҳамияти ва уларни қўллашдаги муаммоларни бартараф этиш йўлларини илмий асосда ёритиб беради.
2025-11-17
KEŃESBAY KARIMOVTIŃ "ZARDUSHT" ROMANINDA ULIWMA ADAMZATLIQ MÁSELENIŃ MEGAXRONOTOP ARQALI BERILIWI.
В статье рассматривается развитие мегахронотопа в романе Кенесбая Каримова «Зардустра». Мегамир даёт сбалансированное объяснение микромира и макромира.
2025-11-17
BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI VA BLOCKCHAIN ASOSIDAGI HUQUQIY XIZMATLAR.
Ushbu maqola blockchain texnologiyasi va undagi xizmatlar haqida so’z boradi. Shuningdek, blockchainning qiziqarli tarixi haqida bilib olishingiz, uning afzalliklari va kamchiliklari, blockchain turlari, hayotda qanday ahamiyatga egaligi va huquq tizimidagi o’rnini bilib olishingiz mumkin. Masalan, tibbiyot, ta’lim, tijoratda blockchainning roli haqida, yuridik xizmatlar, mediatsiya va konsultatsiyalar blockchain asosida qanday amalga oshirilishi yoritilgan. Bundan tashqari, blockchainning O’zbekistonning statistikasi bilan birgalikda xorijiy tajribalar orqali to’plangan statistikalar taqqoslash metodikasi orqali tasvirlangan. Bu ma’lumotlar bilan siz blockchain va undagi xizmatlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz.
2025-11-17
SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQ TIZIMIDAGI O‘RNI VA KELAJAGI .
Ushbu maqolada sun’iy intellektning hozirgi huquq sohasidagi o‘rni va uning turli sohalarda jumladan, huquqiy axborotni izlash va tizimlashtirish, hujjatlarni tahlil qilish, sud ishlarini prognoz qilish va huquqiy maslahatlar berish va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘llanilish istiqbollari o‘rganiladi. Shu bilan birga, sun’iy intellektni rivojlantirishda raqobtlashayotgan xorijiy mamlakatlar,xususan, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonda huquqiy tartibga solish asoslari hamda ularni keng joriy qilishdagi mavjud imkoniyatlar va muammolar muhokama qilinadi. Sun’iy intellektning huquq tizimidagi o‘rni bo‘yicha murakkab jihatlarning tahlil qilinishi , kelajakda aynan qaysi vaziyatlarda foydalanilsa uning istiqbolini rivojlantirish uchun muhimligini anglashga yordam beradi.
2025-11-17
KIMYO TА’LIMIDА ZАMONАVIY PEDАGOGIK TEXNOLOGIYАLАR INTEGRАTSIYАSI АSOSIDА O‘QUVCHILАRINING ILMIY XАBАRDORLIK KOMPETENSIYАLАRINI SHАKLLАNTIRISH
ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi asosida o‘quvchilarda ilmiy xabardorlik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi o‘quvchilarning kimyoviy bilimlarni ongli anglash, ularni real hayotga tatbiq etish va ilmiy dalillarga asoslangan qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan loyiha asosida ta’lim, muammoli ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va integrativ yondashuvlar o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, tanqidiy fikrlash va ekologik ongni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada mazkur texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishning samarali yo‘llari hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri keng yoritilgan.
2025-11-20
OʻQITUVCHI VA TALABALAR OʻRTASIDAGI INTERAKTSIYA: CHET TILI OʻQITUVCHILARI BILAN TALABALAR OʻRTASIDAGI OʻZARO ALOQALARNI TAHLIL QILISH
Ushbu maqola chet tili oʻqituvchilari va talabalar oʻrtasidagi pedagogik interaksiya xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida oʻqituvchi-talaba muloqotining til oʻrganish samaradorligiga taʼsiri, kommunikativ yondashuv kontekstida oʻzaro aloqa modellari hamda affektiv omillarning ahamiyatini koʻrib chiqadi. Natijalar pedagogik interaksiyaning sifati, emotsional muhit va oʻqituvchining fasilitativ roli talabalarning motivatsiyasi va akademik yutuqlariga bevosita taʼsir qilishini koʻrsatadi.
2025-11-21
YURIDIK HUJJATLAR TAHLILIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Mazkur maqolada yuridik hujjatlarni tahlil qilish jarayonida zamonaviy texnologiyalar, xususan LegalTech, sun’iy intellekt (AI), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), axborotni izlash (IR) va axborotni ajratib olish (IE) texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘rganiladi. Raqamlashtirish jarayonining huquqiy tizimga ta’siri, hujjatlar hajmining ortishi va avtomatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, ushbu texnologiyalarning huquqiy amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonda LegalTech rivojlanishiga oid misollar, hujjatlarni avtomatik qayta ishlashning afzalliklari hamda huquqiy faoliyatdagi samaradorlikka ta’siri yoritilgan.
2025-11-22
YOSHLAR ORASIDA SUIQASD: SABABLAR VA OLDINI OLISH
Ushbu maqola yoshlar orasida o‘ta dolzarb bo‘lgan suiqasd muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ayniqsa, qimorga berilib qarzga botgan yigitlar yoki sevgan insoni tomonidan aldangan qizlar o‘rtasida joniga qasd qilish holatlari ko‘payayotgani ijtimoiy muammo sifatida ko‘riladi. Tadqiqotning maqsadi – yoshlarni bu illatlardan ogohlantirish, ularning ruhiy holatini tushunish va ijobiy qaytarish mexanizmlarini aniqlashdir. Ishda yoshlarning suiqasdga yetib borishiga olib keluvchi asosiy sabablar, psixologik tahlil va oldini olish strategiyalari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, psixologik maslahat va oila bilan mustahkam aloqalar yoshlarni xavfli xatti-harakatlardan qaytarishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola, shuningdek, jamiyat va oila tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlarni taklif etadi
2025-11-22
XALQARO MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Ushbu maqolamizda raqamli texnologiyalarning xalqaro moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini tahlil qilamiz. Raqamli transformatsiya jarayonlari natijasida moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirish, blokcheyn texnologiyasi, raqamli to’lov tizimlari hamda kriptovalyutalarning xalqaro savdo va investitsiyalarga ta’sirini o’rganamiz. SHuningdek, xalqaro moliya tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, xavfsizligini ta’minlash hamda moliyaviy integratsiyani chuqurlashtirish bo’yicha o’z taklif va tavsiyalarimizni beramiz.
2025-11-22
MOLIYA SOHASIDA LEGAL TECH: MOLIYAVIY OPERATSIYALARNI NAZORAT QILISH
Mazkur maqolada moliya sohasida Legal Tech texnologiyalarining qo‘llanilishi, xususan moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish jarayonidagi roli va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifat tahlil usulidan foydalanilgan bo‘lib, mavjud xalqaro tajribalar, ilg‘or yondashuvlar hamda O‘zbekiston moliya tizimining raqamlashtirish darajasi o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Legal Tech tizimlari moliyaviy shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavflarini kamaytirish va tranzaksiyalar ustidan real vaqtli monitoringni yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, normativ-huquqiy bazaning takomillashuvi va kadrlarning raqamli savodxonligi bu jarayonning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida e’tirof etiladi.
2025-11-22
LEGALTECH VA YURIDIK KASB KELAJAKI. TEXNOLOGIYA VA INSON HAMKORLIGI ISTIQBOLLAR.
Ushbu maqolada LegalTech - ya’ni huquqiy texnologiyalar rivojlanishining yuridik kasb kelajagiga ta’siri yoritiladi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazalari va avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi yuridik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Natijada huquqshunoslar ishining samaradorligi oshib, hujjatlarni tayyorlash, tahlil qilish va maslahat berish jarayonlari ancha yengillashmoqda.
2025-11-23
RAQAMLI IQTISODIYOTGA O’TISHDA BYUDJET IJROSINI TA’MINLOVCHI ORGANLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida byudjet ijrosini ta’minlovchi organlar — Moliya organlari, G‘aznachilik, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi hamda Davlat auditi tizimining faoliyatini raqamlashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mazkur organlarda elektron ma’lumotlar almashinuvi, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, byudjet ijrosining shaffofligini ta’minlovchi elektron platformalarning o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, real vaqt rejimida monitoring yuritish, elektron auditni joriy etish,g‘aznachilik operatsiyalarini raqamlashtirishning byudjet ijrosi sifatiga ta’siri statistik va tahliliy ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda byudjet ijrosini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish bo’yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan
2025-11-25
TEMPERAMENT VA SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tadqiqotda temperament va shaxsning individual-psixologik xususiyatlari Kettelning 16PF (Sixteen Personality Factors) so‘rovnomasi yordamida tahlil qilindi.
2025-11-25
TIL VА MАDАNIYАT: DUNYОQАRАSHNI SHАKLLАNTIRUVCHI ОMIL
Ushbu mаqоlа til vа mаdаniyаtning insоn dunyоqаrаshini shаkllаntirishdаgi о‘rni, ulаrning uzviy bоg‘liqligi vа ijtimоiy hаmdа kоgnitiv аhаmiyаti hаqidа ilmiy tаhlilni о‘z ichigа оlаdi. Mаqоlаdа til vа mаdаniyаt о‘rtаsidаgi simbiоtik munоsаbаtlаr, lingvistik relitivizm nаzаriyаsi, identitet shаkllаnishi, shuningdek, glоbаlizаtsiyа shаrоitidа til vа mаdаniyаtni sаqlаshning аhаmiyаti muhоkаmа qilinаdi.
2025-11-25
AI YORDAMIDA YARATILGAN KONTENTDA MUALLIFLIK HUQUQI: PATENT QONUNCHILIGI VA XITOY AMALIYOTI.
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentning huquqiy maqomi global miqyosda bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Xususan, mualliflik huquqi va patent huquqi bo‘yicha insonning ijodiy hissasi, SI modellarining o‘qitilish jarayoni hamda kontentning o‘xshashlik darajasi kabi mezonlar atrofida turli yondashuvlar shakllangan. Xitoy amaliyoti esa ushbu masalada aniq belgilangan me’yorlar, kategoriyalar va sud amaliyoti orqali boshqa mamlakatlar uchun namunaviy model yaratib ulgurdi. Ushbu maqola SI va inson ijodi o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilinadi, SI tomonidan yaratilgan kontentda mualliflik va patent huquqi qanday qo‘llanishi o‘rganiladi va Xitoyning tegishli qonunchiligin solishtirma-huquqiy tahlil asosida yoritiladi.
2025-11-25
«УМНЫЕ ГОРОДА» КАК ДРАЙВЕР РЕГИОНАЛЬНОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА: СКРЫТЫЕ МЕХАНИЗМЫ И ВЫГОДЫ
Появление искусственного интеллекта (ИИ) ускорило глубокую трансформацию управленческих практик в современных организациях. В своей сути искусственный интеллект представляет собой совокупность вычислительных технологий, позволяющих машинам воспроизводить когнитивные функции, традиционно присущие человеческому интеллекту. К таким функциям относятся обучение, рассуждение, решение проблем и принятие решений. Применение ИИ в организациях выходит за рамки автоматизации рутинных задач, охватывая также расширенную аналитику, улучшение управления взаимоотношениями с клиентами и повышение стратегических возможностей руководства. Интеграция технологий искусственного интеллекта, таких как машинное обучение, обработка естественного языка и предиктивная аналитика, радикально изменяет управленческие процессы, требуя переосмысления существующих управленческих парадигм.
2025-11-24
MITAXANDRIAL DNK MARKERLARI
Ushbu maqolada mitoxondrial DNKning tuzilishi, uning genomdagi funksional ahamiyati, irsiylanish xususiyatlari hamda kriminalistika sohasida qo‘llanishi yoritiladi.
2025-11-24
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАЪМИНЛАШДА ТЕРГОВ ХИЗМАТИ ВА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЎЗАРО ҲАМКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА ТАШКИЛИЙ ЖИҲАТЛАРИ
Мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикасини таъминлашда тергов хизмати ва профилактикаинспекторининг ўзаро ҳамкорлик фаолиятининг ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари таҳлил қилинади. Шунингдек, амалдаги норматив-ҳуқуқий асослар ва уларни такомиллаштириш йўналишлари бўйича амалий таклифлар берилган.
2025-11-26
СЕМАНТИКА: КАК СЛОВА ОБРЕТАЮТ СМЫСЛ И КАК СМЫСЛ МЕНЯЕТСЯ
В этой статье рассматривается, как слова получают свой смысл и почему значения могут меняться со временем. Я описываю основные причины таких изменений: развитие общества, влияние культуры, появление новых диалектов и особенности общения людей. Также уделяется внимание тому, как контекст помогает понять слово правильно в каждой ситуации. Исследование показывает, что язык всегда остаётся живым, поэтому значения слов постоянно обновляются и приспосабливаются к потребностям человека.
2025-11-26
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY HUDUDDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI HAMKORLIGI
Qonunchilikning samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
2025-11-26
FAZODA TEKISLIKNING KOORDINATA O‘QLARIGA NISBATAN ORIENTATSIYASINI VEKTOR BURCHAKLAR ORQALI ANIQLASH
Mazkur ishda fazoda berilgan tekislikning koordinata o‘qlariga nisbatan orientatsiyasini vektor burchaklari (yo‘nalish kosinuslari) yordamida aniqlash masalasi o‘rganiladi. Tekislikning normal vektori bilan koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar, shuningdek, tekislik ichidagi yo‘nalish vektorlari va o‘qlar orasidagi burchaklar orqali orientatsiyani ifodalashning yangi analitik usuli taklif etiladi. Klassik yondashuvlarda tekislik ko‘proq umumiy tenglama – orqali tavsiflanib, uning fazodagi yo‘nalish xossalari ko‘pincha bevosita ko‘rinmaydi. Ushbu ishda normal vektor koordinatalari asosida yo‘nalish kosinuslari, vektor burchaklari va ularning orasidagi invariant munosabatlar chiqib olinadi. Natijada tekislikning koordinata o‘qlariga nisbatan to‘liq orientatsiyasini aniqlovchi qulay, geometrik mazmunga ega va hisoblash jihatidan sodda bo‘lgan formulalar hosil qilinadi.
2025-11-26
АDАBIYОTNING IJTIMОIY VАZIFАLАRI VА BАDIYLIK MEZОNLАRI
Ushbu mаqоlаdа аdаbiyоtning jаmiyаt hаyоtidаgi о‘rni, uning ijtimоiy vаzifаlаri, insоn tаfаkkurigа, mа’nаviy dunyоsigа kо‘rsаtаdigаn tа’siri hаmdа bаdiiylikning аsоsiy mezоnlаri ilmiy-nаzаriy yоndаshuv аsоsidа tаhlil qilingаn. Аdаbiyоtning tаrbiyаviy, estetik, mа’nаviy-аxlоqiy, kоmmunikаtiv vа gnоseоlоgik vаzifаlаri hаqidа fikr yuritilаdi. Shuningdek, bаdiiylikkа xоs аsоsiy tаlаblаr — оbrаzlilik, individuаllik, hаyоtiylik, estetik tа’sirchаnlik, tilning pоetikligi kаbi оmillаr yоritilаdi. Mаqоlа аdаbiyоtshunоslik nаzаriyаlаrigа tаyаngаn hоldа yоzilgаn bо‘lib, bаdiiy аsаrning jаmiyаt rivоjidаgi аhаmiyаtini оchib berishgа xizmаt qilаdi.
2025-11-26
HUQUQ VA ERKINLIKLARNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI: NOMAQBUL DALILLAR MISOLIDA
Ushbu maqolada nomaqbul dalillar tushunchasi, ularning sud amaliyotidagi o‘rni hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga ta’siri yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi asosida inson huquqlari va adolatli sudlov tamoyillari tahlil qilinadi. Nomaqbul dalillarni qo‘llashning huquqiy oqibatlari, sud orqali himoyalanish huquqining konstitutsiyaviy asoslari hamda davlatning inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish majburiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada shuningdek, sud-huquq islohotlari jarayonida dalillarni qonuniy baholash va odil sudlovni ta’minlash mexanizmlariga e’tibor qaratilgan.
2025-11-29
АНОРЕКТАЛЬНЫЙ АБСЦЕСС: СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ ДИАГНОСТИКИ И ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ
Аноректальные абсцессы представляют собой частое проктологическое заболевание, способное приводить к хроническому формированию свищей и ятрогенному повреждению сфинктерного аппарата. Цель исследования — комплексный анализ современных методов диагностики и лечения абсцессов с акцентом на оптимизацию хирургической тактики. Проведен систематический обзор 68 публикаций (2010–2024 гг.) с использованием клинических рекомендаций ASCRS, WSES, систематических обзоров Кокрейновской библиотеки и РКИ. Результаты показали, что адекватное дренирование остаётся ключевым моментом лечения, эффективность которого зависит от точной анатомической классификации и соблюдения принципа «скелетных мышц» при супралеваторных абсцессах. Рутинное применение антибиотиков не снижает частоту формирования свищей и показано только при наличии факторов риска. Первичная фистулотомия рекомендована только при низких, четко верифицированных свищах. Внедрение современных алгоритмов позволяет снизить риск рецидива и сохранить функцию сфинктера.
2025-11-29
XALQARO JINOIY ODIL SUDLOV TUSHUNCHASI VA UNING DAVLATLAR, SHAXSLAR VA XALQARO HAMJAMIYAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI
Ushbu maqola xalqaro jinoiy odil sudlov (XJOS) institutining nazariy-huquqiy asoslarini, xususan, 1998-yilgi Rim Statuti bilan mustahkamlangan to‘ldiruvchanlik va bevosita jinoiy javobgarlik tamoyillarini kengaytirib tahlil qiladi. Tahlil natijasida, XJOSning to‘rtta asosiy jinoyat (genotsid, insoniyatga qarshi, urush va tajovuz jinoyatlari) uchun jazosizlikka barham berish orqali xalqaro xavfsizlikni ta’minlashdagi fundamental roli isbotlanadi. Maqolada Xalqaro Jinoiy Sud (XJS) faoliyatining ogohlantiruvchi ta’siri, nizolarni oldini olishdagi salohiyati, shuningdek, milliy huquqiy tizimlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi ilmiy manbalarga va xalqaro sud amaliyotiga asoslanib chuqur yoritilgan.
2025-11-29
TIJORAT BANKLARIDA LOYIHAVIY KREDITLASHDA RISKLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jahon iqtisodiyotining globallashuvi, shuningdek xalqaro va mahalliy bozorlarda raqobatning keskinlashuvi sharoitida tijorat banklarida investitsion loyihalarni moliyalashtirish, mavjud bo‘lgan muammolar, risklarni boshqarishda qo‘llaniladigan mexanizmlarni takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
2025-11-29
RAQAMLI IQTISODIYOTGA O’TISHDA BYUDJET IJROSINI TA’MINLOVCHI ORGANLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida byudjet ijrosini ta’minlovchi organlar — Moliya organlari, G‘aznachilik, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi hamda Davlat auditi tizimining faoliyatini raqamlashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda mazkur organlarda elektron ma’lumotlar almashinuvi, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, byudjet ijrosining shaffofligini ta’minlovchi elektron platformalarning o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, real vaqt rejimida monitoring yuritish, elektron auditni joriy etish,g‘aznachilik operatsiyalarini raqamlashtirishning byudjet ijrosi sifatiga ta’siri statistik va tahliliy ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda byudjet ijrosini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish bo’yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.
2025-11-29
РЕЧЕВАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ КАК ОСНОВА УСПЕШНОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОММУНИКАЦИИ
В статье «Речевая компетентность как основа успешной педагогической коммуникации» показано, что речевая компетентность — ключевой компонент профессиональной подготовки учителя начальных классов. Подчёркивается, что её недостаток (бедный словарный запас, ошибки, неясность изложения) тормозит педагогическое взаимодействие. Автор утверждает, что развитие точной, выразительной и грамотной речи необходимо для эффективного мотивационного воздействия, организации учебного внимания и эмоционального сопровождения процесса. Актуальность усиливается переходом к новым образовательным стандартам, снижением культуры живого общения у детей и переходом к цифровым форматам. Для этого предлагается комплексный подход: лингвистические курсы, практические тренинги, публичные выступления, ролевые игры и педагогическая практика с рефлексией.
2025-11-29
CORPUSCULAR ELEMENTS OF BLOOD: STRUCTURE, FUNCTION, AND CLINICAL SIGNIFICANCE
The corpuscular elements of blood, also known as formed elements, include red blood cells (erythrocytes), white blood cells (leukocytes), and platelets (thrombocytes). These cellular components perform vital functions essential for maintaining homeostasis, including oxygen transport, immune defense, and blood clotting. This paper reviews the structure, function, and physiological roles of each corpuscular element, as well as their clinical importance and diagnostic relevance in health and disease. Understanding these components is crucial for medical professionals to interpret laboratory results and effectively manage hematological disorders.
2025-11-29
MUSIQIY TАDBIRLАRI ОRQАLI О‘QUVCHILАRNING PSIXОLОGIK BАRQАRОRLIGINI SHАKLLАNTIRISH MEХАNIZMLАRI
Ushbu mаqоlаdа musiqi tаdbirlаrining о‘quvchilаr psixоlоgik bаrqаrоrligini shаkllаntirishdаgi rоli, tа’sir mexаnizmlаri vа pedаgоgik-psixоlоgik аsоslаri yоritilgаn. Musiqа о‘quvchilаrdа emоtsiоnаl muvоzаnаtni tа’minlаsh, stressni kаmаytirish, ijtimоiy mоslаshuvni kuchаytirish vа ijоbiy mоtivаtsiyаni shаkllаntirishdа muhim оmil sifаtidа tаhlil qilinаdi. Mаqоlаdа musiqiy fаоliyаtning tаrbiyаviy, psixоterаpevtik, kоmmunikаtiv, kreаtiv vа ijtimоiylаshtiruvchi jihаtlаri ilmiy аsоslаr bilаn izоhlаb berilаdi. Tаdqiqоt musiqаning insоn psixikаsigа kо‘rsаtаdigаn fiziоlоgik vа psixоlоgik tа’siri hаqidаgi nаzаriyаlаr hаmdа musiqiy tаdbirlаrning tа’lim tizimidаgi аmаliy аhаmiyаtigа tаyаnаdi.
2025-11-30
PSIXOLOGIK MOTIVATSIYANI KUCHAYTIRISHDA MUSIQANING TA’LIMIY AHAMIYATI
PSIXOLOGIK MOTIVATSIYANI KUCHAYTIRISHDA MUSIQANING TA’LIMIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada musiqaning inson psixologiyasiga, xususan motivatsiya jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Musiqa qadimdan inson ruhiyati, kayfiyat, ijtimoiy xulq va faoliyat samaradorligida muhim omil bo‘lib kelgan. Bugungi kunda psixologiya, pedagogika, neyropsixologiya va psixoterapiya yo‘nalishlarida musiqaning motivatsiyani kuchaytirishdagi o‘rni alohida ilmiy muhokama etilmoqda. Maqolada musiqaning psixologik ta’sir mexanizmlari, emotsional va kognitiv jarayonlarni faollashtirishdagi roli, ta’lim jarayonida o‘quvchilar va talabalarning ichki motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati, shuningdek, musiqa terapiyasining zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqa motivatsion holatni mustahkamlash, stressni kamaytirish, o‘quv jarayoniga ijobiy munosabatni kuchaytirish va shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda samarali vosita ekani ilmiy dalillar bilan asoslanadi.
2025-11-30
РОЛЬ МАХАЛЛИ И ПУНКТОВ ПРАВОПОРЯДКА В РАННЕЙ ПРОФИЛАКТИКЕ ПРАВОНАРУШЕНИЙ
В статье раскрывается роль махалли и пунктов правопорядка в ранней профилактике правонарушений. Анализируются механизмы непосредственной работы с населением, выявление лиц из группы риска, повышение уровня правовой культуры жителей, а также взаимодействие органов правопорядка с местным сообществом. Подчёркивается значимость интегрированного подхода, направленного на предотвращение девиантного поведения на ранних этапах.
2025-11-30
ОСОБЕННОСТИ КЛИНИЧЕСКОГО ТЕЧЕНИЯ, ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ ОСТРОГО АППЕНДИЦИТА У ПАЦИЕНТОВ С САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ: ФОКУС НА ДИАБЕТИЧЕСКУЮ НЕЙРОПАТИЮ И СНИЖЕННУЮ БОЛЕВУЮ ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ
Острый аппендицит у пациентов с сахарным диабетом представляет собой особую клиническую проблему вследствие сочетанного влияния метаболических нарушений, иммунной дисфункции и диабетической нейропатии. Снижение болевой чувствительности, характерное для диабетической периферической нейропатии, нередко приводит к стёртой или нетипичной клинической картине, что затрудняет раннее распознавание заболевания. У таких пациентов классические симптомы — локальная боль, напряжение передней брюшной стенки, лейкоцитоз — могут быть выражены слабо или формироваться позднее, что повышает риск поздней диагностики и развития осложнённых форм, включая гангренозный и перфоративный аппендицит.
В обзоре рассмотрены современные представления о патогенетических механизмах, влияющих на течение аппендицита у больных диабетом, а также особенности интерпретации лабораторных маркеров воспаления и визуализирующих методов. Особое внимание уделено хирургической тактике, необходимости строгой коррекции гипергликемии, профилактике инфекционных осложнений и ведению пациентов с сопутствующей диабетической микроангиопатией. Анализ литературных данных подчеркивает важность разработки адаптированных диагностических критериев и алгоритмов лечения для минимизации риска осложнений и улучшения прогноза в данной группе пациентов.
2025-11-30
HUQUQIY HUJJATLARNI INTEGRATSIYALASH ORQALI ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTDA SUD QARORLARINING BARQARORLIGINI TAMINLASH
Bu maqolada O’zbekiston sud huquq tizimida huquqiy hujjatlarni integratsiyalash jarayonini tahlil qilingan va elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot hamda raqamli sudlar sharoitida sud chiqargan qarorlarning barqarorligini taminlash imkoniyatlari o’rnatilgan. Maqolada sintez metodi, huquqiy hujjatlar tahlili, raqamli tizimlarni tahlil qilish hamda taqqoslash metodlaridan foydalanib “Sudlar to’g’risida”gi qonun, Prezident farmonlari va Oliy sud Plenumining tushuntirishlari samarali o’rganilgan va amaliy qo’llash mexanizmlari baholangan. Bundan tashqari Estoniya, Moldova va Buyuk Britaniya sud tizimidagi elektron sudlov va raqamlashtirish tajribalari taqqoslangan va ijobiy tomonlari aniqlangan. Natijada raqamli sud qarorlarini tezlashtirish, shaffoflashtirish hamda normativ hujjatlarni birlashtirish orqali qarorlar barqarorligini taminlash vositasi bo’lib xizmat qilgan. Ushbu tadqiqot, huquqshunoslar, sudyalar, raqamli iqtisodiyot sohasidagi ishlovchilar uchun ahamiyat kasb etadi.
2025-11-30
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ДИАГНОСТИКЕ И ЛЕЧЕНИЮ ГЕМОРРОИДАЛЬНОЙ БОЛЕЗНИ
еморроидальная болезнь остаётся актуальной проблемой проктологии вследствие высокой распространённости и значительного влияния на качество жизни пациентов. Цель данной работы — систематизировать современные подходы к диагностике и лечению геморроя на основе последних клинических рекомендаций и результатов исследований. В обзоре рассмотрены последовательные этапы обследования — от сбора анамнеза и пальцевого ректального исследования до инструментальных методов (аноскопия, ректороманоскопия, при необходимости — эндоскопия), а также выделены ключевые направления дифференциальной диагностики.
2025-11-25
