SUN`IY INTELLEKT VA ADVOKATLIK KASBINING KELAJAGI
Main Article Content
Аннотация:
Bugungi kunda sun`iy intellekt dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga kirib keldi va aynan u hamma sohalarga ta`sir o`tkazmoqda desak mubolag`a bo`lmaydi. Hozirgi davrda sun`iy intellekt ma`lumot o`rganish, raqamlashtirish, insonlarga ko`mak berish va shunga o`xshash ko`plab vazifalarni bajarib kelmoqda. Shuningdek, advokatlik faoliyatida ham u bir qancha muhim rollarni o`ynamoqda. Ushbu maqolada sun`iy intellekt va advokatlik faoliyatining kelajagi keng yoritilgan bo`lib, uning mazmuni, sun`iy intellekt va advokatlik kasbining o`zaro bog`liqligi, jamiyat hayotida qanday rol o`ynashi va shu kabi bir qator masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. Mazkur mavzu doirasida sun`iy intellektning asosiy maqsadi, advokatlarning huquqlari, bu ikkisi o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar, shuningdek ularning o`ziga xos jihatlari ham alohida ko`rib chiqildi. Ushbu masalalar doirasida sun`iy intellektning ahamiyati, undan qanday hollarda foydalanish maqsadga muvofiqligi va advokatura faoliyatida uning o`rni, qanchalar zarurligi ham aytib o`tildi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida sun`iy intellekt qanchalar ommalashganligi, yuridik sohada qanchalar foydasi tegayotganligi ham o`rganildi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
“ Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida”gi qonun
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
“Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi qonun
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Sun`iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori
